kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Boshlang'ich sinflarda matematika darsida kompyuter o'yinlaridan foydalanish

Нажмите, чтобы узнать подробности

Boshlang'ich sinflarda matematika fanida kompyuter o'yinlaridan foydalanish

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Boshlang'ich sinflarda matematika darsida kompyuter o'yinlaridan foydalanish»

BOSHLANG’ICH SINFLARDA MATEMATIKA DARSLARINI TASHKILLASHDA KOMPYUTER O’YINLARIDAN SAMARALI FOYDALANISH

Kamalova Odina Mirzaqosim qizi


Namangan viloyati Uchqoʻrgʻon tuman XTBga qarashli 39-sonli maktabning boshlangʻich sinf oʻqituvchisi

Dunyo bo’ylab kechayotgan bu o’g’ir vaziyatda eng asosiy dolzarb masala bu o’quvchilarning bilim olish jarayonlarini davom ettirishdir. Bu borada yurtimizda olib borilayotgan keng ko’lamli siyosatga tan bermaslikning ilojisi yo’q deb hisoblayman. Ayni paytda online darslarning tashkillanayotgani va uzluksiz televideniye orqali barcha o’quvchilar jamiyatini qamrab olayotgani taqsinga sazovordir. Albatta, buning zamirida ulkan mehnat, izlanish va bilim, ko’p yillik tajriba yotibdi. Yana shuni aytishimiz joizki, bunday qulaylik vas hart-sharoit butun dunyo siyosatchilarining ham e’tirofiga tushmoqda.

XXI-asr – axborotlashtirish asridir. Shuning uchun hozirgi ta’lim muassasalarida zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan foydalaninsh imkoniyatlarini yanada takomillashtirish hamda ta’lim jarayoniga bunday texnologiyalarni qo’llashning eng muhim ko’rsatkichlarini izohlab, amaliyotda ko’rsatib berish kerak. Shunday ekan boshlang’ich sinflarda sinfdan tashqari mashg’ulotlarda kompyuter o’yinlaridan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Kichik yoshdagi o‘quvchilar bilan bajariladigan sinfdan tashqari ishlarda kompyuter o’yinlaridan foydalanishdan ko'zlangan asosiy maqsad shuki, dars davomida o'zlashtira olmagan bilimlarni yanada amaliy rivojlantirish, mushtahkamlash va o'quvchilarning bo'sh vaqtlarini unumli o'tkazishdir. O’quv jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalarini qo’llash – ta’lim metodlarining samar+-*/adorligini oshirishga, o’qituvchilar mehnat faoliyatining o’zgarishiga va o’quvchilarning bilim darajasi, dunyoqarashi o’zgarishiga samarali ta’sir qiladi. Bunga misol qilib,boshlang’ich sinf matematika darslarida arifmetik amallarni kompyuter o’yinlaridan foydalanib bajaramiz.

Bu arifmetik amallar va tenglamalar yechishda, asosan, kompyuter orqali boshqarilib boriladi. O’qituvchi o’quvchilar bilan individual ravishda birma-bir berilgan misollar yechishga harakat qiladi. Matematika fanidan o’tkaziladigan to‘garak ishi sinfdan tashqari bajariladigan ishlarning biri hisoblanadi. Boshlang’ich sinf o’quvchilari bilan birinchi sinfning ikkinchi o‘quv choragidan boshlab matematika fanidan sinfdan tashqari mashg‘ulotlarini tashkil qilish va uni davomiy o‘tkazish maqsadga muvofiqdir. Shu davrdan boshlab arifmetik amallarni ishlash mobaynida kompyuter o’yinlaridan foydalanganda ko’proq harakatli o’yin va tasvirlardan foydalanilsa,yanada o’sha fanga qiziqishi ortadi,kompyuter texnologiyalaridan fodalanish asta-sekin shakllanadi. Buning natijasida o'quvchilarning mustaqil ishlash qobilyatlari rivojlanadi. O’quvchilarning to‘garak mashg’ulotlari jarayonida o‘zlarining 37atematika jihatdan o‘sganliklarini, yangi bilimlar va malakalar olganliklarini anglab yetishlari katta ahamiyatga ega. Shu sababdan, o‘tkaziladigan to‘garak mashg’ulotlarining natijalarini, o‘quvchilarning umumiy va individual muvaffaqiyatlarini alohida ta’kidlagan holda to‘la va batafsil tahlil qilish kerak. To‘garak mashg‘ulotlarini o’tkazishning muhim xususiyatlaridan biri o’qituvchi har bir o’quvchi bilan individual shug’ullanadi, o’quvchining tildagi ba’zi bir nutqiy xatoliklarini to’g’rilashga harakat qiladi, savodxonligini oshirishga va jamoa bilan ishlashga o’rgatadi. Sinfdan tashqari bajariladigan ishlarni tashkil qilish va o‘tkazish asosida quyidagi qoidalar yotadi:

  • sinfdan tashqari bajaradigan mashg‘ulotlar o‘quvchilarning dars jarayonlarida oladigan bilimlari, malaka va ko‘nikmalarini hisobga olgan holda o‘tkaziladi,

  • sinfdan tashqari bajaradigan mashg’ulotlar ixtiyoriylik, tashabbuskorlik tamoyillari, o‘quvchilarning harakatlari asosida tuziladi hamda o‘quvchilarning individual talablarini qanoatlantirish maqsadida o‘tkaziladi,

  • sinfdan tashqari bajariladigan mashg‘ulotlar o‘tkazilish shakliga ko‘ra darslardan farq qiladi va ko‘pincha qiziqarlilik xarakteriga ega bo‘ladi.

Bunda zaruriy shartlardan biri ishning rejaliligi, davomiyligi va muntazamliligidir. Shu munosabat bilan matematika to‘garaklarida: o‘quvchilarning umumlashtirish qobiliyatlarini, mantiqiy tafakkurlarini, fazoviy tasavvurlarini, matematik xotira, diqqat, topqirlik va ziyrakliklarini quyidagilarni rivojlantiruvchi ishlarni e'tiborga olish kerak. Matematik to‘garak mashg’ulotlarini rejalashtirishda shuni hisobga olish kerakki, alohida olingan mashg‘ulot qo‘yilgan masalalarni to‘la hal qilmaydi, hamma rejalashtirilgan mashg‘ulotlarning o‘rganilishi nazarda tutilgan savollarning to‘la ishlanmasi bilan birgalikdagi oldindan o‘ylab qo‘yilgan sistemasi zarur. Shu munosabat bilan yarim yilga yoki birdaniga bir yilga mo‘ljallangan reja tuzish kerak, bunda butun materialni shunday taqsimlash lozimki, u shu vaqtda darsda o‘rganilayotgan mavzular bilan bog’liqlikda bo‘lsin. Mavzuni yanada yaxshiroq o‘rganish uchun bu mavzuga oid qiyinroq masalalarni yechish, shuningdek topqirlik, ziyraklik, diqqatni talab qiluvchi masalalarni yechish, kichik-kichik qiziqarli masalalarni ishlab borish foydalidir.

Bugungi izchillik bilan, jadallik bilan rivojlanayotgan dunyoda o’quvchilarning tanqidiy va mantiqiy fikrlashlarini rivojlantirish har bir mahoratli o’qituvchining kasbiy orzusi desam mubolag’a bo’lmaydi. O’quvchilar masalaga doimo bir yechim yoki bir ifoda yuzasidan yondoshmasliklarini o’rgatish, ularni hamisha boshqa usullar haqida ham o’ylab ko’rishlari uchun imkoniyat yaratishimiz kerak. O’quvchilarga dars davomida chuqur bilim berish bilan birga ularning bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazish orqali mustaqil fikrlashga o’rgatish, og’zaki va yozma nutqlarini uzluksiz o’stirish alohida ahamiyat kasb etadi. Bunda umumta’lim maktablarida tashkil etiladigan sinfdan tashqari to’garak mashg’ulotlari muhim o’rin tutadi. Uni o’quvchilar yoshiga mos ravishda zamon talablari asosida to’g’ri tashkil etib, innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda, o’g’il-qizlarni ijodiy fikrlash, mustaqil ishlash va nazariyani amaliyotda qo’llay olishga o’rgatish hamad iqtidorini sayqal toptirishga o’qituvchilar uchun sinfdan tashqari to’garak mashg’ulotlari to’plami ayni muddao bo’lishi, shubhasiz.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati:

1. Sh. Mirziyoyеv. “Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi ”, Toshkent-“O`zbekiston”, 2017.

2. Abduqudusov O.A. v.b. “Zamonaviy pеdagogik va axborot tеxnologiyalari”. Toshkеnt, 2011-yil, 216 b.

3.Qurbonov SH., Seythalilov E. Ta’lim sifatini boshqarish.T.: «Turon-Iqbol», 2006.




















Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Начальные классы

Категория: Прочее

Целевая аудитория: 3 класс.
Урок соответствует ФГОС

Скачать
Boshlang'ich sinflarda matematika darsida kompyuter o'yinlaridan foydalanish

Автор: KAMALOVA ODINA MIRZAQOSIM QOZI

Дата: 13.04.2020

Номер свидетельства: 546508


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства