Dunyo bo’ylab kechayotgan bu o’g’ir vaziyatda eng asosiy dolzarb masala bu o’quvchilarning bilim olish jarayonlarini davom ettirishdir. Bu borada yurtimizda olib borilayotgan keng ko’lamli siyosatga tan bermaslikning ilojisi yoq deb hisoblayman. Ayni paytda online darslarning tashkillanayotgani va uzluksiz televideniye orqali barcha oquvchilar jamiyatini qamrab olayotgani taqsinga sazovordir. Albatta, buning zamirida ulkan mehnat, izlanish va bilim, kop yillik tajriba yotibdi. Yana shuni aytishimiz joizki, bunday qulaylik vas hart-sharoit butun dunyo siyosatchilarining ham etirofiga tushmoqda. XXI-asr axborotlashtirish asridir. Shuning uchun hozirgi talim muassasalarida zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan foydalaninsh imkoniyatlarini yanada takomillashtirish hamda talim jarayoniga bunday texnologiyalarni qollashning eng muhim korsatkichlarini izohlab, amaliyotda korsatib berish kerak. Shunday ekan boshlangich sinflarda sinfdan tashqari mashgulotlarda kompyuter oyinlaridan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Kichik yoshdagi oquvchilar bilan bajariladigan sinfdan tashqari ishlarda kompyuter oyinlaridan foydalanishdan ko'zlangan asosiy maqsad shuki, dars davomida o'zlashtira olmagan bilimlarni yanada amaliy rivojlantirish, mushtahkamlash va o'quvchilarning bo'sh vaqtlarini unumli o'tkazishdir. Oquv jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalarini qollash talim metodlarining samar+-*/adorligini oshirishga, oqituvchilar mehnat faoliyatining ozgarishiga va oquvchilarning bilim darajasi, dunyoqarashi ozgarishiga samarali tasir qiladi. Bunga misol qilib,boshlangich sinf matematika darslarida arifmetik amallarni kompyuter oyinlaridan foydalanib bajaramiz. Bu arifmetik amallar va tenglamalar yechishda, asosan, kompyuter orqali boshqarilib boriladi. Oqituvchi oquvchilar bilan individual ravishda birma-bir berilgan misollar yechishga harakat qiladi. Matematika fanidan otkaziladigan togarak ishi sinfdan tashqari bajariladigan ishlarning biri hisoblanadi. Boshlangich sinf oquvchilari bilan birinchi sinfning ikkinchi oquv choragidan boshlab matematika fanidan sinfdan tashqari mashgulotlarini tashkil qilish va uni davomiy otkazish maqsadga muvofiqdir. Shu davrdan boshlab arifmetik amallarni ishlash mobaynida kompyuter oyinlaridan foydalanganda koproq harakatli oyin va tasvirlardan foydalanilsa,yanada osha fanga qiziqishi ortadi,kompyuter texnologiyalaridan fodalanish asta-sekin shakllanadi. Buning natijasida o'quvchilarning mustaqil ishlash qobilyatlari rivojlanadi. Oquvchilarning togarak mashgulotlari jarayonida ozlarining 37atematika jihatdan osganliklarini, yangi bilimlar va malakalar olganliklarini anglab yetishlari katta ahamiyatga ega. Shu sababdan, otkaziladigan togarak mashgulotlarining natijalarini, oquvchilarning umumiy va individual muvaffaqiyatlarini alohida takidlagan holda tola va batafsil tahlil qilish kerak. Togarak mashgulotlarini otkazishning muhim xususiyatlaridan biri oqituvchi har bir oquvchi bilan individual shugullanadi, oquvchining tildagi bazi bir nutqiy xatoliklarini togrilashga harakat qiladi, savodxonligini oshirishga va jamoa bilan ishlashga orgatadi. Sinfdan tashqari bajariladigan ishlarni tashkil qilish va otkazish asosida quyidagi qoidalar yotadi: sinfdan tashqari bajaradigan mashgulotlar oquvchilarning dars jarayonlarida oladigan bilimlari, malaka va konikmalarini hisobga olgan holda otkaziladi, sinfdan tashqari bajaradigan mashgulotlar ixtiyoriylik, tashabbuskorlik tamoyillari, oquvchilarning harakatlari asosida tuziladi hamda oquvchilarning individual talablarini qanoatlantirish maqsadida otkaziladi, sinfdan tashqari bajariladigan mashgulotlar otkazilish shakliga kora darslardan farq qiladi va kopincha qiziqarlilik xarakteriga ega boladi. Bunda zaruriy shartlardan biri ishning rejaliligi, davomiyligi va muntazamliligidir. Shu munosabat bilan matematika togaraklarida: oquvchilarning umumlashtirish qobiliyatlarini, mantiqiy tafakkurlarini, fazoviy tasavvurlarini, matematik xotira, diqqat, topqirlik va ziyrakliklarini quyidagilarni rivojlantiruvchi ishlarni e'tiborga olish kerak. Matematik togarak mashgulotlarini rejalashtirishda shuni hisobga olish kerakki, alohida olingan mashgulot qoyilgan masalalarni tola hal qilmaydi, hamma rejalashtirilgan mashgulotlarning organilishi nazarda tutilgan savollarning tola ishlanmasi bilan birgalikdagi oldindan oylab qoyilgan sistemasi zarur. Shu munosabat bilan yarim yilga yoki birdaniga bir yilga moljallangan reja tuzish kerak, bunda butun materialni shunday taqsimlash lozimki, u shu vaqtda darsda organilayotgan mavzular bilan bogliqlikda bolsin. Mavzuni yanada yaxshiroq organish uchun bu mavzuga oid qiyinroq masalalarni yechish, shuningdek topqirlik, ziyraklik, diqqatni talab qiluvchi masalalarni yechish, kichik-kichik qiziqarli masalalarni ishlab borish foydalidir. Bugungi izchillik bilan, jadallik bilan rivojlanayotgan dunyoda oquvchilarning tanqidiy va mantiqiy fikrlashlarini rivojlantirish har bir mahoratli oqituvchining kasbiy orzusi desam mubolaga bolmaydi. Oquvchilar masalaga doimo bir yechim yoki bir ifoda yuzasidan yondoshmasliklarini orgatish, ularni hamisha boshqa usullar haqida ham oylab korishlari uchun imkoniyat yaratishimiz kerak. Oquvchilarga dars davomida chuqur bilim berish bilan birga ularning bosh vaqtini mazmunli otkazish orqali mustaqil fikrlashga orgatish, ogzaki va yozma nutqlarini uzluksiz ostirish alohida ahamiyat kasb etadi. Bunda umumtalim maktablarida tashkil etiladigan sinfdan tashqari togarak mashgulotlari muhim orin tutadi. Uni oquvchilar yoshiga mos ravishda zamon talablari asosida togri tashkil etib, innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda, ogil-qizlarni ijodiy fikrlash, mustaqil ishlash va nazariyani amaliyotda qollay olishga orgatish hamad iqtidorini sayqal toptirishga oqituvchilar uchun sinfdan tashqari togarak mashgulotlari toplami ayni muddao bolishi, shubhasiz. Foydalanilgan adabiyotlar royhati: 1. Sh. Mirziyoyеv. “Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi ”, Toshkent-“O`zbekiston”, 2017. 2. Abduqudusov O.A. v.b. “Zamonaviy pеdagogik va axborot tеxnologiyalari”. Toshkеnt, 2011-yil, 216 b. 3.Qurbonov SH., Seythalilov E. Ta’lim sifatini boshqarish.T.: «Turon-Iqbol», 2006. | | | |