kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Boshlang’ich sinf o’qish darslarida matn ustida ishlash orqali o’quvchilarni ma’naviy tarbiyalash

Нажмите, чтобы узнать подробности

Эта статья дает представление о текстах на уроках чтения в начальной школе и новаторских способах их анализа. Известно что произведение искусства отражает образы жизни и фокусируется на человеке, его отношении к природе и обществу. Также автор затронул вопросы духовного воспитания учеников начальных классов при работе над текстом художественного произведения

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Boshlang’ich sinf o’qish darslarida matn ustida ishlash orqali o’quvchilarni ma’naviy tarbiyalash»

BOSHLANG’ICH SINF O’QISH DARSLARIDA MATN USTIDA ISHLASH ORQALI O’QUVCHILARNI MA’NAVIY TARBIYALASH

Aslanova Nozima Нakimovna - Buxoro viloyat xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi “Maktabgacha, boshlang'ich va maxsus taʼlim metodikalari kafedrasi” o'qituvchisi

Annotatsiya. Mazkur maqolada boshlang'ich sinf o'qish darslarida matnlar, ularni tahlil qilishning innovatsion usullari haqida fikr-mulohazalar keltirilgan. Badiiy asarda hayot obrazlari aks ettiriladi va uning markazida inson, uning tabiat va jamiyatga munosabati turadi. Muallif badiiy asar matni ustida ishlashda o’quvchilarga ma’naviy tarbiyalash masalalariga ham to’xtalib o’tgan.

Kalit so'zlar: boshlang'ich sinf, o'qish darsi, matn, analiz, sintez, usul, badiiy asar

SPIRITUAL EDUCATION OF STUDENTS BY WORKING ON TEXT IN PRIMARY SCHOOL LESSONS

Aslanova Nozima Khakimovna-Teacher of "Methods of Preschool, Primary and Special Education Department" Bukhara Region in service and retraining institute of public educators

Annotation. This article provides insights into texts in primary school reading lessons and innovative ways to analyze them. The work of art reflects the images of life and focuses on man, his relationship to nature and society. The author also touched upon the issues of spiritual education of students while working on the text

Keywords: elementary school, reading lesson, text, analysis, synthesis, method

ДУХОВНОЕ ОБРАЗОВАНИЕ УЧАЩИХСЯ НАЧАЛЬНОЙ ШКОЛЫ ПО РАБОТЕ НАД ТЕКСТОМ НА УРОКАХ ЧТЕНИЯ

Асланова Нозима Хакимовна - преподаватель кафедры методики дошкольного, начального и специального образования Бухарского областного центра переподготовки и повышения квалификации работников народного образования

Аннотация. Эта статья дает представление о текстах на уроках чтения в начальной школе и новаторских способах их анализа. Известно что произведение искусства отражает образы жизни и фокусируется на человеке, его отношении к природе и обществу. Также автор затронул вопросы духовного воспитания учеников начальных классов при работе над текстом художественного произведения

Ключевые слова: начальная школа, урок чтения, текст, анализ, синтез, метод, произведение искусства

Barchamizga ma’lumki, insonni boshqa jonzotlardan ustun sanalishiga asosiy sabab aql, ilm, tafakkur va nutqdir. Shuning uchun ham inson hayotning oliy xilqati sanaladi. Biroq inson o'z vazifalarini bekamu-koʻst amalga oshirishi uchun maʼlum eʼtiqodga ega boʻlishi, oʻz umrining asl mohiyatni anglashi lozim boʻladi. Buning uchun esa insonga yaxshi taʼlim va ma’naviy tarbiya olish zarur sanaladi. Xo’sh, maʼnaviy tarbiya nima? Inson tarbiyasida maʼnaviy tarbiya juda muhim. Ayniqsa, hozirgi shiddatli davrda insonning maʼnaviy tarbiyasi juda koʻp narsani belgilaydi. Maʼnaviy tarbiyaning asosida qalb tozaligi yotadi. Shuning uchun ham yosh avlodga maʼnaviy tarbiya zarur. Inson qaysi jamiyatda yashashidan, qaysi kasb bilan shug’ullanishidan qatʼi nazar, u o’z insoniy burchi sifatida oilasini moddiy jihatdan to’kis etib ta’minlashi uchun dunyoviy ishlar bilan shugʻullanishga majbur. Chunki, insonning moddiy ehtiyojlari doimiy ravishda o’sib boradi. Ota-bobolarimiz bolalarini halol-pokiza turmush kechirishlari uchun ularga yoshlikdan kasb va hunar sirlarini o’rgatish bilan birga ularga odob va tarbiya berishgan. Chunki insonning iymon va maʼnaviyati mukammal boʻlsa, u nopok yo’lga yurmaydi. Shu bilan birga topilgan mablag’ va molu dunyosi halol boʻladi. Birovning haqqiga xiyonat qilmaydi.

Tarbiya yaxlit jarayonda amalga oshirilib, uning tarkibiy qismlari ayni bir vaqtda, faoliyatning biror turi asosida namoyon bо‘ladi. Xususan, boshlang’ich sinf o’qish darslarida o’quvchilar badiiy asar mutolaasi va matni ustida ishlash orqali o’zlariga hayotiy saboqlarni oladilar. Badiiy asar matni tahlili jarayonida ular asar qahramonlarining hatti harakatlarini tahlil qilib, ularning qilmishlarining to’g’ri yoki noto’g’riligini anglaydilar, shu bilan birga asardagi voqealardan ta’sirlanadilar. Buning uchun o’qish va sinfdan tashqari o’qish darslarini interfaol, qiziqarli, sifatli va munozaralarga boy tarzda tashkil etish talab etiladi. O‘quvchi badiiy asarning mazmuni bilan uni mutolaa qilish paytida tanishsa, tahlil qilishda uning poetik vositalariga murojaat qiladi. Mutolaa badiiy asardan ta’sirlanishga yordam berib, uning tafakkurini peshlasa, tahlil asar zamiridagi ma’noni chuqurroq anglash va o‘rganishga yordam beradi.

O’qish faoliyatida o‘qituvchi badiiy asar ustida ishlash jarayonining quyidagi masalalarini hal qilishi muhimdir. Bular asar ustida ishlashning maqsad va mazmunini aniqlab olishdan boshlanadi. Sinfda o’quvchilarning ruhiy holati, sinf o’quvchilari orasidagi holat va vaziyatlardan kelib chiqqan holatda asar ustida ishlashning mazmuni belgilanadi. Keyingi vazifa asarni tahlil qilish uchun dars bosqichlarini belgilab olish vazifasidir. Bu vazifa o’qituvchining dars jarayoniga metodik tayyorgarligi, dars jarayonini qanday metodlar asosida tashkil etishi va boshqarishiga bog’liq bo’ladi. Bunda o’qituvchi badiiy asar ustida ishlashda har bir asar tahlili uchun topshiriqlar tizimini ishlab chiqishi muhim o’rin tutadi.

Keyingi masala o‘quvchilar egallaydigan bilim, ko‘nikma va malakalar doirasini belgilab olish vazifasidir. Bunda badiiy asar ustida ishlash jarayonida o’quvchilarning tafakkuri, o’z fikrini nutqida bayon qila olishi, badiiy asar ustida ishlashning qaysi bosqichida bo’lmasin o’zini namoyon eta oishiga e’tibor qaratadi.

Boshlang‘ich sinflarda badiiy asar ustida ishlash uch asosiy bosqichga bo‘linadi:

  1. Birinchi sintez bosqichi. Bu bosqichning asosiy vazifasi matnni yaxlit idrok etish asosida asarning aniq mazmuni va tasviriy ifoda vositalari bilan tanishtirishdan iborat. Bunda avvalambor asarni yaxlit holatda o’quvchilar e’tiboriga havola qilish maqsadida o’qituvchi o’ziga qulay bo’lgan usulni tanlaydi. Masalan, o’qituvchi hikoyasi, asar matnining audio shakli, film namoyishi, asarning bir necha o’quvchilar tomonidan rollarga bo’linib o’qilishi va hokazo. Bunda ish turi badiiy asarning xususiyatlari va qaysi sinfda o’qitilishiga mos ravishda tanlanadi. Bu bosqichni boshlashda o’qituvchi asar muallifi haqida ham ma’lumot berishi lozim.

  2. Analiz bosqichi. Bu bosqichning vazifasi badiiy asarda voqealar rivojining bog‘lanishini aniqlash, ishtirok etuvchi shaxslarning xulq-atvori (O’zini qanday tutdi? Nima uchun bunday qildi?) va ularning asosiy xususiyatlarini ochib berish (qahramonlarning ijobiy va salbiy xususiyatlariga e’tibor qaratiladi), asar kompozitsiyasini ochish (tugun, kulminatsion nuqta, yechim), asarning aniq mazmunini tasviriy vositalar bilan birga tahlil qilish ya’ni, badiiy asarda tasvirlanayotgan narsani jonli tasvirlash, his-tuyg`u va kеchinmalarni yorqin ifodalashga xizmat qiluvchi badiiy tasvir va ifoda vositalari, obrazlilik (tasviriylik) va emotsionallikni kuchaytiruvchi elementlarga e’tibor qaratish va qahramonlar xulq-atvorini baholash (muallif nimani tasvirlagani, qanday tasvirlagani, nima uchun u yoki bu dalilni tanlagani)dan iborat.

Birinchi sintezdan so‘ng o‘qilgan asarga bog‘liq holda ijodiy xarakterdagi ishlar o‘tkaziladi. Masalan: “Ekspertlar guruhi” amaliy ishini taklif qilamiz. Bu usul quyidagi tartibda tashkil etilishi mumkin.

Badiiy asarni analiz qilish uchun o’quvchilar asar qahramonlari sonidan kelib chiqib bir necha kichik guruhlarga bo’linadilar. Masalan: 4-sinf O’qish kitobida keltirilgan “Eng ulug’ fazilat” ertagini “Ekspertlar guruhi” usulidan foydalanib analiz qilish quyidagi tartibda amalga oshirilishi mumkin

Avval ertak matni birinchi sintez bosqichi asosida o’quvchilar e’tiboriga havola etiladi, ya’ni ertak matni boshidan oxirigacha mutolaa qilinadi.

Eng ulug’ fazilat

Qadim zamonda bir mo’tabar odamning uch o’g’li bor edi. Bir kuni ularni huzuriga chaqirib, shunday debdi:

  • O’g’illarim, sizlarni sinamoqchiman, bir oy sayohat qiling. Shu bir oylik umringizni xalqqa foydali, yaxshi ishlarga sarf eting. Qaysi biringizning qilgan yaxshiligingiz eng ulug‘ fazilat kasb etsa, barmog‘imdagi mana shu juda qimmatbaho uzukni unga beraman.

O‘g‘illari har tarafga tarqalib, sayohatga chiqib ketibdilar. Bir oy sayohat qilib yurib, yana otalarining huzuriga qaytib kelibdilar. Ota katta o‘g‘lidan so‘rabdi:

O‘g‘lim, shu bir oy ichida qanday eng ulug‘ fazilatli ish qilding?

Otajon, bir kuni tanho o‘zim bir bog‘ ko‘chasidan o‘tib ketayotsam, bir yerda juda ham qimmatli olmos tushib yotgan ekan. Uni olib darhol tegishli ma’murlarga topshirdim. Ma’murlar boshlig‘i menga tashakkur aytdi. Qo‘limga mana shu taqdirnomani yozib berdi. Olmosning egasini toptirib, unga topshirdi. Shu qilgan ishim to‘g‘riligimga bir dalil. Shu harakatim eng ulug‘ fazilat emasmi?

Juda to‘g‘ri ish qilgansan, o‘g‘lim! Vijdonan vazifangni ado etgansan. Lekin u olmos sening xususiy mulking emas-ku!

Keyin o‘rtancha o‘g‘li so‘zga kirishdi:

Men bir kuni katta bir ariq yoqasidan ketib borardim. Shu choqda bir yosh bola suvga tushib ketdi. Halok bo‘lish xavfi ostida ekanini ko‘rib qoldim. Darhol o‘zimni suvga tashladim. Ko‘p mashaqqat chekib, bolani suvdan olib chiqdim. Uni halokatdan qutqazib, ota-onasiga eson-omon topshirdim. Ota-onasi mendan ko‘p minnatdor bo‘lib, haqimga duo qildilar. Hayotim qo‘rqinch ostida qolsa ham yosh bolani halokatdan qutqazish uchun qilgan shu harakatim bilan mukofotingizga loyiq bo‘lsam kerak, deb o‘ylayman.

Otasi o‘rtancha o‘g‘lining qo‘lini ushlab, shunday dedi:

Ofarin, o‘g‘lim. Seni tabriklayman, faqat shu go‘zal ishing tufayli qalbing zavq-shavq bilan to‘lganini his etgansan. Shuning o‘zi mukofot emasmi?

Keyin kichik o‘g‘li otasiga ta’zim qilib aytdi:

Otajon, menga doimo dushmanlik nazari bilan boqib, zarar yetkazib yurgan bir odam bor. Men unga hech bir yomonlik qilmagan bo‘lsam ham, u payimda yuradi. Hatto meni yo‘q qilish uchun fursat kutadi. Kecha u dushmanimning bir jar yoqasida uxlab yotganini ko‘rdim. Agar uyqusirab, bir yondan ikkinchi yonga ag‘darilsa yoki qattiqroq tovush chiqarib uyg‘otilsa, turishga harakat qilib, jarga qulab tushishi mumkin edi. Men tovush chiqarmasdan, sekingina yurib uning yoniga bordim. Juda ehtiyotkorlik bilan uni ushlab, asta-sekin o‘z tomonimga torta boshladim. Ancha beriga kelib xavf-xatardan qutulgandan keyin ruhim ko‘tarildi, shodlanib yo‘limda davom etdim. Otasi o‘g‘lining bu yaxshi ishidan, oliyjanobligidan shodlanib ko‘ziga yosh oldi. Uni quchoqlab, yuz-ko‘zidan o‘pib dedi:

Bor bo‘l, o‘g‘lim! Yasha, umring uzoq bo‘lsin! Mukofotimni olishga sen haqlisan, chunki dunyoda eng ulug‘ fazilat – yomonlikka yaxshilik qilishdir, – deb qimmatli uzugini o‘g‘lining barmog‘iga taqdi, uning haqiga duo qildi.

Ertak o’quvchilar e’tiboriga havola etilgach, ertak qahramonlari nomi yozilgan kartochkalar ekspertlar guruhi a’zolariga tarqatiladi.

Masalan: OTA, TO’NG’ICH O’G’IL, MA’MUR, O’RTANCHA O’G’IL, CHO’KAYOTGAN QIZCHA, QIZCHANING OTASI, ONASI, KENJA O’G’IL, 3-O’G’ILNING DUSHMANI

Har bir guruh a’zosi, ya’ni ekspertlarga bittadan qog’oz (blank) beriladi. Blankning eng yuqori qismida qahramonning nomi yoziladi. Ular ertak matnidan o’ziga tegishli qahramon yo’nalishida ma’lumotlar to’plash va qayd etishga harakat qilishi kerak. Bu ma’lumotlar og’zaki va yozma shaklda to’planishi mumkin.

Masalan:

OTA

  • mo’tabar odam

  • 3 o’g’li bor

  • O’g’illarini sinamoqchi bo’ldi

  • Eng ulug’ fazilatli o’g’lini aniqlamoqchi bo’ldi

  • O’g’illarini bir oy sayohat qilishga yubordi

  • O’g’illarining bir oylik umrini xalqqa foydali, yaxshi ishlarga sarf etishlarini so’radi

  • Katta o’g’liga olmos uning xususiy mulki emasligini aytdi

  • O’rtancha o’g’liga ofarin aytib, uni tabrikladi. Qizchaning ota-onasining minnatdorchiligining o’zi ham mukofot ekanligini aytdi…

Qahramonlar to’g’risida eng ko’p ma’lumot to’plagan o’quvchilar rag’batlantiriladi.

  1. Ikkinchi sintez bosqichi. Bu bosqichda badiiy asar ishtirokchilarining muhim xususiyatlari umumlashtiriladi, qahramonlar taqqoslanadi va baholanadi. Shu bilan birga asarning g‘oyasi aniqladi, badiiy asarning hayotiy manbalari va san’at asari sifatida baholash ko’nikmalari shakllantiriladi. Bunda o’quvchilarga quyidagi ko’rinishdagi savollar bilan murojaat qilish mumkin.

  • Qanday ma’lumotlarga ega bo‘ldik?

  • Asar nimaga o‘rgatadi?

  • Muallif o‘z fikri va taassurotlarini qanday qilib aniq, ravshan va ta’sirli tarzda yetkazgan?

Asar maqsadga muvofiq tahlil qilinsa, o‘quvchilar faolligi ortadi, chunki asarni tahlil qilish ijodiy jarayon sifatida o’quvchilarni firlashga undaydi.

Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, ma’naviy tarbiyani bola asosan mutolaa orqali egallaydi. Xususan, shaxsining tez rivojlanadigan davri – о‘quvchilik yillarida uning ongiga turli faoliyat (о‘qish, mehnat, ijtimoiy ishlar, о‘yin, sport, badiiy havaskorlik) yordami bilan maxsus ta’sir etish muhimdir. Aks holda xulq me’yorlari, axloq talablarini yaxshi tushunmay qolishi natijasida shaxs ijtimoiy munosabatlarda beqaror, tasodifiy ta’sirga beriluvchan bо‘lib qolishi mumkin. “Bolalarimizni bogʻcha yoshidan, boshlangʻich sinflardan kichik-kichik kitoblarga oʻrgatish, shu orqali ularni kitobsevar etib ulgʻaytirish zarur. Shundagina jamiyatimizda kitobxonlik muhiti shakllanadi, boshqalar ham kitob oʻqishga qaytadi”, deb ta’kidlaydi Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev o’z ma’ruzalarida. Shu sababli boshlang’ich sinf o’qish darslari o’quvchilarga samarali ma’naviy tarbiya berishning eng optimal shakli bo’lib xizmat qilishi va xalq ta’limi tizimining boshlang’ich davridan boshlab bu ishlar to’laqonli amalga oshirilishi lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar:
  1. Mirziyoyev  Sh.M.  Kitob  mahsulotlarini  chop  etish  va  tarqatish  tizimini rivojlantirish,  kitob  mutolaasi  va  kitobxonlik  madaniyatini  oshirish  hamda targ`ibot  qilish  bo`yicha  komissiya  tuzish  to`grisida.  //  Prezident  Farmoni.

 “Xalq so`zi” gazetasi, 2017-yil 13-yanvar.  – № 9. – B. 1

  1. A. Abduqodirov, R. Ishmuhammedov. ”Ta’limda innovatsiya” Toshkent -2010

  2. Jo’rayev A.J. Tarbiyaviy darslarni o’tish. Sinf rahbarlari uchun qo’llanma. -T.:O’qituvchi, 1994 y.

4. Tal’at G‘afforova.“Boshlang‘ich ta’limda zamonaviy pedagogik texnologiyalar” Toshkent– 2011.

5. Mehriddinov Z.Isamuhammedov O." Boshlang'ich ta'lim saboqlari" Toshkent 2014

6. Ziyayev R." Ta'limda integratsiya" Toshkent :"O'qituvchi"-2018

  1. Ortiqov A. Nutq madaniyati va notiqlik san’ati. T.: 2002.

  2. Rasulov R., N.Husanov., Q.Muydinov. Nutq mahorati. T.: 2006

  3. Tolipova J.O. Pedagogik kvalimetriya. T.: 2017.

  4. Qahhorov I. Notiqlik san’ati. T.: 2015.

  5. www. sputniknews.uz.

  6. www.ziyouz.com

  7. www.kitob.uz

  8. www.natlib.uz




Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Начальные классы

Категория: Прочее

Целевая аудитория: 4 класс

Скачать
Boshlang’ich sinf o’qish darslarida matn ustida ishlash orqali o’quvchilarni ma’naviy tarbiyalash

Автор: Асланова Нозима Хакимовна

Дата: 07.04.2021

Номер свидетельства: 577660


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства