kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Son so'z turkumi

Нажмите, чтобы узнать подробности

Sonlar yozuvda uch xil ifodalanadi:

1.Harfiy ifoda bilan

2.Arab raqami bilan

3.Rim raqami bilan

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Son so'z turkumi»



NAMANGAN VILOYATI

XALQ TA'LIMI BOSHQARMASI


NORIN TUMAN XALQ TA'LIMI BOLIMIGA qarashli

10-umumiy orta ta'lim maktabi

Boshlang'ich sinf o`qituvchisi

AHMADJONOVA SURAYYOning




4-sinf ona tili fanidan «Son-so`z turkumi. 345- 347-mashqlar» mavzusida yozgan bir soatlik








Ushbu dars ishlanma boshlang`ich sinf o`qituvchilari uchun mo`ljallangan.




Norin tuman-2020

Dars mavzusi: Son-so’z turkumi.

345- 347-- mashqlar.

Dars maqsadi:

Ta’limiy: o’quvchilarga mashqlar asosida son-- so’z turkumi haqida keng tushuncha berish va birikma tuzishni mukammal o’rgatish. Sonlarni otlar bilan qo’llab birikma tuzib yozaolish ko’nikmasini shakillantirish.

Tarbiyaviy: fanga bo’lgan qiz iqishni oshirish, dunyoqarashni kengaytirish,bilim olishga ishtiyoqini oshirib borish.Birovni haqqidan xazar qilish mehnatdan qochmaslikni o’rgatish.

Rivojlantiruvchi: darslik bilan mustaqil ishlash ko’nikmalarini rivojlantirish, og’zaki va yozma nutqni, savodxonligini oshirib borish. Dars turi: yangi bilimlarni mustahkamlash, noan’anaviy, interfaol- o’yin tarzda o’tib borish.

Dars usuli: interfaol, savol-javob, o’yin, og’zaki va yozma

Dars jihozi: darslik, ko’rgazmalar, texnik vositalar- slayt,harakatdagi ko’rgazma.

Fanlararo bog’liqligi: o’qish, matematika, jismoniy tarbiya.

  1. DARSNING BORISHI:

  1. Tashkiliy qism:

1O’quvchilar bilan salomlashish.

2 O’quvchilar va sinfning darsga tayyorgarlik holatini tekshirish.

3Ma’naviyat daqiqasini o’tkazish.

O’quvchilar: Gar sinfga kirsa ustozlarimiz,

Tik turib qarshi olish bizning burchimiz.

Ustoz: Assalom, Temur va Navoiy vorislari,

Millatnng kelajagi,Prezident farzandlari.

O’quvchilar: Minnatdormiz biz sizdan,

Ta’zim har o’g’il-qizdan.

Vaalaykum-assalom ustoz.


Ustoz: Har narsadan xabarchi,

Sinfda kim navbatchi?

O’quvchilar: Men sinfda navbatchi,

Ustozimga yordamchi.











Men Rahimova Nozima bugun sinfda navbatchiman. Bizning 4-A sinfimizda 19 ta o’quvchi bo’lib, hozir darsga qatnashyapti 19 ta o’quvchi. Hozir o’lkamizda bahor faslining mart oyi. Bugun , haftaning 5-o’qish kuni- juma. Ob- havo issiq.

O’quvchilar: Do’stlar mening yurtimni,

O’zbekiston deydilar.

Dong’i tutgan dunyoni,

Bog’-u bo’ston deydilar.












Hilpira bayrog’im, hilpira mag’rur,

Ozod hur xalqimga bahsh etib surur.

Birlashgan Millatlar koshonasida,

Hilpira bizlarga bahsh etib g’urur.









Ozod erkinlikning ramzi bu kitob,

Unda aks etgandir haq- huquqimiz.

Yo’limiz yoritar misoli oftob,

Qo’lda baland tirsa agar tug’imiz.





O’quvchi: O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 41- moddasida “ Har kim bilim olish huquqiga ega” deb yozilgan.

Ustoz Yoshlarni bo’sh vaqtlaridan unumli foydalanish maqsadida prezidentimiz tomonidan 5 ta muhim tashabbus qachon tasdiqlangan.

Ustoz Siz bo’sh vaqtingizda qanday ishlarni qilyapsizlar. Tashabusning qaysi yo’nalishi bilan shug’illanyapsizlar.

O’quvchilar;

Ustoz: O’quvchilar sog’lommisiz,

Ona tili darsiga tayyormisiz?

O’quvchilar: Ustoz bizlar sog’lommiz,

Ona tili darsiga tayyormmiz.

Ustoz: Ushbu dars yoqar kimga?

O’quvchilar: Sizga bizga barchaga,

Yoqar ushbu darsimiz.

Chunki ona tili darsiga,

Mehr qo’ydik barchamiz.

O’quvchi: 1989-yilning 21- oktabrida O’zbekiston Respublikasining Davlat tili to’g’risidagi Qonuni qabul qilindi.

O’quvchilar: 1) Bu vatan tuprog’ida,

Amir Temur qoni bor.

Bu xalqning yuragida,

Temurning iymoni bor.





2) Besh asrkim nazmiy saroyni,

Tebratadi zanjirband bir sher

Temur tig’i yetmagan joyni

Qalam bilan oldi Alisher.


3) Temur bobo nabirasi Boburdir,

Odil podshoh shoir, ilmi nodirdir,

“Boburnoma” undan bizga yodgorlik,

Shijoatkor, mardliklarga qodirdir.








BIZNING SHIOR :O’quvchilar:,, Beshikdan to qabrgacha ilm izla.’’

Ustoz: 1- o’yin darsimiz “Aqliy hujum” deb nomlanadi. Bunda olgan bilimlaringizni mustahkamlab olasizlar

1.Sonlarni boshqa so’z turkumlaridan qanday ajratasiz?

2.Qaysi sonlarda bir xil undoshlar yonma-yon keladi?

3.Sanoq bildirgan sonlar bilan tartib bildirgan sonlarning yozilishini tushuntiring.

4.Sanoq bildiruvchisonlar birdan ortiq so’z bilan ifodalanganda qanday yoziladi?

5.Nutqimizda sonlarning qandy ahamiyati bor?

6.Sonlar gapda qaysi turkumdagi so’zga bog’lanadi?

7.Sonlar gapda qanday bo’lak vazifasida keladi?

8.Ularning tagiga qanday chiziq chizilaqi?

9.Son so’z turkumlari qanday so’roqqa javob beradi?

10.Raqam bilan yozganda tartib raqamni bildirgan songa qanday belgi qo’yiladi?

O’quvchilar: Davlat ta’lim standarti bizga qo’llanma,

Barkamol avlodlarga berar yo’lanma



Ustoz: Darsimizni “Zinama- zina” o’yini orqali davom ettiramiz.

I I. O’tilgan mavzuni so’rash va baholash.

--Har bir qatordan bittadan o’quvchini taklif qilaman. Bu o’quvchilar mana bu ko’rgazmadagi rasmlardan olib so’z hosil qilib birikma tuzadilar.(2 o’quvchi bajaradi).Bir o’quvchi soat ko’rgazmasidan savol olib doskada yozib bajaradi.( Daraxt-- daraxtning, daraxtning bargi. Ning qaratqich kelishigi qo’shimchasi. Soat--soatim, mening soatim, im- egalik qo’shimchasi, I shaxs birlikda.) U she’rni o’qidi, yodladi. Bu gapda o’qidi, yodladi so’zlari nima qildi? so’rog’iga javob bo’lib kesim vazifasida qo’llanilgan.



Ustoz: Bu o’quvchilar topshiriqni bajargunlaricha uyga berilgan vazifani tekshiraman.

O’quvchi: Vazifa 344- mashq. She’rdagi raqamlarni harfiy ifoda bilan yozish.

Shimimda to’rtta cho’ntak,

Paltomda to’rtta cho’ntak.

Birma - bir kirib chiqar,

Bariga ikki qo’lim.

To’rtta cho’ntak, to’rtta cho’ntak, ikki qo’lim.

Parchani yoddan so’rash.

--Topshiriqni bajargan o’quvchilarni rag’batlantirib, daftarlarni almashtirib olamiz.

Bir o’quvchiga rasmni ko’rsatmasdan, o’quvchilar so’z turkumlariga doir ta’rif beradilar. Rasmdagi narsaning nomini toping.

O ’quvchilar: U nima so’rog’iga javob bo’ladi, ular turli xil rangda bo’ladi, uni uyda ham boqsa bo’ladi, uni iste’mol qilganda ehtiyot bo’lish kerak, uni yegan odamni ko’zi ravshan bo’ladi,- deydilar buvijonim.Bu nima?

O’quvchi: Ha topdim, bu- fish-baliq.






Ustoz: Daftarlarni ochamiz. (baholar tahlilini o’tkazish)

O’quvchilar: Chiroyli yoz yozsang xat,

Husnixat ham zo’r san’at.

O’nta bo’lsa o’rni boshqa

Qiriqta bo’lsa qilig’i boshqa.

III. Yangi mavzu bayoni:

Ustoz: Darsimizni “ Zanjir” oyini orqali davom ettiramiz.

-- So’z turkumlari qaysilar?

O’quvchilar: Ot, sifat son, fe’l- so’z turkumlaridir.(Birma -bir aytadilar. Slayt orqali ko’rsatiladi).

Ustoz: Sifat qaysi so’z turkumi bilan bog’lanib keladi? Sifatga

doir birikma aytib bering

O’quvchilar: Sifat ot so’z turkumi bilan bog’lanib keladi. Tip-tiniq suv, serhosil daraxt, gulli mato.

Ustoz: Son deb nimaga aytiladi? Qaysi so’roqlarga javob bo’ladi? Sonlar yozuvda necha xil ifodalanadi?

O’quvchilar: Narsa va shaxsning sanog’ini bildirgan so’zlar son deyiladi. Son qancha? nechta? nechanchi? so’roqlariga javob bo’ladi. Sonlar yozuvda 3 xil ifodalanadi: Harfiy ifoda bilan, arab raqami bilan, rim raqami bilan.( O’quvchilar birma-bir aytadilar.)

Ustoz: Son--- so’z turkumiga doir darslikning 140- 141-sahifasidagi 345- 347-- mashqlarni bajaramiz.

KO’RGAZMA asosida ishlash.

345-- mashqni shartini o’quvchiga o’qitish.

O’quvchi: Matnni o’qing. Matn nima uchun “Halollik” deb nomlangan? Halollik deganda nimani tushundingiz? Birovni narsasiga hiyonat qilmaslikni misollar orqali tushuntirish. ;’Sonlarni harfiy ifoda bilan yozing. Ularni ajratilgan so’zlar bilan ko’chirib, gapdagi vazifasini ayting.

Qadim zamonda boy dehqon yerining bir chekkasini sotibdi. Yerni sotib olgan dehqon onasi bilan 9 jonni boqar ekan. U yerni 2 marta haydabdi. 2- marta haydayotganda bir xumcha tilla topib olibdi. Tillani boy dehqonga olib boribdi.

Boy dehqon 2- dehqonga shunday debdi:

- Yerni sizga sotganman. U yerdan nima chiqsa sizniki. Ular uzoq tortishishibdi. Oxiri 2 dehqon tillalarni beva- bechoralarga bo’lib berishga qaror qilishibdi.

(“O’zbek xalq ertaklari”dan)











To’qqiz jonni, ikki marta, ikkinchi marta, ikkinchi dehqonga, ikki dehqon.

(Mashq asosida rasmlar slayt orqali ko’rsatiladi.)

Ustoz: Yozayotganda” To’g’ri o’tirish” qoidasiga rioya qilib, daftar va ko’zingiz oralig’idagi masofani saqlang.

346- mashqni shartini o’quvchiga o’qitish. Tushuntirish.

Katakcha o’rniga ertaklarda ko’p qo’llaniladigan sonlarni topib tuzing va birikma tuzing va yozing.

Iqlim, xazina, kun. Hunar, qiz, kecha- kunduz.

7 iqlim, 7 xazina, 7 kun. 40 hunar, 40 qiz, 40 kecha- kunduz. (Mashq asosida ko’rgazma bilan ishlash.)


-- Husnixat asosida yozgan o’quvchilarni daftarlarini ko’rsatish.








Binokor kasbiga bog’lab savol- javob o’tkazish. O’qish darsida o’tgan “Yaxshi bo’ldi” hikoyasini eslash.Hunar haqida maqollar so’rash. Hunar bo’lsa qo’lingda rizq topilar yo’lingda. Hunarli kishi xor bo’lma

‘’Zanjir’’ usulida sonlar ishtirok etgan maqollardan so’rash.

IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.

Ustoz: O’quvchilar monitor ekranidagi test savollariga javob berasizlar:

1) Sanoq son yozilgan so’zlar qatorini toping.

A) sakkiz, olti, yigirmanchi.

B) to’qqiz, sakson, o’n bir.

D) beshta, o’n yettita, birinchi.

2) Son so’z turkumi qaysi so’z turkumi bilan bog’lanadi?

A) ot so’z turkumi bilan.

B) fe’l so’z turkumi bilan.

D) sifat so’z turkumi bilan.

3) Sonlar otga nima yordamida bog’lanadi?

A) qo’shimcha yordamida.

B) chiziqcha yordamida.

D) ohang yordamida.

E ndi navbat “So’z o’yini”ga. Sinf sardorlarini taklif qilaman.Sizlar mana bu ko’rgazmadagi topshiriqni bajarasizlar. Quyidagi she’r parchasida unli harflar tushirib qo’yilgan. Ularni suratda berilgan mevalarning bosh harfidan foydalanib, toping. Faqatgina bir mevaning bosh harfini emas, balki oxirgi harfini olasiz. Bolalar, topingchi, bu qaysi meva?

Oqar Shoshqin shalola,

Toshdan toshga sakraydi.

Go’yo quvnoq sho’x bola,

Chopqillaydi yayraydi.

Hoy, shalola, shalola.




(Bu meva- shaftoli. Shaftoli mevasining oxirgi -i- harfi.)

Sinf sardorlari topshiriqni bajargunlaricha guruh o’quvchilari quyidagi boshqotirmani bajaradilar. “O’ZBEKISTON” so’zini hosil qilish uchun 10 ta savolga javob yozing. Qaysi guruh ko’p va to’g’riyozish.

Savollar:

1Millat. 2) Ulug’ xalq qudrati jo’sh urgan ….

3)Odobli …elga manzur. 4) …. , yosh avlodlar senga zo’r qanot. 5) Bilim manbai.

6) Mustaqillik.

7) Yurtimizdagi qadimiy shahar. 8) Mamlakatimiz poytaxti.

9) Insonning ko’rki.

10) Buyuk bobokalonimiz.


Ustoz: Har bir guruh sardorlari va o’quvchilarning bajarganliklarini tekshirib rag’batlantiraman.


V. Uyga vazifa: 347 - mashq. Tushuntirish.



4- sinf “O’qish kitobi”dagi

Qodir boboning orzusi” hikoyasidagi son ishtirok etgan gaplarni ko’chiring. Ma’no turini ayting, gapdagi vazifasini belgilang.

Ustoz: Mavzu asosida kimda qanday savol bor? O’quvchilarni to’plagan ballarini jamlab jurnal,kundalik daftarlariga qo’yib beraman.

Shuning bilan darsimiz tamom.

O’quvchi: Ilm, ziyo berar bizga,

Onadir har o’g’il,qizga.

Jo bo’ldingiz qalbimizga,

Mehribon o’qituvchim,

Jonajon o’qituvchim.






Foydalanilgan adabiyotlar:

1.4-sinf ona tili darsligi.Mualliflari

R Ikromova ,X G’ulomova , SH Yo’ldosheva D SHodmonqulova

2.4-sinf o’qish darsligi.Mualliflari.

S.Matjonov. A SHajalilov

X. G’ulomov Z.Dolimov.

3.’’G’uncha’’ jurnal mart oy

14



Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Начальные классы

Категория: Планирование

Целевая аудитория: 4 класс.
Урок соответствует ФГОС

Скачать
Son so'z turkumi

Автор: Ahmadjanova Surayyo Utbasarovna

Дата: 16.04.2020

Номер свидетельства: 546881


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства