kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Статья на тему: "Бошлангич синфларда Алишер Навоий хикматларини урганиш усуллари"

Нажмите, чтобы узнать подробности

Статья на тему: "Бошлангич синфларда Алишер Навоий хикматларини урганиш усуллари"

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Статья на тему: "Бошлангич синфларда Алишер Навоий хикматларини урганиш усуллари"»

Boshlang’ich sinflarda Alisher Navoiy hikmatlarini o’rganish usullari



Prezidetimiz tashabbuslari tufayli ta’lim tizimida katta o’zgarishlar ro’y berayotgani ta’limning barcha sohalarida, xususan ,adabiy ta’limda ham mukammallik yuzaga kelishiga ta’sir ko’rsatyapti.Masalan,o’zbek mumtoz adabiyoti namunalarini uzluksiz ta’lim tizimida muntazam o’rganish uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda.

Xususan, Navoiy ijodini umumta’lim maktablarining boshlang’ich sinflarida ma’lum tizim asosida o’rganish lozim.Istiqlol yillaridan boshlab ulug’ shoir hayoti va ijodi boshlang’ich sinflarning “O’qish”,”Ona tili”, “Odobnoma”kabi darsliklardan o’rin oldi.

Boshlang’ich sinflarga qadam qo’ygan har bir o’quvchi Navoiyning hikmatli so’zlarini,hatto ayrim ruboiylarini ,g’azallaridan ham parchalarni yod bilishi hammaga ma’lum.

1-sinfga kelgan bola yo oilada,yo bog’chada shoir asarlaridan bahramand bo’lgan va yod olgan.Ammo bu she’rlarning ma’nosidan , mazmunidan hatto maktabning 5-6sinf o’quvchilari ham yaxshi xabardor bo’lmaydilar.

Demak,ana shu holatni hisobga olib faoliyat boshlash lozim.Avvalo ,1-sinfga kelgan bolalarni zeriktirib qo’ymaslik uchun ular biladigan she’rlarni aniqlab,ularni takrorlamaslikka harakat qilish kerak.Buning uchun oldindan qaysi darsda qanday hikmatlarni o’rganish rejalashtirib olinadi.Ko’p yillik tajribamiz natijalaridan kelib chiqib,boshlang’ich sinflarda Navoiy hikmatlarini ma’lum bir tizim sifatida o’rganishda quyidagilarni tavsiya etaman.

-1-sinfda jami 15ta hikmatli o’rganish mumkin.”O’qish”,”Odobnoma”,”Ona tili”darslarining har birida 5tadan hikmatli so’zni;

-2-sinfdan jami 20ta hikmatli so’zni o’rganish mumkin.Har bir darsda 7tadan hikmatli so’z o’rgansa bo’ladi;

-3-sinfda esa 30ta hikmatli so’zni o’rganish mumkin.Har bir darsda 10tadan hikmatli so’zni o’rgansa bo’ladi;

-4-sinfda esa jami 35-40 ta kikmatli so’zni ,ya’ni “O’qish”darsida 15 ta ,”Odobnoma” va “Ona tili” darslarida esa 10-13tadan hikmatli so’zlarni o’rganish mumkin.

Shoir aforizmlari o’rganilayotgan darslarda mumtoz adabiyotimiz yuzasidan tuzilgan lug’atlardan unumli foydalanish zarur.Zero,Navoiy asarlarida qo’llangan arabcha va forscha ,shuningdek eski o’zbek tiliga oid so’zlarning ma’nolarini o’quvchilarga tushuntirib berish kerak.Bu hol ,albatta ,Navoiy hikmatli so’zlarining ma’nosini o’quvchilar ongiga singdirish maqsadga erishish va samaradorlik hosil qilishda muhim rol o’ynaydi.

Navoiy hikmatli so’zlarini o’rganish darslarida doimo kichik guruhlar bilan ishlashga harakat qilish maqsadga muvofiq.Shunday qilinganda sinfdagi hamma o’quvchilarni darsga jalb qilish imkoniyati tug’iladi.Kichik guruhlarda ishlaganda o’quvchilar o’zlarini o’zlari ni o’zlari baholashi ham mumkin.

Kichik guruhlarda ishlash har bir sinf uchun har xil tashkil etilishi ,ya’ni:

1-sinfda har bir guruh a’zolari navbat bilan 5qadamdan yuradilar va shoir hikmatlaridan aytadilar.Kim to’xtab yoki adashib qolsa ,jarima belgilanadi,xatolar soniga qarab ,topib aniqlanadi.

2-sinfda 1-guruh hikmatli so’zni aytadi 2-guruh esa mazmunini sharhlaydilar.Keyin navbat almashadi.

3-sinfda 1-guruh hikmatli so’zni aytadi 2-guruh esa hikmatli so’zni qaysi asardan olingan ekanini topadi.Keyin o’rin almashashadi.O’yin shu tarzda davom etadi.

4-sinfda esa kamida 3ta guruh o’rtasida “Bahru-bayt”musobaqasini o’tqazish orqali o’quvchilarni Alisher Navoiy hikmatlarini yod oldirishda yanada yordam beradi.O’quvchilar bu o’yin orqali oldingi sinflarida yod olgan hikmatli so’zlari va ruboiy ,g’azallaridan ham takrorlashlari va mustahkamlaydilar.

Navoiy hikmatlarini o’rganishda zamonaviy texnika vositalaridan,ko’rsatmali va ko’rgazmali vositalardan foydalanish maqsadimizga erishishimiz uchun kengroq ahamiyat beradi.Hozirgi ta’lim tizimida o’zgarishlar bo’layotgan bir davrda o’quvchilarga Navoiy hikmatlarini yod oldirishning zamonaviy usullarini ,o’yinlar yordamida tashkil qilish ham yaxshi natija beradi.Yangi innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda boshlang’ich sinflarda mumtoz adabiyotlarga qiziqish uyg’otib ularning tushunchalarini kengaytirib borishni maqsad qilishimiz zarurdir.Navoiy ijodini g’azal va hikmatli so’zlarni bolalar ongiga tez singishi uchun biz ota-onalar bilan ham hamkorlikni yaratishimiz kerak,chunki bola oiladan ham bilmaganini so’rab, ozroq tushunchasini kengaytira oladi.Oiladan bolaga pedagogik yordam bo’lsa,shu bola o’z tengdoshlariga nisbatan o’zini kuchli his qila oladi. Biz ana shunday oilalarni ko’payishiga yordam bersak,ma’naviyatli bolalarimiz ham ko’payaveradi.

Toshkent shahri

Yakkasaroy tumani

o’qituvchisi

Boqiyeva Dilsabo


Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Начальные классы

Категория: Прочее

Целевая аудитория: Прочее

Скачать
Статья на тему: "Бошлангич синфларда Алишер Навоий хикматларини урганиш усуллари"

Автор: Бокиева Дилсабо Куконовна

Дата: 06.04.2020

Номер свидетельства: 545604


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Ваш личный кабинет
Проверка свидетельства