kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Ikki inoq do'st

Нажмите, чтобы узнать подробности

Ikki inoq do'st haqidagi hikoya uchun ishlangan qollanma

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Ikki inoq do'st»

O’QISH DARSLARINI TASHKIL ETISHDA INTEGRATSIYA VA INNOVATSIYA

Tulanboyeva Nargizaxon Kirgizboyevna

Uchqo’rg’on tumani 1-umumiy o’rta ta’lim maktabi boshlang`ich sinf o`qituvchisi


O‘qishga o‘rgatishda ta`limni individuallashtirish – uni har bir o‘quvchining o‘z individual xususiyatlariga moslab tashkil etish demakdir. O‘quv-tarbiya jarayonini individuallashtirish yo‘li bilan bu jarayondagi turli to‘siqlar bolaning uyatchanligi, o‘qituvchi bilan o‘quvchining bir-birini anglamasligi, o‘quv materialining murakkabligi va shu kabi muammolar bartaraf etiladi. Ta’limni tashkil etish darajalariga ko‘ra: ta’limni oson, o‘rta va yuqori qiyinchilikda tashkil etish me’yorlari belgilanadi.

O’qish darslarini tashkil etishda innovatsiya – darslarni tashkil etishda yangiliklarga asoslanish. Innovatsiya so’zi “yangilik” kiritish degan ma’noni bildiradi.

Ta'lim-tarbiya jarayonni samarali va natijali bo‘lishini kafolotlaydigan interfaol metodlardan ayrimlaridan namunalar keltiramiz.

«Boomerang» texnologiyasi o‘quvchilarni dars jarayonida va darsdan tashqari vaqtlarda turli adabiyotlar, matnlar bilan ishlashga, o‘rganilgan materialni yodda saqlab qolishga, so‘zlab bera olishga, fikrini erkin holda bayon eta olishga o‘rgatishga va bir dars davomida barcha o‘quvchilarni baholay olishga qaratilgan. Bundan maqsad dars davomida o‘quvchilarga tarqatilgan materiallarni ular tomonidan yakka va guruh holatida o‘zlashtirib olishlari hamda o‘zaro suhbat-munozaralar, turli savollar orqali tarqatma materiallar, undagi matnlarni qay darajada o‘zlashtirilganligini nazorat qilish, dars davomida o‘quvchilarning baholanishiga imkoniyat yaratishdir.

“Case-study” metodi

«Case-study» inglizcha so‘z - (case – aniq vaziyat, hodisa, study - o‘qitish)dan olingan bo‘lib, bu konkret vaziyat, hodisaga asoslangan o‘qitish metodi hisoblanadi. «Case-study» metodi bo‘yicha ishlash:

1. Yakka tartibda ishlash (umumiy vaqtning 30%):

- Vaziyat bilan tanishish (matn bo‘yicha yoki so‘zlab berish orqali).

- Muammolarni aniqlash.

- Axborotni umumlashtirish.

- Axborot tahlili.

2. Guruhda ishlash (umumiy vaqtning 50%):

- Muammolarni hamda ularning dolzarbligi bo‘yicha ketma-ketligini (ierarxiyasini) aniqlash.

- Muqobil yechim yo‘llarini ishlab chiqish.

- Har bir yechimning afzal va zaif jihatlarini belgilash.

- Muqobil yechimlarni baholash.

3. Yakka tartibda va guruhda ishlash (umumiy vaqtning 20% si):

- Muqobil variantlarni qo‘llash imkoniyatlarini asoslash.

- Hisobot hamda natijalar taqdimotini tayyorlash.

“Yelpig‘ich” texnologiyasi

Bu texnologiya murakkab, ko‘ptarmoqli mumkin qadar, muammoli mavzularni o‘rganishga qaratilgan bo‘lib, uning mohiyati shundan iboratki, bunda mavzuning turli tarmoqlari bo‘yicha bir-yo‘la to‘liq axborot beriladi. Ayni paytda, ularning har biri alohida nuqtalardan muhokama etiladi. Masalan, ijobiy va salbiy tomonlari, afzallik, fazilat va kamchiliklari, foyda va zararlari belgilanadi. Bu interfaol texnologiya tanqidiy, tahliliy, aniq mantiqiy fikrlashni muvaffaqiyatli rivojlantirishga hamda o‘z g‘oyalari, fikrlarini yozma va og‘zaki shaklda ixcham bayon etish, himoya qilishga imkoniyat yaratadi. “Yelpig‘ich” texnologiyasi umumiy mavzuning ayrim tarmoqlarini muhokama qiluvchi kichik guruhlarning, har bir qatnashuvchining, guruhning faol ishlashiga qaratilgan. “Yelpig‘ich” texnologiyasi mavzuni o‘rganishning turli bosqichlarida qo‘llanilishi mumkin. Sinfda o‘quvchilar kichik-kichik guruhlarga bo‘linadi, masalan, 4 tadan 5 ta guruhga. Mavzu bo‘yicha ijobiy va salbiy tomonlar, afzallik, fazilat va kamchiliklari, foyda va zararlari haqida guruhlararo bahs-munozara qilinadi. “Yelpig‘ich” texnologiyasi orqali o‘quvchilar savol-javob, bahs-munozara davomida o‘z dunyoqarashlaridan kelib chiqqan holda mustaqil fikr bildirish, voqelikka real baho berish kabi yutuqlarga erishadilar. Dars so‘ngida o‘qituvchi “yelpig‘ich” texnologiyasi o‘quvchilarda qanday samara berganligini aniqlash maqadida ularning o‘zlariga savol bilan murojat qiladi.

O‘qitishni individuallashtirish muammosi ta’lim nazariyasi va amaliyotida yangilik emas. Ammo, hozirgi kunda ta’lim-tarbiya sohasida alohida ahamiyatga ega. Shunga ko‘ra, ta’limni tabaqalashtirish muammosi ilmiy pedagogik asosda hal qilinsa, o‘qitishni ma’lum darajada individuallashtirish imkonini beradi. Bu murakkab muammo bo‘lib, ma’lum metodologik va pedagogik yondashishga bog‘liq holda bevosita hal qilinadi.

Ta’lim jarayonida o‘quvchi shaxsiga individual yondashish faqat mashq va topshiriqlarni bajarish jarayonida emas, balki o‘quv-biluv jarayonining barcha bosqichlari, ya’ni, yangi o‘quv materiallarini taqdim qilish, mustahkamlash hamda takrorlashlarda ham, uy vazifasi berish va darsdan tashqari qo‘shimcha mashg‘ulotlarda ham amalga oshirilishi lozim. Masalan, o‘qituvchi o‘quv materialini tushuntirar ekan, darslikning muayyan bo‘limida bayon etilgan o‘quv materiali bilan cheklanib qolmasligi kerak. O‘zlashtirish darajasi kuchliroq bo‘lgan o‘quvchilarni hisobga olgan holda qo‘shimcha ma’lumotlar kiritishi lozim.

O`qish va tabiatshunoslik integratsiyasi. O`qish va tabiatshunoslik ntegratsiyasi imkoniyatlari juda keng, chunki o`qish darslari va tabiatshunoslik darslari oldida turgan umumta’lim va tarbiyaviy darslarda o`quvchilar o`zining o`lkasi tabiati bilan tanishadi, tabiatdagi mavsumiy o`zgarishlar, xonaki va yovvoyi hayvonlar, hasharotlar bilan tnishadilar.

O`qish va tabiat darslaridagi tarbiyaviy maqsad – o`quvchilarda tabiatga muhabbatni va e’zozlash his-tuyg`ularini tarbiyalash, tabiatni estetik birlikda qabul qilishni o`rgatishdan iborat. Tabiatshunoslik va o`qish darslarida o`rgatish ob’ekti bu tabiatning biror hodisadir, lekin ularning o`rganish usullari boshqacha. O`qish darsi tabiat darsiga nisbatan emotsional ranglarda qabul qilinishini shaklantiradi, o`quchilarga o`zining tabiatga bo`lgan estetik munosabatini til vositasida ifodalashga o`rgatadi. Tabiat darslarida esa, ko`z bilan kuzatadi, qo`l bilan ushlab ko`radi. Fanlararo umumiy mavzular mavjudligi aynan shu usullarni birlashtirib, o`quvchilarga kengroq holda yetkazishni maqsad qilib qo`yadi. Agar ikki fanni mujassamlashtirilsa, darsni shunday rejalashtirish kerakki, boshqa fanlardan olingan ma’lumotlar bir-biriga qo`shimcha bo`lib, o`sha ma’lumotlar chuqurlashtirilsin. Shunday holdagina bu mujassam dars boshqa darslardan farq qiladi. Bunda biz tabiatshunoslik orqali ongdan his tuyg`uga yuramiz, o`qishni o`rganganda his-tuyg`ularga ta’sir qilib, e’tiqodni shakllantiramiz. Masalan, tabiat darsida o`quvchilar qushlar bilan tanishadilar ularning ko`rinishlarini, yovvoyi yoki honaki ekanligini ajratadilar, ular nima bilan oziqlanishini o`rganadilar va shu kabilar bilan tanishadilar. O`qish darsida bu qushlar to`g`risida badiiy jihatdan tanishadilar, hikoya, ertaklar orqali o`rganadilar. Integratsiyalashgan darsda tabiatshunoslikka oid ilmiy bilimlar badiiy asarlardagi his-tuyg`ular ta’siri orqali tabiatga bo`lgan munosabati shakllanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Mirziyoev Sh.M. “Konstitutsiya – erkin va farovon hayotimiz, mamlakatimizni yanada taraqqiy ettirishning mustahkam poydevoridir" mavzusidagi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi. Xalq so’zi. 2017 yil, 8 dekabr. 247-son.

2. Ishmuxammedov R., Abduqodirov A., Pardaev A. Ta’limda innovatsion texnologiyalar (ta’lim muassasalari pedagog-o’qituvchilari uchun amaliy tavsiyalar).-T.: Iste’dod, 2008. - 180 b.

3. Yo’ldoshev J.G’, Usmonov S.A. Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni amaliyotga joriy qilish. T., «Fan va texnologiya», 2008, 132 bet.

4. Qurbonov SH., Seythalilov E. Ta’lim sifatini boshqarish.T.: «Turon-Iqbol», 2006.




Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Начальные классы

Категория: Планирование

Целевая аудитория: 1 класс.
Урок соответствует ФГОС

Скачать
Ikki inoq do'st

Автор: ТУЛАНБОЕВА НАРГИЗАХОН КИРГИЗБОЕВНА

Дата: 17.04.2020

Номер свидетельства: 547051


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства