kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Sifatning ma'no jihatdan turlari

Нажмите, чтобы узнать подробности

Oqituvchilar uchun maxsus qollanma dars jarayonlari uchun 

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Sifatning ma'no jihatdan turlari»

TABIAT BILAN BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINI

TANISHTIRISHDA INNOVATSION USULLARDAN FOYDALANISHNING SAMARALI USULLARI

Kenjayeva Dilorom Abduqahharovna

Namangan viloyati Chust tumani 59-umumiy o’rta ta’lim maktabi

boshlang’ich sinf o’qituvchisi

Jadallik bilan rivojlanayotgan bir vaqtda zamin va samoni asrash Yer yuzidagi barcha insonlarning muqaddas burchiga aylandi. Zero, bugungi kunda dunyo o’z-o’zini tozalash ishlarini olib borayotganligi ham sir emas. Ekologik jihatdan anchayin oqsoqlanayotgan tabiatga hurmat va ehtirom ko’rsatishni bolalarga ilk yoshidanoq o’rgatish darkor. Bu esa kelajakda haqiqiy vatanparvar, mard insonlarni tarbiyalash uchun tamal toshi bo’lib xizmat qiladi. Tabiat onadek muqaddas ekanini nafaqat o’qituvchi, balki oilamizdagi barcha a’zolar mitti vujudga singdirishlari shart deb hisoblayman.

Tabiatni va unda yashaydigan jonzotlarni muhofaza qilish vatanni va o’zlikni asramoq demakdir. Inson va tabiat o’zaro munosabatlari bugungi kunda oldingi davrlarga nisbatan anchagina tartibga solingan bo’lsada, insoniyatning boshqa tabiat kompanentlariga ko’rsatayotgan ta’siri kamaygani yo’q. Shuning uchun tabiatshunoslik fani oldidagi eng dolzarb masala insonlarning tabiatga ko’rsatayotgan ta’siri natijasi qanday oqibatlarga olib kelayotganligini oldindan to’la tasavvur qilishdir. Buning uchun tabiatshunoslik dars shakllarini hozirgi zamon talablari asosida tashkil etish lozim.

O’zbekiston mustaqillikka erishgandan so’ng, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy, ta’lim sohasida ham ko’plab o’zgarishlar, islohotlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, davlatimiz tomonidan chiqarilgan “Ta’lim to’g’risida”gi qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, “Davlat ta’lim standartlari” mamlakatda yoshlar ta’lim-tarbiyasiga berilayotgan e’tibor buning yorqin ifodasidir.

Xususan, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan 2019-yil 19-mart kuni o'tkazilgan videoselektor yig'ilishida belgilab berilgan yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish va ularning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo'yicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surdi. 1-Tashabbus-Yoshlarni musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga,iste’dodni yuzaga chiqarishga xizmat qiladi.

Ma'lumki, boshlang’ich sinflarda “Atrofimizdagi olam” (1-2-sinflarda) va “Tabiatshunoslik” (3-4-sinflarda) fanlari o’qitiladi. “Tabiatshunoslik” fani “Atrofimizdagi olam” fanining davomi bo’lib, o’zining mazmuni va metodlari bilan o’quvchilarni har tomonlama tarbiyalash imkoniyatlariga ega. “Tabiatshunoslik” fani yosh avlodni tabiatga to’g’ri munosabatda bo’lishga o’rgatadi: unga nisbatan muhabbatni tarbiyalaydi, tabiat chiroyini idrok etish uni qo’riqlash, asrash, in'omlaridan oqilona foydalanish, ana shu boyliklarni o’z qo’llari bilan yaratish va ko’paytirishga chorlaydi.

Bolalarning atrofimizdagi olamni muntazam o’rganib borishlariga asoslanib, kichik yoshdagi o’quvchilarda tabiat to’g’risida, o’z joyi va barcha mamlakatlarning tabiiy boyliklari to’g’risida bir butun tasavvurni shakllantirish kerak. O’quvchilar Vatanimizning tabiiy boyliklaridan odamlar o’zlarining mehnat faoliyatlarida qanday foydalanayotganliklari bilan tanishishlari lozim. Bunda bolalarga odamlar mehnati tabiat atrof bilan chambarchas bog’liq ekanligini ko’rsatish g’oyat muhimdir.Shu talablarga ko’ra kichik yoshdagi o’quvchilarga:

1. O’zaro bog’liqligi ochib berilgan jonli va jonsiz tabiat to’g’risida aniq bilimlar berish;

2. Odam organizmi va uning salomatligini saqlash to’g’risida ma'lumotlar berish;

3. Ularni tabiatda kuzatishlar o’tkazish o’quvi va ko’nikmalari bilan qurollantirish;

4. Tabiatdan oqilona foydalanish va uning boyliklarini ko’paytirishga qaratilgan insonning mehnat faoliyati bilan tanishtirish;

5. Jonajon tabiatga muhabbat, uni muhofaza qilishga intilishni tarbiyalash kerak. uning mazmuni bilan belgilanadi. Shuning uchun ham tabiatshunoslikni o’qitish umumta‘lim va hunar maktablarini isloh qilishning asosiy yo’nalishlariga muvofiq tabiatshunoslik dasturiga kiritilgan o’zgarishlar ko’rsatilgan vazifalar bilan bir qatorda tabiatshunoslik kursida o’quvchilarning ekologiya, mehnat va gigiena tarbiyasiga e‘tiborni yanada kuchaytirishni, «har bir o’quvchi gi-giena va meditsina sohalarida minimum bilimni egallash, yoshligidan o’z organizmini bilishi, uni tartibli saqlay olishi» uchun sharoitlar yaratilishini nazarda tutadi.

6. Tabiatshunoslikni o’qitish jarayonida dunyoni ilmiy tushunish asoslarini shakllantirish uchun tabiatga insonparvarlik munosabatini, vatanparvarlikni va go’zallikni tushunishni tarbiyalash ke-rak.

Zamonaviy pedagogika ta‘lim va tarbiyaga tarbiyalovchi ta‘lim deb atalmish yagona jarayonning ikki tomoni deb qaraydi. Ta‘limning tarbiyalovchilik harakteri o’qituvchiga o’quvchilar tafakkurini, ularning ijodiy va bilish faolligini rivojlantirish uchun boy material beradi. Bolalarning ijodiy faolligi, individual qobiliyatlarini ochishga qaratilgan metodlar tobora ko’proq qo’llanilmoqda.

Tabiatshunoslik bo’yicha mashg’ulotlarni sinfdan va maktabdan tashqari tadbirlar: ochiq havodagi o’yinlar, o’lkashunoslik ekskursiyalari, yurishlar bilan chambarchas bog’lamoq zarur. Tabiatshunoslik darslari – bu mehnat tarbiyasi maktabi hamdir. Aniq misollarda o’quvchilarni odam mehnati – uning jismoniy va ma‘naviy sihatligining manbai ekanligiga ishontirib, o’qituvchi mehnatga muhabbatni, astoydil mehnat qilish istagini, mehnat ahliga hurmatini tarbiyalaydi. Shuning uchun tabiatshunoslik o’zining mazmuni va metodlari bilan o’quvchilarni har tomonlama tarbiyalash uchun cheksiz imkoniyatlarga ega.

Bularning hammasi o’qituvchiga tabiatshunoslik bo’yicha o’quvchilar bilan shug’ullana borib, ularni faqat yaxshi bilim olishgagina emas, balki ular shaxsini shakllanishiga ta‘sir ko’rsatishga ham imkon beradi. Boshlang’ich sinflarda tabiatshunoslikni o’qitishning maqsadi — botanika, zoologiya, ekologiya, anatomiya, fiziologiya, gigiena, jo’g’rofiya fanlarining elementar asoslarini berish bilan birga tabiiy ne’matlarimiz: suv, havo, tuproqqa ehtiyotkorona munosabatni shakllantirish hamdir. Shuning uchun boshlang’ich sinf tabiatshunoslik darslarini o’tishda darslarni noan’anaviy tarzda tashkil etib,o’qituvchi o’z oldiga qo’ygan maqsadga erishadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Sh. Mirziyoyеv. “Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi ”, Toshkent-“O`zbekiston”, 2017.

2. “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi”. Toshkent. 2010- yil, 80 b.

3. “Boshlang`ich ta`lim” jurnali 2010-yil 2- soni.




Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Начальные классы

Категория: Планирование

Целевая аудитория: 4 класс.
Урок соответствует ФГОС

Скачать
Sifatning ma'no jihatdan turlari

Автор: KENJAYEVA DILOROM ABDUQAHHAROVNA

Дата: 11.04.2020

Номер свидетельства: 546197


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства