kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Integratsiyalashgan o'qish va odobnoma darslarini tashkillash

Нажмите, чтобы узнать подробности

Integratsiyalashgan o'qish va odobnoma darslarini tashkil etishda atzallik

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Integratsiyalashgan o'qish va odobnoma darslarini tashkillash»

INTEGRATSIYALASHGAN O’QISH VA ODOBNOMA DARSLARINI SAMARALI TASHKIL ETISH

Axunjanova Iqboloy Xusniddinovna

Uchqo’rg’on tumani 1-umumiy o’rta ta’lim maktabi boshlang’ich sinf o’qituvchisi


O’qish va odobnoma darslari mazmuni va vazifasi jihatdan bir-biriga yaqin bo’lib, ushbu fanlarni integratsiyalash imkoniyatlari juda keng va qulay. O’qish darslari o’quvchillar og’zaki nutqini o’stirish bilan birga bir qatorda tarbiyaviy vazifalarni ham amalga oshiradi. Odobnoma darslarining asosiy maqsadi esa o’quvchilarni har tomonlama, milliy an’analarimizga xos tarzda tarbiyalashdir.

Fanlarni o’zaro integratsiyalshdan asosiy maqsad o’quvchiarga berilayotgan bilimlarni takrorlanishini oldini olish, bir hillikka barham berish va vaqtni tejab qolishdir. Shunday inegtratsiyalash orqali biz juda ko’p vaqtni tejagan holda o’quvchilarga har tomonlama puxta bilim berishimiz va darslarni qiziqarli tashkil etishimiz mumkin bo’ladi.

O’qish va odobnoma fanlarini integratsiyalsh haqida bugungi kunda juda ko’p bahs-munozaralarni ko’rishimiz mumkin. Ya’ni agar biz uning nomiga e’tibor beradigan bo’lsak, “Odobli o’qish san’ati,” albatta, chegara fan nomi integratsiyaga kirishayotgan fanlar nomidan kelib chiqadi, lekin bu yerda fan nomi notog’ri tanlangan. Chunki o’qishning biz bilamizki, turli sifatlari bor, lekin ular ichida odobli o’qish deb nomlangan sifati ham, umuman, odobli o’qish degan tushunchani o’zi ham mavjud emas. Ushbu ikki fandan hosil bo’lgan chegara fanni “Jamiyat va tabiat”, “O’qish va tarbiya sabog’i” kabi nomlash bizningcha maqsadga muvofiqdir. Ushbu ikki fanni integratsiyalash uchun fan dasturlarini ko’rib chiqib, ulardagi mazmunan bir-biriga yaqin mavzularni integratsiyalaymiz.

Boshlang`ich 1-4-sinflarda o`qish, odobnoma, taviriy san’at fanlarini integratsiyalash natijasida eng avvalo vaqt tejab qolinadi. Ayni vaqtda 1-sinfda birinchi yarim yillikda, ya’ni savod o`rgatish davrida alifbe darsi 62 soatni ikkinchi yarim yillikda o`qish darsi 68 soat, odobnoma darsi esa bir yilda 34 soatni tashkil etadi. Agar ushbu darslarni uyg`unlashtirilsa, umumiy 198 soat darsdan 31 soati integratsion dars bo`lib, yiliga 62 soat tejab qolinadi.

2-sinf uchun o`qish darsi yilda 136 soatni, odobnoma – 34 soatni, taviriy san’at 33 soatni tashkil etib, jami 203 soatdan iborat. Agar 30 soat dars integratsiyalansa uchala fan hisobiga 60 soat dars qisqartiriladi.

3-sinfda o`qish darsi yil bo`yicha 170 soatni, odobnoma 33 soatni, taviriy san’at 33 soat bo`lib, hammasi 236 soatni tashkil etadi. Integratsiyalashgan dars 30 soat, demak 60 soat dars yilda qisqartiriladi.

4-sinf o`qish darsi yillik 170 soatni, odobnoma bo`yicha 34 soatni, taviriy san’at 33 soatdan iborat bo`lib, barchasi 237 soatni tashkil etadi. integratsion dars 30 soat, shu bois yilda 60 soat dars uchala fan bo`yicha qisqartiriladi.

Bundan ko`rinib turibdiki, boshlang`ich sinf o`qish, odobnoma, darslarini integratsiyalash natijasida soatlarni qisqartirish, o`quvchilarni qayta-qayta bitta mavzuni o`qish zo`riqishdan xalos etadi. Lekin shuni aytish joizki, boshlang`ich sinflarda integratsiyalashgan darslar haftada bir-ikki marotaba tashkil etilishi mumkin. Yuqoridagi ko`rsatilgan soatlar esa haftada bir marotaba integratsion dars o`tish kerakligini ko`rsatadi. Integratsion mashg`ulotlarni, ayniqsa 3 ta fan bo`yicha tashkil etilishi dars soatini qisqartirish bilan birga, o`qituvchiga katta ma’suliyat yuklaydi. Buning uchun o`qituvchi darsga puxta tayyorgarlik ko`rishi, mos mavzularni aniqlashi, darsni loyihalashtirishi, dars o`tish texnologiyasini ishlab chiqishi, maqsadlarini belgilashi va shunga asoslangan ma’lum bir «O`qish va tarbiya sabog`i» fanini hosil qilish, maqsad va loyihalashtirishni amalga oshirishda o`quvchilarning individual xususiyatlarini, bilim darajalarini hisobga olish zarurdir. Boshlang`ich sinf o`quvchilari uchun bunday ko`rinishdagi darslarni amalga oshirishga tayyorlashni 3 bosqichga bo`lishi mumkin:

* birinchisi, tanishtirish, ya’ni o`quvchilarga 2 ta fan bo`yicha mujassamlashtirilgan dars o`tishni elementar holatlaridan boshlab tushuntirish;

* ikkinchisi, fanlararo bog`lash mumkin bo`lgan mantiqiy aloqalarni rejalashtirish, ya’ni integratsion darsni tashkil etishda mavzulararo umumiy bo`lgan tushunchalarni belgilab, maqsadni aniqlash va shu asosida loyihalashtirish texnologiyasini ishlab chiqish;

* uchinchisi, mazkur aloqalarni dars va darsdan tashqari ishlarda ro`yobga chiqarish, ya’ni integratsion mashg`ulotni dars jarayonida yoki turli tarbiyaviy tadbir shaklida o`tkazish (ota-ona, mahalla. Maktab hamkorligida).

O`z-o`zidan ko`rinib turibdiki, 1-4-sinf o`qish, odobnoma darslarini o`zaro uyg`unlashtirilsa ma’lum bir «O`qish va tarbiya sabog`i» fani hosil bo`ladi. Demak, «O`qish va tarbiya sabog`i» fani yuzasidan o`tkaziladigan darslarni tashkil etishda o`qituvchi quyidagilarga e’tibor bersa, maqsadga muvofiq bo`ladi:

1. Aloqador fanlarning qaysi mavzulari mazmuni bilan bevosita bog`lab o`rganish mumkin bo`lgan jihatlarini aniqlash.

2. Tanlangan fanlarning: o`qish, odobnoma, o`quv dasturlari talablarini o`rganib, o`quvchilarning yoshini hisobga olgan holda tayyorgarlik darajasi, imkoniyatlarini ko`zda tutib faoliyat ko`rsatish.

3. O`rganish lozim bo`lgan materialni darsning qaysi bosqichida (yangi materialni tushuntirish, mustahkamlash, takrorlash, bilimlarni tekshirish jarayonida) qo`llash usuli va o`rnini aniq belgilash.

4. Bilimlarni o`quvchilarga singdirishda o`zining shaxsiy tajribasini, o`quvchilarning bu sohadagi bilim ko`nikmalari darajasi, ma’lum metod va vositalarni qo`llay olish.

Fanlararo integratsiyalashni tanlash o`qituvchiga bog`liq. Faqat tanlangan fanlar mantiqan bog`liq bo`lishi muhimdir. Shu bois ham biz o`qish, odobnoma, fanlarini mantiqiy bog`liqligini hisobga olgan holda tanlab oldik. Chunki o`qish darslarida ham bolaga ta’lim bilan birga ahloqiy tarbiya berib boriladi, darslarida ham huddi shunday. Demak, odobnoma mavzularini yana takrorlab o`tilishiga yo`l qo`ymasdan bir darsning o`zida uyg`unlashtirish mumkin bo`ladi.

Buning uchun esa, integratsiyalashgan darslarni loyihalash texnologiyalarini amalga oshirish natijasida quyidagi bilim va malakalarni rivojlantirib borish maqsadlari ko`zda tutiladi:

1. O`z-o`zini anglash, o`z-o`zini idrok etish, o`z ishiga va o`rtoqlari ishiga baho bera olish;

2. Oila, ota-ona, do`stlari haqida fikrlay olish, o`z munosabatini xolisona bildira olish. Atrof-muhitga, odamlarga bo`lgan e’tibor, mehr-oqibatli bo`lishiga erishish.

3. Huquqiy ong va huquqiy madaniyat. Bolalar huquqlarini himoya qilish xalqaro konventsiyasi talablari asosida bolaning o`z huquqlari va o`zlar huquqlari haqida ilk ma’lumotlar berish va amaliy faoliyatlarini rivojlantirish, o`zlarini va o`zgalar qadr-qimmatini hurmat qilish, o`z burchlarini anglab borish va «bolalarning o`zlari ishtirok etish huquqlari» ni ta’minlash (bahs, munozara).

4. Inson, tabiat, jamiyat, ekologiya, salomatlik haqidagi bilimlar rivojlantirib boriladi. Tabiat va jamiyatdagi o`zgarishlar, o`zaro bog`liqliklar haqida ilk ilmiy tasavvurlar hosil qilish, inson haqida uning nima uchun yashayotgani haqida tushunchalarga ega bo`lishi, odamlar tabiatini kuzatish, sabab va oqibatlarni ajrata bilish.

Ushbu talablar, albatta, o`qish va odobnoma darslarining uyg`unlashtirilishi natijasida amalga oshadi. Ushbu talablarni bajarish zamirida o`quvchilarni bilish, tushunish, qo`llash, tahlil qilish, sintez qilish, nazorat qilish va natijani baholash ko`nikma va malakalari shakllanadi. Shunday qilib, boshlang`ich 1-4 sinflarda integratsion loyihalashni amalga oshirishda eng avvalo o`qish, odobnoma, fanlari bo`yicha DTS talablari asosida tashkil etilgan ishchi reja va darsliklar ko`zdan kechiriladi. Bularning ichidan bir-biriga mos bo`lgan, bir-birini to`ldiruvchi mavzularni muvofiqlashtirib, bir soatli «O`qish va tarbiya sabog`i» fani hosil qilinadi.

O`qish darsi fanlararo aloqalarni amalga oshirishning eng qulay darajasidir. Chunki har bir fan topshirig`ini bajarishda dastlab o`qib chiqiladi, o`sha mavzu yuzasidan og`zaki hikoya qilinadi. Demak, tasviriy san’at va mehnat fanlarini o`qish fani bilan integratsiyalansa, uchta fan yuzasidan umumiy maqsadga erishilgan bo`ladi. ya’ni o`qish ko`nikmasiga tushunish, bilish, tahlil, sintez, baholash kabi maqsadlar, tasavvur qilish, badiiy idrok etish kabi ko`plab masalalar amalga oshiriladi. O`qish darsligidagi har bir mavzuni to`la o`zlashtirilishiga erishilgan bo`ladi. O`qish darsliklarida berilgan turli she’r, hikoya, ertak, masalalarni oddiygina o`qib chiqqandan ko`ra, ularga oid rasmlarni ko`rishlari yoki o`sha asarlarga oid o`z tasavvurlarida biror rasmni tasvirlashlari, bolalarni to`la o`zlashtirishlariga imkon berilgan bo`ladi. Chunki: «Yuz bora eshitgandan, bir bora ko`rgan afzal», - degan naql bejiz aytilmagan. Yoki o`quvchilar o`sha asarlar to`g`risida biror buyumni yasashlari (qog`oz, karton, plastilin …) ham maqsadga muvofiq bo`ladi.

Yuqorida ko`rsatib o`tilgan darslar boshqa darslardan o`zining mukammalligi bilan, qiziqarliligi bilan ajralib turadi. Ushbu darslarni loyihalashtirilayotganda «O`qish va tarbiya sabog`i» fani mavzusi mazmuniga e’tibor qaratiladi, hamda shu mavzular asosida maqsadlar aniqlanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. AbdullaеvaQ. Birinchi sinfda o’qish darslari. – Toshkеnt, 2003-yil, 86 bet.

2. Boshlang’ich sinflarning takomillashtirilgan davlat ta'lim standarti. Boshlang’ich ta'lim. 2005-yil, 5- son.

3. Abdullayeva Q. va boshqalar. “O’qish kitobi” 2-sinf uchun darslik. “O’qituvchi” Toshkent. 2008- yil, 172 bet.

4. Abdullayeva Q. va boshqalar. “O’qish kitobi” 2-sinf uchun darslik. “O’qituvchi” Toshkent. 2008- yil,176 bet




Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Начальные классы

Категория: Прочее

Целевая аудитория: 4 класс.
Урок соответствует ФГОС

Скачать
Integratsiyalashgan o'qish va odobnoma darslarini tashkillash

Автор: AXUNJANOVA IQBOLOY XUSNIDDINOVNA

Дата: 14.04.2020

Номер свидетельства: 546678


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства