Откуда берется талант? Через роды или по наследству? Эти вопросы на протяжении веков ломали голову. Талант - это многогранная и прекрасно сформированная способность, которая определяет уровень умственных способностей человека выше среднего, но ребенок рождается с определенной способностью.
Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Просмотр содержимого документа
«Iste'dod va tabiiy irsiyat»
Iste’dod va tabiiy irsiyat
Buxoro shahar, 6- maktab,
boshlang’ich ta’lim o’qituvchisi
Halimova Zamira Hasanovna
Iste’dod - bu qayerdan paydo bo’ladi? Mehnat orqalimi, yoki irsiyatda mavjudmi? Bu savollar necha asrlardan buyon insoniyatni qiziqtirib kelmoqda. Iste’dod - ko’p qirrali va mukammal shakillangan qobiliyat bo’lib, inson aqliy imkoniyatining o’rtachadan yuqori darajasini belgilaydi, balki bola ma’lum bir imkoniyat bilan dunyoga keladi. Bu imkoniyat uning irsiyatida mavjud bo’ladi. Yillar davomida oiladagi muhit hamda hayot tarzi davomida imkoniyat tashqi muhit orqali yuzaga chiqib, iste’dodga aylanishi mumkin.
Olimlar, buyuk shaxslar o’z noyob qobiliyatlarini o’n bir yoshgacha namoyon etishadi deb, fikr bildirgan. Ba’zilarning fikricha, agar bolada tug’ma imkoniyat bo’lmasa, uni har qancha tarbiyalamang, mashhur san’atkor qilish mumkin emas. Tajriba, ish faoliyatim va kuzatishlar shuni ko’rsatdiki, har bir insonda iste’dod kurtagi bo’ladi. Bola atrofida madaniy intellektual bu muhit hisoblanadi. Menimcha buni inkor etib bo’lmaydi. Irsiyat bilan muhit o’zaro uyg’unlashib shakillanishga, rivojlanishga imkon beradi.
Noyob iste’dod har qanday muhitda ham o’zini ko’rsatishi mumkin. Aliser Navoiy “Qobiliyatli odamni tarbiya qilmaslik - zulmkorlik va noqobil odamga tarbiya hayfdir. Tarbiyangni ayab unisini nobud qilma, tarbiyangni bunisiga zoye ketkazma” deb, mulohazali fikr bildirganlar. Demak, shu o’rinda bolani barcha sohada ilg’or bo’lishiga majburlash to’g’ri emas. Irsiyatli bolalarning vujudga kelishida, ularning tarbiyasiga, nasl- nasabi, ya’ni shu irsiyatga kelib taqalayapti. Erkak va ayol, o’g’il va qiz bolaning o’ziga xosligi beshikdalik davridayoq ko’zga ayon tashlanib qoladi. Tibbiyot hamshiralari,doya ayollarning ta’kidlashicha, o’g’il bolalar yotgan o’rinlarida ko’p tipirchilar ekanu, qiz bolalar tinchgina yotib, ko’zlarini alang-jalang qilib, atrofni kuzatar ekan. Irsiyatda o’zbek xalqining tarixiy an’analari, milliy turmush tarsi, odob- axloq talablari mujassam. Islom dinidagi hayotning mohiyati, yashashdan maqsad, gunohdan qo’rqish kabi ijtimoiy foydali g’oyalarning irsiyat bilan bog’liqligi xuddi shu o’rinda ta’limda nasl-nasab, ruhiy jarayon va tug’ma mayllar, bola va inson miyasining irsiyat imkoniyatlari bilan bog’liqligini alohida aytib o’tish o’rinli. Umuman irsiyat, iste’dod xususida xulosalar shundan iboratki, iste’dodli bolalarning yuzaga chiqishida irsiyatning o’rni beqiyosdir.