Просмотр содержимого документа
«Ona till darslarida didaktik vositalardan foydalanish»
Ibrohimova Zaynab
Buxoro viloyati G'ijduvon tumanidagi
22-umumiy o'rta ta'lim maktabining
boshlang'ich ta'lim o'qituvchisi
Ona tili darslarida didaktik vositalardan foydalanish
Ma'lumki,darslarda ta'limning turli texnologiyalaridan keng foydalangan holda madhg'ulotlar tadhkil etish,o'quvchilar qiziqishini inobatga olgan holda,tarqatma materiallardan foydalanish madhg'ulotning samaradorligini ta'minlaydi.Qiziqishni oshiruvchi vositalardan biri bu didaktik materiallardir.Didaktik materiallarga mustaqil va ijodiy ishlash hamda fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga yo'naltirilgan muammoli,qiziqarli savollar,ijodiy topshiriqlar,ta'limiy o'yinlar,boshqotirmalar kiradi.Shuningdek,o'qitish jarayonida o'qituvchi tomonida qo'llaniladigan tarqatmalar,yo'riqnomalar,amaliy ishni tashkil etuvchi grafik jamlanmalar ham darsning tarbiyaviy ahamiyatini oshiruvchi omillardir.
Darslarda didaktik materiallardan foydalanishda quyidagilarga e'tibor berish ahamiyatlidir:
- o'quvchilarni turli muammolarni hal qilishga yo'naltirish;
- turli tadqiqotlar olib borishga yo'naltirish;
- muammoli vaziyat yarata olish va ulardan chiqa olish ko'nikmalarini shakllantifish;
- darslarda turli tarzdagi amaliy tajribalar o'tkazish;
- yangilimlarni izlazh va ularni tahlill qilishga y o'naltirish.
Darslarida turli didaktik materiallardan foydalanishda turli ijodiy topshiriqlar ijodiy mashq, ijodiy mustaqil ish va turli didaktik o'yinlarni ham misol qilish mumkin.Darslarda ijodiy mashq vositasida o'rganilgan bilimlar amaliyotga tatbiq qilinsa,olingan dalillardan yangi xulosalar chiqarish hamda yangicha faoliyat usullarini faoliyatda qo'llash imkoniyatlari vujudga keladi.
Didaktik vositalardan unumli va samarali foydalanishda kichuk guruhlarda yoki individual shakllarda tashkil etiladigan vaziyatlar muhim ahamiyatga ega. Guruhlarda ishlashda o'quvchilarning muloqotga kirishish, o'z fikrini aytish,boshqalar fikrini bo'lmasdan eshitish, faol ishtirok etish,bir-bringing nuqtai nazarini hurmat qilish kabi ijodiy xususiyatlar shakllanadi.