kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Tadbir ishlanma:"Sen baribir muqaddassan muqaddas ayol"

Нажмите, чтобы узнать подробности

Ayollat haqida tadbir ishlanma 

O'quvchilar  she'r va qo'shiq aytishadi

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Tadbir ishlanma:"Sen baribir muqaddassan muqaddas ayol"»

SEN BARIBIR MUQADDASSAN MUQADDAS AYOL”

1-boshlovchi:

Bu kun o`zgachadir jilvali olam

Bu kun o`zgachadir borliqda xanda

Bu kun ko`zlarimga hatto quyosh ham

Shafaq gulshanidek terang chamanda

2-boshlovchi:

Assalom ustozlar qalbi daryolar,

Mehr ummonida cheksiz dunyolar.

Siz jahon osmonining quyoshi-mohi,

Ma`rifat maskanining erursiz shoxi.

3-boshlovchi:

Siz bilan munavvar jahon osmoni

Poyingizdan unar jannat rayhoni

Siz qorong`u tunni yorutuvchi sham

Millat ertasisiz, bugunisiz ham.

4-boshlovchi:

Salqin saharlarda bodom gulida

Binafsha labida, qirlarda bahor

Qushlarning parvozi, ellarning nozi

Baxmal vodiylarda ,qirlarda bahor

5-boshlovchi;

Assalom mo`tabar, aziz onalar

Assalom olamning oliy kalomi!

Ta`zim aylagayman,sizga ey ustoz

Bu mening samimiy ko`nglim salomi

6-boshlovchi:

A

ssalom alaykum ,aziz mehmonlar, munis onajonlar, qalbi daryo ustozlar, gulgun chehrali lobar qizlarjon.

7-boshlovchi:

Assalom deymanu ko`ksimda qo`lim

Assalom deyman-u aylayman ta`zim

Assalom ustozlar, qalbi quyoshlar

Davraga yig`ilgan barkamol yoshlar

8-boshlovchi:

Maktabimizda zo`r bir anjuman

Bugun o`zgachadir ko`zlarda quvonch

Bugun dildan toshar otashin kalom

Deyman chin yurakdan salom-assalom

9-boshlovchi:Assalom alaykum mehri daryo, qalbi qaynoq ustozlar, aziz ota-onalar. Bugun sizlarning e`tiboringizga 2-“A” sinf o`quvchilari tomonidan tayyorlangan

SEN BARIBIR MUQADDASSAN MUQADDAS AYOL”

deb nomlangan kechamizni havola etamiz.

10-boshlovchi:Marhamat tomosha qiling.

Buvijon raqsi

11-boshlovchi:

Tabiat uyg`onar, uyg`onar zamin,

Osmon childirmay bermoqda sado

Bahor taronasi atrofda bu kun

Quyoshdan nur emas taralar navo

12-boshlovchi:Bahor Yangilanish, yasharish fasli hisoblanadi. Mana bugun bahor faslining yana bir nafis bayramini nishonlash uchun jam bo`ldik.

13-boshlovchi: Onajon sizni ta`riflash uchun dil so`zlariyu, qalam kuchi ojizdir.

Buyuk allomalarning beshigini taaebratgan, mehribon, munis, mag`rur, buyuk jafokash, zahmatkash siz onalar!

14-boshlovchi:

Quyosh olar nurni

Onalarning qalbidan

Tog`lar olgan bardoshni

Onalarning sabridan

15-boshlovchi:Bahor ona, Bahor yaratuvchi fasl.Bahor bu ayol. Dunyoda barcha zotlarni ona yaratadi va tarbiyalaydi. Barcha buyuk zotlarni ona voyaga yetkazgan.

1

6-boshlovchi:

Onam desam tog`lar egar bosh

Onam desam suvdek erur tosh

Onam desam qush yozar qanot

Onam desam o`zi bir jahon

17-boshovchi;

Siz emasmi Navoiyning onasi,

Siz emasmi Amir Temur onasi.

Siz emasmi Ulug`bekni,Bobur onasi,

Siz barcha-barcha yirik zotlar onasi.

Hamma:

Sizga ta`zim, sizga ehtirom,

Sizga olqish, sizga sharaf.

Yor-yor o`yini

18—boshlovchi:

Ona borki olam munavvar

Ona borki, shodlik muqarrar

Ona borki, kelajak bordir

Ona borki, go`zallik bisyor

Ona borki, hator muqarrar

Ona borki, doimo bahor.

1

9-boshlovchi:Onajonginam! Bir parcha etni avaylab, e`zozlab, ardoqlab katta qilgan , hayot bergan ona .Axir tonggacha ko`z yummasdan bedor chiqqan siz emasmi?

20-boshlovchi:

Istasang quyoshni olib beraman,

Nuridan poyondoz solib beraman.

Qolgan umrimni ham senga beraman,

Yana bir marta ayt ona allangni.

21-boshlovchi:

Istasang ko`zlarim nurini olgin,

Yo marjon tishlarim durini olgin

Istasang qalbimni qo`rini olgin,

Yana bir marta ayt ona allangni.

22-boshlovchi:Xalqimiz orasida shunday naql bor, Ota-onangga , hatto kaftingda non pishirib bersang ham ularni qarzini uza olmaysan.

23-boshlovchi:

Go`zal yuzingizga

Boqib to`ymayman

Sizni hech vaqt

Xafa qilib qo`ymayman

24-boshlovchi:

Sizga xizmat qilib

Hech ham tolmayman

Qarzimni hech qachon

Uza olmayman.

25-boshlovchi:Olamni munavvar aylagan zot bu ona. Ona so`zi uch harfdan iborat bo`lib , “O- oriyat”, “ N-nafosat” , “A-andisha” degan ma`nolarni bildiradi.

26-boshlovchi:

Sen uchun farzanding baxti bo`lsa bas,

O`tkinchi dunyoni qilmaysan havas.

Har kiygan libosing malaklarga xos,

Muqaddas azizsan, o`zbek ayoli

27-boshlovchi:Azaldan ajdodlarimiz ayolga ahtirom ko`rsatishgan. Hatto payg`ambarimiz ham – “JANNAT ONALAR OYOG`I OSTIDADIR”- deb marhamat qilganlar.

28-boshlovchi: Mustaqillikka erishgan kunlarimizdan boshlab davlatimiz ayollarga alohida e`tibor qaratib kelmoqda. 1999 yilning “Ayollar yili” deb nomlanishi shu tufaylidir.

29-boshlovchi:”Insoniyat shundan guvohlik beradiki, ming yillar davomida har qaysi jamiyatning madaniy darajasi va ma`naviy barkamolligi, ayollarga bo`lgan munosabat bilan belgilanadi. Ayniqsa, ayollarga sharqona ehtirom va e`zoz biz uchun ibratli merosdir”

Sobiq Prezidentimiz Islom Karimov

Sahna ko`rinishi

30-boshlovchi:1991-yilda O`zbekiston Xotin-qizlar qo`mitasi tashkil etildi.

31-boshlovchi:1991-yilda O`zbekistonning ishbilarmon ayollari uchun “Tadbirkor ayol” uyushmasi tashkil etildi.

32-boshlovchi:Mamlakatimizda 5mln dan ortiq ishbilarmon ayollar o`z biznesini muvaffaqiyatli amalga oshirmoqda.

33-boshlovchi:O`zbekistonda 10 mingdan ortiq olima ayollar bor.

34-boshlovchi:Respublikamiz barcha faol mehnat resurslarining 45 foizini ayollar tashkil etadi.

35-boshlovchi:O`zbekistonda ayollar umri o`rtacha 67 yoshdan 75 yoshga uzaydi.

36-boshlovchi:Shahrimizdagi mavjud maktablarning 90 foizini fidoyi rahbar

onajonlarimiz boshqarib kelmoqda.

37-boshlovchi:Xuddi shuningdek 2-maktabni oqilona boshqaruvchisi viloyat xalq deputati Isanova Z.Sh . misolida ham muqaddas ayol timsolida ko`rishimiz mumkin.

38-boshlovchi: Shodiyeva Hamratosh Normurodovna Kattaqo`rg`on shahrida xalq qabulxonasi rahbari, viloyat xalq kengashi deputati, o`z kasbining va vazifasining fidoiysi, mehribon ustoz, dunyoqarashi keng, jamiyatda o`zining bilimi, ishbilarmonligi bilan xalq qalbiga yo`l topaoladigan rahbar muammoli masalalar yechimini topishda yetakchi oqila ayol.

39-boshlovchi:Feruza Shavkatovna Kattaqo`rg`on shahar hokimligi xotin-qizlar ishlari bo`yicha hokim o`rinbosari,xotin-qizlarga o`zining fidoiyligi, jonkuyarligi bilan hurmat qozongan fidoyi oqila ayol.

40-boshlovchi:

Onam mening baxtimmening hayotim,

U mening borlig`im ko`kdagi oyim.

Yuragimda o`chmas mangu hayotim,

Xudoyim onamni asragin doim.

41-boshlovchi:

Tongda turib menga baxtlar tilagan

O`tirsa tursa ham baxtlar tilagan

Yo`qlasam yupatib boshim silagan

Xudoyim onamni asragin doim

42-boshlovchi:

Shu onadir unutma,

Ta`zimda bo`l eg boshing

Bir kun qo`ldan ketganda,

Befoyda to`kkan yoshing

43-boshlovchi:Ba`zi farzandlar onalariga tik qarab hattoki qo`l ko`tarishgacha boradilar. Onaning qarzidan hech vaqt qutila olmaymiz. Shu orada bir rivoyat

keltirmoqchiman.

44-boshlovchi: O`tgan qadim zamonda bir yigit onasini opichlab Makkayu- madinaga olib boribdi va ollohdan so`rabdi.

Ey Olloh, men endi onam oldidagi qarzidan qutuldimmi?

Olloh shunda javob beribdi.

-Sen onang bir kecha bedor bo`lib, bir marta bergan oq suti haqqidan endi qutulding debdi.

45-boshlovchi:Ha rivoyatdan xulosa shuki buyuk zot ona qadrini ona bo`lganda bilsan deganlari rost.

46-boshlovchi:Onalarning farzandga haqlari juda ko`pdir. Garchi uni boshingda ko`tarb, hajga olib borib kelsang ham, bir kechalik uyqusini buzib, senga bergan oq suti , aytgan allasining haqqini uzolmaysan.

47-boshlovchi:Onalarga biz farzandlaridan ko`p narsa kerak emas. Spog`-omon tinch baxtli-saodatli bo`lsak shuning o`zi kifoya . Farzand kamoli ona iqboli.

O`yin.

48-boshlovchi:

Senga aziz mehribon

Oq sut bergan onajon

Yotsang tursang soyabon

Parvonang shu onadir

49-boshlovchi:

Yaxshi-yomon kuningda

Peshanangdan suyuvchi

Holing ko`rib bolam deb

Ham quvonib kuyuvchi

48-boshlovchi:

Onang gar bor bo`lsalar madur bo`ling,

G`animat deb xizmatida tayyor bo`ling

Bobur kabi so`ng o`rtanmang,hushyor bo`ling

N

ima qildim yolg`izgina onamga deb

49-boshlovchi:

Sen uchun boshimiz egikdur mudom,

Sen uchun yurakda,dilda ehtirom

Noming aytsam,jaranglar bir nom,

Aziz va munissan –o`zbek ayoli

50-boshlovchi:

Onajon qarzdorman bugun qoshingda

Senga iliq so`lzar baxsh etgum kelar

Eng nafis gullarni to`kib boshingdan

Mehring yuragimda naqsh etgum kelar

5

1-boshlovchi:Ayol oila o`chog`ini yoqadi butun imkonini ishga solib , o`z bolasini bag`rida bo`ron va dovullardan sog`-salomat olib o`tadi, kelajakka poydevor qo`yadi.

52-boshlovchi:

Husn-u malohatning tengsiz timsoli,

Farzand baxtin ko`rish oy-u xayoli

Farishtaga o`rnak oydek jamoli,

Aziz mukarramsan- o`zbek ayoli.

Hurmatli va aziz ustozlar. Shuning bilan 2-“A” sinf o`quvchilari tomonidan tayyorlangan “Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol” nomli ochiq tarbiyaviy soatimiz o`z nihoyasiga yetdi.









KATTAQO`RG`ON SHAHAR

2-UMUMTA`LIM MAKTABI

BOSHLANG`ICH SINF O`QITUVCHISI

TOSHPO`LATOVA INOBATNING

2-“A” SINF BILAN

8-MART “XALQARO XOTIN-QIZLAR KUNI”GA BAG`ISHLANGAN

SEN BARIBIR MUQADDASSAN MUQADDAS AYOL”








Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Начальные классы

Категория: Мероприятия

Целевая аудитория: 3 класс.
Урок соответствует ФГОС

Скачать
Tadbir ishlanma:"Sen baribir muqaddassan muqaddas ayol"

Автор: Toshpo'latova Inobat Ilmuratovna

Дата: 31.03.2020

Номер свидетельства: 544766


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства