kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

"o’quvchilar bilimida aniqlangan bo’shliqlarni to’ldirish"

Нажмите, чтобы узнать подробности

O’quvchilar bilimida aniqlangan bo’shliqlarni to’ldirish bo’yicha o'qituvchilarga metodik qo'llanma

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«"o’quvchilar bilimida aniqlangan bo’shliqlarni to’ldirish"»


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI


SAMARQAND VILOYATI

KATTAQO’RG’ON SHAHAR XALQ TA’LIMI BO’LIMIGA QARASHLI 16-UMUMTA’LIM

MAKTABI BOSHLANG’ICH SINF O’QITUVCHISI

IZZATOVA GAVHARNING


ILG’OR ISH TAJRIBALARIDAN


O’QUVCHILAR BILIMIDA ANIQLANGAN BO’SHLIQLARNI TO’LDIRISH BO’YICHA” O’TKAZILGAN OCHIQ DARSLAR




2017 – 2018 o’quv yili





Darsning mavzusi: «Mushuk va sichqon»

Mavzuga oid tayanch tushunchalar: o‘lja, Baroqpolvon, sichqon, yong’oq, bir tovoq go‘sht, lafz, kovak.

Soatlar soni: 1 soat.

Mavzuning qisqacha ta’rifi: ertakda sichqon va mushuk bir tovoq go'sht talashishi, mushuk sichqonni aldab ketishi, ularning o‘zaro munosabati bayon etilgan.

O‘quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:

Metod: savol-javob, mozaika, «Kim birinchi?», «Ma’nodoshini top», “Yosh aktyorlar” o‘yinlari, “Klaster” uslubi, “Kresvord”, “Venn” diagrammasi, “Jonli ertak”, test sinovi. “Men kimman” o’yini.

Shakl: jamoa, guruh bilan ishlash.

Jihoz: mavzuga oid ko’rgazmalar, didaktik va tarqatma materiallar, multimediali ilovalar.

Nazorat: o‘quvchilarning darsda faolligi kuzatilib, hisobga olib boriladi. Baholash: o‘quvchilar bilimi reyting mezonlari asosida baholanib, dars oxirida e’lon qilinadi.

Darsning maqsadi:

a) Ta’limiy: O`quvchilarni ertak matni bilan tanishtirish, uning mazmunini qayta hikoya qilish, ertakdagi voqea va hodisalarga o`z munosabatlarini bildirishga o`rgatish.

b) Tarbiyaviy: O`quvchilarni aqlli, dono va qo`rqmas bo`lishga, hamkorlikda ishlashga o`rgatish.

c) Rivojlantiruvchi: O`quvchilar lug`atini boyitish, nutqini o`stirish, ifodali va ravon o`qish malakalarini rivojlantirish.

Kutilayotgan natija

Dars yakunida o‘quvchilar ertak haqida to‘liq tushunchaga ega bo'ladilar. O'qish malakalari takomillashadi.



Dars jarayoni va texnologiyasi

Ishning nomi

Bajariladigan ish mazmuni

Metod

Vaqt

1-bosqich.
Tashkiliy qism


O‘quvchilar davomati aniqlanadi. Sinf o‘quvchilarining darsga tayyorgarligi tekshiriladi.

Ma’naviy daqiqa.

«Tez javob»

didaktik o‘yini


2 daqiqa

2-bosqich.

Ehtiyoj (ref- leksiya) larni aniqlash

Dars shiori tanlanadi.

Dars davomida rioya qilish lozim bo‘lgan qoidalar belgilanadi.

Savol-

javob

3 daqiqa

3-bosqich.

Darsning

borishi

1. O’tgan darsni so’rab baholash, o‘qish malakalarini tekshirish.

  1. Test topshirig’i o'tkaziladi.

  2. “Yosh aktyorlar” o’yini.

  3. «Kim birinchi» o'yini o‘ynaladi.

4. Mavzuni o'qishga tayyorgarlik.

Mavzu va uning muallifi bilan tanishtiriladi:

Mavzu o'qib beriladi.

  1. Ertak animatsiyali lavha orqali taqdim etiladi. Bu lavhada mushuk va sichqon-ning suhbati tasvirlangan.

  2. Jonli ertak

  3. Lug'at ishi.

  4. Dam olish daqiqasi.

  5. “Men kimman” o’yini

  6. Ertak qahramonlarining xususiyatlari «Tarmoqlash» usuli orqali taqdimot qilinadi.

Suhbat

Rolli o’yin

Izlanish

Suhbat

Multimedia ilovasi


Namoyish

Tahlil

2 daqiqa

2 daqiqa

2 daqiqa

5 daqiqa

3 daqiqa

2 daqiqa

2 daqiqa

5 daqiqa

4-bosqich.

Mustahkam-

lash

  1. O‘quvchilar darslikdagi savollarga javob topadilar.

  2. Berilgan maqollardan ertak mazmuniga mosini topib izohlab beriladi.

  3. «Ma’nodoshini top» o‘yini o‘ynaladi.

  4. “Venn” diagrammasi.

  5. Maqollar ayttirish

Suhbat

Izohlash

Izlanish

Musobaqa

3 daqiqa 5 daqiqa 5 daqiqa 2 daqiqa

5-bosqich. Dars yakuni va baholash

O‘quvchilarning darsda ishtiroki hisobga olinib, reytingi e’lon qilinadi. Dars yakunlanadi.

Baholash

1 daqiqa

6-bosqich. Uyga vazifa berish

Ertakni o’qib, mazmunini so‘zlab berish.

Tushuntirish

1 daqiqa

Dars turi: yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi.

Dars uslubi: savol-javob,” Mozaika”, “Ma’nodoshini top”,”Yosh aktyorlar” o`yini, “Klaster”, “Kressvord” topshiriqlari, “Men kimman?” o`yini,”Venn diagrammasi”,test topshirig’i, “Jonli ertak”.

Dars jihozi: darslik, mavzuga oid ko`rgazmalar, didaktik va tarqatma materiallar, multimediali ilovalar

Darsning borishi:

Tashkiliy qism:

- O`quvchilarni darsga tayyorlash

- Salomlashish

- Madhiya kuylash

- Davomatni aniqlash

- Sinf sardori hisoboti

- Fasllar haqida suhbat

- Ma’naviy daqiqa o`tkazish

- Aziz o`quvchilar hozir darsimiz nima dars?

- Darsimiz o`qish darsi

- O`qish va uqish darsi

-O’qiymjz sharros-sharros,

Yodlaymiz tez va soz.

Darsimiz shiori:

Tez o`qish va soz o`qish,

Ustozimiz shod etish.

O`tilgan mavzuni aniqlash

O’qituvchi: - Biz o`tgan darsda qanday mavzuni o`tgan edik?

O’quvchi: - Hakka bilan tulki ertagini o`tgan edik.

  • O`tilgan mavzuni o`quvchilardan so`rash;

Mavzuni “Yosh aktyorlar” o`yini orqali namoyish qilish

- Mavzuni rollarga bo`lib o`qitish;

- Mavzuni bir nuqtadan o`qitish;

- Yangi mavzuni mustahkamlash

Multimedia ilovasi orqali test topshirig`ini bajartirish



  • O`quvchilar bilan “ERTAK” so`zini ma’nosi haqida bahs –munozara yuritish.

Ertaklar xalq tomonidan yaratilib, ular og`izdan og`izga ko`chib yuradi.U ba’zan to`qib aytiladi, ba’zan uydirmalarga asoslanadi.Ba’zida sehrli sarguzashtlar bo`lishi mumkin. Ular kundalik turmush mazmuniga ham ega bo`ladi.

Kutubxonaga a’zo bo`lgan o`quvchilarni aniqlash.

Oxirgi o`qigan ertagi haqida suhbat o`tkazish.

“Kitobni ko`p o`qigan bola” she’rini yoddan ayttirish.

Yangi mavzu: “Mushuk va sichqon” (Ertak) Habib Po’latov.

Yozuvchi hayoti va ijodi haqida tushuncha berish.

Habib Po‘latov (1920-1989)

H abib Po‘latov 1920 yilning 20 fevralida Toshkentning hozirgi Qatortol dahasida dehqon oilasida dunyoga kelgan. Bo‘lajak yozuvchi Toshkent pedbilim yurtini bitirib, 1940 yilda Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika institutining o‘qituvchilar tayyorlash bir yillik kursiga kirib o‘qiydi. Toshkent va Qashqadaryo viloyati maktablarida muallimlik qiladi. 1961 yilda G‘afur G‘ulom nomidagi badiiy adabiyot nashriyotiga muharrirlikka ishga kiradi. Umrining oxirigacha mazkur nashriyotda muharrir sifatida faoliyat ko‘rsatadi.

Habib Po‘latov birinchi maqolasini 1939 yilda chop ettirgan bo‘lsa ham, ijod ahli safiga kirib kelishi 1954 yildan boshlandi.

Yoshlar gazetasida ishlab yurgan kezlari taniqli bolalar shoiri Quddus Muhammadiy bilan yaqindan tanishib qoladi. Uning rag‘bati bilan badiiy ijodga rag‘bat uyg‘onadi.

O`quvchilarga “Mozaika” usulida ishlangan material tarqatiladi. Ishni bajargan o`quvchilar u yerda tasvirlangan hayvonlar nomini aytib ularga ta’rif beradilar. Bolajonlar, bugun biz sizlar bilan “Mushuk va shichqon” ertagini o`rganamiz.

Mushuk va sichqonga ta’rif berilib, “Klaster”usulida joylashtiriladi.

O’qituvchi: - Mushuk qanday hayvon?

O’quvchi: Uy hayvoni, uyquchi,kichkina, dangasa,qo’rqoq, go’shtxo’r,chaqqon, poyloqchi, yungli, momiq, beozor, o’g’ri.

O’qituvchi: - Sichqon qanday hayvon?

O’quvchi: - Sichqon: kemiruvchi, chaqqon, kichkina, qo’rqoq, yungli, poyloqchi hayvon.

O’qituvchi: - Kim mushukni yaxshi ko`radi?

“Mushuk va sichqon” ertagi multimedia ilovasi orqali ekranda namoyish qilinadi.

Venn” diagrammasi





Kichkina

Momiq

Yungli

Qo’rqoq

Uyquchi

Dangasa

Go’shtxo’r

Chaqqon

Poyloqchi



Kichkina

Yungli

Chaqqon

Qo’rqoq

Kemiruvchi



Mushuk

Sichqon



Yungli

Qo’rqoq

Kichkina

Chaqqon













Kitob bilan ishlash.

Ertakning birinchi xatboshi o`qib beriladi.So`ngra ifodali o`qiydigan 4-5 o`quvchiga ertakning qolgan qismi o`qitiladi.

Ertak o`qish davomida “JONLI ERTAK” hosil qilinadi.

Ertak matni o`quvchilarga rollarga bo`lib o`qitiladi.

Notanish so`zlar yuzasidan lug`at ishi o`tkaziladi.

Multimedia ilovasi orqali lug`at ishi o`tkaziladi.

Dam olish daqiqasi o`tkaziladi.

Mushukcham bir panada,

Kichik omborxonada,

Sichqonni poylab yotar,

Ushlasa yamlab yutar.

“MEN KIMMAN?” o`yini o`tkaziladi.



IV. YANGI MAVZUNI MUSTAHKAMLASH.



Darslik bilan ishlash.

O`quvchilar navbat bilan ertakni bir nuqtadan o`qiydilar.

Savol-javob orqali yangi mavzu mustahkamlanadi.

Ertak mazmuniga mos maqollar ayttiriladi.

Ma’nodoshini top” o’yini.

Bu o’yinda o’quvchilarga so’z birikmasi ko’rsatiladi. Ular shu so’z birikmasining ma’nodoshini topadilar.



3-“A” sinf. Boshlang’ich sinf o’qituvchisi Izzatova G.R.

Fan: Ona tili

Mavzu: Buyruq gap (95-97-mashqlar).

Darsning maqsadlari:

Ta’limiy: o’quvchilarga buyruq gap haqida ma’lumot berish, gapning ifoda maqsadiga ko’ra turlarini farqlashga o’rgatish;

Tarbiyaviy: o’quvchilarni ona tilini sevish va uni hurmat qilish ruhida tarbiyalash, ona tili faniga bo’lgan qizishlarini oshirish;

Rivojlantiruvchi: o’quvchilarning mavzu yuzasidan egallagan bilimlarini takomillashtirish, gap tuzishni o’rgatish orqali o’quvchilarning bog’lanishli nutqini o’stirish, chiroyli va savodli yozish malakalarini rivojlantirish;

TAYANCH KOMPETENSIYA ELEMENTLARI:

O’z-ozini rivojlantiruvchi kompetensiyasi: mavjud texnik vositalardan foydalana oladi, rasmli kitoblar, jurnallarni mustaqil o’qib-o’rganish orqali bilimini muntazam oshirib boradi;

FANGA OID KOMPETENSIYA:

Lingvistik kompetensiya: o’zbek tilida nutq tovushlarini to’g’ri qo’llay oladi, bo’g’in ko’chirish qoidasiga rioya qila oladi, mavzuga oid gaplarni og’zaki va yozma nutqda o’rinli qo’llay oladi;

NUTQIY KOMPETENSIYA:

O’qituvchi nutqini video va audio (multimedia ilovalari) matnlarni va topshiriqlarini tinglab tushuna oladi, nutq jarayonida o’rganilgan yangi so’zlarni o’g’zaki nutqda qo’llay oladi, gap ohanggiga rioya gilgan holda ravon va ifodali o’qiy oladi;

Dars turi: kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan noan’anaviy dars

Darsning uslublari: suhbat, tushuntirish,savol-javob, “To’g’ri-noto’g’ri” tushunchalar tahlili metodi,”Sinkveyn”metodi,”O’rgimchak to’ri”ta’limiy o’yini

Darsning jihozlari: mavzuga oid rasmlar, ko’rgazma va tarqatmalar, slaydlar



DARSNING BORISHI:

  1. Tashkiliy qism: O’quvchilar bilan salomlashish, davomatini aniqlash, navbatchining axborotini tinglash.

Ma’naviy daqiqa o’tkazish (ma’naviy daqiqa 21- oktabr O’zbekiston Respublikasining davlat tiliga bag’ishlagan slaydlar namoyish etiladi ).



  1. O’tilgan mavzuni so’rab baholash: O’tilgan mavzuda berilgan uyga vazifa tekshiriladi,3-sinf “O’qish kitob”idagi “Ilmli ming yashar” asaridagi so’roq gaplardan ko’chirib yozish topshirig’i berilgan. Asarda nechta gap borligi aniqlanadi. Uyga berilgan mashq o’qitiladi.

Uy vazifasi tekshirilayotganda doim o’quvchilarga “Qaysi so’zda yoki shu so’zning qayerida imlo xato qilib qo’yish mumkin?”degan savol beriladi va o’sha so’zning imlosi ustida ishlanadi.

O’tilganlarni mustahkamlash maqsadida Tushunchalar tahlili metodi “To’g’ri-noto’g’ri ”metodidan foydalaniladi. O’quvchilarga quyidagi jadval tarqatiladi, ular tushunchalarni to’g’ri yoki noto’g’riligini belgilaydilar. Topshiriq bajarilgach, doskada tekshiriladi va rag’batlantiriladi.

Tushunchalar

To’g’ri

Noto’g’ri

Darak gapning oxiriga so’roq qo’yiladi.


+

Har bir gap bosh harf bilan yoziladi

+


O’zbek tilida 3 ta harf birikmasi bor.

+


Undosh tovushlar bo’g’in hosil qiladi.


+

Har bir gapning oxirida nuqta qo’yiladi.


+


Sana va darsning mavzusi sinf xattaxtasiga yoziladi.

Husnixat daqiqasi o’tkaziladi.

Tilga ixtiyorsiz- elga e’tiborsiz.

Til bilgan el biladi.

  1. Yangi mavzuning bayoni.

Mavzuni boshlashdan oldin o’quvchilarga: - eshikni och, - derazani och, - deb o’quvchilarga buyruq beriladi va qanday mazmundagi gap aytilganligi to’g’risida o’quvchilarga savol beriladi. Iltimos mazmunini bildirgan gap ham tuziladi va mavzu yoritib beriladi.

  1. topshiriq (animatsiya)da matn beriladi. Matn ostida “Darak gap”, “So’roq gap”sarlavhalari beriladi. Sarlavhalar yonida doirachada ranglar berilib, o’quvchi topshiriqni bajarish uchun shu ranglardan foydalanadi.Buning uchun gaplar rangsiz tasmada bo’ladi. Darak gapni ajratish uchun o’quvchi sarlavha yonidagi rangni tanlab, gapning boshini belgilaganda gapning tasmasi shu rangga bo’yaladi. Faqat oxirgi gap har ikkala guruhga kirmaydi. Qoida bilan tanishtirilgandan so’ng “Buyruq gap” sarlavhasi va rangi paydo bo’ladi va oxirgi gap tasmasi shu rangga bo’yaladi.

Qoida bilan o’quvchilar tanishtiriladi:

BUYURISH, MASLAHAT, ILTIMOS MAZMUNINI BILDIRGAN GAPLAR BUYRUQ GAP DEYILADI.

BUYRUQ GAPNING OXIRIGA NUQTA QO’YILADI.









VAQT - BEBAHO BOYLIK





IV.Yangi mavzuni mustahkamlash.

96-mashq tushuntiriladi va ko’chirtiriladi, gaplar qanday mazmun bildirayotgani o’quvchilardan so’raladi.

  1. Kuching yetadigan ishga urin. Qo’lingdan kelmaydigan ishga urinma.

  2. Hamma joyda : ko’chada, uyda, uyda odobli bo’ling.

  3. Ko’cha harakati qoidalariga rioya qiling.

  4. Chiroyli yozishni mashq qilgin.

  5. Darvozani yop, Roziq.

“Sinkveyn” metodi orqali kitob so’ziga ma’nodosh so’z toptiriladi.Buning uchun o’quvchilarga quyidagi tartibda tarqatma topshiriqlar beriladi.

Kitob

Nima?


Qanday?


Nima qiladi?


Gap


Ma’nodosh so‘z


Namuna:

1.Nima? – kitob

2.Qanday? – qiziqarli, rasmli, badiiy.

3.Nima qiladi? – bilim beradi, saboq beradi.

4.Gap. Kitob bilim beradi.

5.Ma’nodosh so’z. Darslik.

2- topshiriq (O’yin)da “Bilimdon” bolalar jurnali multimediali ilova orqali quyidagi maqollar qismlarga ajratib beriladi. O’quvchi qismlarni birlashtirib maqolni yaxlitlashi lozim.

Yaxshi yaxshiga yondashtirar, yomon yo‘ldan adashtirar.

Do‘st so‘zini tashlama, tashlab boshing qashlama.

Aqlli о ‘zini ayblar, aqlsiz - do‘stini.

Daryo suvini bahor toshirar.

Odam qadrini mehnat oshirar.

Maqol mazmuni ustida ishlanadi.





«O‘rgimchak to‘ri» ta’limiy o‘yini. Bunda o‘quvchilar jamoa bo‘lib ishtirok etadilar. Birinchi o'quvchi tovush aytib, ipning uchini ikkinchi o‘quvchiga beradi, u esa shu tovushdan boshlanadigan so‘z aytadi. Uchinchi o‘quvchi shu so‘zga asosdosh so‘z aytadi, to‘rtinchi o‘quvchi gap tuzadi - darak gap, beshinchi o‘quvchi buyruq gap, oltinchi o‘quvchi so‘roq gap tuzadi. Shu tariqa o‘quvchilar aylana tarzida о‘rgimchak to‘ri hosil qiladilar.

Masalan: birinchi o'quvchi - K tovushi, ikkinchi o‘quvchi - kuz, uchinchi о‘quvchi – kuz keldi, to‘rtinchi o‘quvchi – kuzda barglar sarg’ayadi. beshinchi о‘quvchi – kuz – oltin fasl. oltinchi о‘quvchi – kuz qaysi oydan boshlanadi? Yettinchi o’quvchi – yer haydasang kuz hayda, kuz haydamasang yuz hayda.

1 -o’quvchi 2-o’quvchi

3 -o’quvchi 4-o’quvchi

5 -o’quvchi 6-o’quvchi

7-o’quvchi

Dam olish daqiqasi o’tkaziladi.

  1. Darsga yakun yasash va baholash.

Dars yakunlanadi va o‘quvchilar bilimi baholanib, baholar izohlanadi.

  1. Uyga vazifa berish.

97-mashq sharti tushuntiriladi. Matndagi har bir gapning chegarasi va qanday tinish belgilari qo‘yilishi aniqlanadi.








Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Начальные классы

Категория: Планирование

Целевая аудитория: 3 класс

Скачать
"o’quvchilar bilimida aniqlangan bo’shliqlarni to’ldirish"

Автор: Izzatova Gavhar Rahmatullayevna

Дата: 02.04.2020

Номер свидетельства: 544970


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства