kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Ona tili darslarida AKTdan foydalanish

Нажмите, чтобы узнать подробности

              Ona tili fani darslarida AKTdan foydalanish

                                                             Reja:

  1. Zamonaviy ta’lim tizimida ona tili fanining samaradorligi.
  2. Ona tili fani darslarida AKTdan foydalanish.

   Yurtimizda zamonaviy ta’lim tizimi yosh avlodni yetuk inson bo`lib voyaga yetishi uchun barcha imkoniyatlarni yaratib berishni o`z oldimizga maqsad qilib qo`yganmiz. Jumladan, amalga oshirilayotgan barcha ishlarimiz asosida ana shu maqsad-muddao mujassam.

  Ta’lim-tarbiya sohasidagi islohotlarning izchil borayotganligini ko`rish mumkin. Farzandlarimizni   sog`lom va baquvvat, barkamol inson etib tarbiyalay olgan yurtdagina taraqqiyot, buyuklik bo`ladi.

   Shu o`rinda biz pedagoglar oldiga bugungi kunda, ayniqsa, ona tili va adabiyot fani o`qituvchilari  zimmasiga juda katta ma’suliyat yuklandi.

  Ona tili fani darslariga yangi pedagogik texnologiyalarni olib kirish va uni ta’lim tizimi mazmuniga singdirish, tadbiq etish, darsda yangi usullardan qo`llash, noan’anaviy darslarning ahamiyati, DTS talablarini bajarishga zamin yaratadi.

Men ham pedagogik faoliyatimda DTS talablariga asoslangan holda har bir darsimda o`quvchi shaxsini kamol toptirish, o`sib kelayotgan yosh avlodga umuminsoniy va milliy qadriyatlarga hurmat tuyg`usini singdirishda, milliy tilga, o`z xalqining an’analariga iftixor tuyg`usining kamol toptirishga harakat qilaman.

  Shu maqsadga muvofiq, ona tili fani darslarida yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanib, elektron darsliklar asosida olib borish o`qituvchi uchun yaqin ko`makdosh vazifasini o`tashi mumkin. Chunki ona tili fanidagi ayrim mavzularni o`quvchilarga tushuntirish qiyinchilik tug`dirayotganini inobatga olish kerak. O`quvchilarning murakkab mavzularni o`zlashtirishida o`qituvchidan eshitgandan ko`ra AKT orqali ko`rib tushungani o`qituvchining o`ziga ham yordam beradi. O`quvchining yozma nutqiy ko`nikmalarini hosil qilishda nafaqat grammatik bilimlar, balki sara bilimlarni egallashi zarur. Chunki o`quvchilar grammatik bilimlar yordamida to`g`ri jumlalar tuzishni o`rgansa,  nutqiy bilimlar orqali  so`zlarni tanlash, so`zlarni o`z joyida ma’lum ifoda vositalari sifatida qo`llab, mazmunini maqsadga muvofiq ifodalashga o`rganadilar.

  Ona tili fanining 5-9 sinf uchun uzviylashtirilgan o`quv rajasidagi ayrim mavzular o`quvchilar uchun tushunishida qiyinchilik tug`dirayotganini aytib o`tmoqchiman.

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Ona tili darslarida AKTdan foydalanish»

Uchqo`rg`on tuman xalq ta’limi bo`limiga qarashl 6-sonli umumiy o`rta ta’lim maktabi ona tili va adabiyoti fani o`qituvchisi Jarkinova Zulfiya Abdulhayevnaning “Ona tili darslarida AKTdan foydalanish” mavzusida

yozgan

Ma’ruzasi

Ona tili fani darslarida AKTdan foydalanish

Reja:

  1. Zamonaviy ta’lim tizimida ona tili fanining samaradorligi.

  2. Ona tili fani darslarida AKTdan foydalanish.

Yurtimizda zamonaviy ta’lim tizimi yosh avlodni yetuk inson bo`lib voyaga yetishi uchun barcha imkoniyatlarni yaratib berishni o`z oldimizga maqsad qilib qo`yganmiz. Jumladan, amalga oshirilayotgan barcha ishlarimiz asosida ana shu maqsad-muddao mujassam.

Ta’lim-tarbiya sohasidagi islohotlarning izchil borayotganligini ko`rish mumkin. Farzandlarimizni sog`lom va baquvvat, barkamol inson etib tarbiyalay olgan yurtdagina taraqqiyot, buyuklik bo`ladi.

Shu o`rinda biz pedagoglar oldiga bugungi kunda, ayniqsa, ona tili va adabiyot fani o`qituvchilari zimmasiga juda katta ma’suliyat yuklandi.

Ona tili fani darslariga yangi pedagogik texnologiyalarni olib kirish va uni ta’lim tizimi mazmuniga singdirish, tadbiq etish, darsda yangi usullardan qo`llash, noan’anaviy darslarning ahamiyati, DTS talablarini bajarishga zamin yaratadi.

Men ham pedagogik faoliyatimda DTS talablariga asoslangan holda har bir darsimda o`quvchi shaxsini kamol toptirish, o`sib kelayotgan yosh avlodga umuminsoniy va milliy qadriyatlarga hurmat tuyg`usini singdirishda, milliy tilga, o`z xalqining an’analariga iftixor tuyg`usining kamol toptirishga harakat qilaman.

Shu maqsadga muvofiq, ona tili fani darslarida yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanib, elektron darsliklar asosida olib borish o`qituvchi uchun yaqin ko`makdosh vazifasini o`tashi mumkin. Chunki ona tili fanidagi ayrim mavzularni o`quvchilarga tushuntirish qiyinchilik tug`dirayotganini inobatga olish kerak. O`quvchilarning murakkab mavzularni o`zlashtirishida o`qituvchidan eshitgandan ko`ra AKT orqali ko`rib tushungani o`qituvchining o`ziga ham yordam beradi. O`quvchining yozma nutqiy ko`nikmalarini hosil qilishda nafaqat grammatik bilimlar, balki sara bilimlarni egallashi zarur. Chunki o`quvchilar grammatik bilimlar yordamida to`g`ri jumlalar tuzishni o`rgansa, nutqiy bilimlar orqali so`zlarni tanlash, so`zlarni o`z joyida ma’lum ifoda vositalari sifatida qo`llab, mazmunini maqsadga muvofiq ifodalashga o`rganadilar.

Ona tili fanining 5-9 sinf uchun uzviylashtirilgan o`quv rajasidagi ayrim mavzular o`quvchilar uchun tushunishida qiyinchilik tug`dirayotganini aytib o`tmoqchiman.

Masalan:

5-sinf: Nutq tovushlari. Lab va til undoshlari.

O`quvchilarga mavzuni tushuntirishda AKTdan foydalanib, klaster usuli yoki boshqa usullar yordamida, tovushlarni o`quvchilarning o`zlariga og`zaki ravishda talaffuz ettirish orqali yetkazish mumkin. O`quvchilarga rasmli slaydlar yordamida nutq tovushlarni topish vazifasini topshiriq sifatida berish mumkin. Bundan tashqari o`quvchilardan matnlar ichidan nutq tovushlarini topib, unli va undoshlarini ajratish ko`nikmasini shakllantirish mumkin. Bir tomondan o`quvchida topqirlik qobiliyati shakllantirilsa, ikkinchi tomondan esa mavzuni mustaqil o`zlashtirish ko`nikmasi hosil bo`ladi.

6-sinf: Fe’llarning vazifa shakllari. Fe’llarning munosabat shakllari.

O`quvchilarga ushbu mavzuni tushuntirishda ham AKTdan foydalanib, klaster, tezkor savol-javob va boshqa metodlarni qo`llagan holda tushuntirish mumkin. Ushbu chizma orqali men “Fe’llarning vazifa shakllari” mavzusini o`quvchilarga tushuntirishda slayd yordamidan foydalanishim mumkin. O`quvchi ushbu chizmani ko`rib, mavzuni tushunishi mumkin bo`ladi.

7-sinf: “Bilan” yordamchi so`zining ham ko`makchi, ham bog`lovchi vazifasida qo`llanishi.

Ushbu mavzuni tushuntirishda AKTdan foydalanishdan tashqari misollar keltirish orqali ham o`quvchi ongiga yetkazish mumkin. Masalan: 1. Ona bilan bola, gul bilan lola.

2. Farhod qalam bilan rasm daftariga chiroyli rasm chizdi. Quyidagi gaplarning birida “bilan” bog`lovchi, birida esa ko`makchi vazifasida kelganini slayd orqali ko`rsatib, o`quvchilarga topshiriq sifatida berish mumkin. Ushbu usul yordamida o`quvchida mustaqil fikrlash qobiliyati shakllanadi.

8-sinf: Ega ishtirok etgan gaplar. Egasi yashiringan gaplar.

O`quvchilarga bu mavzuni tushuntirishdan avval o`qituvchining o`zidan ham kasbiy mahorat talab etiladi. Chunki o`qituvchi o`zi ham ushbu mavzuni yaxshi bilishi kerakdir. Shu o`rinda men bu mavzuni tushuntirishda klaster, bingo metodlaridan,AKT yordamida esa biror badiiy asardan parcha keltirish orqali o`quvchilardan ega ishtirok etgani yoki etmaganini aniqlash topshirig`ini berishni tavsiya etishim mumkin.

Ushbu chizma orqali yangi mavzuni tushuntirishda foydalanish mumkin.

9-sinf: Ergashgan gaplar va ularning turlari.

Bu mavzuni tushuntirishda ham bevosita yoki bilvosita AKTdan foydalanib, turli inovatsion usullarni qo`llash orqali o`quvchi ongiga singdirish mumkin. O`quvchining o`ziga mustaqil gap tuzdirish orqali ergashgan gaplarni topish vazifasini topshirish mumkin. Bundan tashqari elektron darslik yordamidan ham foydalanilsa, maqsadga muvofiq bo`ladi, deb o`ylayman.

Yuqorida ayrim mavzularni o`quvchiga tushuntirishda hozirgi zamon talabidan kelib chiqqan holda o`qituvchidan o`z ustida tinmay ish olib borishi, internet, vebsayt orqali bilimini yanada takomillashtirib borishni davr talabi, deb o`ylayman.

Ona tili va adabiyotga e’tibor hamisha yuksak darajada bo`lgan. Ona tilininig qadr-qimmati ham, nufuzi ham har doim nihoyatda baland baholar bilan o`lchangan. Chunki qancha-qancha avlodlar ona tili va adabiyot yordamida voyaga yetayotganiga guvohmiz. Odamlar badiiy adabiyotga iymonga ishonganday ishonishgan, o`z ona tilisini asrab-avaylashgan. Hattoki, A. Navoiy ham ona tilimizning naqadar jozibali ekanligi umrboqiy asarlarida ko`rsatib o`tgan. Insonlar adabiyotimizdan ruhiy va ma’naviy ozuqa olishgan.

Muhtaram Prezidentimiz “Adabiyotga e’tibor – ma’naviyatga, kelajakka e’tibor” nomli risolasida shunday fikrlarni keltiradi: “Bir so`z bilan aytganda xalqimiz ona tilini millat tili, adabiyotni esa muqaddas va ulug` dargoh” deb biladi.

Men ham mana shunday ulug` va muqaddas dargohda mehnat qilayotganligimdan, kelajak avlodni yetuk va barkamol bo`lib voyaga yetayotganida oz bo`lsa-da, o`z hissamni qo`shayotganligimdan behad shodman. Bundan keyingi ish faoliyatimda men tinmay o`z ustimda muntazam shig`ullanishim lozimligi maqsadga muvofiqdir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. Til va adabiyot ta’limi” jurnali.

  2. Ma’rifat” gazetasi.

  3. I. A. Karimov “Adabiyotga e’tibor – ma’naviyatga, kelajakka e’tibor” risolasi.

  4. XXI asr muallimasi” jurnali.

Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Начальные классы

Категория: Прочее

Целевая аудитория: Дошкольникам.
Урок соответствует ФГОС

Скачать
Ona tili darslarida AKTdan foydalanish

Автор: Jarkinova Zulfiya Abdulhayevna

Дата: 09.04.2020

Номер свидетельства: 545916

Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Ваш личный кабинет
Проверка свидетельства