Просмотр содержимого документа
«Boshlang'ich sinf o'quvchilarini ona tabiat bilan tanishtirish»
TABIAT BILAN BOSHLANGICH SINF OQUVCHILARINI
TANISHTIRISHDA INNOVATSION USULLARDAN FOYDALANISHNING SAMARALI USULLARI
Murodova Dilorom Sharipjonovna
Namangan viloyati Chust tumani 1-umumiy orta talim maktabi
boshlangich sinf oqituvchisi
Jadallik bilan rivojlanayotgan bir vaqtda zamin va samoni asrash Yer yuzidagi barcha insonlarning muqaddas burchiga aylandi. Zero, bugungi kunda dunyo oz-ozini tozalash ishlarini olib borayotganligi ham sir emas. Ekologik jihatdan anchayin oqsoqlanayotgan tabiatga hurmat va ehtirom korsatishni bolalarga ilk yoshidanoq orgatish darkor. Bu esa kelajakda haqiqiy vatanparvar, mard insonlarni tarbiyalash uchun tamal toshi bolib xizmat qiladi. Tabiat onadek muqaddas ekanini nafaqat oqituvchi, balki oilamizdagi barcha azolar mitti vujudga singdirishlari shart deb hisoblayman.
Tabiatni va unda yashaydigan jonzotlarni muhofaza qilish vatanni va ozlikni asramoq demakdir. Inson va tabiat ozaro munosabatlari bugungi kunda oldingi davrlarga nisbatan anchagina tartibga solingan bolsada, insoniyatning boshqa tabiat kompanentlariga korsatayotgan tasiri kamaygani yoq. Shuning uchun tabiatshunoslik fani oldidagi eng dolzarb masala insonlarning tabiatga korsatayotgan tasiri natijasi qanday oqibatlarga olib kelayotganligini oldindan tola tasavvur qilishdir. Buning uchun tabiatshunoslik dars shakllarini hozirgi zamon talablari asosida tashkil etish lozim.
Ozbekiston mustaqillikka erishgandan song, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy, talim sohasida ham koplab ozgarishlar, islohotlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, davlatimiz tomonidan chiqarilgan Talim togrisidagi qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Davlat talim standartlari mamlakatda yoshlar talim-tarbiyasiga berilayotgan etibor buning yorqin ifodasidir.
Xususan, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan 2019-yil 19-mart kuni o'tkazilgan videoselektor yig'ilishida belgilab berilgan yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish va ularning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo'yicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surdi. 1-Tashabbus-Yoshlarni musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va sanatning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga,istedodni yuzaga chiqarishga xizmat qiladi.
Ma'lumki, boshlangich sinflarda Atrofimizdagi olam (1-2-sinflarda) va Tabiatshunoslik (3-4-sinflarda) fanlari oqitiladi. Tabiatshunoslik fani Atrofimizdagi olam fanining davomi bolib, ozining mazmuni va metodlari bilan oquvchilarni har tomonlama tarbiyalash imkoniyatlariga ega. Tabiatshunoslik fani yosh avlodni tabiatga togri munosabatda bolishga orgatadi: unga nisbatan muhabbatni tarbiyalaydi, tabiat chiroyini idrok etish uni qoriqlash, asrash, in'omlaridan oqilona foydalanish, ana shu boyliklarni oz qollari bilan yaratish va kopaytirishga chorlaydi.
Bolalarning atrofimizdagi olamni muntazam organib borishlariga asoslanib, kichik yoshdagi oquvchilarda tabiat togrisida, oz joyi va barcha mamlakatlarning tabiiy boyliklari togrisida bir butun tasavvurni shakllantirish kerak. Oquvchilar Vatanimizning tabiiy boyliklaridan odamlar ozlarining mehnat faoliyatlarida qanday foydalanayotganliklari bilan tanishishlari lozim. Bunda bolalarga odamlar mehnati tabiat atrof bilan chambarchas bogliq ekanligini korsatish goyat muhimdir.Shu talablarga kora kichik yoshdagi oquvchilarga:
1. Ozaro bogliqligi ochib berilgan jonli va jonsiz tabiat togrisida aniq bilimlar berish;
2. Odam organizmi va uning salomatligini saqlash togrisida ma'lumotlar berish;
3. Ularni tabiatda kuzatishlar otkazish oquvi va konikmalari bilan qurollantirish;
4. Tabiatdan oqilona foydalanish va uning boyliklarini kopaytirishga qaratilgan insonning mehnat faoliyati bilan tanishtirish;
5. Jonajon tabiatga muhabbat, uni muhofaza qilishga intilishni tarbiyalash kerak. uning mazmuni bilan belgilanadi. Shuning uchun ham tabiatshunoslikni oqitish umumtalim va hunar maktablarini isloh qilishning asosiy yonalishlariga muvofiq tabiatshunoslik dasturiga kiritilgan ozgarishlar korsatilgan vazifalar bilan bir qatorda tabiatshunoslik kursida oquvchilarning ekologiya, mehnat va gigiena tarbiyasiga etiborni yanada kuchaytirishni, «har bir oquvchi gi-giena va meditsina sohalarida minimum bilimni egallash, yoshligidan oz organizmini bilishi, uni tartibli saqlay olishi» uchun sharoitlar yaratilishini nazarda tutadi.
6. Tabiatshunoslikni oqitish jarayonida dunyoni ilmiy tushunish asoslarini shakllantirish uchun tabiatga insonparvarlik munosabatini, vatanparvarlikni va gozallikni tushunishni tarbiyalash ke-rak.
Zamonaviy pedagogika talim va tarbiyaga tarbiyalovchi talim deb atalmish yagona jarayonning ikki tomoni deb qaraydi. Talimning tarbiyalovchilik harakteri oqituvchiga oquvchilar tafakkurini, ularning ijodiy va bilish faolligini rivojlantirish uchun boy material beradi. Bolalarning ijodiy faolligi, individual qobiliyatlarini ochishga qaratilgan metodlar tobora koproq qollanilmoqda.
Tabiatshunoslik boyicha mashgulotlarni sinfdan va maktabdan tashqari tadbirlar: ochiq havodagi oyinlar, olkashunoslik ekskursiyalari, yurishlar bilan chambarchas boglamoq zarur. Tabiatshunoslik darslari bu mehnat tarbiyasi maktabi hamdir. Aniq misollarda oquvchilarni odam mehnati uning jismoniy va manaviy sihatligining manbai ekanligiga ishontirib, oqituvchi mehnatga muhabbatni, astoydil mehnat qilish istagini, mehnat ahliga hurmatini tarbiyalaydi. Shuning uchun tabiatshunoslik ozining mazmuni va metodlari bilan oquvchilarni har tomonlama tarbiyalash uchun cheksiz imkoniyatlarga ega.
Bularning hammasi oqituvchiga tabiatshunoslik boyicha oquvchilar bilan shugullana borib, ularni faqat yaxshi bilim olishgagina emas, balki ular shaxsini shakllanishiga tasir korsatishga ham imkon beradi. Boshlangich sinflarda tabiatshunoslikni oqitishning maqsadi botanika, zoologiya, ekologiya, anatomiya, fiziologiya, gigiena, jogrofiya fanlarining elementar asoslarini berish bilan birga tabiiy nematlarimiz: suv, havo, tuproqqa ehtiyotkorona munosabatni shakllantirish hamdir. Shuning uchun boshlangich sinf tabiatshunoslik darslarini otishda darslarni noan’anaviy tarzda tashkil etib,o’qituvchi o’z oldiga qo’ygan maqsadga erishadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Sh. Mirziyoyеv. “Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi ”, Toshkent-“O`zbekiston, 2017.
2. Ozbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent. 2010- yil, 80 b.
3. Boshlang`ich ta`lim jurnali 2010-yil 2- soni.