Просмотр содержимого документа
«Cтатья на тему:"Хуснихатни кандай урганамиз?"»
Husnixatni qanday o`rganamiz?
Fan yo`lida qilinadigan xizmatlarning eng buyugi unga yangi g`oyalarni kirishidir.Taraqqiyot aqliy kamolotga tayanadi. Shunday ekan, bolalarni yoshlikdan tasavvurlarini fandagi yangiliklar bilan oshirib borishimiz kerak.
Alisher Navoiy bobomiz davrida xattotlar husnixatni 16 xil turidan foydalanishgan.Farzandlarimizni birinchi o`rinda men chiroyli yozishim kerak degan o`y hayolni singdirib o`rgatilsa albatta o`ylagan maqsadimizga erishamiz.
1.,,Men qanday qilsam shunday qil’’ prinsipi asosida bo`ladi. Harflarni ilmoqlar yordamida o`rgatiladi.
2. Ilmoqni yaxshi yoza olsa, boshqa elementni yozish o`rgatiladi.
Yozuvni chiroyli yoza olmasa uni 20 ta dars davomida yozuvni yaxshilasa bo`ladi. O`qituvchi buning uchun nima qilishi kerak? Bu ish oson emas.
1.Bola yozishni o`rgangani kelganida kulib keladi.
2.Keyin har xil bahonalar topib yig`laydi va zerikishni boshlaydi.
O`qituvchi bunda qanday yo`l tutadi? Dam olish daqiqalari bolani charchab qolmasligini oldini oladi. Ya`ni yozgan elementlariga mos rasmlar chizdiriladi. Ikki qo`lda rasm chizish mashqlari ham bolani yozuvini yaxshilashga yordam beradi. Yozuvni birdaniga ko`p yozdirmasdan oz-ozdan o`rgatiladi. Bilmasa qayta-qayta yozdirilib, yaxshi yoza olsa keying bosqichga o`tiladi. Husnixatni o`rganishda bola katak daftar bilan ham ko`proq ishlashi kerak.Ya`ni kvadratni chiza olishi, markazini bilishi, to`rtburchak ichiga aylana chiza olishi kerak bo`ladi. Yozayotganda birinchi o`rinda partada to`g`ri o`tirishni, ikki qo`l va tirsaklar parta ustiga qo`yib o`tirishni bilishi kerak bo`ladi. Daftar har doim qiya holatda turishi , ko`z bilan daftar orasidagi masofa 35 sm bo`lishini o`quvchi har doim bilishi kerak.
O`quvchi yozayotganda qanday qoidalarga amal qilishi kerak?
1.Bosma harflarni yozmaga aylantirishni bilishi kerak.
2.Har bir harfni husnixat qoidasi bo`yicha yoza olishni bilishi kerak.
3.Harflarni husnixat bilan ulashni bilishi kerak.
4.Tezlikda chiroyli yozish.(1 minutda bir qatorni yozib tugatish).
Farzandlarimizga ,,Men chiroyli yozishim kerak’’ degan o`y hayol singdirilsa albatta o`ylagan maqsadga erishish mumkin.Vatanimiz sha`ni uchun o`z aqliy tafakkurlari bilan ,,Labbay’’ deb javob beradigan insonlar bo`lishini tilab qolaman.