3-sinflar uchun ona tilidan test to’plami
1.Gap deb nimaga aytiladi?
A)Gap tugallangan fikrga aytiladi .u
B) Undosh tovushning talaffuziga aytiladi.
D) Gap qo'shimchalarni talaffuziga aytiladi.
C)Gapning asosiy mazmunini tashkil etishiga aytiladi .
2. Gap mazmun jihatidan necha turga bo'linadi ?
A) 4 turga B) 5 turga
D) 3 turga C) 2 turga
3. So'z yasovchi qo'shimchalar qaysi qatorda to'g'ri berilgan ?
A) -ning ,- ni, -ga
B) -dan , - li , -siz
D) - da, -ma ,- la
C) - chi, - la , - kor
4. Ot so'z turkumi deb nimaga aytiladi ?
A) Shaxs va narsalar harakatini bildirgan so'zlar
B) Shaxs va narsalar nomini bildirgan so'zlar
D) Shaxs va narsa belgisini bildirgan so'zlar
C) Shaxs va narsa sanog'ini bildirgan so'zlar
5. Sifat yasovchi qo'shimchalar qaysi qatorda to'g'ri berilgan ?
A) -li , -siz , -dor
B) - ni ,- dan , -cha
D) - ning , - chi , - kor
C) - lar , - li, - zor
6. Son so'z turkumi qaysi soroqqa javob bo'ladi ?
A) Nima qildi ?, nima qilyapti? , qancha ?
B) Qanday ?, qanaqa? qancha ?
D) Nima qilmoqchi ? nechanchi ? , qanaqa?
C) Necha ? , nechta? qancha ?
7. Fe'l so'z turkumi deb nimaga aytiladi ?
A) Shaxs va narsa nomini bildiradigan so'z
B) Shaxs va narsa harakatini bildiradigan so'z
D) Shaxs va narsa belgisini bildirgan so'z
C) Shaxs va narsa sanog'ini bildirgan so'z
8. Fe'l yasovchi qo'shimchalar qaysi qatorda to'g'ri berilgan?
A) - da , -dan, - chi
B) - ning , -ga, - la
D) - kor ,- zor, - dor
C) - la , - illa
9. Bo'lishli fe'l deb nimaga aytiladi?
A)Harakatni bajarilganligini bildiradi .
B) Harakatni bajarilmaganini bildiradi.
D) Sanog'ni bildiradi
C) Belgini bildiradi.
10. Bo'lishsiz fe'l qaysi qoshimcha yordamida yasaladi?
A) -dosh
B) -illa
D) - ma
C) - siz
11. Fe'l gapda nima vazifasida keladi ?
A) Ega
B) Kesim
D) Aniqlovchi
C) To'ldiruvchi
12. Harf birikmali so'z qatorini toping.
A)Shamol,chumchuq, rang
B) Kitob, chaqmoq, oy
D) Olma , o'rik, gilos
C) Qalam , ruchka, osh
13. O'qidi , yozdi so'zlari qaysi so'roqqa javob bo'ladi?
A) Nima ?
B) Nima qilyapti?
D) Nima qildi ?
C) Nima qilmoqchi ?
14. Yonma-yon kelgan bir xil undoshli so'zni toping.
A) Chelak , choynak
B) Ikki , uch
D) Bulut , quyosh
C) Yakka , arra
15. So'zlarni o'zaro bog'lovchi qo'shimchalar qaysi qatorda berilgan?
A) - la, - li ,- dosh, -ni
B) -ning , - ni, - ga , -da, -dan ,
D) - kor ,- dan , - zor, -chi.
C) - cha , - lar, - illa, - siz.