kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Gapning maqsadiga ko‘ra turlari

Нажмите, чтобы узнать подробности

Darsning maqsadi:

ta’limiy:  gap, uning maqsadga ko‘ra turlari haqida bilimlarni aniqlash va matnni ohang yordamida gaplarga ajratishga, gap oxirida zarur tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘yishga o‘rgatish;

FK1: o‘qilgan matn mazmunini va o‘zgalar fikrini anglab, ifodalay olish, og‘zaki nutqda so‘z va gaplar ohangiga rioya qila olish, gapning maqsadga ko‘ra turlarini farqlaydi, gapning ohangiga ko‘ra tinish belgilarini (nuqta, so‘roq, undov belgilari) ishlata olish;

tarbiyaviy: o‘quvchilarda xalqimizning urf-odati, azaliy an’analariga muhabbat uyg‘otish, ularning tarbiyasida sharqona fazilatlarni shakllantirish;

TK2: media vositalaridan, didaktik materiallaridan foydalanish;

TK3: mustaqil o‘qib-o‘rganish va bilimini muntazam oshirib borish;

rivojlantiruvchi: bog‘lanishli nutqi va lug‘atini yangi so‘zlar bilan boyitish;       FK2: talaffuz me’yorlariga, bo‘g‘in ko‘chirish qoidasiga rioya qila olish, mavzuga oid so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda, o‘zlashtirilgan leksik birliklarni matnda qo‘llay olish.

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Gapning maqsadiga ko‘ra turlari»

GAPNING MAQSADIGA KO‘RA TURLARI.

Darsning maqsadi:

ta’limiy: gap, uning maqsadga ko‘ra turlari haqida bilimlarni aniqlash va matnni ohang yordamida gaplarga ajratishga, gap oxirida zarur tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘yishga o‘rgatish;

FK1: o‘qilgan matn mazmunini va o‘zgalar fikrini anglab, ifodalay olish, og‘zaki nutqda so‘z va gaplar ohangiga rioya qila olish, gapning maqsadga ko‘ra turlarini farqlaydi, gapning ohangiga ko‘ra tinish belgilarini (nuqta, so‘roq, undov belgilari) ishlata olish;

tarbiyaviy: o‘quvchilarda xalqimizning urf-odati, azaliy an’analariga muhabbat uyg‘otish, ularning tarbiyasida sharqona fazilatlarni shakllantirish;

TK2: media vositalridan, didaktik materiallaridan foydalanish;

TK3: mustaqil o‘qib-o‘rganish va bilimini muntazam oshirib borish;

rivojlantiruvchi: bog‘lanishli nutqi va lug‘atini yangi so‘zlar bilan boyitish; FK2: talaffuz me’yorlariga, bo‘g‘in ko‘chirish qoidasiga rioya qila olish, mavzuga oid so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda, o‘zlashtirilgan leksik birliklarni matnda qo‘llay olish.

Darsning turi: o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlantiruvchi.

Darsning metodi: suhbat, ko‘rgazmalili, “O‘rnini top” ta’limiy o‘yini.

Darsning jihozi: mavzuga oid rasmlar, so‘z birikmalari yozilgan kartochkalar, multimedia ilovalari.

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism.

II. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash.

H usnixat daqiqasi

Til – dil tarjimoni

Uyga berilgan vazifa 4-mashq yuzasidan suhbat.

She’r ifodali o‘qitladi.

‒ She’rga nima uchun “Tinchlik” deb sarlavha qo‘yilgan?

‒ She’r necha qtorda iborat?

‒ Har bir qator oxiriga qanday tinish belgisi qo‘yilgan?

Doskaga “Vatanning sevimli farzandi bo‘lish uchun nima qilish kerak?” so‘roq gapi yoziladi. Bu gap yuzasidan suhbat uyushtiriladi.

O‘rnini top” ta’limiy o‘yini o‘tkaziladi. Buning uchun o‘quvchilar so‘z birikmalarni o‘z va ko‘chma ma’nosiga ko‘ra chiziqchalar yordamida ajratishlari kerak

III. Mustahkamlash.

Darslikda berilgan 5-mashqdagi “Kimning xati chiroyli?” she’ridan olingan parchani ifodali o‘qitiladi. U qaysi shoirning she’ri ekani so‘raladi.

‒ She’r necha gapdan tuzilgan?

‒ Uni qanday aniqladingiz?

‒ She’r nacha qatordan uborat?

‒ Har bir qator qanday harf bilan boshlangan? Nima uchun?

She’rni husnixat bilan ko‘chirib bo‘lingach, yozuvdagi kamchiliklarni o‘zlari aniqlash kerakligi aytiladi.

6- mashq. “Alpomish” dostonidan olingan matn ifodali o‘qitiladi. Matndagi Boybo‘ri, Hakimbek, Alpinbiy, Rustam dostonlarining kim ekanligi haqida qisqacha ma’limot beriladi. ( Alpinbiyning Boybo‘ri va Boysari degan o‘g‘illari bo‘lgan. Boybo‘rining Hakimbek degan o‘g‘li, Qaldirg‘och ismli qizi va Boysarining Barchinoy degan qizi bo‘lgan.)

Matndagi gaplarning maqsadga ko‘ra turlari aniqlanadi.

‒ Matn qanday mazmundagi gaplardan iborat?

‒ Darak gap qanday mazmun bildiradi?

‒ Gaplar qanday ohang bilan o‘qiladi?

‒ Har bir gapni maqsadiga ko‘ra turini ayting.

‒ So‘roq gapda qaysi so‘z so‘roq ma’nosini bildiryapti?

‒ Ular o‘zaro nimalariga ko‘ra farqlanadi?

‒ Namunani o‘qing bu gap mazmuniga ko‘ra qanday gap?

‒ Uni matndagi birinchi gap bilan solishtiring. Darak gapdagi qaysi so‘z so‘roq so‘z bilan almashtirilganini aniqlang.

‒ Matndagi gaplarni so‘roq gapga aylantirish uchun nima qilish kerak?

Mashq shu tartibda bajariladi.

Matni qayta hikoyalatish uchun tuzgan so‘roq gaplariga javob beradilar. Alp so‘zining ma’nosini o‘qib, bilib oladilar.

1 -topshiriq.

Multimedia ilovasida tartibsiz berilgan so‘zlardan gap tuzish vazifasi beriladi. Topshiriq bajarilgach, ekranda matn paydo bo‘ladi.

Matn nima haqida ekan? Matnda nechta gap bor? Gaplar qanday mazmun bildiryapti? Matnga sarlavha topish vazifasi beriladi.

Darslik bilan ishlash.

7- mashq. Matndagi gaplarni o‘quvchilar tugallangan ohang yordamida gaplarga ajratib o‘qiydilar. Matnning salomlashish odobi haqida ekanligini aytadilar va “Salomlashish odobi” deb sarlavha qo‘yadilar.

‒ Gaplarning oxiriga qaysi tinish belgilari qo‘yilgan? Nima uchun?

‒ Piyoda so‘zini qaysi so‘z bilan almashtirish mumkin.

2 -topshiriq.

7-mashq. Matndagi gaplarning chegarasini aniqlash uchun matn ostida nuqta, so‘roq, undov belgilaridan o‘quvchilar foydalanadilar. Matnda nechta gap bor? Matnga sarlavha toping kabi topshiriqlar beriladi.

IV. Darsga yakun yasash va baholash

Dars yakunida umumiy baholar e’lon qilinadi va faol, bilimdon o‘quvchilar rag‘batlantiriladi.

V. Uyga vazifa.

8-mashq.Topishmoqni o‘qib, javobini topib, har bir misra oxiriga qo‘yilgan tinish belgisiga e’tibor berish kerakligi aytiladi.




Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Начальные классы

Категория: Планирование

Целевая аудитория: 4 класс.
Урок соответствует ФГОС

Скачать
Gapning maqsadiga ko‘ra turlari

Автор: Ruzmetova Nargis Matyakubovna

Дата: 30.12.2021

Номер свидетельства: 596616


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства