kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

O soniga bo'lish mumkin emas

Нажмите, чтобы узнать подробности

0 ga bo'lish mumkin emas mavzusida dars ishlanma

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«O soniga bo'lish mumkin emas»

Mavzu: 0 ga bo’lish mumkin emas.

1-4 misol, masala

Ta’limiy maqsad: O’tilgan mavzu yuzasidan egallagan bilimlarini mustahkamlash, 0 har qanday songa bolganda 0 chiqishi haqida bilim berish

Tarbiyaviy maqsad: Vatanga muhabbat g’oyalarini singdirish, sportga qiziqish uyg’otish, har bir matematik muammolarni ahillik, birodarlik, hamjihatlik, hozirjavoblik bilan bajarish fazilatlarini tarbiyalash.

Rivojlantiruvchi

maqsad: Mаtematik topshiriqlarni bajarish orqali o’quvchilarni mustaqil mantiqiy fikrlash qobilyatlarini rivojlantirish.

Darsning uslubi: Muammoli izlanish uslubi, savol-javob, “Tez hisobla” o’yini, “Ha va yo’q” o’yini, tushuntirish, suhbat, “Mozaika” o’yini.

Darsning jihozi: Darslik, mavzu asosida didaktik materiallar, jadval, videoproektor.

Darsning shakli: Jamoa, guruh bilan va har bir o’quvchi bilan ishlash, qiziqarli o’yinlar.

DARSNING BORISHI

  1. Tashkiliy qism

Dars “Vatanim O’zbekiston” qoshig’ini tinglash bilan boshlandi.

- Bolajonar, qoshig’imiz yoqdimi?

- Qo’shiqda sizga yoqqan so’zlar bor ekanmi?

- Ha Vatan, yurtimiz, ona, farzand
- Endi shu so’zlarga ta’rif beramiz

- Vatan nima?

- Vatan bu biz tug’ilib o’sgan joy.

- Vatan bu oilamiz.

- Vatan bu mahallamiz.

- Vatan so’zini ingliz tilida qanday ataymiz?

- Mother land.

-Barakalla.

Bu vaqtda videoproyektor orqali vatan haqida lavhalar namoyish ettiriladi.

- Bolajonlar Vatanimiz yanada gullab – yashnashi uchun , O’zbekistonni yanada dunyoga tanatish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 10 dekabrdagi 1875-sonli “Chet tillarni organish tizmini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” qarori qabul qilindi.Bu qarorda ingliz tili fanini maktablarda birinchi sinfdan boshlab o’qitilishi turli to’garaklar, tadbirlar faoliyatlarini kengaytirilishi haqida so’z borgan.

O’quvchilar Vatan haqida she’rlar, hikmatli so’zlar, maqollar aytadilar.

“Mozaika” o’yini o’yini o’tkaziladi. Unda qog’oz bo’laklarida misollar yozilgan, misollarni yechib O’zbekiston bayrog’ini va gerbini hosil qiladilar. So’ng o’quvchilardan bayroq va gerb haqida she’r so’raladi.

  1. O ’tgan mavzu










Darslik 141- betidagi 7-8 misol, masala tekshiriladi, o’tilgan mavzuni mustahkamlash uchun tarqatmalar bilan ishlanadi. Tarqatmadagi quyidagicha

4x5 = 3x6 = 6x5 =

20:4 = 18:3 = 30:6=

20:5 = 18:6 = 30:5 =

  1. Yangi mavzu bayoni

Mavzu 1 - misol orqali tushuntiriladi


0:6=0 chunki 0x6=0

0:a=0

0:19=0 chunki 0x19=0
Nolni har qanday songa bo’lsa 0 bo’ladi


a:0

Nolga bo’lish mumkin emas.

2 – misol tushuntirb yechiladi.

0:24= 0x75= 0x13=

0x28 = 0:19 = 0:68 =

3 masala

Masalaning qisqa yozuvi:

Shaxmat – 18 ta

Shashka - ? ta 30 ta

Yechish: 30-18=12 ta shashka

Javob: 12 ta shashka keltirilgan

Dam olish daqiqasi:

Dam olish daqiqasida aqlni charxlovchi nazmiy masalalardan ishlanadi.

Don cho’qiydi oppoq tovuq,

Suv ichadi qorasi

Qo’shilganda qorasi

Nechta bo’lar hammasi? (3 ta )

Qishda quyon bolaladi

Q uyonchalar ko’p edi

U lardan 5 tasini

Tulki o’g’irlab ketdi

Q uyonchalar ozaydi-yu

Qoldi beshta quyoncha

Qani, o’ylab topingchi?

Bor edi jami nechta

(10 ta)

O yim berdi 5 ta anor

O’zmida ham 3 ta bor

Sanab bilsang aytaqol

Manda nechta anor bor?

(8 ta)

10 ta jo’jam bor dalada

Mushuk poylar huv panada

B irini yedi qoldi nechta

Yana birin yegan kecha (8 ta)




B ir shoxda bor 5 ta qush

U shoxda bor 4 ta qush

Uchib ketdi 3 tasi

S hoxda qoldi nechtasi?

(6 ta)




O’ynar 45 qiz bola

Go’yo ochilagan lola

Do’stlari keldi 10 ta

Ayt, ular bo’ldi nechta?

(55 ta)

4 misol

Qiymatlari 0 ga teng bo’lgan misollarni topib yechish

65-65

0:89

42-41

0x38

0:23

39-38

0:15

0:57

27:27

0x18

16:16

0:96

Namuna: 65-65


IV. Mustahkamlash


0 soniga bo’lish mumkin emasligi haqida to’liq ma’lumotga ega bo’lish uchun “0(nol)” haqida ertak o’qib eshittirish.


Bolalarni o’tilgan mavzularni mustahkamlashlari uchun “Tez hisobla” musobaqasi o’tkaziladi.



I – qator

4x2 = 14:2 =

12 :3 = 5x4 =

20:4 = 16:4 =

6 x 6 = 10:2 =

II – qator


2 x 8= 3 x 5=

10:2= 15:3=

12:2= 4x4=

9 :3= 10:5=

III – qator

2 x 8= 3 x 4=

16:2= 12:6=

5x3= 4x6=

12 :3= 10:5=


So’ng o’quvchilardan son qatnashgan maqollar so’raladi.

Birni kessang o’nni ek.

Yigit kishiga qirq hunar ham oz.

Bilimsiz bir yashar,
Bilimli ming yashar.

Tez savolga tez javob” o’yini

I – qator

1. Bir yilda nechta fasl bor?

2. Hamma tomoni teng shakl?

3. 2x8=

4. Alifboda nechta harf bor?

5. Ingliz tilida ertalabki salom?

6. “Yetti o’lchab bir kes” maqolmi yoki topishmoqmi?

7. 1 sm necha mm?

8. Qishdan keyingi fasl?

9. Seshanba haftaning nechanchi kuni?

10. Bahorda ochiladigan birinchi gulning nomi nima?

II – qator

1. Bir yilda nechta oy bor?

2. 3 ta tomoni bor shakl?

3. 4x3= ?

4. Alifboda nechta tovush bor?

5. Ingliz tilida xayr?

6. “Yer tagida oltin qoziq” topishmoqmi yoki maqol

7. 1 dm necha sm

8. Bahor oylarini sanang

9. O’zbekiston Davlat madhiyasini kim yozgan?

10. Bahorda uchib keladigan birinchi qushning nomi?

III – qator

1. Bir oyda necha kun bor?

2. Soat uzunlik o’lchov birligimi

3. 3x8

4. Unli tovushlarni ayting

5. Ingliz tilidagi tushlikdagi salom

6. Tulki yasovul ekan, Bo’ri yasovul ekan. Bu nimadan olingan

7. kg qanday o’lchov birligi

8. Bahor bayramlarini sanang

9. O’zbekiston qachon mustaqil bo’ldi?

10. Bugun haftaning nechanchi kuni?

Dars davomida faol qatnashgan o’quvchilarni baholab, rag’batlantiriladi.

Yer katta bizlar kichik qo’shig’ini ayttirildi
















V. UYGA VAZIFA

5 – masala, 6 – misol, ko’paytirish jadvalini takrorlash va Son qatnashgan maqollardan o’rganish.



Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Начальные классы

Категория: Планирование

Целевая аудитория: 4 класс.
Урок соответствует ФГОС

Скачать
O soniga bo'lish mumkin emas

Автор: Jambulova Muborakxon Xamidovna

Дата: 06.04.2020

Номер свидетельства: 545614


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства