Просмотр содержимого документа
«"Boshlanģich sinf òqish darslarida didaktik òyin va interfaol usullardan foydalanish"»
“Boshlang’ich sinf o’qish darslarida didaktik o’yin va interfaol usullardan foydalanish”
Usmonova Marxabo Akramjonovna Namangan viloyati Norin tumani 20-maktab Boshlang’ich sinf o’qituvchisi Tel: +998972588578
Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlang’ich sinf o’qish darslarida didaktik o’yinlarva interfaol usullardan foydalanishning o’ziga xos xususiyatlari to’g’risida ma’lumotlar berilgan.
Zamonaviy ta’limning yangi tizimi va mazmunini shakllantirish uchun ilg’or texnologiyalarni hamda o’quv-tarbiya jarayonining didaktik ta’minotini yaratish, ta’lim mazmunini inovatsion yondashuvlar asosida tashkil etish kerak.
Boshlang’ich ta’lim tizimining samaradorligini oshirish uchun darslarimizda ilg’or pedagogik va axborot-kommunikatsiyasi texnologiyalarini, didaktik o’yinlar va interfaol usullardan foydalanishimiz darkor.
Boshlang’ich sinf o’qituvchilari uchun didaktik o’yinlar bilim olishning faollashtiruvchi ish turlaridan biri bo’lib o’quvchilarda tafakkur, og’zaki va yozma nutq ko’nikmalarini shakllantiradi. Didaktik o’yinlar o’qish darslarida o’quvchilarning qiziqishini o’stiruvchi vositalardan hisoblanadi. Didaktik o’yinlarning maqsadi o’quvchilarning fanga, ta’lim olishga, kitobga bo’lagn qiziqishlarini uyg’otishdir.
Didaktik o’yin bolalarda bilish jarayoniga jonli qiziqish uyg’otadi va ma’lummotlarni qabul qilishga yordam beradi. Bu o’yinlar bolalarning atrof-muhit haqidagi tasavvurlarini kengaytirishga, tartibga solishga, qiziqish va qobiliyatlarini rivojlantirishga yo’naltirilgan bo’lishi kerak. Didaktik o’yinlar o’quvchilar uchun qiyin bo’lgan bilim olish jarayonini yengillashtiradi. Ta’limiy o’yinlardan, mavzuga oid oddiy qiziqarli savol-javoblardan darsning ma’lum qismida foydalanish lozim. Boshqotirma, tez aytish kabi o’yinlar muntazam o’tkazib turilsa, o’quvchilarda ma’lum bir ko’nikmalar hosil bo’lib boradi. Dars jarayonida o’yinlarni to’g’ri tashkil etish va o’tkazishda vazifalar, qoidalar va ularning natijalarini tashkil qilishni aniq belgilab olish lozim. Masalan o’qish darslarida “So’zdan so’z yasash” o’yinini o’tkazish o’quvchilarning lug’at boyligini oshirishga, so’z boyligini o’stirishga yordam beradi.
Didaktik o’yinlar bolalarda jamoatchilikni his etish, intizomli bo’ish, jasur, qat’iyatli bo’lish qiyinchiliklarni yenga bilish kabi sifatlarini rivojlantirishga ham yordam beradi. Didaktik o’yinlar maktab o’qituvchilari va murabbiylar tomonidan ijod qilingan maktabgacha ta’lim muassasalaridagi tayyorlov guruhlaridagi bolalarga va maktab o’quvchilariga mo’ljallangan. O’yin orqali bola jamoani tushunadi. O’zi bajarayotgan mashg’ulotga nisbatan ongli munosabatda bo’ladi. Didaktik o’yinlar o’quvchilardagi tortinchoqlik, xato qilishdan qo’rqish kabi noqulayliklarga barham beradi. Shunday ekan har bir darslarda didaktik o’yinlar va interfaol metodlardan unumli foydalanmog’imiz darkor.