kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Статья на тему: "Бошланғич таьлимни ўкитишда инноватсион техналогиялардан фойдаланишнинг сифат ва самарадорлигини ошириш"

Нажмите, чтобы узнать подробности

"Бошланғич таьлимни ўкитшда инноватсион техналогиялардан фойдаланишнинг сифат ва самарадорлигини ошириш"

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Статья на тему: "Бошланғич таьлимни ўкитишда инноватсион техналогиялардан фойдаланишнинг сифат ва самарадорлигини ошириш"»

Mustafoyeva Dilnoza Hakimovna

Buxoro viloyat Vobkent tumani

34-maktabning boshlang’ich sinf o’qituvchisi



Boshlang’ich ta’limni o’qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanishning sifat va samaradorligini oshirish.

Beshikdan qabrgacha ilm izla”

Biz ta’lim va tarbiya tizimining barcha bo’g’inlari faoliyatini bugungi zamon

talablari asosida takomillashtirishni

o’zimizning birinchi darajali vazifamiz deb bilamiz.

Sh.M.Mirziyoyev

Biz bilamizki dunyo imoratlari ichida eng buyugi bu –maktabdir.Biz boshlang’ich sinf o’qituvchilari esa bu imoratni poydevorini pillapoyasini quramiz.Hozirgi kunda aytish mumkinki bilimli va intelektual rivojlangan barkamol avlod,sog’lom muhit mavjud bo’lgan sog’lom jamoada tarbiyalanadi.O’qituvchi dars jarayonida birinchi novbatda sog’lom muhitni yaratishi kerak.Shundagina o’quvchiga bilimimiz tezda yetib boradi.Barkamol shaxsni voyaga yetkazish va unda ta’limning dastlabki bilimlarni hosil qilish umumta’lim maktablarining boshlang’ich sinflarda amalga oshiriladi. Boshlang’ich sinflarda mashg’ulotlarni tashkil etish aytib o’tilganidek o’qituvchidan yuksak bilim,iqtidor,yetarli ko’nikma va malakalani talab etadi.O’qituvchi tomonidan tashkil etilgan dars o’quvchining kompetensiyalarni shakllantirishda muhim o’rin tutadi.

Zero ta’lim jarayonida intereaktiv metodlar,innovatsion texnologiyalar,pedagogik va axbarot texnologiyalarini o’quv jarayonida qo’llashga bo’lgan qiziqish kuchayib bormoqda.Bunday bo’lishining sabablaridan biri shu vaqtgacha an’ananaviy ta’limda bir xillikda bo’lgan bo’lsa zamonaviy ta’limda o’qituvchi ham o’quvchi ham yanada yuqoriroq ishlaydi,intiladi.Pedagogik texnologiya asosida o’tkazilgan darslarda yoshlarning muhim hayotiy yutuq va muammolariga o’z munosabatlarini bildirishlariga ,intilishlarini qondirib,ularni fikrlashga o’z nuqtai nazarlarini asoslashga imkoniyat yaratadi.

Ta’lim muassasalarining o’quv tarbiyaviy jarayonida zamonaviy o’qitish uslublari ,interfaol uslublar ,innovatsion texnologiyalarning o’rni va ahamiyati beqiyosdir.Pedagogik texnalogiya va ularning ta’limda qo’llanishiga oid bilimlar, tajriba o’quvchilarni bilimli va yetuk malakaga ega bo’lishini ta’minlaydi.

Har bir darsda o’quv predmetning o’ziga xos texnologiyasi mavjud.O’quvchilarni kompetensiyalarni shakllantirishda didaktik o’yinlarniAKT vositalrni ham ahamiyati kattadir.Bularning barchasini amalga oshirishda boshlang’ich ta’lim o’qituvchisiga bog’liq.

Shuning uchun ham O’zbekiston respublikasida bir qancha qarorlar qabul qilingan .Jumladan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 06.06.02 yil “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axbarot komunikatsiya texnologiyalarni joriy etish chora tadbirlari to’g’risida”gi qarori bunga yaqqol misoldir. Shuningdek O‘z.Res VMning 07.06.06 «O‘zbekiston Respublikasi XTV huzurida multimediya umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida» va yana biri O‘zbekiston Respublikasi XTVning 2011-yil 23-mart “Umumta’lim maktablarida faoliyat ko‘rsatayotgan o‘qituvchilarning zamonaviy AKTdan foydalanish to‘g‘risida”gi qarorlaridan ham ko’rinib turibdiki har bir dars yangicha ko’rinishda va yangicha talab bo’yicha o’tilishi kerak.Buning uchun o’qituvchidan katta ma’suliyat, shijoat talab etadi .Hozirgi kunning o’qituvchisi zamon shiddatlanib borayotgan bir pallada ana’anaviy darsdan voz kechib, yangicha qarashda, yangicha nigohda ishlashini talab etadi.

Xo’sh shunday ekan bir savol tug’lishi tabiiy AKTni qo’llashdan maqsad nima?

-AKT o‘quvchilarni fanga bo‘lgan qiziqishlarini oshiradi.

-AKT o‘quvchilarni kelajakdagi faoliyatiga tayyorlashga ko‘mak beradi.

- AKT o‘rganish va o‘qitishning yangi imkoniyatlarini ochib beradi.

-AKT o‘z resurslaridan oqilona foydalanishga imkoniyat yaratadi.

- AKT turli yoshdagi o‘quvchilarni, turli darajadagi o‘qituvchilar bilan tezroq moslashishiga ko‘makdir.

Elektron darslik nima? Bunda quydagilar kiradi.

Demakki har bir darsni o’zgacha shukhda va qiyofada o’tishimiz.Internetlardan foydalangan holda,multimediya vositalaridan foydalanib, slaydlar yartmog’imiz kerak. Slayd-dars – bu yoritilishi kerak bo`lgan mavzularni, o`quvchilar bajarishi lozim bo`lgan topshiriqlarni xattaxtada yoki daftarda emas, kompyuter texnologiyasi orqali ko`rsatish va bajarishdirSlaydlaring o’zi turlicha ko’rinishda bo’lishi mumkin?

Masalan;


Multimediyaga to’xtaladigan bo’lsak .Multimedia bu quydagi ko’rinishda bo’ladi.

AKT va pedagogik texnologiyalarni qo’llash natijasida :

-O’quvchilar mavzuni tez tushunib oladi, yaxshi o’zlashtiradi, o’sha mavzuga qiziqishi oshadi.

-O’quvchilar olgan bilimlarini to’laqonli o’zlashtirib,hayotda qo’llay olishiga va turli vaziyat va muammolarda tezkor javobini topishga o’rganadi.

-Eng asosiysi,mustaqil fikrlovchi yoshlarni bugingi zamonga mos tarzda ta’lim berib tarbiyalashga erishiladi.

Har bir o’qituvchi darslarni yuqorida ko’rsatilgandek texnik vositalardan innovatsion texnologiyalardan foydalanib o’tsa maqsadga muvofiq bo’lib nur ustiga a’lo nur bo’ladi.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki o’z kasbini sevib ma’suliyat bilan yondashadigan talabchan o’qituvchi pedagogik jarayonida faol bo’ladi. Uning ijodkorligi bolalarni fikrlashga undaydi. Ta’limning sifatini belgilab beradigan omillardan eng muhim bolaning ta’limga qiziqishidir.Bolalar o’zi qiziqqan jarayondagi faol ishtirok etadi va ijodkor bo’ladi.Zamonaviy darsga bo’lgan talab o’quvchini qiziqishini kengayishi zimmamizdagi talabning ortib borishi bizni yanada faollikka izlanuvchanlikka undaydi.Bugungi kunda o’qituvchining asosiy vazifasi o’quvchini chuqur va puxta bilim olishga, ulardagi bilimga bo’lgan ehtiyojni qondirishdir.Shubhasiz, hozirgi kunning o’quvchilari har qadamda fan texnika yangiliklariga,yutuqlariga duch kelishadiva qiziqishadi.Ular nafaqat bilim oluvchi balki axbarot, yangiliklarni izlovchi tahlil qiluvchi va shu bilan birga tadqiqot qiluvchilardir.

Demak,o’qituvchilar har doim o’qib, izlanishi,zamon bilan hamnafas bo’lib,yangi usullar asosida shaxsga yo’naltirilgan ta’limga asoslangan sifatli zamonaviy dars tashkil qila olishlari lozim.

Ushbu dars ishlanmadagi interfaol metodlar o’quvchida zukkolikka ,tirishqoqlikka, bilimlarni puxta egallash ko’nikmalarini hosil qiladi.Mavzuni guruhlarga bo’lib o’tish,modullarga bo’lib o’rgatish , o’quvchilarni hamkorlikka ishlashga undaydi,dars samaradorligini oshiradi.


Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Начальные классы

Категория: Прочее

Целевая аудитория: Прочее.
Урок соответствует ФГОС

Автор: Мустофоева Дилноза Хакимовна

Дата: 20.03.2020

Номер свидетельства: 543639


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства