kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Разроботка урока для второго класса

Нажмите, чтобы узнать подробности

Розроботка урока для второго класса начальных школах с узбекским обучением

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Разроботка урока для второго класса»

Dars ishlanmasiga annotatsiya



Matematika darslarini tashkil e’tish jarayonida o’quvchilarda mantiqiy fikrlash, mehnatsevarlik ruhiga tarbiyalash bilan ta’lim jarayoning qaysi bosqichidan qat’iy nazar, o’quvchilarni mustaqil kasbga yo’naltirish asosida tashkil etish maqsadga muvofiq keladi.

Ushbu dars ishlanmasida o’z tajribamdan kelib chiqib, darsni qiziqarli o’tkazish uchun interfaol usullardan va zamonaviy usullardan foydalanib dars o’tishni tavsiya qilaman.

Yangi pedagogik texnologiya asosida aqliy hujum, og’zaki savol-javob, tushuntirish, o’yinlar, “musobaqa -dars” uslubi va “Boshlang’ich sinflar uchun elektron qo’llanmalar”ni qo’llab yaxshi natija berishini tajribamda sinadim.

Dars davomioda o’quvchilar faolligi, mehnatsevarlik ruhi, tabiatni asrashga bo’lgan qiziqishlari, milliy qadryatlarimizni e’zozlashga erishiladi.

Quydagi bir soatlik dars ishlanmasini hamkasblarim diqqatiga havola etmoqdaman.



Boshlang’ch sinf o’qituvchisi: A.G’opporova







Matematika 2-sinf

Mavzu: 3sonini bir xonali songa ko’paytirish va 3 ga bo’lish

Maqsadlar:

Ta'limiy maqsad: O`quvchilarni 3sonini bir xonali songa ko’paytirish va 3 ga bo’lish haqida yangi bilim va tushunchalar berish,3 sonini bir xonali songa ko’paytirish va bo’lish yuzasidan misol,masalalar yechishga o’rgatish,gеomеtrik shakllar haqidagi tushuncha va tasavvurlarini kеngaytirish.

Tarbiyaviy maqsad:

O’quvchilarni ona Vatanga mеhr-muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash, mehnatsevarlik, halollik,rostgo’ylik,ahillik, hamjihatlik sifatlarini rivojlantirish;

Rivojlantiruvchi maqsad:

O`quvchilarning xotira, diqqat,tafakkur sifatlarini rivojlantirish, musobaqalar orqali epchillik, chaqqonlik va topqirlikka o’rgatish; bilim doirasini, kеngaytirish.

Kompetensiyaviy maqsad:

TK1: so‘z va gaplarni bog‘lagan holda o‘z fikrini aniq va ravshan ifodalay olish; o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni o‘quv vaziyatlarda qo‘llay olish va yangi bilimlar hosil qila olish.

TK5: milliy bayramlarimizga oid sana va vaqtlarni bilish, ularni kundalik hayotda qo‘llash;

TK4: atrofdagilar bilan o‘zaro muloqot chog‘ida odob-axloq qoidalariga rioya qilish va guruhda ishlash.

Darsning turi: yangi bilim bеruvchi, aralash, savol-javob, musobaqa;

Darsning uslubi:Tushuntirish, guruhlarda ishlash, ko`rsatmali, musobaqa, savol-javob

Darsning jihozi: Darslik, rasmlar, geometrik shakllar, kompyutеr, proеktor, rangli rasm-plakatlar, turli kasb egalari tasvirlangan rasmlar.

Darsning borishi.

I.Tashkiliy qism.

a) salomlashish;

Assalom bolalarim,

Rayhonu lolalarim.

Ayting omon,so’g’misiz

Bugun darsga shaymisiz?



-Assalomu alaykum

Salomdan so’z boshlaymiz.

Bilim olmoqlik uchun

Olg’a qadam tashlaymiz.

B)Davomatni aniqlash;

-Tinglang aziz o’quvchi,

Kim bugungi navbatchi

Qani bering axborot

Qilaylik bir hisobot

-Bugun mendir navbatchi,

Sizga xabar beruvchi

Sinfda 31 o’quvchi

Barchasi teng a’lochi.

Xonamiz darsga tayyor,

Omad bo’lar bizga yor.

D)O’quvchilarni darsga tayyorlash

-Rahmat aziz bolalar

Yal-yal yongan lolalar

Matematika darsida

Ne qilamiz aslida?

-Bellashamiz, bahslashamiz hisob darsida,

Jumboqlarni hal qilamiz hisob darsida.

E) Ma’naviyat daqiqasi:

Vatanimiz qay erur,

Unga ta’riflar zazur.

O’-O’zligini topdi hur o’zbek elim.

Z-Zuhroday charaqlar, porloqdir yo’lim.

B-Baxt qushi boshimda, maqsadim ulug’.

E-Erkim o’z qo’limda, niyatim qutlug’.

K-Kamolot cho’qqisin ko’zlaymiz toki.

I-Insoniyat yo’li – ezgulik o’yi .

S-Sadoqatli, iymoni bu xalqim azaldan.

T-Totuv yashar bir-biriga yelkadosh qardosh.

O-Olamni asraylik, tinch bo’lsin.

N-Nomi tilda doston, jon O’zbekiston.

- O'zbekiston arespublikasi prezidenti kim?

- O'zbekiston arespublikasi prezidenti SH.Mirziyoyev

Prezidentimiz yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ular bo’sh vaqtlarini

mazmunli o’tkazish maqsadida 5 ta muhim tashabbusni ishlab chiqdilar.

5 ta tashabbus bo’yicha qanday tushunchalarga ega bo’ldingiz?

Besh tashabbus – besh imkoniyat

Dostim bekor o’tmasin kuning,

Ilm bilan bo;lgin yuzma-yuz.

Qara axir bizga sharoit

Yararmoqda beshta tashabbus.


Tabiatni turfa tasvirlab,

Rasm chizib bera olgin tus.

Yoki qo’shiq aytgin baralla

Seni qo’llar beshta tashabbus.


Sog’lom tana norg’ul bo’l doim,

Chempion bo’l, olg’a yur doim

Sport bilan mashg’ul bo’l doim,

Senga yo’ldosh beshta tashabbus.


Kompyuter , texnika asri,

Rivojlanib bormoqda hanuz.

Sen ham o’qib, o’rganib olgin

Imkon berar beshta tasabbus.


Kitob bilan do’stlashib olgin.

O’qib ko’ngling tolsin nurlarga.

Tarix bizni osolik bilan

Yetkazmagan ushbu kunlarga.



Besh tashabbus besh imkoniyat,

Do’stim uni sovurma ko’kka.

Hammasidan foydalangil, kel,

To’g’ri yo’lni ko’rsat yurakka.


O’quvchilar, keling bugun darsimizni guruhlarga bo’linib, musobaqa tarzida olib boramiz.

Guruhlar nomini 5ta muhim tashabbusdan kelib chiqib “Sportchilar”,

Kitobxonlar”, San’atsevarlar” nomlari bilan ataymiz.

Darsda g’olib bolgan guruh “Kitoblar mamlakati” ga yo’llanmaga ega bo’ladilar.

Faol qatnashib borgan o’quvchilar esa kitoblar bilan taqdirlanadilar.

11.Otgan mavzuni so’rash.

- Oquvchilar,hozir qanday fasl?

-Qish fasli









Bu yil qish faslida qor atigi ikki marta yo’gdi.Siz qor o’yinlarini o’ynab to’ymadingiz, keling , misollarni tez yechish orqali qorbobo yasaymiz.

Ushbu Qorbobo shakllari ortida misollar bor.

Ana shu misollarni sinf doskasida yechib,shakllarni

o’z o’rniga qo’yasiz.Qorboboni birinchi bo’lib yasab bo’lgan guruh g’olib

hisoblanadi.



39 + 1=40 86 – 3 4=52 9 + 4=13

56 – 6 =50 42 + 8 =50 8 + 3=11

23 + 7 =30 74 + 6 =80

























2.Quyidagi rasmlardan ko’paytirishga doir misollar tuzib yechish



X = 2X5=10 uy - 2ta harf, sigir 5 ta harf

X = 3X4=12 shar -3 ta harf, soat – 4ta harf

X =5X3=15 quyon-5 ta harf, gul – 3 ta harf


Сharhpalak o'yini orqali o’tilgan mavzular yuzasidan savollarga javoblar beradilar.

1. Kvadrat deb qanday shaklga aytiladi?

2. Burchak turlari nechta?

3. O’tmas burchak deb qanday burchakka aytiladi?

4. Ko’pburchaklarning perimetri qanday topiladi?

5. 1 sm daftarda nechta katakka teng?

111. Yangi mavzu bayoni:

Darslik bilan ishlash:

1-misol



3+3+3+3+3+3=18

3X6=18





3+3+3+3+3+3+3=21

3X7=21

3+3+3+3+3+3+3+3=24

3X8=24





3+3+3+3+3+3+3+3+3=27

3X7=27

Ko'paytirish jadvalini yodda tutish

3X6-18 3X8=24

3X7=21 3X9=27

Daftar bilan ishlash:

O’quvchilarning daftarga husnixat bilan, toza, chiroyli yozib borishlarini eslataman.

2-masala

Bir taqsimchada 3 ta limon bor. 6 ta shunday taqsimchada nechta limon bor?

Masalaning qisqa yozuvini doskada yozib beraman va o'quvchilar masalani yechadilar.

3X6=18 Javob: 18 ta limon

3X7+3= 21+3=24

3X6+3=18+3=21

3X8+3=24+3=27

4-masala o'qituvchi va o'quvchilar tomonidan tahlil qilinib, doskada jaobi topiladi.

Bitta bankaga - 3 litr sharbat

Quyildi - 8 ta bankaga

Ortib qoldi- 16 litr sharbat

Dastlab - ? litr sharbat

Yechish:

1) 3X8=24

2) 24+16= 40 javob: 40litr sharbat bo’lgan.

Dam olish daqiqasini o’tkazish.

O'ynar 3 ta qiz bola,

Go’yo ochilgan lola.

Ko’paydilar 3 karra

Ayt bo’ldi ular nechta? 9 ta

Kompyuterda dars uchun maxsus yaratgan multimediyali lavhalarimni namoyish etaman.

1V. Mustahkamlash

5-misol

Birinchi ko’paytuvchi – 3

Ikinchi ko’paytuvchi – 5

Ko’paytma - ?

3X5=15 Javob: 15

Zanjir “ o’yinini o’tkazish

O’quvchilar bir-birlariga koptok otib matematik atamalarni aytadilar.Koptokni tushirib yuborgan yoki so’z topa olmay qolgan o’quvchi o’yin safidan chiqadi.

Eng ko’p o’quvchi qolgan guruh g’olib hisoblanadi.

Masalan: Kvadrat – litr – o’tmas burchak – perimeter – uchburchak – siniq chiziq – kesma- tenglama – sutka – metr va hokozo

V. O’quvchilarni baholash.

Guruhlarning to’plagan rag;batlariga qarab, g;oliblarni aniqlash

Savatchalaridagi to’plagan rag’bat – kitobchalar soniga qarab, oquvchilarni rag’batlantirish va baholash.

V1. Uyga vazifa berish

6-7-misol va masala sharti tushuntiriladi va uyda bajarib kelish topshiriq qilib beriladi.

























Darsning texnologik xaritasi


Dars bosqichlari



Bajariladigan

Ish mazmuni


METOD


VAQT

Tashkiliy qism



A)Salomlashish

B)Navbatchi axboroti

D)Ma'naviyat daqiqasi

E)Guruhlarga bo’lish

Kun hikmati/








4 daqiqa

O’tgan mavzuni

so’rash

1.Uy vazifalarni nazorat qilish,

Qorbobo yasash” ta’limiy o’yini

Aqliy hujum”

Musobaqa

5 daqiqa


5 daqiqa

Yangi mavzu bayoni

Darslik bilan ishlash

Multimediya namoyushi

Dam olish daqiqasi

Tushuntirish

Guruhlarda ishlash

Savol-javob




20 daqiqa

Mustahkamlash



A)”Zanjir” ta’limiy o’yini


Musobaqa.

5 daqiqa

3 daqiqa

O’quvchilarni baholash



Rag’bat kartochkalari orqali baholash

Tushuntirish


Savol -javob


2 daqiqa

Uyga vazifaberish

6- 7-misol, masalani tushuntirish


Tushuntirish


1 daqiqa





























Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Начальные классы

Категория: Планирование

Целевая аудитория: 2 класс.
Урок соответствует ФГОС

Скачать
Разроботка урока для второго класса

Автор: Гаппарова Асилахон Умматалиевна

Дата: 18.04.2020

Номер свидетельства: 547118

Похожие файлы

object(ArrayObject)#851 (1) {
  ["storage":"ArrayObject":private] => array(6) {
    ["title"] => string(84) "Разроботка урока - "Земля в Солнечной системе" "
    ["seo_title"] => string(48) "razrobotka-uroka-ziemlia-v-solniechnoi-sistiemie"
    ["file_id"] => string(6) "127677"
    ["category_seo"] => string(10) "geografiya"
    ["subcategory_seo"] => string(5) "uroki"
    ["date"] => string(10) "1415361330"
  }
}


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства