kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

How to use multimedia recourses at school?

Нажмите, чтобы узнать подробности

We use every day multimedia recourses and we must know how to use it

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«How to use multimedia recourses at school?»

Boshlang’ich sinf o’qish darsini yangi pedagogik texnologiyalar orqali tashkil etishda interfaol usullardan foydalanishning shakl, metod va vositalaridan foydalanishning ta’limiy ahamiyat.


Annotatsiya. “Insonning tafakkuri, aqliy salohiyati ijtimoiy boylik hisoblanadi. Ular har qanday jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini belgilaydi. Shunda

farzandlarimiz borki, ular umumiy o`rta ta’lim jarayonida ma’lum yo`nalish bo`yicha o`zlarining iqtidorlarini, iste’dodlarini namoyon etadilar. Bu boylikdan oqilona foydalanish, uni to`g`ri yo`naltirish lozim” , – dedi I.A.Karimov o`zining “Barkamol avlod orzusi” asarida. Boshlang`ich sinflarda o`tiladigan ona tili, matematika, o`qish, odobnoma, tabiatshunoslik darslari o`z mohiyati, maqsad va vazifalariga ko`ra ta'lim tizimida alohida o`rin tutadi. Negaki ularning zaminida savodxonlik va axloqiy-ta'limiy tarbiya asoslari turadi. Shuning uchun ham boshlang`ich ta'lim darslariga o`quvchilar qiziqishini oshirishga alohida e’tibor berish lozim. Chunki bolalar boshlang`ich sinflardanoq « dars » degan muqaddas so`zdan bezib qolmasliklari lozim.

Kalit so’zlar. Dars, Interfaol metod, bahs– munozaralar, didaktik o`yinlar, Interfaollik

Bugungi kunda o`quvchilarni darsga bo`lgan qiziqishlarini oshirish uchun tajribali o`qituvchilar turli didaktik o`yinlardan foydalanishmoqda. Interfaol metod – ta’lim jarayonida o`qituvchi va o`quvchilar o`rtasidagi faollikni oshirish orqali ularning o`zaro harakati ta’sir ostida bilimlarni o`zlashtirishni kafolatlash, shaxsiy sifatlarni rivojlanishiga xizmat qiladi.Ushbu usullarni qo`llash dars sifati va samaradorligini oshirishga yordam beradi. Uning asosiy mezonlari– norasmiy bahs– munozaralar o`tkazish, o`quv materialini erkin bayon etish, mustaqil o`qish,o`rganish, seminarlar o`tkazish, o`quvchilarni tashabbus ko`rsatishlariga imkoniyatlar yaratilishi, kichik guruh, katta guruh, sinf jamoasi bo`lib ishlash uchun topshiriq, vazifalar berish, yozma ishlar bajarish va boshqalarda iborat. Interfaollik bu – o`zaro ikki kishi faolligi, ya’ni, bundan o`quv- biluv jarayoni o`zaro suhbat tariqasida dialog shaklida (kompyuter aloqasi) yoki o`qituvchi – o`quvchilarning o `zaro muloqotlari asosida kechadi. Interfaollik – o`zaro faollik, harakat, ta’sirchanlik, o`quvchi – o`qituvchi, o`quvchi – o`quvchi suhbatlarida sodir bo`ladi. Interfaol metodlarning bosh maqsadi - o`quv jarayoni uchun eng qulay muhit va vaziyat yaratish orqali o`quvchining faol, erkin, ijodiy fikr yuritish, uni ehtiyoj, qiziqishlari, ichki imkoniyatlarini ishga solishga muhit yaratish. Bunday darslar shunday kechadiki, bu jarayonda bironta ham o`quvchi chetda qolmay, eshitgan, o`qigan, ko`rgan bilgan fikr mulohazalarini ochiq oydin bildirish imkoniyatlariga ega bo`ladilar. O`zaro fikr almashish jarayoni hosil bo`ladi. Bolalarda bilim olishga havas, qiziqish ortadi, o`zaro do`stona munosabatlar shakllanadi . Interfaol ta’lim o`z xususiyatiga ko`ra didaktik o`yinlar orqali evristik(fikrlash, izlash, topish) suhbat – dars jarayonini loyihalash orqali muammoli vaziyatni hosil qilish va yechish orqali kreativ – ijodkorlik asosida axborot kommunikatsion texnologiyalar yordamida amalga oshirish metodlarini o`z ichiga oladi . Axborot kommunikatsion texnologiyalar asosida ta’lim o`z navbatida kompyuter dasturlari yordamida o`qitish, masofadan o`qitish, internet tarmoqlari asosida o`qitish, media – ta’lim metodlaridan iborat.

Boshlang`ich ta’limda o`quvchilarning yosh hususiyatlari, savodxonlik darajalari, shaxsiy tabiatlariga ko`ra didaktik o`yinlar orqali evristik suhbatlar loyihalashtirish asosidagi metodlar keng qo`llanilmoqda. Agar o`qitish jarayonida har bir o`quvchi o`zining o`zlashtirish imkoniyati darajasida topshiriqlar olib ishlaganida u yuqori sifat va samaradorlikni ta’minlagan bo`lar edi. Bunday holatni faqat tabaqalashtirgan ta’lim orqaligina amalga oshirish mumkin. Endi ta’lim jarayonlarini didaktik o`yinlar orqali amalga oshirish haqida fikr yuritamiz: Interfaol o`yinli metodlar o`quvchi faoliyatini faollashtirish va jadallashtirishga asoslangan. Ular o`quvchi shaxsidagi ijodiy imkoniyatlarini ro`yobga chiqarish va rivojlantirishning amaliy yechimlarini aniqlash va amalga oshirishda katta ahamiyatga ega. Interfaol o`yinlarning asosiy turlari: intellekual (aqlli) va harakatli hamdaaralash o`yinlardan iborat. Bular o`quvchilarda aqliy, jismoniy, axloqiy, ma’naviy, ma’rifiy, psixologik, estetik, badiiy, tadbirkorlik, bunyodkorlik, mehnat, kasbiy ko`nikmalarni rivojlanishiga yordam beradi .Bu metod o`quvchini ichki imkoniyatlarini ishga tushishiga, o`ylashga, erkin fikr yuritishga, muloqotga, ijodkorlikga yetaklaydi. Ayniqsa, unda atrof –muhit, hayotni bilishga qiziqish ortadi, uchragan qiyinchilik, to`siqlarni qanday yengish va tanqidiy fikrlash ko`nikmalarini shakllantiradi .Ta’lim – tarbiya jarayonida asosan o`quvchilarda ta’lim olish motivlarini, ularni turi yo`lanishlardagi qobiliyat va qiziqishlarini oshiradigan, biror kasbga moyilliklarini ko`rsatadigan, interfaollikkka asoslangan didaktik o`yinlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Interfaol o`yinlar nazariy, amaliy, jismoniy, rolli, ishchanlik va boshqa yo`nalishdagi turlarga ajratiladi. Ular o`quvchilarda tahlil qilish,hisoblash, o`lchash, yasash, sinash, kuzatish, solishtirish, xulosa chiqarish, mustaqil qaror qaabul qilish, guruh yoki mustaqil jamoa tarkibida ishlash,nutq o`stirish, til o`rgatish yangi bilimlar olish faoliyatlarini rivojlantiradi. Umumiy o`yinlar nazariyasiga ko`ra, mavjud barcha o`yin turlarini tasniflashga ularni funksional, mavzuli, konstruktiv, didaktik , sport va harbiy o`yinlarga ajratiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar: 


1.Abdullayeva Q., va boshqalar “Savod o’rgatish darslari” T, “O’qituvchi”1996 yil. 18. Abdullayeva Q. va boshqalar “2- sinfda o’qish darslari”, T., 2004 yil.

2.Azizxo’jayeva N.N. Pedagogik texnolofiyalar va pedagogik mahorat. Toshkent. 2006.




Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Начальные классы

Категория: Планирование

Целевая аудитория: 3 класс.
Урок соответствует ФГОС

Скачать
How to use multimedia recourses at school?

Автор: Abdullaeva Dilfuza Jalalovna

Дата: 22.08.2020

Номер свидетельства: 556233


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства