kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Boshlang'ich sinflarda ona tili ta'limini rivojlatirish omillari

Нажмите, чтобы узнать подробности

Darslarda kreativ fikrlovchi matnlardan samarali foydalanish usullarini izohlab borish

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Boshlang'ich sinflarda ona tili ta'limini rivojlatirish omillari»

Ismoilova Dilsora

Buxoro viloyati G'ijduvon tumanidagi

22-umumiy o'rta ta'lim maktabining

boshlang'ich ta'lim o'qituvchisi

Boshlang'ich sinflarda ona tili ta'limini

rivojlantirish omillari

Xalqimiz asrlar davomida orzu qilib kutgan ulug' kun-21-oktabrni har yili o'zgacha ruhda qarshi oladi.Cbunki bu kunda o'zbek o'zini, o'zligini angladi. O'zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligi munosabati bilan barcha ta'lim muassasalarida,korxona va tashkilotlarda turli adabiy tadbirlar,uchrashuvlar va bayram kechalari uyushtiriladi.Mana shunday tadbirlar orqali har birimizda ona tiliga bo'lgan e'tibor,hurmat, faxr tuyg'usi yanada ortadi.

Til-mo'tabar ne'mat. U ellarni birlashtiruvchi muqaddas mayoqdir.Biz sharafli kasb egalaridan o'quv jarayonida aynan farzandlarimizning o'z ona tilida to'g'ri yozish va so'zlash ko' nikmalarini shakllantirib borishimiz talab etiladi.

Boshlang'ich sinf o'quvchilarining imlo savodxonligini rivojlantirish uchun lug'at diktantlardan,kreativ fikrlashga undovchi matnlardan foydalanilsa maqsadga muvofiq bo'ladi.O'quvchilarning dunyoqarashini o'stirish asnosida kitobxonlikka ham yo'naltirib boriladi. Bu esa o'quvchilarda chiroyli nutq madaniyatini ham shakllantiradi.

Ona tilining qudrati,millat ma'naviyati borasidagi qarasblar aynan boshlang'ich sinflarda namoyon bo'ladi.O'qituvchining chiroyli nutqi,so'zlarni marjonday tizib, mehrini boricha berishi, albatta, o'quvchining murg'ak qalbidan chuqur joy oladi,o'z navbatida bola ham chiroyli ifodalar orqali go'zal nutq egasi bo'lishga intiladi. Har bir so'zning o'z qimmati borligini , ona tilimizning beqiyosligini ulug' mutafakkir bobolarimizning hikmatli so'zlari, aforizmlari bilan dalillab borish ham o'quvchining xotirasidan mustahkam o'rin tutadi. Masalan:"Tilga ixtiyorsiz-elga e'tiborsiz", "Til-dil kaliti" ,"Til-millatning ruhi " kabi ifodalarni qo'llash orqali tilning imkoniyatlarini yana bir karra asoslay olishimizga imkon beradi.

Xususan,ona tili darslarida o'quvchilarning matn bilan ishlash ko'nikmasini rivojlantirish ahamiyatlidir. Dars jarayonida ma'lum bir matnni tahlil qilishda quyidagicha ish tutish ham bolaning so'z manbayini oshirishga xizmzt qiladi:

-matn mazmuniga mos sarlavha topish;

-matndagi ma'nodosh so'zlarni ajrata olish;

-matndagi uyushib kelgan so'zlarni aniqlash;

-o'zingiz ajratib bergan matndagi so'zlarga qarama-qarshi ,ya'ni zid ma'noli so'zlarni topish;

-matndagi asosiy fikrni anglagan holda tugal xulosa chiqara olish.

Xulosa o'rnida shuni aytish joizki, ona tili darslarida bolalarimizning og'zaki va yozma nuts salohiyati aynan muloqot,teran mulohaza yuritish,o'z fikrini to'g'ri yetkaza olish ko'nikmalari orqali namoyon bo'ladi.Shuning ham barchamiz farzandlarimizning ma'nan yetuk,jismonan barkamol bo'lib ulg'ayishiga kamarbasta bo'laylik.










Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Начальные классы

Категория: Прочее

Целевая аудитория: 2 класс

Скачать
Boshlang'ich sinflarda ona tili ta'limini rivojlatirish omillari

Автор: ИСМОИЛОВА ДИЛСОРА

Дата: 17.10.2020

Номер свидетельства: 560272


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Ваш личный кабинет
Проверка свидетельства