Просмотр содержимого документа
«Сценарий на новый год»
Mavzusida o’tkazgan tadbir
SENARIYSI
“Yangi yil bayrami” senariysi
1-bola:
-Yangi yilda Yangi xilda,
Yuraklarning ovozi.
Qaynab chiqar, yayrab cniqar,
Tilaklarning eng sozi.
2-bola
-har yurakda orzu katta
U pokiza, beg’ubor
Eng mustahkam, eng mustahkam
Poydevordir, poydevor.
3-bola
-Ko’zlar ko’zga
So’zlar so’zga
Orzu bilan bog’lanar,
Yuraklardan yuraklarga
O’tish uchun chog’lanar
4-bola
-Istaklar sochib yog’du,
Yashnagay chin ko’ngilfa,
Uzoqdan ham, yaqindan ham
Porlaydi bir zaylda.
Baravariga:
Yangi yilda yaxshilarni
Tabriklaymiz, qutlaymiz
1-bola: - Assalomu alaykum, Yangi yil bayramida yangidan – yangi orzu istaklarga, ezgu tilaklarga qalblari limmo-lim mehribon ustozlar!
2-bola: - Assalomu alaykum , bayram kechamizning eng beg’ubor , shirindan – shaker , jajji ishtirokchilari quvnoq bolalar.
3-bola: -ha do’stlar, Yangi yil eshik qoqmoqda, yangi-yangi baxtlarga, ezgu tilaklarga chorlamoqda. O’tayotgan yilda yoshlar tomonidan san’at, sport, ta’lim va boshqa sohalarda yuksak marralar zabt etilib, qanchadan –qancha bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Bu yoshlarimiz shijoati, yuksak bilim va salohiyat egasi ekanligidan dalolat beradi.
4-bola: - O’tayotgan yilimizda yoshlarimiz xalqaro ko’rik tanlivlarda, fan olimpiadalarida, sport musobaqalarida namoyish etishib, dunyoda O’zbekiston yoshlari hech kimdan kam emasliklarini , o’zbek halqining buyukligini, buyuk ajdodlar avlodi ekanligini isbot etishib katta yutuqlarga erishishdi.
5-bola: - Bularning barchasi davlatimiz, Prezidentimizning yoshlarga bo’lgan e’tibori va ishonchini qozonish namunasidir.
6-bola: - Darhaqiqat, Prezidentimiz kirib kelayotgan 2016 yilni “Sog’lom ona va sog’lom bola yili” deb e’lon qildi.
Musiqiy tanaffus
Musiqa tugashi bilan sahnaga Nasriddin Afandi, Alixo’ja va Xo’jaali, masxarabozlar hamda turli ertak qahramonlari libosidagi bolalar kirib kelishadi. Davrani shodon kulgilar egallaydi.
1-bola: - Dunyoda bolalar kulgisi jaranglasa,
Sho’x – quvnoq ovozlar yangrasa deymiz.
2-bola: - Voy, bayramga Qorbobo va Qorqiz va uning do’stlari tashrif buyurmaydimi?
3-bola: - Iye, ularsiz bayram tatirmikan, unda bayramni qanday o’tkazamiz?
Shu payt uzoqdan qars – qurs qadam tashlab, hassasisini do’qillatib kelayotgan Qorboboning ovozi eshitilibdi.
“E, hey, men etib keldim, bolajonlar Assalomu alaykum!”
Musiqiy tanaffus.
(Qorbobo, Qorqiz va bolalar birgalikda shod – xurram qo’shiq kuylab, raqsga tushadi.)
Qorbobo:
Bayramlaring muborak,
Keldim ko’p yurtlar kezib.
Tog’u toshlardan oshdim,
O’rmon oralab yurdim.
Archani xo’p tanladim,
Eng chiroyli, eng ko’rkam.
Qarang ulkandir biram!
Uni sizga yo’lladim,
Bezabsiz xo’p, chiroyli,
O’yinchoqlar marjonli.
Quvnadi ko’rib ko’zim,
Ofarin o’g’il – qizim.
Bolalar: - rahmat sizga Qorbobo, sovg’alari mo’l bobo.
Qorqiz:
-Tashakkur , deymiz sizga,
Mehmonlar, bor bo’lingiz
Endi navbat bizlarga,
Siz tomosha qilingiz.
Davraga yilbobob, ramziy ma’nodagi 2015-yil kirib keladi.
Yilbobo:
-davrangiz keng, shod xurram,
Kulib, sho’x shodon o’ynang.
Biroq, qanchalar og’ir,
Xayrlashish siz bilan.
Ikkovi:
-Kelin , chorlaymiz birga,
Yangi yilni davraga.
Qorqiz:
-Do’stlar qutlar bir-birin,
Izhor etib dil mehrin.
Niyat tilar eng shirin,
Peshvoz chiqaylik darhol,
Yangi yiljon, kelaqol.
Yangi yil:
-Salom aziz mehmonlar,
O’g’il qizlar, chaqqonlar.
Rosa g’ayrat qilibsiz,
Archani zo’r bezabsiz.
Uch yuz oltmish olti kun
Va shunga teppa teng tun.
Sizga mehmon bo’laman,
O’saman, semiraman.
Vaqti soat etganda
Muddatim tugaganda,
Tarixga qo’shilaman.
Qorbobo:
Barakalla, ko’p yashang,
Yulduzlar kabi chaqnang.
Havas qildim sizlarga,
Bilimdon shovvozlarga.
Qorqiz:
Bobojon, bolalarni sinaylik,
Har xil savol, sovg’alarni beraylik.
Kim chaqqonu, kim epchilu, kim dono,
Topqirlikda yagonaga, sovrinlarni beraylik.
Turli topishmoq, jumboqlar aytiladi. (G’oliblarga sovg’alar beriladi.)
To’satdan dahshatli tovushlar eshitiladi. Yalmog’iz kampir, Yovuzoy va uning malaylari paydo bo’lib, bolalarni qo’rqitishadl.
Qorbobo:
Xush kelibsiz, marhamat,
Tilak uchun ko’p rahmat.
Savollarim ko’p sizga,
Beray navbatma-navbat.
Yalmog’iz va uning o’rtoqlariga eng toza tilaklarni do’stlariga samimiy ohangda aytish buyuriladi, “Eng yaxshi do’st” sovrini e’lon qilinadi, g’oliblarga qorqiz sovg’a ulashadi.
(Shuningdek turli xil savollar ham beriladi.)
Qorbobo:
Mana davramiz yana kengaydl, jamuljam bo’ldik, yovuzlik yengildi. Birdamlik inoqlik, do’stlik, donolik va topqirlik g’alaba qildi. Ana shu yaxshi fazilatlar yil davomida sizlarni tark etmasin.
Bolalar:
Dillarga orzular urug’in sochib,
Yangi yilimiz ham kirib kelmoqda.
Istiqlol qasrining eshigin ochib,
Yurakka ajib tuyg’u sochmoqda.
Yangi yilimizdan umidimiz ko’p,
Yaxshi niyatimiz – yarim baxtimiz.
Ko’nglimiz buloqning suvidek shaffof,
Ijobat bo’lg’usi ezgu ahdimiz.
Xush kelding, mustaqil yurtimiz uzra,
Tarixda bo’lib qol yillarning guli.
Zalda tamoshabinlar joylaridan turib, sahna ishtirokchilariga jo’r bo’lib “Prezident archasi” qo’shig’ini aytadilar.