kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Сценарий праздника по "Ассалом Навруз"

Нажмите, чтобы узнать подробности

Сценарий праздника по "Ассалом навруз"

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Сценарий праздника по "Ассалом Навруз"»



Xorazm viloyati Yangiariq tumani 5- son maktab boshlang`ich sinf o`qituvchisi Sultonova Sharofat





Assalomu - alaykum bizning Sevimli nashrimiz bo`lgan “ Boshlang`ich ta`lim ” jurnalining fidoiy ijodkorlari , zamon bilan hamnafas yashab , tinib – tinchimayotgan juda ilg`or izlanuvchi xodimlar. Sizlarni qancha ardoqlasak , maqtasak , ta`riflasak kam . Chunki respublikamizda hali hech bir nashr “ Boshlang`ich ta`lim ”chalik intiqlik bilan bolalarga xos sabrsizlik bilan kutib ardoqlanmasa kerak. Boshqalarni bilmayman-u , lekin bizning Xorazmda va aynan bizning 5- son maktabimiz pedagoglari orasida o`z o`rniga va qadr – qimmatiga egaligi bilan hamma nashrlardan ajralib turadi. Buni har yili yil boshida o`z hohishlarimiz bilan birinchilardan yillik obuna bo`lishlarimizdan ham bilib olsak bo`ladi. Jurnalning har bir sonini boshqalar qatori biz ham sabrsizlik bilan kutamiz , chunki aynan biz kutgan , biz izlayotgan hamma metodik materiallarni , yordamlarni , har bir darsimizda qo`llash mumkin bo`lgan metodlarni biz tushunadigan tilda boshlang`ichlarga xos aniqlik va soddalik bilan qabul qiladigan tarzda yoritib beriladi .Buning uchun biz jurnalning barcha ijodiy jamoasidan hamisha minnatdormiz , doimo el ardog`ida bo`lishlaringizni , ishlab sira tolmasliklaringizni , bundanda yana gullab – yashnab faoliyat yuritishingizni , ishlaringiz davomiy va umrboqiy bo`lishini tilab qolamiz.

Sizlarga sog`lik tilab 25 yillik boshlang`ich pedagog Sultonova Sharofat ustoz.

























Assalom Navro`z” bayram senariysi.

Jarchilar: Odamlaru-odamlar. Eshitmadim demanglar.

Eshitmasdan qolmanglar, O`zimizni Navro`zni

Navro`zi dilafrozni shodon kutib olamiz.

Katta bayram qilamiz. Xe-xe-xey.

1-Boshlovchi:

Salom senga, Navro`zi olam

Salom senga bahor ayyomi

Senda olqish, senga sharaf-shon

Yasha rayhon, nahor bayrami.

Assalomu alaykum, qadrli bayram qatnashchilari hurmatli mehmonlar! Mana, bugun diyorimizda bayram. Bahor tarovаti bilan yashagan yurtimiz go`shalarida o`zgacha shodiyona. Chunki Navro`z – yangi kun, yasharish, yangilanish faslidir.

2-Boshlovchi: : Assalomu alaykum hurmatli ko`zlarida bir olam quvonch bilan bizlarga boqib turgan muallima ustozlar, do`stlar tengdoshlar. Navro`z necha ming yillardan beri nishonlanib kelinayotgan turkiy xalqlarimizning azaliy bayramidir. Eng go`zal odatlar insoniy qadriyatlar bu ayyomda o`zini namoyon etadi.

Kishilar bir – birlariga shirinso`z bo`ladilar, ginalar unitiladi. Bas shunday ekan ham bugungi bayram kechamizni yaxshi kayfiyat bilan o`tkazaylik.

1-Boshlovchi: Bayramimizga Navbahor bilan Navro`zoy ham tashrif buyurishgan. Ularni kutib olaylik. Salom bahor, salom Navro`z Marhabo, Hush kelibsiz!

Navbahor: Mana men go`zal bahor

Yetib keldik sizlarga

Jon kiritdim daraxtlaru

G`unchalar, ildizlarga

Navro`zoy: - Sarpo kiydi bog` dalam

Qirda yoqut piyolam

Oftob shulasi alvon

Kamalak ko`kda narvon.

1-Boshlovchi : Oltinoy bu go`zal bayramni gullarsiz tasavvur qilish qiyin.

2-Boshlovchi:– Ha, Shahnoza, bugun davramizga ular ham tashrif buyurishgan. Ularni kutib olaylik. Gullar she`r aytadi.

Ruhsora: 1) Keldi bahor, keldi ko`klam

Bizlar ko`klam elchisi.

Bizni bahor boshlab keldi.

Navro`z – bahor elchisi.

Maftuna: 2) Gullar har xil, Ra`no, Nargiz.

Hamda safsar Bo`tako`z

Aslidachi inson guli

Jigarbandi, sizu biz.

Mahliyo: 3) Navro`z kabi yashnab yursin

Dugonalar o`rtoqlar

Ko`zin ochsin do`stlik, mehr

Ilm kabi buloqlar.

Lobar: 4) Sayli xurramdir bugun

Navro`zi olamdir bugun

Qon-qarindosh yoru do`stlar

Ulfati jamdir bugun.

Nodira: 5) Hush kelibsan, marhabo

Jonga-jon Navro`zimiz

Dillar aro kuy-navo

Jonga-jon Navro`zimiz.

Qo`shiq:

  1. Boshlovchi: Birdan osmon qorayib ketdi

Bosdi paxmoq bulut qalasi

Ufqlarda chaqmoq yilt etdi

Sharroz quydi bahor elchisi.

Sahnada Bo`ron paydo bo`ladi.

Bo`ron: Hukmimni o`tkazaman

Zahmatlar yetkazaman

Navbahor: Yo`q-yo`q, Bo`ronjon, shoshmagin

Ko`p haddingdan oshmagin

Qahring qattiq bo`lmasin

Gul, chechaklar so`lmasin!

  1. Boshlovchi: Xafa bo`lma Navbahor

Yoningda do`stlaring bor.

  1. Boshlovchi: Quyosh boboni chaqiramiz.

Atrof nurafshon bo`lsin

Borliq nurlarga to`lsin.

Quyosh bobo: Labbay, aziz bolalarim

Guli rayhon lolalarim.

Ne nohushlik ro`y berdi.

Boshlovchi: Quyosh bobo Bo`ron bolalarni qo`rqitdi.

Quyosh bobo: Ey, sho`x qaysar Bo`ronvoy

Ozor berma bog`larga

Agarda sen mard bo`lsang

Boraqol muz tog`larga.

Bo`ron: Xo`p bo`ladi bobo quyosh.

So`zingizga eggum bosh:

Xayrlashib chiqib ketadi.

Boshlovchi: Bolalar endi navbatni bahor haqidagi kuy qo`shiqlarga bersak. Marhamat.

“Uch patir yopdim”, “Bog`imda gullar chaman”, “Boychechak”, “Yomg`ir yog`oloq” kabi qo`shiqlar o`quvchilar tomonidan kuylanadi. Shundan keyin ertalik yakunlanadi.



Xorazm viloyati Yangiariq tumani 5- son maktab boshlang`ich sinf o`qituvchisi Sultonova Sharofat





































BOLALIGIM – PODSHOLIGIM



Qo'shiq bilan bolalar davradan joy oladilar:

- Keling, do'stlar,

Keling, do'stlar,

Davramizga marhabo.

Quvnoqlikda, zukkolikda

Aql o'sar kun аrо.

Chiroyli kiyingan bir o`g`il, bir qiz - boshlovchi-o'qиvchilar davraga chiqib kelishadi.

l-boshlovchi:

- Madhiya kuylanar, uning sadosi .

Muazzam binoga sig'may ketadi.

Vatan bolalarin jo'shqin navosi

Uzoq-uzoqlarga borib yetadi.

2-boshlovchi:

- Меn kuylab, quvonib bitaman doston,

Тilimda umrbod shu bo'lib takror:

«Ulug' xalq qudrati jo'sh urgan zamon,

Olamni mahliyo aylagan diyor».

O'zbekiston RespиbIikasi Davlat тadhiyasi kиylanadi. Barcha ishtirokchilar Madhiyaga jo'r bo'lishadi.

l-boshlovchi: - Azamat, bugungi tadbiгimizni noan'anaviy taгzda boshlasak, nima deysiz?

2-boshlovchi: - Juda yaxshi bo'lardi-da, Azizaxon.

l-boshlovchi: - Unday bo'lsa, onajonlarimizni, ustozlarimizni bolalar saltanatiga chorlasak, qanday bo'larkin?

2-boshlovchi: - To'g'ri aytasiz, kattalarimiz tadbirimiz davomida o'z bolalik davrlari xotiralarini уаnа bir bоr eslaydilar.

l-boshlovchi: - Aziz mehmonlarimiz, marhamat, tinglab dam oling.

Sahnada bolalar «Bekinтachoq» o'yinini о'ynayotgan bo'ladilar.

Bir bola: Еу, bolalar, kelinglar, endi qadimgi o'yinlardan biri - «Oq teгakmi, ko'k teгak» o'yinini o'ynaymiz.

Наmmа bolalar: - O'y-nay-miz.

O'yin 5-6 bor o'ynalib, sо'ng nihoyasiga yetadi. Ви о'yindan тaqsad bolalarda

о 'zaro do'stlik rishtalarini тиstahkaтlash.

Sahnaga boshlovchilar chiqib kelishadi.

l-boshlovchi:

- Karnay-surnay chalinganda

To'ydan daгak beradi.

Наr tomondan maktab tomon

Ko'plab mehmon keladi.

Shu payt jarchilar kelib qoladi:

1-jarchi:

- Bolalaru bolalar,

Eshitmadim, demanglar.

2-jarchi:

- Bugun saroyimizda katta bayram. hammangizni saltanatga chorlaymiz.

Jarchilar “Palov” qo`shig`ini kuylashadi. Bu paytda bolalar saltanatga yig`ila boshlashadi. Saltanat shohi sifatida shohona kiyingan o`quvchi so`z oladi.

Shoh: - Bolalar, do`stlarim, bugun hammamiz uchun katta tantana. Yoshingiz yettidan oshib qoldi. Boshlang`ich maktabga kelganingizda ham uch chorak bo`libdi-ya. Bugun har biringiz shu kunlar ichida qanday bilimga ega bo`lganingizni namoyish qilmog`ingiz va kelajakdagi o`z orzu-umidlaringizni aytmog`ingiz kerak.

Bolalar: - Xo`p bo`ladi, juda yaxshi.

Maktab” qo`shig`I kuylanadi.

Bolalar kelajakda kim bo`lmoqchi ekanliklarini, sevgan kasbu hynarlarini aytadilar.

1-o`quvchi: - Bilasizmi, shohim, men katta bo`lganimda Vatanimning tinchligini qo`riqlaydigan chegarachi bo`moqchiman.

2-o`quvchi: - Men uchuvchi bo`lmoqchiman.

3-o`quvchi: - Men esa go`zal binolar quruvchisi.

4-o`quvchi: - Mening esa orzuim yozuvchi bo`lib, Vatan haqida go`zal asarlar yozish.

5-o`quvchi:

- Jahonning boshida yashagan havas,

Tangri tog`laridan oqqan ezgulik.

Istiqloldan ruhing topadi samar,

Hamma: - Sen buyuk Vatansan, Vatan degulik.

6-o`quvchi:

- Ozod Vatan o`g`il-qizimiz,

Charaqlagan oy-yulduzimiz.

Tinchlikni kuylab, do`stlikni kuylab,

Istiqboling ko`z-ko`z qilurmiz.

7-o`quvchi: - Bolalar, men katta bo`lganimda Prezident bo`lmoqchiman.

Shoh: - Inshoolloh, niyatingga yet.

Prezident” qo`shig`i kuylanadi.

8-o`quvchi: - Bolalar, men katta bo`lganimda qo`li gul tikuvchi bo`lmoqchiman.

9-o`quvchi: - Men esa pazanda bo`lib, shirin taomlar pishirib, el og`ziga tutsam deyman.

10-o`quvchi: - Men esa Nodirabegimdek shoirai-davron bo`lmoqchiman.

11-o`quvchi: - Mening katta bo`lganimda shifokor bo`lish niyatim bor. Axir aytishadi-ku: “Farzandlari sog`lom yurt – qudratli bo`lur”.

12-o`quvchi: - Men esa onajonlarimizdek olijanob, mehribon, g`amxo`r inson bo`moqchiman:

- Vatanni “Ona”, deb bekor aytilmas,

Ona buyurganda yo`ldan qaytilmas,

Sen o`zing Ka`bam – Baytul muqaddas,

Payti keldi aytmoqqa gapning xonasi,

Ey, o`zbek onasi, o`zbek onasi.

Onalar” haqida qo`shiq kuylanadi.

13-o`quvchi o`qituvchiga yuzlanib: - Men katta bo`lganimda xuddi siz kabi o`qituvchi bo`lmoqchiman. o`zimizga o`xshagan bolalarga ta`lim-tarbiya bermoqchiman:

Quchoq ochib kutib olgan,

Bolaligim tutib olgan,

Alifboning yorqin yuzin

Shunda ko`rgan edi ko`zim.

Berdi odob, berdi ta`lim,

Mehribonim muallimim.

Qizlar ijrosida S.Rahmonova aytgan “Ustozlar” qo`shig`I tinglanadi.

2-boshlovchi:

- Dedilar dunyoda asli kim aziz?

Aytdilar: Ustozdir, ustoz begumon.

Tag`in aytdilarki, sira-shubhasiz,

Ustozin qadriga yetolgan inson.

Magnitofondan mungli kuy taraladi.

1-boshlovchi: - Vaqt qadri, uning inson hayotidagi o`rnini, ta`sirini kattalar juda yaxshi his qilishadi. Tabrik uchun so`z maktabimiz ustozlari jamoasi rahbari, bilim dargohimiz direktoriga.

Direktor tadbir qatnashchilarining asosini tashkil etgan bolalarni mazkur tadbir bilan qutlab, o`z davrining yoshlari haqidagi xotiralaridan tarbiyaviy ahamiyatga molik so`zlarni gapirib beradi.

Shundan so`ng so`zga chiquvchilar bolalikning beg`ubor onlarini, yoshlik xotiralarini eslab, hayotiy misollar keltiradilar.

2-boshlovchi: - Shuning bilan “Bolaligim - podsholigim” deb nomlangan bayram tadbirimiz o`z nihoyasiga yetdi. Biz bolalarning keyingi o`qishlariga omad tilaymiz. Hech qachon bolalikning quvnoq damlari ularni tark etmasligini juda-juda istab qolamiz.

Raqs, qoshiq, o`yin-kulgi bilan tadbir yakunlanadi.





Xorazm viloyati Yangiariq tumani 5- son maktab boshlang`ich sinf o`qituvchisi Sultonova Sharofat











































Go’zallik va nafosat mujassam” mavzusidagagi tadbir senariysi.




(Boshlang'ich sinf o'quvchilariga moljallangan sahna ko`rinishi)

Maktab sahnasida bahoriy go'zallik ufurgan. Savatlarda chiroyli gullar,

guldastalar. Bayram mavzusiga bag'ishlangan devoriy gazetalar, tabiat, uning go'zalligini asrash haqidagi shiorlar kishida bahoriy kayfiyat uyg'otadi.

(Ohista musiqa yangraydi. Sahnaga ikki boshlovchi chiqib keladi).

1-boshlovchi (gullarga ishora qilib): - Do'stim, qarang, bu qadar go'zal manzara. Bu qadar go'zal gullar. Bular tabiatning chin mojizasi emasmi?

2-boshlovchi: - Ha, to'g'ri aytdingiz, gullar haqiqiy go'zallik timsolidir. Bugungi bayramimiz ham ana shu tabiatning nodir mo`jizasi- gullar nomi bilan ataladi. Qarang, bayramga qancha mehmonlar yig'ilishgan. Keling, ular bilan salomlashaylik.

1-boshlovchi: -Assalom, deganda ochilgay gullar,
Assalom, deganda sayrar bulbullar.
Assalom, deganda quyosh 'kuladi,
Dillarga ezgulik nuri unadi.
2-boshlovchi (qo`li ko'ksida):

-Assalom, davramizning siz aziz mehmonlari,

Assalom, ilmu fanning sohibu davronlari!

Mo'tabar otaxonu onaxonlar,assalom!

Yuzlarida kulgu balqqan bolajonlar,

boshlovchiiar ta'zimi. Ohista musiqa yangraydi. (boshlariga gulchambar taqqan qizaloqlar raqsga tushadilar).

1-o'quvchi:

-Tinchlik bo'lsin dunyoda,
Olam gullarga toisin!

Biz kabi bolajonlar,

Bog'larda o'ynab kulsin.

2-o`quvchi;

-Bayramlarni sevamiz,
Bayramlar bizda bisyor.
Ezgu qalblar sevguvchi,
Yurtda hamisha bahor.
1-boshlovchi:

- Bolalar, qaranglar, davramizga kim mehmon bo'lib keldi. (Sochlariga gul, tolbargak taqqan Bahoroy tashrif buyuradi va egilib salom beradi).

O'quvchilar (jo’r ovozda): - Axir bu Bahoroy-ku.

2-boshlovchi

Xush kelibsan, Bahoroy!
Bahoroy (ta'zim qilgan holda):

Mana men, govzal bahor,
Yetib keldim sizlarga.

Jon kirgizdim daraxtlaru

Gunchalar, ildizlarga.

Oppoq o’rik gullarim bilan,

Iliq quyosh nurlarim bilan,

Kamalakday yeffi tovlanib,

Yashillanib, goh olovlanib,

Mehmon bo'lib keldim, bolalar.

(Bolalar «Hey, bola» qoshig'ini ijro etishadi).

1-boshlovchi: - Bolajonlar, gullar haqida she'rlar ham bilasizmi?

Bolalar (jolr bo`lib): - H-a-a!

(Ular birin-ketin she'r o'qiydilar).

l-o*quvchi: - Boychechak. G`ayratiy she'ri.

-Bahordan berding darak7

Oson bo'lmadi kutmak.

Senga talpinar yurak,

Sevgan gulim, boychechak.

Hamma:

Seni ko`rdim boglarda,
Baxmal adir, tog'larda.
Yam-yashil o'tloqlarda, .
Sen husnga boy chechak.
Hamma:

Boychechak, boychechak,
Sevgan gulim, boychechak.

- Boychechak, boychechak,
Sevgan gulim, boychechak

. 3-o`quvchi:

- Lola, lola, lolajon,
O'sar joying dalada.

Lola, lola, lolajon,

Chidadingmu jalaga?

Jala yog'sa qo`rqmading,

Sellar yog'sa qo`rqmading.

Chiroyini ochay deb,

Qizlar taqsa qo`rqmading.

(Sahnaga o'quvchiiar har xil gullar timsolida kirib kelishadi).

Gullar (birgalikda):

Keldi bahor, keldi bahor,
Bizlar - bahor elchisi.
Bizni bahor boshlab keldi,
Gullar - bahor kuychisi.
(Navbat bilan she'r o'qiydilar).
Chuchmoma: Chuchmomaman, chuchmoma,
Ochilaman siz uchun,
Xushbo’y hidim taratib,
Ko'zingizni yayratib.
Binafsha: Menman go'zal binafsha,
Go'zal bahor qiziman.
Erta bahor ochilib,
Dillarni yayrataman,
Boglami yashnataman.
(O'quvchilar ijrosida «Ha-yu chittigul» qo'shig'i ijro etiladi).

(Bog'bon ota kirib keladi va gullarga razm soladi hamda ular haqda bolalar bilan muloqotga kirishadi).

Bog'bon ota: - Bolalar, siz gullarni sevasizmi?

Bolalar: - Ha!

Bog'bon ota: - Ularga bir razm soling-a. Qanday go'zal, qanday chiroyli. Endi gullar haqidagi fikringizni bilmoqchiman.

1-o'quvchi: - Bobojon, gul bor joyda go'zallik, tinchlik, tabassum va shodlik hukm suradi.

2-o(quvchi: - Go'zal tabiatni gullarsiz tasawur etish qiyin. Shuning uchun ularni doimo asrab-avaylashimiz, ko'kartirishimiz va ko'paytirishimiz lozim.

3-o'quvchi: - Dalalarda, gulzorlarda gullarni uzishdan ko`ra asrab-avaylasak, bu chin go'zallikni asrash emasmi? Uzsak, ular so’lib qoladi, undan ko’ra ko'zimizni quvontirib, ochilib tursa, qanday yaxshi. Ulami payhon qilishdan o'zimizni tiyaylik.

4-o'quvchi: - Haqiqatan ham gullarga, nainki gullarga, balki tabiatning barcha yashil boyliklariga mehrli bo'lmoq kerak. Insonlarning tabiatga shafqatsiz munosabati uchun ham hozirda yuzlab o'simlik turlari «Qizil kitob»ga kiritilgan.

Bog'bon ota: - Barakalla, bolajonlarim! Sizlaming teran fikrlaringiz meni xursand qildi, Siz kabi gul 'shaydolari kelgusida yurtimizni go`zal chamanzorga aylantiradi. Men bunga ishonaman.

(Bolalar «Gulchiman» qo'shig'ini kuylashadi. Bogbon ota xayrlashib chiqib ketadi).

1-boshlovchi: - Bolalar, quyidagi savollarga javob topishga harakat qiling-chi.

- Qaysi gulning nomida parrandaga o'xshatish mavjud?

(GultojixoYoz).

- Qaysi gul kechqurun ochiladi?
(Namozshomgul).

- Uy hayvonlaridan birining og'ziga va ko'ziga o'xshatilgan gulning nomini toping-chi?

(Itog'iz, bo`tako'z).

(Sho'x musiqa chalinadi, bolalar raqsga tushadilar).

O'qituvchi: - Bolalar, kelinglar, endi «Gul bazmi» o`yinini o`ynaymiz. Qani, davrani kengroq olaylik-chi.

Musiqa yangraydi. Bolalar yarim doira shaklida tizilishadi. Bir o'quvchi davra bo’ylab raqsga tushadi. Musiqa ohanglari sekinlashadi. U xohlagan ishtirokchisi qarshisida to’xtab qo'lidagi gulini unga uzata turib, she’r o'qiydi:

Chaman-chaman ochilar,
Bahor сhog`I gul-lola.
Gulni yaxshi ko`radi,
Katta-kichik har bola.
Men gul tutdim siz uchun,
O’ynab bering biz uchun,

deya gulni berib, davraga qo'shiladi.

Gul olgan o`yinchi unga qarata deydi:

- Gul bergan qo'llaringdan,

Aylanay bo`ylaringdan.

(U ham tengdoshining harakatini qaytaradi).

-Hilolajon, Hilola,

Tog' boshi to'la lola.

Bahor tuhfa etibdi,

Terib ding, dugona. (Oyin shu tariqa davom etadi).

O'qltuvchi: - Bolajonlar, endi esa gullar haqidagi bilimingizni namoyish etasiz. Savollarga to'gri javob bergan o'quvchiiar haqiqiy gulsevarlar hisoblanib, ularga chiroyli guldasta sovg'a qilinadi.

Gullarning qanday turlarini bilasiz? Shu haq da so` z`lab bering.

l-o*quvchi: - Madaniy gullar, dala-qirlarda o'suvchi gullar, butali gullar, xonada hamda suvda o'suvchi gullar.

2-o*quvchi: Qoqigul,bo'ztikan , moychechak, tugmachagul, lolaqizg'aldoq, botako'z kabi gullar qiru adirlarda o'ssa, atirgul, kala va chinnigul kabi gullar gulzorlarda o'stiriladi. Golzal nilufarni esa suvda o'sishini hamma bilsa kerak. Siren, atirgul va na'mataklar butali gullar turkumiga kiradi.

3-o'quvchi: - Begoniya, kaktus,fuksiya, gulisumbul va yorongullar keng tarqalgan uy o'simligi bo'lib, parvarish qilishda ularning kelib chiqish vatanini bilgan holda xonalarda shu o`imlikka mos muhit yaratish lozim bo'ladi. Ular asosan deraza tokchalariga, yorug` tushib turadigan joylarga qo`yiladi. Xonada o'stiriladigan gullarni sopol gultuvaklarga ekkan ma'qul. Bizning O'zbekiston sharoitida gullarni nafaqat uy(xonalar)da, balki, hovlilarda ham, bog'u gulzorlarda ham parvarish qilish keng yo`lga qo'yilgan.

1.O'qltuvchi: - Barakalla, savollarga juda to'gri javob berdingiz. Mana bu gullar sizlarga. (O'quvchilarga chinnigul hadya etadi)*

2-boshlovchi; - Aziz o'quvchilar, gullar tabiatning haqiqiy mo`jizasi. Ularning go`zalligi insonlarni azaldan maftun etib kelgan. Shuning uchun ham «gul» so'zi hayotda juda ко`р qo'llaniladi. Hatto farzandlarimizning ismlarini ham shu so`z birla qo'shib aytamiz. «Gul» so'zi bilan boshlanuvchi ko'plab ismlar sizga tanish. Qani, ulardan bir nechtasini aytib o'ting-chi!

1-o'quvchi: - Gulnora, Gulchehra, Gulruh, Gulandom, Gulasal, Gulbodom...

O'qituvchi: - Yashang. Ko`rdingizmi, bolalar, qizlarimizning gullar bilan qo`shib atalguvchi qanday go'zal ismlari bor. Gul - nafaqat, go'zallik ramzi sifatida, balki buyuk muhabbat, nafosat ramzi sifatida ham qo`llaniladi. Hatto maqollarimizda ham buni uchratishimiz mumkin. Shunday maqollardan sizlar ham bilasizmi?

(O'quvchilar maqollar aytishadi).

2-o'quvchi: - Ona bilan bola - gul bilan lola.

3-o‘quvchi: - Odamning ko'ngli guldan nozik.

4 o'quvchi: - Go'dakdan gul nidi keladi.

O'qituvchi: - Barakalla. Aziz o'quvchilar, mana bugun ajoyib tadbir - «Gullar bayrami»ni o'tkazdik. Gullar haqida siz bilan ancha narsalarni bilib oldik. Sizning har tomo nlama bilimdonligingiz meni nihoyatda xursand etdi. Tadbirga munosib tayyorgarlik ko`rganingiz uchun sizlarga katta rahmat. Bugungi bayramga yakun yasar ekanman siz, zukko bolajonlarga eng yaxshi tilaklar tilab qolaman. Doimo a`lo baholarga o'qing, hamisha guldek ochilib yuring. Bahoriy kayfiyat barchangizni sira tark etmasin!

(O’quvchilarga sovg'alar, tadbirda ishtirok etgan mehmonlarga gullar taqdim etiladi. Mayin kuy sadolari ostida qatnashchilar tarqaladilar).



Xorazm viloyati Yangiariq tumani 5- son maktab boshlang`ich sinf o`qituvchisi Sultonova Sharofat





























16



Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Начальные классы

Категория: Мероприятия

Целевая аудитория: 3 класс.
Урок соответствует ФГОС

Скачать
Сценарий праздника по "Ассалом Навруз"

Автор: Султонова Шарофат Аллабергановна

Дата: 20.03.2020

Номер свидетельства: 543567


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

Распродажа видеоуроков!
1270 руб.
2110 руб.
1460 руб.
2440 руб.
1580 руб.
2640 руб.
ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства