Просмотр содержимого документа
«Ota-ona va o’quvchilarda mutolaa ko’nikmasini shakllantirish.»
Ota-ona va o’quvchilarda mutolaa ko’nikmasini shakllantirish.
Mutolaa bolaning hayotga, tabiatga, borliqqa bo’lgan munosabatini shakllantiradi, didini o’stiradi.Bu borada maktabda o’qituvchi , oilada ota-onaning o’zi bolaga o’rnak bo’la olishi kerak. Dars soatlari yoki sinfdan tashqari o’qish darslarida o’quvchilar bilan o’rganilgan asar qahramonlarining ijobiy, salbiy tomonlari haqida ularning fikrlari tinglasa,maqsadga muvofiq. Nafaqat o’quvchilar, balki ota-onalar bilan ham shunday ishlar olib borish kerak.
Sog’lom bola ongi ,tafakkuri har daqiqada o’sadi, yangi axborot, ma’lumotlarni tez qabul qiladi.Hozirgi shiddatli rivojlanish davrida bolajonlarga eng to’g’ri, qiziqarli, samarali axborot olishda ota-onalar va o’qituvchi murabbiylarning birgalikdagi hamkorligi va hamfikrligini to’g’ri yo’lga qo’yish lozim.
Ota-ona ham oila davrasida kitob o’qib, shu o’qigan asari ustida birgalikda munozara yurtsagina bola ongida kitob o’qishga ko’nikma hosil bo’ladi. Qolaversa, agar ota-ona farzandlariga kitob sovg’a qilib, ularga shaxsiy kutubxona tashkil qilib berishsa va shu kitobni farzandlarI o’rtasida “Kim to’g’ri va ifodali o’qish” kabi kichik musobaqalar o’tkazilsa, o’qilgan asar bo’yicha fik r almashilsa, farzandlarda ham kitob qilishga qiziqish yug’onadi .Chunki oilaviy bahs-munozarada ular ham fikrlarini bildirishga harakat qilishadi.
Xalqimizda “Qush uyasida ko’rganini qiladi”, degan maqol bor. Bola ma’naviyati eng avvalo, oiladagi muhitda shakllanadi. Bola qanaqa narsalarga, nimalarga qiziqishini anglagan holda, ularni asta-sekinlik bilan mutolaaga mehr uyg’otish , kichik yoshdagi bolalarga yoshiga mos kitob tanlay olish zarur. Misol uchun, ayrim bolalar qushlarga, ayrimlari hayvonlarga, o’simliklar, texnika kabi narsalarga qiziqadi. Lekin bolaning mutolaaga toqati yo’q. Bu holatda ota-ona qanday yo’l tutish kerak? Bunda farzandning qiziqishidan kelib chiqib kitob tanlash lozim. Kichik yoshdagi bolalarga rasmlari ko’p, qush yoki hayvonlar rasmlari bilan boyitilgan kitoblarni olib berish foydali. Chunki bola kitobdagi rasmlarni tomosha qilish bilan bir qatorda o’zi uchun notanish bo’lgan narsalarga qiziqadi.Tabiiyki , shu qush yoki hayvon nomi , u haqida ma’lumot bolani befarq qoldirmaydi. Bu esa uni kitobga bog’laydi.
Har daqiqada, har soniyada zamonamiz yuksalib, ilm-fan taraqqiy etib bormoqda. Bolalarning kitob o’qimay qolganini loqaydlik yoki bilim olish ishtiyoqining sustligi bilan emasm balki, ular o’zlarini qiziqtirgan savollarga boshqa manbalardan javob topayotgani bilan izohlash to’g’riroq bo’lar , balki. Bugungi kun bolasi cheksiz axborot manbalari qurshovida o’sayotgani ayni haqiqat.Kitob- yaxlit asar. Bola buni o’qib, xulosa chiqaradi, mushohada qiladi.Har bir ota-ona farzandini o’qimishli bo’lishini istaydi. Hayotda to’g’ri yo’ldan borishiga , porloq kelajagiga umid bog’laydi.Buning uchun esa imkon borida fursatni qo’ldan boy bermay , hozirdanoq mutolaaga cho’g’lanaylik.Zero, yurt kelajagi shu yoshlar qo’lidadir.
Yuldasheva Nasiba Ergashevna
Namangan shahar xalq ta’limi bo’limi boshlang’ich sinflar metodisti.