kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

4-sinf O'qish "Ola buzoq"

Нажмите, чтобы узнать подробности

Ola buzoq sheri 4-sinif oqish kitobidan joy olgan sher hisoblanadi.

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«4-sinf O'qish "Ola buzoq"»

4-sinf uchun o’qish fanidan bir soatli dars ishlanma.


MAVZU: OLA BUZOQ

Maqsad: Ta’limiy: She’rni ifodali va ravon o’qishga o’rgatish. G’.G’ulom ijodi

bilan tanishtirish. Erkin fikrlash qobilyatlarini oshirish.

Tarbiyaviy: Uy hayvonlarini parvarish qilishga o’rgatish.

Hayvonot olami bilan xabardor qilish. Sutning foydali

xusuyatlari haqida tushuncha berish.Ularga estetik zavq

bag’ishlash. Kasbga yo’llash. O’ziga ishonchni tarbiyalash.

Rivojlantiruvchi:O’quvchilarni BKM larini shakllantirish. Mustaqil

fikrlash ko’nikmalarini rivojlantirish.


Dars turu: Yangi bilim beruvchi.

Dars usuli: Noan’anaviy.

Dars jihozi: Ko’rgazmali qurol, slayd , AKT, ekran, video proektr.

Darsning borishi: I. Tashkiliy qism.

  1. Salomlashish.

b)Davomatni aniqlash.

s) O’quvchilarni darsga tayyorligi va tozaligini nazorat qilish.

O’quvchi: Har tong ertalab tirib,

Boramiz maktab tomon.

Bizlar ilmga chanqoq,

Ustozimiz mehribon.

Hamma: Qo’limiz ko’ksimizda,

Assalomu alaykum.

O’qituvchi: Qalam tutgan, nozikkina

Qo’lingizdan o’rgilay.

Mehr bilan boqib turgan,

Ko’zingizdan o’rgilay.

Sizni juda sog’inaman,

Tongni intiq kutaman.

Meni moyday erituvchi,

So’zingizdan o’rgilay.

Vaalaykum assalom bolajonlarim.

  • Tayyormisiz o’g’il qizim,

Boshlayman ustoz so’zim.

Odob boshi assalom,

Ishning boshi intizom.

Bolalar:Tayyormiz.

O’qituvchi: Darsimiz?

-O’qish.

O’qituvchi: Unday bo’lsa, birlashgan o’zar, birlashmagan to’zar deganlaridek hammamiz birgalashib o’qish darsimizni boshlaymiz.

O’qish darsida:- O’qiymiz .

-O’rganamiz.

-So’zlaymiz.

-Tushunamiz.

-Ibrat olamiz.

Darsimizning maqsadi:


-Ilmdan o’zga najot yo’q. Imom Buxoriy.


-Tarbiya biz uchun yo hayot, yo momot, yo halokat, yo saodat masalasidir. Abdulla Avloniy.


-Biz o’z iste’dodli farzandlarimizga kasb cho’qqilarini zabt etishlarida qanot berishimiz kerak.

Islom Karimov


O’qituvchi:Endi darsimizni qanday usulda tashkil etsak yaxshi bo’lardi? (Bolalar o’z fikrlarini aytadilar.)

-Guruhlararo musobaqalashsak. Telestudiya darsi qilsak yaxshi bo’lardi.

O’qituvchi: Bunday darsga tayyormisiz?

II. O’tilgan mavzuni takrorlash.(Mustahkamlash)


- Komiljonova Madina suhandonlik uchun tayyyorlanib kelganman.

O’qituvchi: Unday bo’lsa marhamat.

Suhandon: Assalomu alaykum teletomoshabinlar. Efirda yoshlar kanalining yangi avlod studiyasi. Bugun studiyada men Madina Komiljonova. Sizlarni ko’rsatuvlarimiz tartibi bilan tanishtiraman.

1.”Davrning bolasi” yangiliklari .

2. Jurnalist 4-“A” sinfda.

3. SMS tanlovi.

4. Yangi avlod studiyasida yangi rukn “Ola buzoq “.

5.” Abadiy barhayot siymo.”


- Marhamat tinglab tomosha qiling.


DAVRNING BOLASI YANGILIKLARI”

Dilfuza: Bugun “Davrning bolasi” yangiliklarida men Dilfuza Yusufjonova va

Hojiakbar: Hojiakbar Fazliddinov.

Dilfuza: Bugun 14- fevral Z.M.Bobur tavallud topgan kun. Respublikamizning barcha ta’lim muassasalarida Z. M.Bobur tavalludiga atab turli tadbirlar tashkil etilgan.

Hojakbar: Bizning maktabimizda ham “Mohir sarkarda , xassos shoir “ deb nomlangan tadbir o’tkaziladi. Bundan tashqari viloyat miqiyosida katta anjuman o’tkazilmoqda

Bu anjumanga viloyatimizning juda ko’p tumanlaridan mehmonlar tashrif buyurishgan.

Dilfuza : Anjuman mavzusi Boshlang’ich sinflarda yangi pedagogik texnologiyalar asosida darslar tashkil etish.

Hojakbar: Ushbu mavzu bo’yicha 1-2-3-,4- sinflarda ochiq darslar tashkil etilgan.

Dilfuza: Shu jumladan 4-“A”sinfda ham seminar darsi o’tkazilmoqda.

Hojakbar: Hammaning dilida quvonch.


Suhandon:Hozir sinfdoshimiz bilimdon Normamatov Burhoniddinning jurnalist 4-“A” sinfda

nomli lavhasini e’tiboringizga havola qilamiz. Marhamat tomosha qiling.


Burhoniddin: Assalomu alaykum bolajonlar. Men bugun sizlarni Davlat ta’lim standartlari

asosida olgan bilimlaringizni sinab ko’rish uchun “Yangi avlod” studiyasidan

tashrif buyurdim.

Qani kim aytadi bugungi kungacha o’qish fanidan qanday bo’limlarni

o’rgandingiz?

-Istiqlolim, istiqbolim.

-O’zbekiston –Vatanim manim.

-Oltin kuz.

-Ma’naviyat - qalb quyoshi.

-Xalq og’zaki ijodi.

-Kumush qish.

-Vatanimiz o’tmishidan.

-Nima yaxshi-yu, nima yomon?

-Hayvonot olamida.

Burhoniddin:Juda yaxshi. Darslik bo’yicha yodlash uchun nechta she’r berilgan?

-22 ta.

Burhoniddin: Sizlar nechta she’r yod oldingiz?

Burhoniddin: Meni juda xursand qildimgiz. Kelinglar yod olgan she’rlarimizning SMS tanlovini o’tkazamiz. Kimga qaysi she’r yoqdi.(Bolalar o’zlari yoqtirgan she’rlari nomini navbat bilan aytadilar. Qaysi she’r nomi ko’proq ovoz olsa, o’sha she’r SMS tanlovi g’olibi bo’ladi.Bu she’rni bolalar xor bo’lib aytadilar.)

Burhoniddin: O’tgan darsda o’qish fanidan qanday mavzu bilan tanishgan edingiz.?

-“Xatarli uchrashuv”.

Burhoniddin:Xatar – deganda nimani tushunasiz?

-Xatar – biror qo’rqinchli holatni oldindan sezish.

Burhoniddin:”Xatarli uchrashuv “ haqida nimalar deya olasiz.

(Bolalardan ikki kishi so’zlab beradi.)

Burhoniddin:O’tilgan mavzu yuzasidan bilimingizni sinash uchun TV test

tayyorlaganman. Test kalitingiz tayyormi? Unda boshladik.

1.”Xatarli uchrashuv “ hikoyasining muallifi kim?

A.Abdulla Oripov. B.Miraziz A’zam. S.Pirimqul Qodirov.

2. “Xatarli uchrashuv” hikoyasidagi voqea qaysi faslda ro’y bergan?

A. Kuz. B. Qish.. S.Bahor.

3 Bolaga nimalar hujum qilmoqchi bo’ldi”

A.Bo’rilar. B. Itlar. S. Tulkilar.

4.”Xatarli uchrashuv “ hikoyasida bola qayerga ketayotgan edi?

A.Kelinoyisini onasini aytgani. B.Shifokorni aytgani. S. Akasini aytgani.

5.Pirimqul Qodirovning “Xatarli uchrashuv” hikoyasida yigitni qochishdan qanday hayol

tutib qoladi?

A.Qo’rqqanga qo’sh ko’rinar degan. B. Qochsam quvadi degan. S.Yarador bo’laman degan.


TO’G’RI JAVOB KALITI.

.

Savol

1

2

3

4

5

Javob

S

B

A

A

B

(Bolalar testni bajarib bo’lib, sheriklari bilan daftarlarini almashtirib tekshiradilar. Test natijalari aniqlanib g’olib guruh rag’batlantiriladi.)


III. YANGI MAVZUNI TUSHUNTIRISH.

Suhandon:Yangi avlod studiyasida yangi rukn. “Ola buzoq”.


Studiyada 4 – “A” sinfning Oliy toifali Boshlang’ich sinf o’qituvchisi Malohat Ergasheva.


O’qituvchi: Bolajonlar boshigizni parta ustiga qo’yib dam oling va tinglang. Tun.

( “ Kun va Tun “ o’yini o’tkaziladi.)

Bir bor ekan, bir yoq ekan , qadim zamonda emas, hozirgi zamonda bir ola buzoqcha bo’lgan ekan. U bir kuni onasi bilan o’tloqqa chiqibdi. U yerda sigirlar va buzoqlar, qo’ylar juda ko’p ekan. Onasi ola buzoqchaga uzoqqa ketib qolmasligini tayinlabdi. Lekin ola buzoqcha onasini gapini unutib, chopib- chopib o’tlab, qo’shiq aytib uzoqlarga o’tlab ketib qolibdi. Kech kiribdi .Onasi uni hech qayerdan topa olmabdi. Hali ham buzoqchadan xabar yo’q emish.

-Kun.

-Bolalar nima tingladingiz?

-Ertak nima haqida ekan?

(Ertak asosida savol – javob o’tkaziladi.)

-Bugungi sizlar bilan o’rganadigan mavzuimizni nomi ham ana shu “Ola buzoq” haqida ekan.

-Hammamiz darsligimizni 153- sahifasini ochamiz.

(Rasm asosida suhbatlashiladi)

-“Ola buzoq” she’rini O’zbek adabiyotining atoqli namoyondasi G’. G’ulom yozgan ekanlar.

- Darsligimizda G’. G’ulomning qanday asarlari bilan tanishdik.

- “Shum bola”, “O’ylashni o’rganamiz”.

-G’.G’ulom haqida nimalar bilasiz?






-G’. G’ulom 1903- yil 10 - mayda Toshkent shahrining Qo’rg’ontegi mahallasida mehnatkash oilasida dunyoga kelgan.

-G’.G’ulom 9 yoshida otasidan etim qolgan.G’.G’ulom avval eski maktabda , so’ngra rus tuzem

maktabida ta’lim olgan.

-Uning “Sen etim emassan” asari juda ta’sirli yozilgan.

-O’zbek she’riyatining otashin jarchisi, ulkan so’z san’atkori G’.G’ulom milliy adabiyotimiz rivojiga katta hissa qo’shgan adibdir. Adib 1966- yilda og’ir hastalikdan vafot etgan.

OLA BUZOQ G’AFUR G’ULOM

Uy ichimiz bilan shu kecha

U xlamadik oppoq tonggacha

Bizda qo’ng’ir sigir edi,

Sog’-salomat ko’zi yoridi.

Ola buzoq qashqasi ham bor,

Usti qora, bag’ri oppoq qor.

Tili huddi lola yaprog’i,

Safsargulday tikka qulog’i.

Dumi gajak, qo’ng’ir-qo’ng’iroq,

Sadaf munchoq tishi yaltiroq.

Olxo’riday quralay ko’zi,

Bosvoldiday cho’zinchoq yuzi.

Baqbaqasi marjon osganday,

Tumshug’iga chaqich bosganday.

Xiyol o’tmay burni terlaydi,

Nafasidan kelar sut hidi.

Burun ichi dona-dona ter,

Mo’lab-mo’lab allanima der.

Qamchindasta har bir oyog’i,

Biram jajji siliq tuyog’i

Ola buzoq tug’ilib oldi

Og’zimiz ham oqarib qoldi.

Katta bo’lsin ola buzog’im

Ovunchog’im, erkam, marog’im!



-She’r sizlarda yoqdimi?

-Buzoq nimaning bolasi?

-Shoir buzoqning ko’rinishi nimalarga o’xshatganini aytib bering.

-Tilini lola yaprog’iga.

-Qulog’ini safsargulga.

-Dumini gajak. Qo’ng’ir qong;iroqqa.

-Ko’zini olxo’riga.

-Yuzini bosvoldi qovunga.

-Baqbaqasini osilgan marjonga.

-Tumshug’ini saqich bosganga o’xshatadi.

-She’rda ma’nosini tushunmagan so’zlaringiz bormi?

-Lug’at ishi o’tkazamiz.

-Tushunmagan so’zlaringizni doskaga yozing.



LUG’AT ISHI.


Qo’ng’ir –jigarrang.

Gajak- jingalak.

Bosvoldi- qovun navi.


IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.


-She’rni navbat bilan o’qib chiqamiz.(She’rni o’qish qoidalari eslatiladi.)

KIM CHO”QQIGA CHIQADI ??















 






 


 




 




 


 






 

















  1. Ola buzoq she’rining muallifi kim?

  2. Buzoqning peshonasida nimasi bor?

  3. Kimlar tonggacha uxlamadi?

  4. Shoir buzoqning yuzini nimaga o’xshatdi?

  5. Shoir tilini nimaga o’xshatradi?

  6. Buzoqning nafasidan nimaning hidi keladi?

  7. Sutning foydali xususiyatlarini gapiring.

(G’olib aniqlanadi.)


Suhandon: Hurmatli tomoshabinlar. Endi e’tiboringizga Madina Turg’unpo’latovaning “Abadiy barhayot siymo.” haqidadi lavhasini havola qilamiz.


Kim ko’ribdur, ey ko’ngil’ ahli jahondin yaxshilig’,

Kimki ,ondin yaxshi yo’q, ko’z tutma ondin yaxshilig’.














Ha ,ushbu g’azalni eshitganimiz on ko’z oldimizda temuriylar avlodining iste’dodli vakili’ atoqli shoir, buyuk sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur hazratlari namoyon bo’ladi.

Shox va shoirning hayot yo’li, uning Hind tuprog’ida amalga oshirgan buyuk ishlari, jahon adabiyotiga qo’shgan ulkan hissasi birin –ketin gavdalanadi.

Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 -yil 14- fevralda o’zining “Boburnoma “ asarida mahorat bilan tasvirlangan g’o’zal Farg’ona viloyatining poytaxti Andijonda tug’iladi. Otasi- Temuriylar avlodidan bo’lgan Umarshayx Mirzo o’sha davrda Farg’ona viloyati hokimi edi.

1495- yil Umarshayx Mirzo fojeali ravishda vafot etadi. Viloyatni boshqarish 12 yosh Bobur zimmasiga tushadi.

Bolajonlar sizlar Bobur haqida nimalar bilasiz?


  • Toju taxt, saltanat ishlari, jangu jadallar – bularning bari uning murakkab hayotidan dalolat

beradi.

  • Bobur Shaybonixon qo’shinlari qamal qilgan Samarqandni tashlab, Afg’oniston orqali

Hindistonni egallaydi va umrining oxirigacha Hindistonda yashab , ijod qiladi, saltanatni

boshqaradi.

  • O’g’li Humoyun nabirasi Akbarlar uning faoliyatini davom ettiradi.

  • Boburiylar sulolasi bir necha yuz yillar davomida Hindistonda hukmronlik qilishadi.


- O’quvchilar shoir ruboiylaridan ham yod olganmisiz?


- Davlatga yetib mehnat elin unutma ,

Bu besh kun uchun o’zingni asru tutma .

Borg’onni kel emdi, yo’q qilmay ey do’st,

Borish- kelishingni lutf etib o’ksitma.


  • Eshitsa kishi bu sho’ru shevan ne degay,

Doim bu tariq ichgunu ko’rgan ne degay.

Dushman so’ziga kirma , eshit do’st so’zin,

Eshitmasa so’zni do’st, dushman ne degay.


-Bobur o’zbek adabiyotida lirik janrlar rivojiga katta hissa qo’shgan xassos shoirdir. Uning lirikasini g’azal, ruboiy, qit’a, tuyuq, masnaviy va muammolar tashkil etadi.


-Bobur she’riyatida ona yurtga muhabbat , Vatanni qo’msash motivlari keng ko’lamda ifoda etadi.

  • Davron meni o’tkardi sar-u somondin,

Ayirdi meni bir yo’la xon-u mondin.

Gah boshima toj, gah baloyu tana ,

Nelarki boshimga kelmadi davrondin.


  • Tole yo’qi jonimg’a balolig’ bo’ldi,

Har ishniki ayladim , xatolig’ bo’ldi.

O’z yerni qo’yib, Hind sori yuzlandim,

Yorab netayin, ne yuz qarolig’ bo’ldi.


-Madina : Ozining qisqa 47 yillik umri davomida naqadar buyuk ishlarni amalgam oshigan,

qudratli davlat barpo etgan, ajoyib asarlari bilan dunyo ahliga tan olgan bobomiz

bilan qancha faxrlansak, arziydi.


-Bolajonlar biz kimning farzandlarimiz?


-Biz kimning farzandimiz?

-Biz prezident farzandlarimiz.

-Biz O’zbekiston farzandlarimiz.

Madina:Barakalla meni juda xursand qildingiz . Doimo Vatanga sodiq farzandlar bo’lib voyaga yeting.

V.O’quvchilarni baholash.

(Bugungi dars xulosalanadi. Darsda aktiv ishtirok etgan bolalarni ballari e’lon qilinadi).

VI.Uyga vazifa.

Suhandon: Shuning uchun yangi avlod studiyasi o’z ko’rsatuvlarini yakunlaydi. Kelgusi ko’rsatuvimizga qadar “Ola buzoq” haqida tushunganlaringizni yozib yuboring, u asosida rasm chizing va yod oling.


O’qituvchi: Mana o’quvchilar dars tamom bo’ldi,

Javobingiz tinglab ko’nglim ham to’ldi.

Endi tanaffusga chiqingiz shodon,

Ertagacha xayr sog’ bo’ling omon.


Siz istiqlol tongi yuz ochgan g’uncha,

Hali qatingizda qanchalar sir bor.

Qaroqlaringizdan nur porlar buncha,

Olloh bermish sizga buyuk iqtidor.

Erta ko’kda quyosh bo’lib porlarsiz,

Nuringiz yoritar jumla-jahonni.

Xalqlarni birlikka, haqqa chorlarsiz

Dovrug’in taratib O’zbekistonni.














FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


1. O’qish kitobi. 4-sinf uchun darslik. S. Matchonov, A. Shojalilov,

X.G’ulomova,Sh. Sariyev Z. Dolimov.

2011-yil TOSHKENT.

Yangiyo’l poligrafiya servizi”

2. Boshlang`ich ta`lim jurnali. 2020 yil 2-son.

3.Ish tajribadan.


















































































10



Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Начальные классы

Категория: Планирование

Целевая аудитория: 4 класс.
Урок соответствует ФГОС

Скачать
4-sinf O'qish "Ola buzoq"

Автор: Boltaboyeva Muyassar Yoldoshevna

Дата: 21.04.2020

Номер свидетельства: 547558


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства