kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag'ishlangan tadbir.

Нажмите, чтобы узнать подробности

Данный конспект для проведения  мероприятия в начальных классах по теме "Захириддин Мухаммад Бобур"

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag'ishlangan tadbir.»

Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud ayyomiga ssenariy


SHOH VA SHOIR BOBOMIZ


Sahna chiroyli qilib did bilan bezatilgan. To’rida Bobur Mirzoning portreti, uning ruboiylaridan namunalar yozilgan plakatlar osilgan.


Assalomu-alaykum, hurmatli mehmonlar, aziz o‘quvchilar. Bugun biz shoh va shoir, davlat arbobi xamda buyuk sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga 537 yil to‘lganligi munosabati bilan o‘tkazilayotgan ushbu bayram kechasiga to‘plandik.


Mayin musiqa sadosi ostida sahnaga boshlovchilar kirib keladi va salomlashadilar.


1-boshlovchi Bobolar kalomi tilimda  doim, Sen  uchun  yuragim  qo`limda  doim. Sog`inganman  yurgan   yo`limda  doim, Vatan  yagonasan   dilimda  doim.                               2-boshlovchi Bu   yorug`  olamning   jannatlari   bor, Vatandan  bo`lagin    minnatlari  bor. Joningga   jonimning   payvandlari   bor Vatan  yagonasan  dilimda   doim.


1 – boshlovchi:

– Bugun biz sizlar bilan bu yerda temuriylar avlodining iste`dodli vakili, atoqli shoir, buyuk sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur hazratlarining tavallud ayyomini nishonlashga yig’ilganmiz.



2 – boshlovchi:

– Shoh va shoirning suronli hayot yo’li, uning Hind tuprog’ida amalga oshirgan buyuk ishlari, jahon adabiyotiga qo’shgan ulkan hissasi birin – ketin gavdalanadi.


1 – boshlovchi:

– Hurmatli mehmonlar, aziz ustozlar hamda o’quvchilar. Bugun biz sizlarga “Shoh va shoir bobomiz” nomli tadbirimizni e`tiboringizga havola etamiz.


1-o’quvchi Navobaxsh  elimning  navobaxshi  siz, Ta’rifingiz   qilmoqqa   ojizman  hazrat Avlodingiz  bizlar  duo  qilamiz.               Ijodingiz  gulshani  turfa   gullari Yillar   adog`ida  balq  urar  albat.


2-o`quvchi Bu  aziz  yurtimning  aziz  o`g`loni, Shoirsiz,  nosirsiz  buyuk  sarkarda. Ohla  chekib  charxning  jafolaridan Ko`nglingiz  shod  bo`lmadi  o`zga  yurtlarda. Bu  turkiy  dunyoni  birlashtiray  deb Umringiz  o`tdiku  jangu-xatarda


3-o`quvchi Ul  zamondan  topolmay   tole’ingizni, G`urbat  g`amin  to`kdingiz  zebu-zabarda. Ruhingiz  qo`llasin  bizlarni  doim, Xalqingiz  duosi  har  tong  saharda.



2 – boshlovchi:

– Z. M. Bobur 1483 yil 14 fevralda o’zining “Boburnoma” asarida mahorat bilan tasvirlagan go’zal Farg’ona viloyatining poytaxti Andijonda tug’iladi. Otasi – temuriylar avlodidan bo’lgan Umarshayx Mirzo o’sha davrda Farg’ona viloyati hokimi edi.


1 – boshlovchi:

– 1495 yil Umarshayx Mirzo fojeali ravishda vafot etadi. Viloyatni boshqarish 12 yoshli Bobur zimmasiga tushadi.


2 – boshlovchi:

– Toju taxt,, saltanat ishlari, jangu jadallar – bularning bari uning murakkab hayotidan dalolat beradi.


1 – boshlovchi:

– Bobur Shayboniyxon qo’shinlari qamal qilgan Samarqandni tashlab, Afg’oniston orqali Hindistonni egallaydi va umrining oxirigacha Hindistonda yashab, ijod qiladi, saltanatni boshqaradi.


2 – boshlovchi:

– O’g’li Humoyun, nabirasi Akbarlar uning faoliyatini davom ettiradi.


1 – boshlovchi:

– Boburiylar sulolasi bir necha yuz yillar davomida Hindistonda hukmronlik qilishadi.


2 – boshlovchi:

Endi o’quvchilarimiz ijrosida “Bobur va kabutar rivoyati”

 Sahna ko`rinishini namoish itamiz.

 (Bobur va kabutar) rivoyati.

Bobur va kabutar” rivoyati.

Mirzo Bobur yoshligidan ziyrak bola bo’lib o’sdi. Kunlarning birida Umarshayx saroy ayonlari bilan qasirda o’tirgan edi. Bir kabutar uchib kelib, ayvon peshtoqiga qo’ndi, “g’ulu-g’ulu’’ qilaverdi.

Umarshayx a’yonlaridan:



-“Kabutar ne deydur?”- deb so’rab qolibdi.

Anchadan buyon urush ko’rmay, qilichlari qonsirab qolgan a’yonlari:



-“Oliyhazrat, kabutar qilichlarni qindan sug’urmoq kerak, deydur”, -deb javob berishibdi.

Gapga qo’shilmay, bir chekada jim o’tirgan Mirzo Bobur :



-”Yo’q, kabutar unday demaydur, ota, u qovun sayliga chaqiribdur. Jonivor xushxabar keltirubdur’’, -debdi.



Umarshayx kabutarni tutib keltirishni buyuribdi.Kabutarni tutib kelib, oyog’dagi mis halqani olib qarashsa, ichidan bir xat chiqibdi . Xatda:



-”Oliyhazrat, qovun ayni pishdi. Kelib, qo’l urib bersalar’’,- deb yozilgan ekan. Mirzo Boburning gapi to’g’ri chiqqanidan hayratga tushgan Umarshayx o’g’lidan :

-”Bunchalik topqirlikning boisi nedur?”- deb so’rabdi.



-Ota, - debdi Bobur, -bu kabutarga e’tibor qilmadingiz. O’tgan yili qovun sayli xushxabarini xuddi mana shu jonivor keltirgan erdi, kaminaning ko’zi kabutarning o’ng qanotidagi qora xoliga tushgan zahoti uni tanidim va shu so’zni taxmin etdim, - deb javob beribdi.



Yosh Mirzoning hushyorligi, topqirligiga qoyil qolgan Umarshayx a’yonlariga qarab :

-”Qilichni emas, aql-idrokni ishga solmoq lozim. Xabar qilinglar, barcha qovun sayliga otlansin!’’ -deb farmoyish beribdi.


O’quvchilar shoir ijodidan namunalar keltirishadi.


1 – o’quvchi:

Davlatga yetib mehnat elin unutma,
Bu besh kun uchun o’zingni asru tutma.
Borg’onni kel emdi, yod qilma, ey do’st,
Boorish – kelishingni lutf etib o’ksutma.


2 – o’quvchi:

Eshitsa kishi bu sho’ru shevan ne degay,
Doim bu tariq ichguni ko’rgan nedegay,
Dushman so’ziga kirma, eshit do’st so’zin,
Eshitmasa so’zni do’st, dushman ne degay.


3 – o’quvchi:

Kim bor anga ilm tolibi ilm kerak, O`rgangani ilm tolibi ilm kerak. Men tolibi ilm-u tolibi ilme yo`q        Men bormen ilm-tolibi ilm  kerak.


4 – o’quvchi:

Yod etmas emish kishini g`urbatda kishi, Shod etmas emish ko`ngilni mehnatda kishi. Ko`nglim bu g`ariblikdan shod bo`lmadi oh, G`urbatda sevinmas emish albatda kishi.


5 – o’quvchi:

Ey oy yuzing oldida quyo`sh sarmanda,  Shirin so`zi yaxshi xulqingga men banda.



Hijronda necha noma bilan so`zlashlaring Yo sen beri kel, yo men borayin anda.


6 – o’quvchi:

Jismida isitma kunda mahkam bo`ladur. Ko`zdin uchadir uyqu chu oqshom bo`ladur. Har ikkalasi g`anim birla sabrimdek, Borg`on sari ortadur ul kam bo`ladur.


7 – o’quvchi:

– O’zbek adabiyotining atoqli namoyondalaridan biri Zahiriddin Muhammad Bobur o’zining qisqa va murakkab hayoti davomida sermahsul ijod qila olgan buyuk iste`dod sohibi edi.
Uning barcha asarlari bizgacha to’liq yetib kelgan emas.


8 – o’quvchi:

– Shoirning to’liq bo’lmagan devoni, “Mubayyin” nomli she`riy risolasi, “Volidiya” deb atalguchi kitobchasi, Bobur tuzgan “Xatti Boburiy” nomi bilan mashhur bo’lgan alifbo hamda yirik me`muar asar “Boburnoma” ana shular jumlasidandir.


9 – o’quvchi:

– “Boburnoma” asarining mazmuni rang – barang bo’lib, O’rta Osiyo, Afg’oniston, Hindiston, Eron xalqlari tarixi, geografiyasi va etnografiyasiga oid muhim ma`lumotlarni o’z ichiga olgandir.


10 – o’quvchi:

Tili va uslubi ravon hamda go’zal asarning asl nomi “Boburiya” bo’lsada, u “Voqenoma”, “Voqeati Boburiy”, keyinchalik “Boburnoma” deya atala boshlagan.





11 – o’quvchi:

– Asarni o’qir ekanmiz, o’sha davr Afg’oniston va Hindistonga taluqli bo’lgan geografik atamalar, o’simlik va hayvonot olami, tarixiy shaxslar bilan tanishamiz.



12 – o’quvchi:

– Farg’ona viloyati poytaxti bo’lmish Andijon haqida “Boburnoma”da juda keng ma`lumotlar berilganini guvohi bo’lamiz.



13 – o’quvchi:

– “Oshlig’I mo’l, mevasi farovon. Qovun va uzumi yaxshi bo’lur. Pishiqchilik mashali poliz boshida qovun sotish rasm emas” kabi go’zal vodiy tabiati va qadriyatlari haqida ham bilib olamiz.



14 – boshlovchi:

– XX asr o’zbek romanchiligida adibimiz Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” (“Bobur”), “Humoyun va Akbar” (“Avlodlar dovoni”) kabi tarixiy asarlari muhim rol o’ynaydi.



15 – boshlovchi:

– Yozuvchi Bobur hayoti, uning Hindistondagi faoliyatini, buyuk sarkarda tuzgan ulkan saltanat Boburiylar saltanati davomchilarini romanlarida g’oyat mahorat bilan tasvirlab bergan.



16 – boshlovchi:

– Asarni o’qir ekanmiz, buyuk siymo Zahiriddin Muhammad Boburning dastlab Andijondagi hayoti va ijodi bilan mukammal tanishamiz.



17- O’quvchi:

– Bobur o’zbek adabiyotida lirik janrlar rivojiga katta hissa qo’shgan xassos shoirdir. Uning lirikasini g’azal, ruboiy, qit`a, tuyuq, masnaviy va muammolar tashkil etadi. Bobur she`riyatida ona yurtga muhabbat, vatanni qo’msash, motivlari katta o’rin egallaydi. U ushbu kechinmalarini, ayniqsa ruboiylarida keng ko’lamda ifoda etadi.


1 – boshlovchi:

Endi o’quvchilarimiz ijrosida “Hidi, tilimi, mazasi.

rivoyati”

 Sahna ko`rinishini namoish itamiz.

 (“Bobur va qovun haqidagi” rivoyati).

Sahnaga Bobur va vaziri kirib keladi .

Bobur:- xomush holda ushbu baytni o’qiydi.


-Tole yo`q jonimg’a balolig` bo`ldi, Har ishniki ayladim  xatolig’  bo`ldi. O`z yerni qo`yib Hind sori yuzlandim, Yo rab netayin, ne yuz qarolig’ bo`ldi.


 Vazir:-Shohim nechun xomushsiz?


Bobur:- Ona yurtim, Andijonimni sog’indim. Vatanim mevalarini tuprog’in hidini sog’indim.


Vazir: - Dehqonlar Andijondan siz uchun qovun keltirishibdur.


Bobur:- Olib kiringlar!


Qovunni olib kirishadi.


Bobur qovunni uzoq hidlab yuz – ko`ziga surtadi va o`ta g`amgin holda gapiradi:


Andijon  shahridan  uchib  bir  yulduz, Hindiston  tojiga  gavhardek  qo`ndi. Otash  yuragida  aylanar  bir  so`z, Andajon  qoldi-ki,  andajon  qoldi.


Xalqing   buyuk  o`g`ling,  buyuk  sholi  o`g`ling, Boburning  qalbida   bir  armon  qoldi. Nolasi  kuydurar  to  abad    bag`ring, Andajon  qoldi-ki,  andajon  qoldi.


Dunyo  charxpalagi  tinmayaylanar, Talato`p  zamonlar  o’taveradi. Asrlar  qa’ridan   bir  so`z  ingranar, Andajon  qoldi-ki,  andajon  qoldi.


O’quvchilar Z. M. Bobur ruboiylaridan namunalar o’qishadi.


18- O’quvchi:

Davron meni o’tkardi sar-u, somondin,
Ayirdi meni bir yo’lda xon-u mondin.
Gah boshima toj gah baloyi ta`na,
Nelarki boshimg’a kelmadi davrondin.


19- O’quvchi:

Tole yo’qe jonimg’a balolig’ bo’ldi,
Har ishniki ayladim xatolig’ bo’ldi.
O’z yerni qo’yib Hind sori yuzlandim,
Yorab netayin ne yuz qarolig’ bo’ldi.


20- O’quvchi:

Hijron qafasida jon qushi dam qiladur,
G’urbat bu aziz umrni kam qiladur.
Ne nav`bitay firoqu g’urbat shahrin,
Kim ko’z yoshi nomaning yuzini nam qiladur.


21- O’quvchi:

Ko’pdin berikim yoru diyorim yoqtur,
Bir lahza – yu bir nafas qarorim yo’qtur.
Keldim bu sori o’z ixtiyorim birla,
Lekin borurimda ixtiyorim yo’qtur.


22- O’quvchi:

Yo qahr-u g`azab birla meni tufroq qil Yo bahri inoyatingda mustag`roq qil Yo  rab ,sendadur yuzim qaro gar oq qil Har nav, sening rizong erur andoq qil.


23- O’quvchi:

Ey yel borib ahboda nomini degil Har kim meni bilsa ham paymonimni degil. Mendin demagin gar unitilgan bo`lsam Har kimki meni so`rsa salomimni degil.


24- O’quvchi:  Boburning she`ri

Ey  sevimli  aziz  avlodim, Bog`  yaratdim  hamda  betakror. Boburnoma  mendanda  yodgor, Tanim  qolur  hind  tuprog’ida. G`azalimga  kuylar  bastalang Jonim  chiqar   qalbimda  dodim, Ruhim  uchun  sokinlik  tilang.



    1- Boshiovchi: Mana bobomizning  so`nggi  so`zlaridan  bilib  oldikki,  u  kishi  o`zning  g`azallarini el  orasida   kuylanishini   juda  xohlaganlar. O`zbekiston  xalq  artisti  Ozodbek Nazarbekov  bobomizning  “Chiroyligim”  nomli  g’azalini    yangicha  talqinda  juda  zo`r  mahorat  bilan  ijro  etganlar.   Hozir  shu  g`azalni  e`tiboringizga  hovola  etamiz….                                Raqs “  Chiroyligim

2 – boshlovchi:

– Shoir buyuk mutafakkir Alisher Navoiy ananalarini davom ettirib vatanga muhabbat, insonparvarlik, ma`rifatparvarlik, yorga muhabbat g’oyalari bilan sug’orilgan ajoyib asarlar bitdi.


1 – boshlovchi:

– U axloq – odob mavzusiga e`tiborni qaratdi. Yaxshilikni ulug’ladi, xalq manfaatlarini o’yladi. Inson qadr – qimmatini yuqori tutdi. Odamlarni kamtarin, ko’rkam fazilatlar egasi bo’lishga da`vat etdi.


O’quvchilar shoir ijodidan namunalar o’qishadi:


25- O’quvchi:  
Bu zamonni naf`y qilsam, ayb qilma, ey rafiq,
Ko’rmadim hargiz netayin, bu zamondin yaxshilig’.
Dilrabolardin yomonliq keldi mahzun ko’ngluma,
Kelmadi jonimg’a hech oromijondin yaxshilig’.


26- O’quvchi:  
Ey ko’ngul, chun yaxshidin ko’rdung yomonlig’ asru
Emdi ko’z tutmoq ne ya`ni har yomondin yaxshilig’.
Bori elga yaxshilig’ qilg’ilki, mundin yaxshi yo’q,
Kim degaylar dahr aro qoldi falondin yaxshilig’.
Yaxshilig’ ahli jahonda istama Bobur kibi
Kim ko’ribdur, ey ko’ngul, ahli jahondin yaxshilig’.



27- O’quvchi: Bobur she`ri

Asli  naslim  so`rasangiz,  Men  o`zbek  farzandiman. Farg`onaning  bo`lagi,


Andijon  farzadiman. Amir  temur  bobakalonim, Umarshayx  padari   buzrukvorim. Toshkent  xoni  chin  Yunusxonim, Qutlug`Nigor  tadbirkorim  onam. Andijonda  tug`ildim,  o`sdim, Hindistonda    bog`lar  yaratdim, Mussavirlar   bo`lishdi  do`stim Vatan  deya  qalam   tebratdim. O’n ikkida  shoh  bo`ldim, Sahroyu  tog`lar  oshdim. Andijonu  Samarqand Yo`llarida  adashdim. Goh  quvondim  o`rtandim, Gohida yondim shoshdim. Men Zahiriddin  Muhammad Bobur. Bir qo`limda qalam-u Birida qilich tutdim. Urushdim mag`lub bo`ldim, Yutdimu g`azal bitdim. Yurtim deya sarg`aydim, Bu yo`lda gado bo`ldim MenZahiriddin  MuhammadBobur.


28- O’quvchi:

 – O’zining qisqa – 47 yillik umri davomida naqadar buyuk ishlarni amalgam oshirgan qudratli davlat barpo etgan, ajoyib asarlari bilan dunyo ahliga tanilgan bobomiz bilan qancha faxrlansak arziydi.



29-O’quvchi:

– O’zbeklarning bir yaxshi odati bor, qayerga borsa bog’ yaratadi, go’zallik bunyod etadi. 1504 yili Bobur Qobulni egalladi. Bu yerda ham u bog’u rog’lar yaratishga kirishdi. Aytishlaricha Bobur Qobulda o’rta bog’ barpo qilgan. 1508 – 1509 yillarda esa Odinapur qal`asi yaqinida “Bog’I Vafo” nomli bog’ bunyod qildirdi.


30-O’quvchi:

– Aytishlaricha xushbo’y atirgulni Hindistonga birinchi bo’lib Bobur keltirgan ekan. Bobur Mirzo tabiat go’zalligini nihoyatda chuqur xis qiladigan inson bo’lgan. U o’zining “Boburnoma” asarida Dashti Shayx qirlari etagida o’sadigan lolaning 33 xilini aniqlab, yozib qoldirgan.



31-O’quvchi:

– Zahiriddin Muhammad Bobur ijodiyotiga har qancha xavas qilsa, undan har qancha saboq olsa arziydi. Bobur hayotida qanday bo’lgan bo’lsa, yozgan aarlarida ham shunday: mard, rostgo’y, tabiiylikni nihoyatda qadrlovchi, samimiy tavakkal va zavq sohibidir.



32-O’quvchi:

– Bobur xalqimizning har jihatdan yetuk iste`dodli farzandi. U (1521) “Zakot bayoni” asari, (1525) “Muxmasar” nomli risola “Xarb ishi”, “Musiqa ilmi” nomli asarlari nafaqat o’zbek adabiyoti balki jahon adabiyotining nodir namunasi sanaladi. Bobur asarlari orqali, ham shoh, ham shoir, ham olim, ham oshiq, ayni paytda g’urbat o’tida bag’ri yongan bir g’arib bo’lib so’zlashadi biz bilan.


33-O’quvchi:

– Zahiriddin Muhammad Bobur bor yo’g’I 47 yil umr ko’rgan bo’lsa, shundan 36 yilini uch mamlakatda: Movarounnahrda, 22 yili Qobulda va 5 yili Hindistonda o’tdi.


34- O’quvchi:

– Zahiriddin Muhammad Bobur biz uchun mahobatli bir yulduz. Uning zavq baxsh umri hech qachon so’nmaydi. Ana shu musaffo nur sizu bizning ong va idrokimiz yorishuviga hizmat qiladi. Bundan qarib 5 asr muqaddam shunday bo’lgan. Hozir ham shunday, keyin ham shunday qolajak.


35-O’quvchi:

– Uning asarlari dunyoning ko’plab tillariga tarjima qilingan. Vatanimizning eng diqqatga sazovor joylari shoir nomi bilan ataladi. Bu kun uning haykali poyida anvoyi gullar yashnab turibdi.


O’quvchilar ijrosida Vatan haqida ko’shiq.”O’zbekiston”.



Mana azizlar! Shu bilan ulug’ sarkarda iste`dodli shoir Zahiriddin Muhammad Bobur ijodiga bag’ishlangan kechamiz o’z nihoyasiga yetdi.



Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Начальные классы

Категория: Мероприятия

Целевая аудитория: 3 класс.
Урок соответствует ФГОС

Скачать
Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag'ishlangan tadbir.

Автор: Axmadjanova Umida

Дата: 19.02.2020

Номер свидетельства: 540404


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства