kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Darslarda innovatsion metodlardan foydalanishda o'qituvchining o'rni

Нажмите, чтобы узнать подробности

Darslarda innovatsion metodlardan foydalanishda o'qituvchining o'rni

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Darslarda innovatsion metodlardan foydalanishda o'qituvchining o'rni»

DARSLARDA INNOVATSION METODLARDAN FOYDALANISHDA O`QITUVCHINING O`RNI

Zuhriddinova Feruza Kayumjanovna

Uchqo’rg’on tumani 1-umumiy o’rta ta’lim maktabi boshlang`ich sinf o`qituvchisi

Ta’lim amaliyoti ko‘rsatishicha, maktab ta’limida fanlararo aloqadorlikni yo‘lga qo‘yish fan va jamiyat hayotida bugungi kunda sodir bo‘layotgan integratsion jarayonlarning yorqin ifodasidir. Ushbu aloqadorlik o‘quvchilarning bilimlarni ongli o‘zlashtirishi, dunyo haqidagi yaxlit tasavvurlarini rivojlantirish va amaliy va ilmiy-metodik tayyorgarligini oshirishda muhim o‘rinni egallaydi. Bunday tayyorgarlik umumiy o‘rta ta’lim bitiruvchilarini darsda va darsdan tashqari mashg‘ulotlarda, ishlab chiqarishda va umuman har qanday faoliyatda o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalarini erkin qo‘llash imkoniyatini beradi.

Boshlang‘ich maktabda integratsiyani amalga oshiruvchi bo‘g‘in vazifasini o‘qituvchining o‘zi amalga oshiradi. O‘quv fanlariaro aloqadorlikni ta’minlash bo‘yicha o‘qituvchilar tajribalarini umumlashtirib, fanlararo aloqadorlikda tashkil etiladigan darslarni uch guruhga bo‘lish mumkin:

1. Ko‘rgazmalilik asosida tashkil etiladigan darsda o‘rganilayotgan mavzu yuzasidan alohida topshiriqlarni bajarish uchun qo‘llaniladigan o‘quv fanlariaro aloqador elementlarning turli jadval va modellarda ifodalanganligi asosida. Chunonchi, boshlang‘ich sinflarda ona tili, o‘qish yoki tasviriy san’at darslarida mazmunan o‘xshash bo‘lgan “Qish”, “Bahor” kabi mavzularni o‘rganish bo‘yicha.

2. Mavzularning bir-biriga o‘xshashligi: o‘quv jarayonining uzviy tarkibiy qismida o‘quv fanlariaro aloqadorlikdan foydalanish asosida darsning samaradorligini oshirish.

3. Umumlashtirish - o‘quv fanlarining umumiy qonuniyatlari va tamoyillarini mukammal o‘rgatish maqsadida turli o‘quv fanlari bo‘yicha maxsus tashkil etiladigan takrorlash- umumlashtirish darslarida o‘quvchilarning egallagan bilimlarini takrorlashga imkon yaratish.

Agarda, dars jarayonida quyidagi didaktik shartlarga amal qilinsa, o‘qitishga mujassam yondashishda samaradorlikka erishiladi: o‘rganilayotgan o‘quv fanlari bo‘yicha mavzularni mazmunan uyg‘unlashtirish orqali o‘quv rejalariga fanlararo aloqadorlik asosida tashkil topgan dars soatlarini kiritish;o‘quv fanlariaro aloqadorlik asosida tashkil etilgan darslarning ta’lim sifatini ta’minlash va uning tarbiyaviy jihatlarini kuchaytirish;darslarda mazmunan bir-biriga yaqin yoki aralash o‘quv fanlari tarkibidagi tushunchalar yordamida o‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashi hamda muayyan ko‘nikma va malakalarini shakllantirish;

O‘quv fanlariaro aloqadorlikni ta’minlashda o‘quvchilar idrok etish faoliyatlarini jadallashtirishning turli vositalaridan unumli foydalanish. Chunonchi, aralash o‘quv kurslari bo‘yicha, muammolilik, ko‘rgazmalilik, mustaqil ishlar, individual topshiriqlar tashkil etish yordamida bunday maqsadga erishish mumkin.

O‘quv fanlariaro aloqadorlik asosida o‘rganilayotgan dars materiallarini o‘quvchilarga chuqurroq singdirishda boshqa dars materiallaridan foydalanish, mazkur materiallarning mazmun jihatidan o‘zaro aloqador bo‘lishi. Bunda, takrorlovchi, umumlashtiruvchi, yangi materialni o‘rganish, ko‘nikma va malakalarni mustahkamlash va nazorat darslari ham bo‘lishi mumkin.

Fanlararo aloqadorlik o‘quv jarayonining ushbu ziddiyatlarini yanada boyitadi, ular asosida yangi qarama-qarshiliklar yuzaga keladi. Bu o‘quv predmetidan o‘rganilayotgan bilimlarni o‘zlashtirish va o‘quv fanlariaro aloqadorlik asosida masalalarni yechish va boshqa turli fanlardan bilimlarni o‘zlashtirishda ularni qo‘llashni bilish o‘rtasidagi qarama-qarshiliklardir. O‘quvchilarning bilish faoliyatlari va o‘quv fanining uyg‘unlashtirilgan mazmuni o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar asosida muammoli vaziyat yuzaga keladi.

O‘quv fanlariaro aloqadorlik asosida tashkil etilgan darslar davomida o‘quvchining fikrlash faoliyatini determinatsiya mexanizmlari asosida tahlil qilish, o‘quv fanlariaro aloqadorlik asosida bilim va tushunchalarni umumlashtirish yo‘li bilan bajariladi. Buning natijasida harakatlarning umumlashtirilgan maqsadi paydo bo‘ladi. O‘quv fanlariaro aloqadorlik asosida muammoni yechishning har tomonlama mukammal dasturini ishlab chiqish - bu doimiy ijodiy jarayondir. Chunki bunday dasturlar turli o‘quv fanlaridan o‘zlashtirilgan bilimlardan mazmunli vaziyatda foydalanish usullarini tahlil qilish va umumlashtirish yo‘li bilan yaratiladi.

O‘quv fanlariaro aloqadorlik asosida o‘tiladigan darslarga quyidagi didaktik talablar qo‘yiladi:

1. Fanlararo aloqadorlik asosida o‘rganilayotgan darsda yangi mavzuni o‘zlashtirish uchun boshqa fanlardan olgan bilimlarni jalb etilishi hamda ularni tatbiq qilish malakalariga ega bo‘lish.

2. Fanlararo aloqadorlik asosida o‘rganilayotgan darsda boshqa fanlardan bilimlarni qo‘llash bo‘yicha o‘quvchilarning bilish faoliyatlari samaradorligini ta’minlash. O‘qituvchi dars o‘tayotganda boshqa o‘quv fanining materialini takrorlamasligi lozim. Fanlararo aloqadorlikni ta’minlashdan ko‘zlangan maqsad o‘quvchilarda yangi savollar va masalalarni yechishda turli fanlardan olgan bilimlarini mustaqil qo‘llash ko‘nikmasini hosil qilishdan iborat bo‘ladi. Buning uchun dars boshida yoki yangi materialni tushuntirish jarayonida boshqa o‘quv fanlari mazmuniga kiritilgan bilimlarni aniqlab beruvchi takrorlash suhbatlari o‘tkaziladi, muammoli vaziyatlar yaratiladi, bunda bir-biriga yaqin fanlardan o‘zlashtirilgan bilimlarni qo‘llash talab etiladi; o‘zlashtirilgan bilimlarni mustahkamlash uchun esa muntazam uy vazifalari beriladi; guruhda jamoali o‘quv ishlari bilan birga yakka holda topshiriqlar (qiziqishi yuzasidan, tanlab olish, majburiy) berilishi ta’minlanadi.

3. Dars jarayonida fanlararo aloqadorlikni ta’minlash asosida o‘rganilayotgan hodisalarning mohiyati, sabab-oqibatli bog‘liqliklarini tushuntirishga qaratilgan bo‘lishi. Masalan, o‘qish darslarida qish fasliga doir she’r yoki matnni o‘qishdan oldin o‘qituvchi mavzuni tabiatshunoslik bilan bog‘liqligi haqida “tabiatshunoslik darsida biz qish faslida bo‘ladigan tabiatdagi o‘zgarishlarni o‘rgandik. Ushbu she’r (matn)da ham xuddi shu holat tasvirlangan” degan fikr bilangina cheklansa, unda o‘quv fanlari o‘rtasidagi bunday aloqadorlik faqat tashqi xususiyatga ega bo‘ladi, tasavvurlar va reproduktiv harakatlar darajasida qoladi. O‘quv fanlariaro bilim va tushunchalarni tizimlashtirish uchun alohida o‘quv mavzulari bo‘yicha umumlashtiruvchi jadvallarni tuzish maqsadga muvofiqdir (yoki fanlararo turli mavzudagi o‘quv muammolari bo‘yicha).

4. Fanlararo aloqadorlik asosida o‘rganilayotgan dars mavzulari turli fanlardan bilimlarning bog‘liqligiga tayanuvchi dunyoqarash, umumlashtirilgan xususiyatga ega bo‘lgan xulosalardan tashkil topishi lozim. O‘quvchilar bunday xulosalarning obyektivligini faqat o‘zaro yaqin fanlardan bilimlarni jalb etish zarurligiga ishonch hosil qilgandagina anglashlari mumkin.

5. O‘quv fanlariaro aloqadorlikni qo‘llash asosida o‘tilgan dars o‘quvchilarda ijobiy taassurotlar uyg‘otishi, ularda turli fanlardan olgan bilimlari o‘rtasidagi tafovutlar, bog‘liqliklarni bilib olishga qiziqish hosil qilishi lozim.

6. Fanlararo aloqadorlik asosida o‘rganilayotgan o‘quv materiallari umumlashtirilishi lozim. Shuning uchun, o‘quv fanlariaro aloqadorlikning vazifalarini umumlashtirishni ta’minlovchi ta’limning turli shakllaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir: mujassamlashtirilgan uy vazifalari, umumlashtiruvchi takrorlash darslari, sayohat darslar va boshqalar.

Integratsiyalashgan darslarni tashkil etishda shaxsga moslangan yo‘nalish faqatgina sinf yoki guruhga emas, har bir bolaga ahamiyat berishni nazarda tutadi. Bunda uning shaxsiy fazilatlari, qobiliyatlari alohida ko‘rsatiladi, uning qiziqishlari hisobga olinadi. U maqsadda «O‘z yulduzingni yoq», «Guldastada sening guling», «Sen sevgan kitob» kabi o‘yinlardan foydalanish mumkin. O‘yin davomida diqqat-e’tibor birgina bolaga qaratiladi. (Masalan, tug‘ilgan kuni munosabati bilan osmonda yangi yoritilgan yulduz uning nomi bilan ataladi yoki katta guldatsa bayram egasiga yoqadigan gul bilan boyitiladi). Sevimli kitob esa sinf kutubxonasini to‘ldirish bilan birga egasining (imzosi)ga ega bo‘ladi. Boshlang`ich sinf o‘quvchilarning qiziqish va qobiliyatlariga moslashish, ularning badiiy faolligini rivojlantirishni taqozo qiladi. Bilim olish, badiiy hayotiy masalalarni hal qilishda o‘ziga xoslikni uddaburonlikni, epchillikni rag‘batlantirish nazarda tutiladi. Shu munosabat bilan bolalarning she’r va hikoyalar yozish, yangi raqs o‘ylab topish, shirin taom pishirish, biror asbob yaratish, o‘simliklardan shakllar yaratish kabi mustaqil ijodiyoti turli yo‘llar bilan rag‘batlantirib borish taqozo etiladi. Uning uchun tabiatshunoslik, ona tili, musiqa va boshqa o‘quv predmetlarini nomi emas, balki atrofidagi olam obyektlarining tovushlar, ranglar, hajmlarning turli-tumanligi mavjuddir. Bolalarning tabiat va kundalik hayotdagi barcha narsalarning bog‘liqligini ko‘rishga o‘rgatish kerakligini o‘qituvchi sezadi, biladi. Shunday ekan ta’lim integratsiyasi hozirgi zamon talabi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori: O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida” gi Qonuni. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. - T.: Sharq. 1997. - 63 b.

2. Yo’ldoshev J.G’, Usmonov S.A. Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni amaliyotga joriy qilish. T., «Fan va texnologiya», 2008, 132 bet.

3. Ochilov M. Yangi pedagogik texnologiyalar. Qarshi, Nasaf, 2000.

4. Raxmatullaev A.A., Shomirzaev M.X. va boshq. Interfaol metodlar ta’lim samaradorligining dinamikasi. (Metodik qo’llanma) –T: “Abu matbuot-konsalt”, 2015.




Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Начальные классы

Категория: Прочее

Целевая аудитория: 4 класс.
Урок соответствует ФГОС

Скачать
Darslarda innovatsion metodlardan foydalanishda o'qituvchining o'rni

Автор: ZUHRIDDINOVA FERUZA KAYUMJANOVNA

Дата: 14.04.2020

Номер свидетельства: 546680


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства