kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Boshlang'ich ta'limda noan'anaviy darslarni tashkil qilishda yangi pedogogik texnologiyalardan foydalanish

Нажмите, чтобы узнать подробности

Boshlang'ich ta'limda noan'anaviy darslarni tashkil qilishda yangi pedogogik texnologiyalardan foydalanish

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Boshlang'ich ta'limda noan'anaviy darslarni tashkil qilishda yangi pedogogik texnologiyalardan foydalanish»

BOSHLANG’ICH TA’LIMDA NOAN’ANAVIY DARSLARNI TASHKIL QILISHDA YANGI PEDAGOGIC TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH.

Raxmonova Nafisa Tavakalovna

Izboskan tumani 3-umumta’lim maktabi

Boshlang’ich sinf o’qituvchisi.

Annotatsiya: Mashg‘ulotlar davomida o‘quvchilarning faolligini, erkin fikrlashni yanada rivojlantirish maqsadida o‘quv jaroyoniga noan’anaviy ta’lim usullari taqdim etilgan.Hozirgi kunda jahon tajribasidan ko‘rinib turibdiki, ta’lim jaroyoniga o‘qitishning yangi, zamonaviy usul va vositalari kirib kelmoqda va samarali foydalanmoqda.

Kalit so’zlar: pedagogik texnologiyalar, mustaqil fikrlash, texnologik xarita,interfaol metodlar,noan’anaviy dars.


Zamonaviy pedagogik texnologiyalar o‘qituvchi o‘z ustida ishlab, o‘quvchilarni o‘z ustida ishlab, o‘ylashga, izlanishga, mustaqil fikrlashga undashni o‘z oldiga maqsad qilib olishi zarur. O‘qituvchi o‘quvchini to‘g‘ri yo‘naltira oladigan bo‘lsa, o‘quvchilar egallayotgan bilimlarini o‘zlari qidirib topishlariga, mustaqil o‘rganib tahlil qilishlariga va hattoki xulosalarni ham o‘zlari keltirib chiqargan holda o‘z-o‘zini oldindan baholay olish kabi imkoniyatlarni yaratib beradi va o‘rgatadi. O‘qituvchi bu jarayonda o‘quvchining rivojlanib borgan holda shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik va yo‘naltiruvchilik vazifasini bajaradi.

Dars jarayoniga yondoshuv uning mexanizmini yoki boshqacha qilib aytganda darsning texnologik xaritasini tuzishdan boshlanadi. Dars jarayoning har bir bosqichida bir necha interfaol usullardan foydalanish mumkin. Faqat interfaol usulning shu vaqtga mosligini inobatga olmoq zarar. Shu tariqa dars tashkil etiladi. Dars mashg‘ulotlarining bir-biri bilan uyg‘un bo‘lishiga alohida e’tibor qaratiladi. Darsda ishlatiladigan interfaol usullar o‘qituvchining taqvim - mavzu rejasida aks etmog‘i lozim.

Noan’anaviy darslarning tashkil etilishi dars turlarining rang-barang bo‘lishiga olib keladi. Darslar noananaviy usullar: guruhlar musobaqasi, konferensiya, baxs-munozara, o‘ylab top (evrika), aqliy hujum, davra suhbati, yo‘naltiruvchi matn, muammoli vaziyat, loyiha va shu kabi boshqa usullarda tashkil etilsa, o‘quvchilarning fanga qiziqishi oshadi , o‘z ustida ishlash imkoniyatlari mavjudligini anglab yetadi, shuning bilan birgalikda darsning samaradorligi ortadi Noan’anaviy usulda dars berish jarayoni o‘qituvchidan pedagogik mahorat, ijodkorlik, bilim salohiyati va malakani talab etadi. Shuning bilan birgalikda o‘qituvchi bu usullar nechog‘lik samaradorligini bilishi va uni miqdoriy jihatdan baholay olishini idrok etgan holda navbatdagi darsga tayyorgarlik olib boradi.

O‘quvchida fundamental bilimlarning bo‘lmasligi interfaol usullarning samara bermasligiga olib keladi. Bunday hollarda o‘qituvchi o‘quvchi qaysi joyda qiynalayotganligini va dars jarayonida qaysi qismni kengroq yoritish kerakligini aniqlab, axborot texnologiyalarini to‘g‘ri tanlagan holda interfaol usullarni qo‘llash ma’qul bo‘ladi.

Biz quyida o‘qitish jarayonida qo‘llash mumkin bo‘lgan ba’zi bir texnologiyalarga tavsifnoma berib, ba’zilarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida tavsiya berib o‘tamiz:

«TARMOQLAR» metodi - o‘quvchi- talabani mantiqiy fikrlash, umumiy fikr doirasini kengaytirish, mustaqil ravishda adabiyotlardan foydalanishni o‘rgatishga qaratilgan. Bu metod biron mavzuni chuqur o‘rganishdan avval o‘quvchilarning fikrlashi faoliyatini jadallashtirish hamda kengaytirish uchun xizmat qilishi mumkin. Shuningdek, o‘tilgan mavzuni mustaxkamlash, yaxshi o‘zlashtirish, umumlashtirish xamda o‘quvchilarni shu mavzu bo‘yicha tasavvurlarini chizma shaklida ifodalashga undaydi.

«3x4» METODI - o‘quvchi-talabalarni erkin fikrlashi, keng doirada turli g‘oyalarni bera olishi, ta’lim jarayonida yakka, kichik guruh holda tahlil etib, xulosa chiqara olishi, ta’rif bera olishiga qaratilgan.

«BLIS-O‘YIN» metodi - xarakatlar ketma-ketligini to‘g‘ri tashkil etishga, mantiqiy fikrlashga, o‘rganayotgan predmeti asosida ko‘p xilma-xil fikrlardan, ma’lumotlardan kerakligini tanlab olishni o‘rgatishga qaratilgan.

«INTERVYU» texnikasi - o‘quvchi-talaba savol berish, eshita olish, to‘g‘ri javob berish, savolni to‘g‘ri tuzishni o‘rgatishga qaratilgan.

«AQLIY HUJUM» metodi - biror muammoni yechishda guruh qatnashchilari tomonidan bildirilgan erkin fikr va mulohazalarni to’plab, ular orqali ma’lum bir yechimga kelinadigan eng samarali metoddir. Bu metod orqali shaxsni texnik rivojlantirish mumkin. U to’g’ri va ijobiy qo’llanilganda shaxsni erkin, ijodiy fikrlashga o’rgatadi.

«BUMERANG» texnikasi - o‘quvchi-talabalarni dars jarayonida, darsdan tashqarida turli adabiyotlar, matnlar bilan ishlash, o‘rganilgan materialni yodida saqlab qolish, so‘zlab bera olish, fikrini erkin holda bayon eta olish hamda bir dars davomida barcha o‘quvchi-talabalarni baxolay olishga qaratilgan.

«TUSHUNCHАLАR TАHLILI»texnologiyasi -o`quvchilаrning mаvzuni egаllаgаnlik vа mаvzu bo`yichа tаyanch tushunchаlаrni o`zlаshtirib olingаnlik dаrаjаlаrini аniqlаsh, o`z bilimlаrini mustаqil rаvishdа erkin bаyon etа olish, o`zlаrining bilim dаrаjаlаrini bаholаy olish, shuningdek, o`z bilimlаrini bir tizimgа keltirа olishgа o`rgаtish.

Xuolsa qilib shuni aytish mumkinki, darslarni davr talabiga moslab, ya’ni interfaol metodlar asosida o‘tish bilan darslarda o‘quvchining passiv qatnashchi bo‘lishidan faol ishtirokchiga aylantirish, shaxsiy sifatlari namoyon bo‘lishiga imkoniyat yaratish, olgan bilimini tahlil qila olish va hayotda qo‘llay olish ko‘nikmalarini shakllantirishga o‘rgatadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati:

  1. Olimov. Q.T., Sayidahmedov N.S., Jalolova D.F.,Bozozrova M.Q., Boltayeva M.Q., Alimov A.A. Pedagogik texnologiyalar. T.: “Fan va Texnologiya “, 2011-yil

  2. Sayidahmedov N.S. Ochilov A. Yangi pedagogic texnologiya mohiyati va zamonaviy loyihasi. RTM 2000-yil



Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Начальные классы

Категория: Прочее

Целевая аудитория: 3 класс.
Урок соответствует ФГОС

Скачать
Boshlang'ich ta'limda noan'anaviy darslarni tashkil qilishda yangi pedogogik texnologiyalardan foydalanish

Автор: Raxmonova Nafisa Tavakkalovna

Дата: 25.04.2020

Номер свидетельства: 547961


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства