Просмотр содержимого документа
«O’quvchilardan tomchi so’rasak- O’dengiz zimiz bo’laylik.»
O’quvchilardan tomchi so’rasak-
O’zimiz dengiz bo’laylik.
Boshlang’ich sinf o’qituvchisi faqatgina o’qish-yozishni o’rgatuvchi muallimgina emas, sinfdagi tartib-intizom,bolalar orasidagi munosabatlarni nazorat qiladigan,ta’lim va tarbiya jarayonini boshqarib boradigan sinf rahbari hamdir.Sinf o’quvchilarining muaffaqiyati negizida albatta sinf rahbari turadi.Boshlang’ich ta’lim o’qituvchisi sinfni mahorat bilan boshqarsa o’zini na’munali rahbar sifatida namoyon etsa,o’quvchilarga ta’siri yanada ortadi.Sihf o’quvchilar orasida sog’lom muhit shakllanadi.Shundan keyin o’qituvchi – o’quvchi,o’qituvchi va ota – onalar munosabati mustahkamlanadi.Qarabsizki o’quvchilar orasida o’qishga qiziqish uyg’onadi,o’z – o’zidan ta’lim tarbiya olg’a siljiydi.
Bolalar tarbiyasini amalga oshirish,sinf o’quvchilarining qobilyatlarini mutazam ravishda to’liq namoyon etishlari uchun Yetarli pedagogik mahorat talab qiladi.
Masalan o’zimiz o’rgana olmagan narsani boshhqalarga uqtira olmaymiz.Birinchi navbatda boshlang’ich ta’lim o’qituvchisi muallim sifatida ham,sinf rahbari sifatida ham o’zini yaxshi bilishi,mutahasis sifatida o’z ustida mutazam ravishda ishlashi lozim.
Vaxolang-ki hech kim birdaniga o’z-o’zidan mukammal insonga aylanib qolmaydi.Yil sayin faoliyatimiz,mutaxasisligimiz bo’yicha bilim daraja,xulq-atvor,muomala madaniyatimizni doimiy ravishda ochiq va tanqidiy nazar bilan tahlil qilib,kamchiliklarni tuzatib borishga intilishimiz kerak bo’ladi.Buning uchun hamkasblarimiz va tajribali ustozlar bilan o’zimizni solishtirib ko’rishga to’g’ri keladi.
Darslarimizning samaradorligiga erishish,ayniqsa mehnatimizni zoye ketkazmaslik uchun bolaning ko’nglidan chiqishimiz kerak,deb o’ylayman.1-sinfga kelgan o’quvchilar barmoqlariga qalam tutqazgan birinchi ustozini onasidek yaxshi ko’radi.Bu mehrga erishish uchun ham matonat va yuksak mahorat zarur.Darslarda turli xil qiziqarli metodlar ,o’yin tehnologiyalaridan foydalansak,o’quvchilar ular uchun jon kyudirayotganimizni his qiladi.O’qituvchi qanchalik mahorat bilan dars o’tsa,o’quvchilar ham shunday qiziqish va diqqat bilan ustozga ergashadi.
Doimo o’zingizni tergang hamkasblar,o’quvchilarim mendan mamnunmi ? ota-onalar-chi,ular biz muallimlardan rozimi ?-degan savolni o’zimizga
beraylik-chi ? Bilimdonlar bahs maydonlarida bilinadi.Bunda esa sinfda sog’lom raqobat muhitini shakllantirish kerak.Turli o’yinlar ,bellashuvlarning ahamiyati juda katta.
Misol uchun darsdan so’ng vaqt ajratib ko’paytirish jadbalini,,Qadam-baqadam’’ usulidan foydalanib so’rasam,guruhlardan g’oliblarni aniqlab ragbatlantiraman,so’ng bu musobaqa yana davom etishini aytib,qolganlar ham harakat qilishlarini uqtiraman .Shunday bellashuvlar o’tkazganimda o’quvchilarim ota-onalari bilan ketgisi kelmay,dars tugagan bo’sa-da,tanlovda qolib, o’z kuchini sinab ko’radi.
Ota-ona uchun bundan ortiq baxt bo’lmasa kerak.
O’quvchilarga o’rnak bo’lish uchun albatta o’zimiz ham o’qituvchilar o’rtasida o’tkaziladigan turli ko’rik-tanlovlarda qatnashib borishni unutmasligimiz kerak .
Albatta, o’quvchilar,ularning ota-onasi hurmatini qozonish va bu e’tiborni
qo’ldan chiqarmaslik uchun ham,ustoz-murabbiylar doimo o’z ustida
ishlashi kerak.
Men o’zimni to’laqonli yetuk pedagogman deyishdan yiroqman.
Umuman o’ziga nisbatan qoniqish xosil qilgan har qahday kasb egasi
izlanishdan to’xtab qoladi.
Xullas, bugunning murabbiysi-davrning ko’zgusi,zamondoshlari uchun
esa ibrat na’munasi bo’lishi zarur.
Mirzaakbarova Yayra Qodirovna.
Namangan shahridagi 34- maktabning boshlang’ich sinf o’qituvchisi.