kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Zamonaviy boshlang’ich sinf o’qituvchisining qiyofasi

Нажмите, чтобы узнать подробности

Качества современного учителя начальных классов

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Zamonaviy boshlang’ich sinf o’qituvchisining qiyofasi»

Mavzu: Zamonaviy boshlang’ich sinf o’qituvchisining sifatlari

M.G’.Yunusova-Buxoro shahar, 14-umumiy o’rta ta’lim maktabi boshlang’ich sinf o’qituvchisi

Mamlakatimizda ta’lim tizimi dunyo mamlakatlari orasida alohida e’tirofga ega. Chunki milliy mentalitetimizdan kelib chqqan holda tashkil topgan bunday tizim uzoq tarixiy ildiz asosida shakllangan. “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ining qabul qilinishi munosabati bilan maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim bilan birga boshlang‘ich ta’limning ham mavqei oshib bormoqda. Chunki bolalarning ta’limi va tarbiyasi ana shu davrdan boshlab shakllantiriladi. Har bir xalqning, millatning ertangi kuni o‘sib kelayotgan yosh avlodning bugun qanday ta’lim-tarbiya olayotgan farzandlarimizga, ularning har tomonlama yеtuk va barkamol insonlar bo‘lib yеtishishlariga bog‘liq. Bunday mas’uliyatli vazifani bajarish hozirgi zamon o‘qituvchisi, ayniqsa, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilaridan o‘z kasbiy mahoratlarini oshirib borish, ilg‘or pеdagogik tеxnologiyalar mohiyatini anglash va ulardan o‘z darslarida unumli foydalanishni taqozo etadi. Zamonaviy o‘qituvchi yuksak tarbiyaviy va ta’limiy tayyorgalikka ega bo’lgan, ta’lim jarayonida ilg‘or pеdagogik tеxnologiyalarni puxta egallagan, ularni tahlil qilish va amaliyotga joriy eta oladigan inson bo’lishi lozim.

Boshlang‘ich sinfda o‘quvchilarda tafakkur qilish faoliyatini kengaytirish, erkin fikrlay olish, o‘zgalar fikrini anglash, o‘z fikrlarini og‘zaki va yozma ravishda ravon bayon qila olish, jamiyat a’zolari bilan erkin muloqotda bo‘la olish ko‘nikma va malakalari rivojlantiriladi. Xususan, darslar ijtimoiy-foydali bo‘lishi uchun o‘quvchilarda o‘z fikrini grammatik to‘g‘ri, uslubiy aniq, izchil ifodalash va boshqalar fikrini tinglayolish ko‘nikmasini shakllantirishga qaratilishi lozim. Ona tili darslarida nutq o‘stirish ko‘rsatmasi grammatik materialni o‘rgatishda o‘quvchilarning tilimizdagi har bir so‘z turkumi yoki so‘z qismining rolini bilib olishlariga erishtiradigan metodik usullarni qo‘llashni talab etadi, ya’ni grammatik nazariya grammatik to‘g‘ri va aniq nutq malakalarini shakllantirishga, anglab, tushunib yozish malakalarini o‘stirishga amalda tatbiq etish uchun o‘rgatiladi. Darsda o‘quvchilar nutqini o‘stirish darsning mazmunida va qo‘llannilgan vazifalar turlarida o‘z aksini topadi. Bu ma'suliyatli vazifani bajarish hozirgi zamon pedagoglariga, ayniqsa boshlang‘ich sinflarda faoliyat ko‘rsatayotgan o‘qituvchilarga o‘z kasbiy mahoratlarini doimiy tarzda oshirib borishlari, ilg‘or pedagogik texnologiyalarning izchil metodlari mohiyatini to‘liq anglashlari va uni o‘z darslarida mohirona foydalanishlarini taqozo etmoqda. Hozirgi kunda ta'lim jarayonida ilg‘or pedagogik texnologiyalarni faol qo‘llash, ta'lim samaradorligini oshirish, tahlil qilish va amaliyotga joriy etish bugungi kunning muhim vazifalaridan biri bo‘lib qolmoqda. O‘quvchilarning fikr doirasi, ongi, dunyoqarashlarini o‘stirish, ularni erkin fikrlaydigan erkin ishtirokchiga aylantirish nihoyatda muhimdir. O‘qituvchi darsda boshqaruvchi, o‘quvchilar esa ishtirokchiga aylanmog‘i kerak. Ana shu vazifani uddalashga innovatsion faoliyat ustunligi ko‘p qirrali samara keltiradi. Boshlang‘ich sinflarda ko‘proq bolalarning yoshini, bilim saviyasini hisobga olish lozimligini unutmaslik zarur. Ularga oddiy, oson va kam vaqt sarflanadigan o‘yin mashqlaridan foydalanib, darslar o‘tish yaxshi samara beradi. Ko‘proq atrof-muhit bilan bog‘lab o‘tilgan mashg‘ulotlar bolalar ongini, dunyoqarashini, erkin fikrlash, bayon etish qobiliyatlarini, mustaqil ishlash ko‘nikmasini rivojlantiradi.

Axborot oqimi keskin ortgan, turli yangiliklar hayotimizga shitob bilan kirib kelayotgan davrda mustaqil tanqidiy fikrlash ko‘nikmalariga ega bo‘lgan, yangilikni o‘rganishga doim tayyor bo‘lgan, hamkorlikdan cho‘chimaydigan, muloqotga erkin kirisha oladigan shaxsni tarbiyalash ta’lim-tarbiya jarayonining asosiy maqsadi bo‘lishi kerak va bu borada ta’limda yangi texnologiyalarning qo‘llanishiga yo‘l ochilishi maqsadga erishish yo‘lidagi to‘g‘ri qadamdir. Hozirgi kun o’qituvchisidan ta’lim tizimida yangi texnologiya unsuri bo‘lgan interfaol usullardan keng foydalanish ham talab etiladi.

Bu usullar orqali o‘quvchilarni darslarda yana ko‘proq munozaraga kirishishga chorlash talab etiladi. Bunda o‘quvchilarga erkinlik berish, ularni qo‘llab-quvvatlash lozim. Har bir bolaga fe’l-atvori, yoshi, aql-idrokiga qarab ijobiy munosabatda bo‘lish, o‘quvchi bilan o‘qituvchi hamkorligini ta’minlaydi. Kichik yoshdagi bola ruhiyatida har bir narsa va hodisaga qiziquvchanlik faoliyatini rivojlantirish, ulardagi bilishga bo‘lgan intilish kabi xislatlar rivojlantirilishi kerak. O‘quvchilarni vaqtida rag’batlantirish va maqtab turish lozim, sababi, bolalar maqtovni juda yaxshi ko‘radilar.

Boshlang‘ich sinflarda ta’lim-tarbiya berishda, o‘qituvchidan chuqur bilim, katta mahorat, ma’naviyati boy, izlanuvchan, eng muhimi fidoiy bo‘lish talab etiladi. To‘g‘ri va xilma-xillikda tashkil etilgan darslar, o‘quvchilarni faolligi va qiziqishi, bilimini oshirish orqali, barkamollikni shakllantirib boradi.

Hozirgi kunda, biz yangi pedtexnologiyalar, interfaol metodlar, umuman ta’lim jarayonini yuksak samarasini oshiruvchi yo‘l-yo‘riqlar ko‘p bo‘lib, ulardan fanga, mavzuga mosini erkin tanlab, unumli foydalanib, ozgina izlanish orqali o‘ziga xos darslarni tashkil etishimizga imkon beradi. Boshlang‘ich ta’lim jarayonida turli usullardan foydalaniladi. Lekin, bir usul borki, bu o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi yaqinlikni ta`minlaydi, darsning mana shu jarayoni "o‘yin" deb ataladi. Bunda deyarli barcha o‘quvchilar qatnashadilar va harakat qiladilar. Bu jarayonda o‘quvchilar nimadir o‘rganadilar. Bunda hamma harakat qiladi, a’lochi ham, o‘rta o‘quvchi ham, ulgurmovchi ham sergak tortadi. Chunki sinfda o‘tirgan bolajonlar yaqinginada o‘yinlar olamidan kelgan. Agar o‘qituvchi ta`limiy o‘yinlarni o‘ylab qiziqarli qilib o‘tkazsa bolada "hayratlanish" tuyg‘usi uyg‘onadi, ta’lim-tarbiyaning ana shu jarayoni o‘quvchilarning yodidan chiqmaydi va o‘yindan ko‘zda tutilgan maqsad shakllana boradi. O‘yinlar ikki xil ahamiyatga ega bo‘lib, ular ta’limiy va tarbiyaviydir.

Ta’limiy o’yinlarda bolalarda o‘qituvchi tomonidan berilayotgan bilim, ko‘nikma, malakalar o‘yin orqali o‘zlashtiriladi. Tarbiyaviy o’yinlarda esa, Bolalarga singdirilayotgan bilim, ko‘nikma, malakalar orqali axloqiylik, mehnatsevarlik, vatanparvarlik kabi sifatlari shakllantiriladi.

Bugungi kunda interfaol metodlar nomi bilan kirib kelayotgan metodlar o‘qituvchi-o‘quvchidan ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarflamay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishish maqsadini nazarda tutadi. Qisqa vaqt mobaynida ma’lum nazariy bilimlarni o‘quvchiga yetkazish unda ayrim faoliyat yuzasidan ko‘nikma, malaka hosil qilish, ma’naviy sifatlarini shakllantirish, shu bilan birga ularni nazorat qilish hamda baholash, o‘qituvchidan yuksak pedagogik mahorat va chaqqonlik talab etadi. Quyida ba’zi interfaol usullarning afzalliklari haqida o’z fikrimizni keltiramiz.

Aqliy hujum - bu metod asosida chegaralangan vaqt ichida aqlning tezkor harakati orqali o‘ziga xos muammo, vazifa xususida barcha ishtirokchilarning imkon qadar ko‘proq g‘oyalarni yaratishi yotadi, ya`ni topshiriq barcha uchun yakka holda bajarilib, fikrlar umumlashtirilib bittasi ustida to‘xtaladi.

Debat – bu usulning maqsadi o‘zaro bahs-munozara asosida mukammal yechim variantlarini yuzaga chiqarishdir. Shu asosda bolalarda og’zaki nutq o’stirish ishlari ham amalga oshiriladi.

GAPNI OXIRIGA YETKAZISH - bu metodda o‘quvchi o‘z g‘oyalarini ifodalash ustida ishlash, keyinchalik esa uni boshqalar bilan muhokama qilish imkonini beradi. Bunda bir jumla yoki so‘z berilib, uni mantiqan oxiriga yetkazish so‘raladi, o‘quvchi esa shu jumlalarga mos so‘z tuzadi.

DAVRA SUHBATI – ta`lim oluvchilar davra stolida o‘tirib, bir-birlarining savollariga konvert orqali javob yozadilar yoki suhbatni olib boruvchi boshlovchi orqali savol-javobga kirishadilar.

GURUHDAGI MUNOZARALAR - qoida tariqasida boshqa texnika turlari bilan aralash qo‘llaniladigan hammaga ma’lum usulidir.

ROLLI O‘YIN - dramma yoki “qoyilmaqom qilib o‘xshatish”. Rollar ishtirokchilarga aynan mo‘ljallanganligini va ularga "go‘yoki chinakamiga" harakatlanish imkonini beradi.

O‘YINLAR VA BARDAMLASHTIRUVCHI MASHQLAR - kichik treninglar, o‘yinlar, qo‘shiq va she’rlar mazmuniga ko‘ra harakatlar qilish asosida amalga oshirilib, o‘yin, o‘qish, mehnat kabi faoliyat turlaridan foydalanadi.

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining asosiy faoliyat turi o‘qish bo‘lishiga qaramay, bir faoliyatdan to‘la ikkinchisiga o‘tish bolada qiyinchilik tug‘diradi. Shu sababli, dars jarayonida turli ta’limiy o‘yinlar qo‘llangan holda darslar tashkil etiladi. Bular bilan bir qatorda, yuqorida ham to‘xtalib o‘tgan edik, o‘quvchini tetiklashtiruvchi mashqlar, dam olish daqiqalari o‘tkazish orqali ruhiy, jismoniy toliqishini oldini olib, darsga bo‘lgan diqqatini jamlashga olib keladi. O‘tkazilayotgan dam olish mashqlari avvalo, dars mavzusiga qolaversa, fanga mos bo‘lsa, yanada maqsadga muvofiq bo‘ladi. Boshlang‘ich sinflarda dam olish mashqlari asosan harakatli o‘yinlar, she’r, qo‘shiqlar mazmuniga ko‘ra harakatlar, kichik yoshdagi o‘quvchilarga mos psixologik testlar, qiziqarli hangomalar, topishmoqlar ko‘rinishida bo‘lishi lozim. Boshlang‘ich sinf o‘quvchi qaysi o‘quv fanini yoqtirishi, yaxshi, mukammal o‘zlashtirishi va shu asosda mustaqil fikrlash qobiliyatiga erishishi mumkinligini o‘qituvchi oldindan bila olishi kerak. Bu ijodiy muhit barpo etilganda, o‘qituvchi bilan o‘quvchi orasida o‘zaro bir-biriga hurmat, ishonch va o‘zaro shaxs sifatida tan olish hissi paydo bo‘lganidagina namoyon bo‘ladi. Bu darsni o‘tish jarayonida munozara, bahs, muloqotlar kabi usullardan foydalanish orqali ham amalga oshiriladi.Vatanimiz kelajagi bugun maktablarimizda ta'lim-tarbiya olayotgan o‘quvchilarimizga, ularning har tomonlama yetuk va barkamol insonlar bo‘lib yetishlariga bog‘liq. Hozirgi kunda maktab o’qituvchilarining axborot texnologiyalari bo‘yicha ham malakasini oshirish ishlari keng yo‘lga qo‘yilgan. Har bir pedagog o‘z kasbiy faoliyatida kompyuter imkoniyatlaridan erkin va faol foydalanishni, dars jarayonida tatbiq qilishini nazarda tutadi. Pedagoglarning axborot texnologik tayyorgarligi bir necha komponetlarni o‘z ichiga oladi. Ulardan biri axborot kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish asoslari va ularni kasbiy faoliyatda qo‘llash metodikasini egallash hisoblanadi.

Jamiyatimiz hayotida yuz bergan ijobiy o‘zgarishlar ta’limning maqsadi, mazmuni va vazifalarini ham qayta ko‘rib chiqishni taqozo etdi. Buning natijasida o‘quvchi dars jarayonida faol ishtirokchiga aylandi, uning fikrlash doirasi kengaydi, undan ijodkorlik, tashabbuskorlik talab etila boshlandi. Dars jarayonida o‘qituvchi emas, o‘quvchi faol bo‘lishi, savol topshiriqlar va bahs-munozaralarda ko‘proq ishtirok etib, bilimini oshirishi fanlararo uzviylik ta’limning ilg’or pedagogik texnologiyasida muhim rol o‘yiaydi. Darslarda mustaqil mutolaa, malaka va ko‘nikmalar hosil qilish, o‘quvchining zehnini o‘stirish, atrof olamga nisbatan mehr va e’tiborni, fanga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishda zamonaviy dars o‘tish usullaridan foydalanishda o’qituvchining faolligi zamon talablaridan biridir. Shunday ekan, har bir o’qituvchi avvalambor yuksak kasbiy mahoratga ega bo’lsagina, biz yosh avlod ta’lim va tarbiyasini a’lo darajaga yetkazishga erishamiz.




Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Начальные классы

Категория: Прочее

Целевая аудитория: 4 класс

Скачать
Zamonaviy boshlang’ich sinf o’qituvchisining qiyofasi

Автор: Юнусова Музайям Гайбуллаевна

Дата: 03.01.2021

Номер свидетельства: 569223


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Ваш личный кабинет
Проверка свидетельства