kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

So'zning qudrati

Нажмите, чтобы узнать подробности

Boshlang'ich sinflarda foydalanish uchun maxsus qollanma

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«So'zning qudrati»

Adabiyot 7- sinflar uchun


Darsning mavzusi: BADIIY SO’Z QUDRATI

Darsning maqsadi:

  1. ta’limiy maqsad: Adabiyot fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda estetik did,

estetik ong, adabiyotga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish.

  1. Tarbiyaviy maqsad: Adabiyot fani orqali o’quvchilarga DTS asosida dars berish. Shu bilan bir qatorda milliy va

mumtoz adabiyotimizga milliy iftihor, qadriyat sifatida e’tirof etish va uni hurmat qilishga o’rgatish.

  1. Rivojlantiruvch maqsadi: O’quvchilarni tafakkur va idrokini kengaytirish, ularni mustaqil fikrlashga o’rgatish.

Milliy va umummadaniy kompetensiya:

vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy asarlarni tushunish, orasta kiyinish.

Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)

Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...

Dars shiori: Adabiyotga e’tibor – kelajakka, ma’naviyatga e’tibor. (I.A.Karimov)

Darsning borishi:

a) salomlashish

b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish

c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish.

Yangi mavzu:

Ilohiy kitoblarda aytilishicha, so’z dunyodagi barcha narsalarning asosidir. Rivoyat qiladilarki, Tangri o’zining qudrati va jamoliga ko’zgu bo’ladigan yaratiq barpo etishni istaydiyu, kunlarning birida: «Yaral!» (arabchasi «Kun!») - degan so’zni aytadi. Yaratgan amrining ifodasi bo’lmish ana shu birgina So’Zning kuchi bilan o’n sakkiz ming olam va undagi jamiki narsalar dunyoga keldi. Demak, so’z olam va undagi narsalardan oldin paydo bo’lgan ekan. So’zning cheksiz qudratini shundan ham bilsa bo’ladi. Har qanday inson hayotida juda katta ahamiyat kasb etadigan badiiy adabiyot ana shunday qudratga ega so’z bilan ish ko’radigan san’at turidir. Shuning uchun ham badiiy adabiyot - so’z san’ati deb yuritiladi.

Badiiy adabiyot san’atning murakkab va serqirra turi, insonda yuksak ma’naviyat shakllantirishning eng ta’sirchan vositasidir. Insondagi ismsiz tuyg’ular, nozik kechinmalar, ko’z bilan ko’rib, quloq bilan eshitib, qol bilan ushlab, til bilan totinib, burun bilan hidlab bo’lmaydigan ruhiy holat jilvalarini faqat so’z yordamida ifoda etish mumkin. Badiiy adabiyot san’atning boshqa turlaridan asosiy ish quroli ham, materiali ham So’Z ekanligi bilan ajralib turadi.

San’atning adabiyotdan boshqa har qanday turi inson hayoti yoki hissiyotining faqat birgina holatini ifoda eta oladi. Badiiy adabiyot esa tasvirlanayotgan narsa yoki kimsaning hozirgi holatini qanchalik ishonarli aks ettirsa, uning o’tmishini ham, kelajagini ham shunchalik ta’sirchan va jonli tasvirlay oladi. Demak, odamda yuksak ma’naviy fazilatlar shakllantirishda ko’rkam (badiiy) adabiyotning imkoniyati benihoya katta. Siz teatr, kino, televideniyeda ham shunday imkoniyatlar borku deyishingiz mumkin. Unutmangki, har qanday spektakl, kino yoki telefilmlarning negizida ham badiiy so’z turadi.

Ko’rkam adabiyotda aks ettirilgan hayot serqirra ekanidan tashqari, kishiga qattiq ta’sir ham qiladi. O’zingizga juda yoqqan badiiy asarni o’qigan holatingizni bir eslab ko’ring. Asarda tasvirlangan obrazlarning ham, bu qahramonlar kechirgan tuyg’ularning ham sizga to’g’ridan to’g’ri daxli yo’qligini yaxshi bilasiz. Asardagi voqealar hozir ro’y bermayotganligini ko’rib turibsiz. Lekin siz asardan bosh ko’tara olmaysiz. Asar qahramonlari sizga hech kim bo’lmasalarda, ular bilan go’yo qarindoshu taqdirdoshday bo’lib qolasiz. Ularning tuyg’u va kechinmalari siznikiga aylanib ketadi. Kitob qahramonlariga qo’shilib quvonasiz yoki kuyunasiz. Ba’zan hatto yig’laysiz. Nega shunday? San’atning boshqa turlari ham odamga shu xilda ta’sir qilganligini ko’rish mumkin. San’at asarlari ta’sirchanligiga sabab nima ekan?

Mana, siz yettinchi yildirki bir qancha o’quv predmetlari bilan tanishib kelmoqdasiz. Ularning hammasi ham sizga cheksiz olamning biror tarmog’idagi hodisalar haqida ilmiy ma’lumotlar berishga intiladi. Bu o’quv fanlari sizning aqlingizni o’stirishga, tafakkuringizni yangi-yangi axborotlar bilan boyitishga, shu tariqa sizni zamonning talablariga javob bera oladigan, hayotning sinovlariga chidaydigan qilib tayyorlashga xizmat etadi. Siz o’rgangan o’quv predmetlari yordamida dunyoning sirlari haqida bilimga ega bo’lasiz.

Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob.

Uyga vazifa. 3-11-sahifalarni o’qib kelish.

Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.

O’quv-tarbiyaviy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari: SH.ASHIROVA





Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Начальные классы

Категория: Планирование

Целевая аудитория: 1 класс.
Урок соответствует ФГОС

Скачать
So'zning qudrati

Автор: АТАКОЗИЕВА САЛИМА РАХМАТУЛЛАЕВНА

Дата: 16.04.2020

Номер свидетельства: 546940


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства