kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Matematika fanining boshqa fanlar bilan bog'liqligi

Нажмите, чтобы узнать подробности

Boshlang'ich sinf o'qituvchilati uchin metodik qollanma

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Matematika fanining boshqa fanlar bilan bog'liqligi»

BOSHLANG`ICH SINF MATEMATIKA FANI VA UNING BOSHQA FANLAR BILAN O’ZARO UZVIY BOG`LIQLIK JIHATI

Muborakov Anvarjon Ibrohim o’g’li

Namangan viloyati Chust tumani XTBga qarashli 62-sonli maktabning oliy toifali boshlang’ich sinf o’qituvchisi

Yosh o’rganuvchilar ilk maktab kunlaridanoq matematika bilan tanishishadi. Va shu bilan birga bu fan orqali barcha fanlarga yo’l ochishadi. O’rganilayotgan fanlarning barcha mavzularida matemaikaga murojaat qilamiz. Yosh o’rganuvchilar uchun matematika dunyoning bilim eshiklarini ochadi, hamda o’z o’rganuvchilari uchun deyarli har kuni yangi topshiriq bera oladi. Fanlararo bog’lanishlarni to’g’ri amalga oshirish uchun o’qituvchi buni hisobga olishi juda muhimdir. Boshlang’ich sinflarda predmetlararo bog’lanishlarni amalga oshirish juda oson kechadi. Chunki barcha fanlarni bir o’qituvchi olib boradi va shu sababli uning oldiga fanlararoo bog’lanishlar ochiladi.

Boshlang’ich sinflarning o’quv fanlari tevarak atrofdagi voqealar va hodisalar, ularning xossalariga oid aniq tasavvurlar oladilar. Matematikaning faxrlanuvchi xususiyati shundan iboratki, u ob’yektiv borliqni o’rganish bilan bir vaqtda o’rganilayotgan moddiy dunyoning eng umumiy tomonlariga tegishli bo’lmagan, uning miqdoriy tomonlariga hamda fazoviy shakl va munosabatlarga tegishli bo’lmagan hamma narsaga nisbatan abstraksiyalanadi. Ya’ni tushunchalarni abstraksiyaligi va umumiyligini e’tirof etadi. Ular orasida bog’lanishlarni ifoda etadi bunday bog’lanishlarni o`rgatadi umumiy faoliyatlarni son haqidagi, arifmetik amallar haqidagi tasavvurlar va elementar tushunchalar, har xil malaka va ko’nikmalar, faoliyat turlari, o’qitish forma va metodlarga tayanadi.

Mamlakatimizda yuz berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, xalq ta’limi tizimda bo’layogan o’zgarishlar ta’lim to’g’risidagi qonunlarda hamda «Kadrlar tayyorlash midlliy dasturi»da ko’rsatib o’tilgandek har bir boshlang’ich sinf o’qituvchisi oldiga muhim vazifa qo’ymoqda. Bu vazifa boshlang’ich ta’lim uchun xos bo’g’inlarni ajratish imkonini beradiki, bu bo’g’inlar xilma-xil o’quv fanlari dasturida, o’quv rejalarida darsliklarda ta’limning joriy etilishi hamda metodik tizimda biror tarmoqni hosil qilish mumkin. Davlat ta’lim standartlari o’quv fani bo’yicha o’quv metodik rejalarni yaratish uchun keng imkoniyatlar ochib beradi. Shuningdek o’quv fanlararo bog’lanish va bilimlarni muvofiqlashtirish tamoyili asosida o’quv fanlarining o’zaro bog’liqligi va fanlararo bog’lanishlarni ta’minlashga xizmat qiladi. Boshlang’ich sinflarda o’qituvchilarning metodik-matematik tayyorgarligi haqida so’z borganda biz uni ilmiy pedagogik va matematik tayyorgarlik bilan uzviy bog’lanishda tayyorgarligini tushunish kerak.

Fanlararo aloqani tashkil etishda matematika o’qitish metodikasi oldiga bir necha vazifalarni qo’yadi:

1. Ta’lim tarbiyaviy va amaliy vazifalarni amalga oshirish;

2. Nazariy bilimlar tizimini o`rganish jarayonini yoritib berish;

3. O’quvchilarning dunyoqarashini shakllantirish yo’llarini o`rgatish;

4. Ta’limni insonparvarlashtirish;

5. Matematika o’qitish jarayonida insonni mehnatni sevishga, o’zining qadr-qimmati, bir-biriga hurmati kabi vazifalarni tarbiyalashni ko’rsatib berishi;

6. O’qitish metodikasi 1-4 sinf matematikasining davomi bo’lgan 5-6 sinf matematikasi mazmuni bilan bog’lab o’qitishdan iborat.

Boshlang’ich ta’limda matematika fani alohida o’rin egallaydi, chunki bu fan bolalarni hisoblash qobiliyatlarini shakllantiribgina qolmay ularning dunyoqarashlarini rvojlantirish, hayotda uchraydigan turli-tuman tushunchalar, miqdorlar har xil xossalar bilan tanishtiradilar. Darsliklarda berilgan har qanday misol va masalalarni yechishda fanlar bog’lanishlarni aniqlab ularni hayot bilan bog’laymiz. So’ngi yillarda respublikamiz boshlang’ich sinf maktablarida matematikani o’qitish butun sistemasida o’z ko’lami va ahamiyati jihatidan nihoyatda katta bo’lgan o’zgarishlar amalga oshirilmoqda. Maktab oldiga yangi vazifalarning qo’yilishi matematika o’qitish mazmunini tubdan o’zgarishiga olib keldi.

Boshlang’ich sinflarda eng qiziq tashkillanadigan darslardan biri bu matematikadir. O’quvchilarning fikrlashlari va ularning zamon bilan hamnafas bo’lishlari uchun fanlarning otasi deb ataladigan matematika bilan yoshlik davridanoq qalbda mehr ila tanishishlari zarurdir. O’z o’rnida matematika o’rganiladigan barcha fanlar bilan uzviy bo’g’liqdir. O’z o’rnida matematika fanini o’rgatish jarayonida didaktik o’yinlardan foydalaniladi. Bu esa ba’zan bir darsning o’zida bir nechta fanlarga murojaat qilamiz. Darslarning qay darajada tashkillanishi bu o’qituvchining ijodkorlik qobiliyatiga ham bo’g’liqdir. Matematik o’yinlar, rasmli topishmoqlar kundalik darslarga joziba bag’ishlaydi.

Boshlang'ich sinf o'quvchilari dastlabki matematik tushunchalarni o'zlashtirishlari uchun o'qituvchi qulay metod va dars shakllarini (turlarini) tanlashi kerak. Bunda didaktik o'yinlarning ahamiyati katta. Darhaqiqat, o'yin bog'cha va maktab yoshidagi bolalarga, o'smirlarga ta'lim-tar-biya berishning an'anaviy va sinalgan usullaridan biridir. O'quvchilar matematikadan faqat dastur materiallarini o'zlashtiribgina qolmay, atrof-muhitni, hodisa va jarayonlarni kuzatishga, solishtirishga, fikrlashga, o'z xulosalarini asoslashga, matematik til bilan so'zlashishga urinishlari kerak. Didaktik o'yinlar darsda ishni individuallashtirish, har bir o'quvchining kuchiga mos topshiriq berish, uning qobiliyatlarini maksimal o'stirish imkoniyatini beradi. O'yin orqali o'quvchilar darsdan olgan bilimlarini mustahkamlaydilar, ularni hayotga tadbiq eta olishga tayyorlanadilar. Birinchi sinf o'quvchilariga 11 dan 20 gacha bo'lgan sonlarni o'rgatish jarayonida topishmoqli o'yinlardan foydalanish o'rinlidir.

Bu jarayonda o’qituvchi o’z kasbining fidokori sifatida o’quvchilarning dunyoqarashlarini boyitishi kerak. Kasb taqazosi sifatida o’qituvchi mantiq dahosi bo’lishi va o’sha mantiqni dars jarayonlarida qo’llay olishi darkor.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati:

1. Adizov B.R. Boshlang`ich ta'limni ijodiy tashkil etishning nazariy asoslari. Pеd.fan.dok. dissertatsiyasi. T., 2003-yil.

2. Azizxo’jaеv N.N. Zamonaviy pеdagogik tеxnologiyalar (Rеklama-rеjalar). – Toshkеnt, 2002-yil.

3. Ishmuhamеdov R., Abduqodirov A., Pardaеv A. Ta`limda innovatsion tеxnologiyalar. T:, 2008-yil.


Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Начальные классы

Категория: Планирование

Целевая аудитория: 4 класс.
Урок соответствует ФГОС

Скачать
Matematika fanining boshqa fanlar bilan bog'liqligi

Автор: MUBORAKOV ANVARJON IBTOHIM O'G'LI

Дата: 11.04.2020

Номер свидетельства: 546200


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства