kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

"dars jarayonida innovatsion faoliyatni takomillashtirish"

Нажмите, чтобы узнать подробности

DARS JARAYONIDA INNOVATSION FAOLIYATNI TAKOMILLASHTIRISH BO'YICHA O'QITUVCHILARGA METODIK QO'LLANMA
 

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«"dars jarayonida innovatsion faoliyatni takomillashtirish"»


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI


SAMARQAND VILOYATI

KATTAQO’RG’ON SHAHAR XALQ TA’LIMI BO’LIMIGA QARASHLI 16-UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTAB BOSHLANG’ICH SINF O’QITUVCHISI

RO’ZIYEVA DILFUZANING


ILG’OR ISH

TAJRIBALARI AMALDA


DARS JARAYONIDA

I NNOVATSION FAOLIYATNI TAKOMILLASHTIRISH”


2017-2018 o’quv yili





MENING LOYIHAM” BO’YICHA O’QITUVCHINING G’OYASI

INNOVATSION FAOLIYATNI TAKOMILLASHTIRISH


O’qituvchilik kasbi - faqat bilim berishdangina iborat kasb emas, balki shaxsni ma’naviy shakllantiruvchi, unda insoniylikni tarkib topishligidagi oliy maqsadni amalga oshirishdan iboratdir. Shu nuqtai nazardan, pedagog shartli ravishda, quyidagi ijtimoiy va kasbiy sifatlarga ega bo’lishi kerak:

  • Yuksak fuqarolik mas’uliyati;

  • Ijtimoiy faollik, bolalarni sevish, ularga o’zini baxsh etish istagi;

  • Qobiliyat, ziyolilik namunasi, ma’naviy va madaniyatli boy bo’lish;

  • Atrofdagilar bilan ishlash istagi va qobiliyatning mavjudligi, o’z kasbining haqiqiy ustasi bo’lishi;

  • Ilmiy pedagogik fikrlashda innovatsion yo’nalashlarga ega bo’lishi, yangiliklar yarata olishi va ijodiy qarorlar qabul qilishi;

  • O’z bilimini oshirib borishda ehtiyoj sezish, jismoniy va ruhiy sog’lom holda kasbiy jihatdan ishga yaroqli bo’lish.

  • Talim-tarbiya jarayonini tashkil etishga kirishilgan hozirgi kunda o’qituvchi faoliyatiga, uning pedagogik mahoratiga alohida e’tibor berilmoqda. Bu borada o’quv- tarbiya jarayoniga yangi pedagogik texnogiyalarning kengroq joriy etilishi zamirida o’qitish usullari va vositalarining samarali turlaridan foydalanish beriladigan ta’limning sifatli o’zlashtirilishini ta’minlaydi.

O’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini mukammal egallashlari uchun ta’lim jarayonini qiziqarli va samarali bo’lishi muhim. O’qituvchining asosiy vazifasi darsda samarali usul-metodlardan foydalanib, o’quvchining ilmiy salohiyatini oshirish, mustaqil hayotga tayyorlash, shuningdek ularda axloqiy sifatlarni tarkib toptirishdan iboratdir. Ana shu maqsadni ko’zlab o’qituvchi o’quvchini faollashtiradigan, o’zi o’rganuvchi uchun qulay bo’lgan yo’llarni, usul va uslublarni, o’qitish shakllari, metod va vositalarni izlaydi, ularni takomillashtiradi. Zamonaviy sharoitda ta’lim jarayonining barcha imkoniyatlariga ko’ra o’qituvchi o’quvchi shaxsini har tomonlama rivojlantirish, hayotga tayyorlash va unda mustaqil, tanqidiy, ijodiy fikrlash qobiliyatlarini tarbiyalashga yo’naltitish uchun barcha bilim va iqtidorini, mahoratini namoyon etishi kerak bo’ladi.

O’qituvchining mahoratiga ko’ra darsning didaktik maqsadi, o’quv materialining mazmuni, dars uchun ajratilgan vaqt, shuningdek, zarur shart-sharoitning to’g’ri tanlanishi o’quvchilarning har bir darsni katta qiziqish bilan qabul qilishga olib keladi. Bu jarayonda mohir o’qituvchi mashg’ulotni yaxshi o’tish uchun bolalarni qo’rqitish, jazolash, yomon xulqi haqida kundaligiga yozib qo’yish va ota-onalariga arz qilishdan saqlanishga harakat qilib, keng ko’lamdagi pedagogik vositalardan foydalanishi maqsadga muvofiqdir. Chunki pedagogik ta’sirning yuqorida aytib o’tilgan usullari unchalik samarali emas va kasbiy mahoratning yetarli darajada emasligidan dalolat beradi.Pedagogik faoliyatining boshlanishidayoq shularga o’xshash vositalardan voz kechish pedagogning ijodkorligi uchun keng imkoniyat yaratib beradi va bola bilan bo’ladigan jarayoni quvonchli va samarali bo’lishiga imkon yaratadi.

O’quv – tarbiya jarayonini samarali boshqarishda innovatsion faoliyatga asoslanish pedagogning ruhiy aqliy jismoniy kuchini ma’lum maqsadga yo’naltirish asosida nazariy bilim, amaliy ko’nikma va malakalarni egallash amaliy faoliyatni nazariy bilimlar bilan to’ldirib borish, bilish, loyihalash, tashkilotchilik mahoratni rivojlantirishni talab etadi.

O’qituvchining asosiy vazifasi va murakkab faoliyati zamirida yosh avlodni odobli, e’tiborli qilib tarbiyalsh, ularni ilmiy bilimlar bilan qurollantirish kabi vazifalar yotadi.

Shu bois har bir o’qituvchi innovatsiyalarning mohiyatini tushungan holda o’z faoliyatiga izchil tatbiq eta olsa ta’lim jarayoni ham sifat, ham samaradorlik nuqtai nazaridan taraqqiy etadi. Bu esa o’z navbatida ta’lim tizimining rivojini ta’minlaydi. Demak, o’qituvchi pedagog o’z oldiga qo’yilgan murakkab, ma’suliyatli va dolzarb vazifalarni bajarishda ta’lim-tarbiya jarayonidagi islohotlardan xabardor bo’lishi, o’z bilim va mahoratini yangilab, oshirib, takomillashtirib borishi uning uchun ham kasbiy, ham jamiyat talabadir.









Dars jarayoni va texnologiyasi



Ishning nomi

Bajariladigan ish mazmuni

Metod

Vaqti

I-bosqich tashkiliy qism

O'quvchilarning davomatini aniqlab, darsga tayyorgarligini tekshirish.

Suhbat, ma’naviy daqiqa

3 daqiqa

II-bosqich. (Refleksiya ehtiyojlarini aniqlash

1. Dars davomida rioya qilish lozim bo'lgan qoidalarni esga olish.

2. O’quvchilarni rollarga

bo’lish.

Ma'ruza, munozara

3 daqiqa

III-bosqich. Darsning borishi.

1. O'tilgan mavzuni so'rash. Ko'rgazma orqali.

2. Yangi mavzu haqida

tushuncha. Rasmlar, slaydlar

orqali tushuntirish.

3. Kitob bilan ishlash.

Misol-masalalarni yechish.

4. Dam olish daqiqasi.

5. Daftar bilan ishlash.

Sahna ko’rinish

Tushuntirish



Savol-javob



O'yin

Mustaqil ish

Ta’limiy o’yin

8 daqiqa



3 daqiqa



5 daqiqa



1 daqiqa

4 daqiqa

3 daqiqa

IV-bosqich. Mustahkamlash.

1. Mustahkamlash uchun test savollari.

2. Savol - javob.

3. Topshiriq.

4. Maqol va topishmoqlar.

Og’zaki



Mustaqil ish

Og’zaki hisob

Guruh bo’lib ishlash

4 daqiqa



3 daqiqa

2 daqiqa

2 daqiqa

V-bosqich. Rag'bat katakchalarini hisoblash.

Darsda faol qatnashgan o’quvchilarga rag’bat uchun “Kuzgi bargchalar” beriladi.

ijodiy yondashish

2 daqiqa

VI-bosqich. Dars yakuni.

Uy vazifani tushuntish.

tushuntirish

2 daqiqa



MAVZU: BARGLAR NEGA SARG’AYADI?

Fanning maqsadi.

Ta’limiy: DTS talablari asosida dars o'tish, o‘quvchilarga tabiat va kuz faslida tabiat bag'rida bo’ladigan o‘zgarishlar, ularning o‘zgarish sabablari haqida ma’lumot berish. O‘quvchiIarni to‘g‘ri va ifodali o‘qishga o‘rgatish.

Tarbivaviy: O’quvchilarni tabiatni sevishga, uni asrab-avaylashga, undan oqilona foydalanishga o‘rgatish, ularga axloqiy fazilatlarni singdirish.

Rivojlantiruvchi: O’quvchilarda og‘zaki va yozma nutqni, mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, so‘zdan so‘zning farqi borligini tushuntirish. Matnni ifodali o'qish ko'nikmalarini rivojlantirish. o‘quvchilarning nutq boyligini o‘stirish, fikr doirasini kengaytirish, rasm asosida hikoya qilish malakalarini rivojlantirish, hamkorlikda ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish.

Darsnins turi. Yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi.

Darsnins metodi. Suhbat, tushuntirish, «Bu so‘z bizniki», «O’z o’rnida» o‘yinlari.

Darsnins jihozi. Darslik, mavzu asosida ishlangan rasm, yumshoq o‘yinchoq, tarqatma materiallar,multimedia ilovali disk.

Darsning borishi.

I. Tashkiliy qism: SalomIashish, davomatni aniqlash. O'quvchilarni darsga tayyorgarligini tekshirib nazorat qilish, ma’naviy daqiqa o’tkazish.

II. O'tgan mavzuni so 'rab baholash:

Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.

Uyga berilgan vazifa - Eson Rahimovning «Kuz fasli» she’rini yoddan so‘rab, baholash.

«Bu so‘z bizniki» о’уini.

Bu o‘yinni o‘tkazish uchun she’rni ifodali, yoddan aytgan 12 nafar o‘quvchi tanlab olinadi. Boshqa o’quvchilar o‘z faolliklarini namoyish qilishlari mumkin. She’r tarkibida uchragan so‘zlarni tarqatmalar ortida yozilgani bo‘yicha o‘qiydilar hamda izohlab o‘tadilar. O’quvchilar so‘zni to‘g‘ri izohlab o‘tsalar so‘z yozilgan tarqatmani o‘z savatlariga soladilar va yig‘ib boradilar. Masalan: Barglar nega sarg’ayadi?

O'quvchilarga quyidagicha umumlashtiruvchi savollar beriladi:

  1. So‘z va ularni izohlashda qiyinchiliklarga duch kelmadingizmi?

  2. Bugungi darsimizda kuz fasli haqida nimalarni bilib oldingiz?

  3. She’rda kuz fasli nima uchun «oltin fasl» deyilgan?

  4. Dala va bog’larda kuz faslida bajariladigan yumush haqida so'zlab bering.

  5. Kuz faslida qanday mevalar pishadi?

III. Yangi mavzuning bayoni: BARGLAR NEGA SARG’AYADI? Muhabbat O'rinboy qizi

Bugun biz sizlar bilan Muhabbat O’rinboy qizining «Barglar nega sarg‘ayadi?» ertagi bilan tanisharniz. (Muallif haqida ma’lumot beriladi.)

Kuz, barglar sarg‘aygan manzara tasvirlanadi. Tipratikan ustiga bir dona sariq barg tushadi. Tipratikan sap-sariq bargni olib, daraxtlarga qaraydi. Bargni ignasiga ilib yo’lga tushadi. Yo’lda yong‘oq yig‘ayotgan olmaxonni uchratadi. U bilan suhbatlashib yana yo’lga tushadi. Yo’lida tulkivoy uchraydi. Tipratikan u bilan ham suhbatlashib yo’lida davom etadi.

Aziz bolajonlar, hozir namoyish etilgan lavhalarga mos ma’lumotlar darsligimizda ham bormikan?. Keling, tekshirib ko‘rarniz.

O‘qituvchi ertakni o‘qiydi. O‘quvchilar kuzatib boradilar. Matn mavzusi tushuntiriladi.

Bolajonlar, ertakda qanday notanish so‘zlarga duch keldingiz?

Lug’at ishi:

barglar tugul - faqat barglar emas niyat - o‘y, orzu

Dam olish daqiqasi о ‘tkaziladi: «Bulbulcha» guruhi ishtirokidagi «Tipratikan» qo‘shig‘i yoki quyidagi she’r harakatlar bilan aytiladi.

Tipratikan, tikan, tikan,

Ustingdagi nina mikan.

Nina bo'lsa qarzga olay,

O‘zim tugma qaday qolay.

Oyim meni maqtasinlar,

Senga rahmat aytsinlar.

Tipratikan, tikan, tikan,

Ninalaring o‘tkir ekan.

Matn ustida ishlash

Kuz keldi. Tipratikan odatdagidek ertalabdan chiqdi. Shu payt ustiga bir dona barg tushdi. Tipratikan olib qarasa, bargning rangi sap-sariq ekan. U boshini ko’tarib daraxtlarga qaradi. Daraxtlarning u yer-bu yerida sariq barglar paydo bo’libdi. Kechagi kungacha daraxtda sariq barg yo‘q edi. «Qiziq, barglar nega sarg'ayar ekan-a?» deb o'yladi tipratikan.

Savoliga javob topish niyatida bargni ignasiga ilib oldi-da, o‘rmon bo'ylab ketdi. Yo‘lda unga olmaxon uchradi. U qish uchun yong'oq yig‘ib yurgan ekan.

    1. Olmaxon, sen bilmaysanmi, kuzda barglar nega sarg’ayadi? - so‘radi tipratikan.

  • Kuzda uJar kasaJ bo'ladi, shuning uchun sarg'ayadi, - dedi olmaxon.

  • Nega kasal bo'ladi, qara, u kasalga o‘xshamaydi, - dedi tipratikan.

  • Nega kasal bolmasin? Sovuqda barglar tugul men ham kasal boiib qolaman, o‘shanda mening ham rangim sarg'ayib ketadi, - dedi olmaxon.

Olmaxonning javobi tipratikanga yoqmadi.U bargni ignalariga ilib, yo‘lida davom etdi. Yo’lda oldidan tulki chiqdi.

  • Tulkivoy, sen bilmaysanmi, nega kuzda barglar sarg‘ayadi? - so'radi tipratikan.

  • Bilaman, kuzda menga ov qilish oson bo’lishi uchun. Mening rangim ustingdagi bargning rangiga o'xshaydi. Shunga bekinishim osonbo’ladi, - dedi tulki.

Tipratikan biroz o'ylanib turdi, lekin bu javob ham yoqmadi.

  • Barglar sen uchun sarg‘ayadi, deb o’ylamayman, - dedi tipratikan va yo’lida davom etdi. rv. Y angi mavzuni mustahkamlash. Darslik bilan ishlash:

«O’z o‘rnida» o'yini.

0‘quvchilarga «Barglar nega sarg‘ayadi?» ertagiga barmoqlarini qo‘yib, ifodali o‘qishlan aytiladi. So‘ngra o‘quvchilar ertakning I qismini rollarga bo'lib, o‘z o‘mida adashmay, o‘z qahramonining so‘zlarini o‘qiydilar.

Test topshiriqlari:

  1. «Tikuvchimas, bichuvchimas, ignasi ancha». Topishmoqning javobini toping.

A) tipratikan; B)etikdo‘z;

D)jayra; E) tulki.

  1. Tipratikanning ustiga nima tushdi?

A) olma; B) shudring; D) barg; E) nok.

  1. Tipratikan savoliga javob topish uchun qayerga ketdi?

A) o‘rmonga; B) dalaga;

D) do‘stlarining oldiga; E) onasining oldiga.

  1. Tipratikan yo Ida birinchi nimaga duch keldi?

A) tulki ga; B) ukkiga;

D) onasiga; E) olmaxonga.

  1. «Bilaman, kuzda menga ov qilish oson bo ‘lishi uchun...». Ushbu gap qaysi hayvonga tegishli?

A) olmaxonga; B) tulkivoyga;

D) ukkiga; E) tipratikanga.

Savollar:

  1. Ertak qahramoni tipratikan qanday hodisaga duch keldi?

  2. Uning harakatlariga baho bering.

  3. U savoliga javob topish uchun kimlar bilan uchrashdi?

Topshiriq:

«Atrofimizdagi olam» darsidan olgan bilimlaringiz asosida kimning javobi to‘g‘riligini aniqlang va to‘g‘ri javobni ayting.

Maqol: Nima eksang, shu ko’karar.

Topishmoq:

Xavf bo’lsa, koptok bo'lib

Igna ko'rpa yopadi.

Zumda ko‘z ochib yumib,

Ilgarilab chopadi.

IV. O'quvchilarni rag'batlantirish. Darsni yakunlash.

V. Uyga vazifa: Matnni ifodali o'qib, qayta hikoyalashga tayyorlanib kelish.











Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Начальные классы

Категория: Прочее

Целевая аудитория: 2 класс

Скачать
"dars jarayonida innovatsion faoliyatni takomillashtirish"

Автор: Ro'ziyeva Dilfuza Sobirjonovna

Дата: 02.04.2020

Номер свидетельства: 544984


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства