Namangan shahar Maxmud Saloxiddinov nomli matematika faniga ixtisoslashgan 4-umumiy o’rta ta’lim maktabi boshlang’ich sinf o’qituvchisi
Yurtimizning yorqin kelajagi bugun maktablarda ta’lim olayotgan farzandlarimizga, ularning har tomonlama yetuk va barkamol insonlar bo’lib yetishishlariga bog’liq.Bu vazifa boshlang’ich sinf o’qituvchilaridan o’z ustilarida tinmay ishlash,o’quvchi ruhiyatini chuqur o’rganishni, darslarni mohirlik,samimiyat va zakovat asosida o’tishni taqozo etadi.
Ushbu darslarni tashkil etishda turli pedagogik texnologiyalardan foydalanamiz.Ushbu vazifalarni qo’llashda xattaxtaning o’rni, vazifasi beqiyosdir.
38 yillik ish faoliyatimda xattaxtadan unumli foydalandim va buni ijodiy natijasini ko’rdim.
1.Tashkiliy qismda foydalanish.
Ona tili darsida o’quvchilarni chiroyli yozuvga tayyorlash daqiqasini o’tkazaman.Bu daqiqada 7 nafar o’quvchidan iborat kichik jamoa xattaxtada matn,topishmoq, maqollar ,tez aytishlardan birini tanlab yozadilar.Bu jarayonga oydinlik kiritaman.Birinchi o’quvchi maqolning birinchi so’zini yozib bo’lgach,ikkinchi o’quvchi yozishni boshlaydi.,shu tariqa yeti o’quvchi ishtirokida 2 daqiqada yettita maqol husnixat asosida yoritiladi.Bu jarayonda o’quvchilar mustaqil ish bajaradilar, bir-birlariga xalaqit bermaydilar,hurmat qilishni o’rganadilar,yod yozuvni eslaydilar.
Ko’pchilik dars kuzatuvchi ustozlar bu jarayonni havas bilan kuzatishdi va darslarida qo’llashdi.Quyida ushbu usulni sxema ko’rinishida yoritaman.
Izoh:_______ (so’z).
1.______ ______ ______ ______ ______ ______
2._____ _____ ______ ______ _______
3.______ ______ _______ _______
4. ______ ________ _______
5.______ _______
6. _______
2. Darsni mustahkamlash jarayonida xattaxtadan foydalanish.
Darsni mustahkamlash jarayonida xattaxtadan foydalanishdaxattaxtani uch bo’lakka bo’laman.Uni uychalar deb atayman. Har bir uyning yo’nalishi bor, ya’ni yuqori qismiga topshiriq yozaman.
Masalan:
Ot Sifat Fe’l
kiyik ko’rkam bordi
daryo yumshoq yozdi
sohil yashil ushladi
o’rmon qisqa ko’rdi
2-ko’rinish
1 2 3
tog’ qa-lam o’y-na-di
son saq-la bog’-cha-da
ko’l kat-ta sa-lom-lash
bor jum-boq fan-lar-dan
Ushbu usulda ham oz fursat ichida o’n ikki nafar o’quvchi ishlaydi.Ushbu usulni mevalar, sabzavotlar,qushlar,tabiat hodisalari,o’quv qurollari manzarali daraxtlarga bag’ishlab o’tkazish mumkin.Ketma –ketlikda yozish usulini ko’p uchratamiz.Bu usulda oz o’quvchi qatnashadi va vaqtdan yutqazib qo’yiladi.
3.Mashq bajarish jarayonida xattaxtadan foydalanish.
O’quvchlar mashqlarni turlicha vaqtda yozib bo’ladilar.Yozib bo’lgan o’quvchilarga bo’sh qolmasligi uchun xattaxtada topshiriq beraman.
Masalan: - top bo’g’inini yozib qo’yaman.O’quvchi ushbu bo’g’inga bir nechta bo’g’inlar qatorini yozib yozib 2-3 ta so’z hosil qiladi.
top - shirdi, - di, - shiriq
sa - lom, - na, - bab
gul - zor, - don, - chi
Ushbu usulda xattaxtadan foydalanamiz,o’quvchilar bo’sh qolmaydi,ziyraklikka chorlovchi usul qo’llaniladi.Xattaxtadan foydalanishning turli odoblari mavjud.
1.Xattaxtada doimo ozoda turishi kerak.Bu holatni ko’rgan o’quvchi daftarini doimo ozoda saqlaydi.
2.Xattaxtada ustoz shoshilmay, chiroyli yozuv qoidalariga rioya qilib yozishi kerak.Shunda o’quvchining xati chiroyli bo;ladi.
3.Xattaxttaga tartib bilan yozish kerak ,aks holda o’quvchi daftarning istagan joyiga yozadi,daftar sahifasini to’ldirmay,keying betga yozadiganbo;lib qoladi.
4.Boshlang’ich sinf o’quvchilariga dars beradiganfan o’qituvchilariga ham xattaxtaga imkoniyat darajasida chiroyli yozuvga amal qilib yozishlarini aytish kerak deb o’ylayman.
5.Xattaxtaga yozish jarayonida o’quvchilar bir-birini hurmat qilishi ,samimiy munosabatda bo;lib topshiriqni bajarishini ta’minlash kerak.
Ushbu jarayonlarda o’zimiz shaxsiy namuna bo’lishimiz zarur. Chunki bizning har bir harakatimiz ,munosabatimiz ularning ruhiyatiga yozilib borishini unutmasligimiz kerak.