kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Сценарий конкурса мастерства "ЗАСЛУЖИВАНИЕ, СПОСОБНОСТЬ, ТАЛАНТ"

Нажмите, чтобы узнать подробности

Quyidagi ssenariy boshlang'ich ta'lim o'qituvchilarining pedagogik mahoratini rivojlantirishga mo'ljallangan. Tadbir shartlar asosida o'tkaziladi, barcha o'qituvchilar guruhi undan unumli foydalanishi mumkin

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Сценарий конкурса мастерства "ЗАСЛУЖИВАНИЕ, СПОСОБНОСТЬ, ТАЛАНТ"»

Buxoro viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning

malakasini oshirish hududiy markazi


Maktabgacha, boshlang’ich va maxsus ta’lim metodikalari kafedrasi

o’qituvchisi To’rayeva Sanobar tomonidan Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari

malakasini oshirish kursi tinglovchilari

o‘rtasida o‘tkazgan

LAYOQAT, QOBILIYAT, ISTE’DOD” nomli mahorat bellashuvi ssenariysi

Tadbirni boshlashdan avval, ikki boshlovchi sahnaga chiqadi. Barcha ishtirokchilarni mahorat bellashuvining maqsad va vazifalari bilan tanishtiradi. Tadbirni tashkil qilinishiga oid qiziqarli ma’lumotlarni o‘qib beradi va tadbirni ochiq deb e’lon qiladi.

Bellashuv boshlang’ich ta’lim o’qituvchilarining zamonaviy-innovatsion, pedagogik qobiliyatlarini sinash, ta’lim tizimida kiritilayotgan o’zgarishlar yuzasidan olgan bilimlarini mustahkamlashga qaratilgan. Shu bilan birga o‘qituvchining kasbiy kompitentligini aniqlash, o’z kasbiga bo’lgan motivatsiyani rivojlantirishga yo’naltirligan. Bu borada tadbir tashkilotchisi S.To‘rayeva boshlang‘ich ta’lim fanlari dasturiga kiritilgan o’zgarishlar haqida qisqacha ma’lumot beradi va bellashuv shartlarini o‘qib eshittiradi.

Bellashuv shartlari boshlang’ich sinflarda metematika o’qitish metodikasi fani yuzasidan tuzilgan.

Hakamlar bilan tanishtirish. Hakamlar hay’ati va ularning vazifasi e’lon qilinadi.

Ikkala guruh o‘zini tanishtiradi va guruh nomi, shiorini e’lon qiladi.

Bellashuvda jami ishtirokchilar ikki guruhga bo’linadi. Ikkala guruh a’zolari to’rtta shart asosida bellashishadi. Shartlarni bajarishda eng yuqori ball to‘plagan guruh g‘olib bo‘ladi. Shartlar quyidagicha:

1-shart: Breyn-ring” Bunda ikkala guruh a’zolarining har biriga 1tadan qiziqarli masala beriladi. Berilgan masala yangi mavzular asosida. Masalani iizohlab yechib berish kerak bo’ladi. To’g’ri yechim 10 ball bilan baholanadi. Shartni bajarish uchun 5 daqiqa vaqt ajratiladi.


1-guruh uchun, qadimgi Axmes masalasi: Misrdan topilgan papirus qog’ozida bundan ming yillar oldin yashagan Axmesning matematikaga oid ko‘pgina masalalari keltirilgan. Ulardan biri. Berilgan 7 ta nonni 8 kishiga teng taqsimlab bering. Juda oson masala ekan-ku deyishingiz mumkin. Haqiqatdan ham har bitta nonni 8 bo’lakka bo’lib, har bir kishiga yettidan ulush berib, masalani yechish mumkin.

Ammo, gap shundaki, qadimgi misrliklar nonni imkoni boricha kam bo’laklarga bo’lib, bu masalani yechishgan. Siz ham bu yechimni topishga urinib ko’ring-chi?

2-guruh uchun, 21 ta bir xil sig’imli xumning 7 tasiga to’ldirib, 7 tasiga yarim qilib yog’ solingan, 7 tasi esa bo’sh. Uch nafar tijoratchi yog’ni va xumlarni teng bo’lib olishmoqchi. Yog’ni idishdan idishga quymasdan, qanday qilib yog’ va xumlarni teng taqsimlash mumkin?

2-shart: “Matematik estafeta”. Bu shartda tinglovchilarga raqamlar va miqdorlarning yozilishiga oid jadval tarqatiladi. Jadvalning chap tomoniga berilgan topshiriq javobini zudlik bilan o’ng tomoniga yozish kerak bo’ladi. Guruh a’zolari uni yozuvda qanday ifodalanishini aks ettirishadi. Har bir to’g’ri javob uchun 1 ball beriladi:

SAVOLLAR

JAVOBLAR

2-sinfning 761 birligi, 1-sinfning 6 birligidan hosil bo’lgan son?

761006

2-sinfning 426 birligidan hosil bo’lgan son?

426000

2-sinfning yetti birligi, 1-sinfning 623 birligidan hosil bo’lgan son?

7 623

3-sinfning 5 ta yuzligi, 2-sinfning 26 o’nligi, 1-sinfning 3 ta o’nligidan hosil bo’lgan son?

500 260 030

3-sinfning 7 ta o’nligi 2 ta birligi, 2-sinfning 17 ta birligi, 1-sinfning 5 ta o’nligidan hosil bo’lgan son?

702 017 050

3-sinfning yetti birligi, 2-sinfning 46 ta o’nligi va 1-sinfning 6 ta yuzligidan hosil bo’lgan son?

7 460 600

3-sinfning 82 birligi, 2-sinfning 18 ta o’nligidan hosil bo’lgan son?

82 180 000

3-sinfning 738 birligi, 1-sinfning 138 birligidan hosil bo’lgan son?

738 000 138

2-sinfning 276 birligi, 1-sinfning 38 o’nligidan hosil bo’lgan son?

276 380

2-sinfning 60 o’nligi, 1-sinfning 38 o’nligidan hosil bo’lgan son?

600 380

4 ta o’n, 6 ta yuz ming, 0 ta bir, 3 ta yuz xona birliklardan iborat son?

600 340

3 ta bir, 8 ta million, 5 yuz, 34 ta ming xona birliklardan iborat son?

8 034 503

2 ta yuz, 3 ta bir, 4 ta ming, 0 ta o’n, 6 ta yuz milliard xona birliklaridan iborat son?

600 000 004 203

234509234176 sonni so’z bilan ifodalang

Ikki yuz o’ttiz to’rt milliard besh yuz to’qqiz million ikki yuz o’ttiz to’rt ming bir yuz yetmish olti

3392000671 sonni so’z bilan ifodalang

Uch milliard uch yuz to’qson ikki million olti yuz yetmish bir

600210334000 sonni so’z bilan ifodalang

Olti yuz milliard ikki yuz o’n million uch yuz o’ttiz tort ming

6 t 540 kgni – kilogrammda ifodalang

6540 kg

52 kgni – tonnada ifodalang

0,052 tonna

7 m.kv. 61 dm.kv – necha kvadrat metr?

7,061

633 dm.kv. – necha metr kvadrat?

6,33

– necha metr kvadrat?

0,0745

– necha gektarga teng?

0,0065 ha

– necha metr/kub ga teng?

0,08

– necha cm/kubga teng?

8 000 000

– necha metr/kv ga teng?

0,0008

3-shart: “Mahoratli pedagog”. Berilgan mavzu yuzasidan darsning asosiy qismini ishlab chiqish va taqdimot qilib berish. Bunda mavzuni tushuntirish metodikasi, mohiyati, mustahkamlash jarayonini 10 daqiqa ichida ishlab chiqish va 5 daqiqada taqdimot qilib berish kerak bo’ladi. Bu shart 10 ball bilan baholanadi.

1-mavzu: Kasr. Maxraji 2, 4, 8 bo‘lgan kasrlar tushunchasi. 3-sinf

2-mavzu: O‘nli kasr. Maxraji 10 bo‘lgan o‘nli kasr tushunchasi. 3-sinf

4-shart: “Bilimli pedagog”. Bu shartda ikkala guruhga bir xil mazmundagi masala beriladi. Guruh a’zolariga masalani uch xil usulda, ya’ni arifmetik, algebraik, geometrik usullarda yechish topshiriladi. Shu bilan berilgan masalaga imkoni boricha ko’proq teskari masala tuzish ham topshiriladi. Bu shart ham 10 ball bilan baholanadi. Masalani uch xil usulda yechib, qaysi guruh ko’proq teskari masala tuza olsa, shu guruh g’olib bo’ladi.

Masala: Uchburchakning bir tоmоni uzunligi ikkinchisidan 3 sm uzun, uchinchisidan 5 sm qisqa. Agar uning pеrimеtri 38 sm bo`lsa, har bir tоmоnning uzunligini tоping. Masalani turli usulda yеching.

Qisqacha shart:

1-tomoni – ?

2-tomoni – ?, 3 sm qisqa 38 sm

3-tomoni – ?, 5 sm uzun

Yechish usuli:

  1. Tenglashtirish usuli

38-5=33

33+3=36

36:3=12

12+12-3+12+5=38

  1. 5-3=2

38-2=36

36:3=12

12+12-3+12+5=38

  1. 1)

? 38 cm

2)

?, 3cm qisqa

3)

?cm, uzun

Javob: 1-tomoni – 12 cm, 2-tomoni – 9 cm, 3-tomoni – 17 cm ga teng.

5-shart: “Sardorlar bellashuvi”. Guruh sardorlari taklif etiladi. Sardorlarga 2 daqiqa davomida tezkor savollar beriladi. Har bir to’g’ri javob bir ball bilan belgilanadi. Jamoa bo‘yicha to‘g‘ri javoblarning barchasi umumiylashtiriladi.

Savollar:

  1. 70 yil umri davomida odamzod umrining necha yilini uyquda o‘tkazadi? 25 yilini

  2. Tik turgan odam tez charchaydim i yoki yurayotgan odam? Yurayotgan odam.

  3. Yog’ochni o’n bo’lak bo’lish uchun necha marta kesish kerak?

  4. PIRLS – nima?

  5. Fanlarning ichida eng murakkabi va o‘rganilishi qiyin bo‘lgan fan bu – ? Fizika.

  6. Dunyoda hozir qancha odam SPID kasalligiga chalingan? 60 mln.

  7. Odam qon tomirlarining umumiy uzunligi qancha? 100 ming km. gat eng.

  8. Yetmish yoshli odam hayoti davomida qancha suv ichadi? 60 tonnadan ortiq

  9. Tok urgan odamning boshiga 10 metr balandlkdagi 6 tonna yukni tashlab yuborganchalik kuch ta’sir qiladi. Shu gap rostmi? Rost.

  10. Odamning eng katta ichki orgaini, a’zosi nima? Jigar.

  11. Odamning o‘sib ketgan tirnog‘I ostida qancha mikrob yig‘ilishi mumkin? 2mln.dan ortiq.

  12. Yaqin kelajakda yer yuzining 80 % ingliz tilida so‘zlashadigan bo‘ladi, bu fikr to‘g‘rimi? Ha.

  13. To’q qizni to’qqiz soat bo’sh xonaga berkitib qo’yilsa, nima bo’ladi?

  14. Hasan, Husan,

  15. TIMSS – qaysi sinflardan va qaysi fanlardan todqiqotlar o’tkazadi?

  16. Stol ustida ikkita cho’p bor, sindirmasdan ular yordamida kvadrat hosil qila olasizmi?

  17. XXI – asr qanday asr? Axborot texnologiyalar asri.

  18. Quyoshdan chiqqan yorug‘lik bizgacha qancha vaqt mobaynida yetib keladi? 8 daqiqada.

  19. Hisoblarga ko‘ra Quyosh yana 150 mlrd. Yil nur sochib turishi aniqlanganligi rostmi? Ha.

  20. Biz nafas olayotgan havoning necha foizini kislorod tashkil etadi? 21%

  21. Jannat ……………” hadisni davom ettiring.

  22. Qur’oni Karimda nechta sura va oyat bor? 114 ta sura, 6266 ta oyat bor.

  23. 100 dan bitta birni olib tashlasasak nima qoladi? Ikkita 0 (nol) qoladi.

  24. Oy qachon yerga tushadi? Soydagi suvning aksida.

  25. Qachon uchni ko‘rib “o‘n besh” deymiz? Kunduz kuni.

  26. Shaxmatning vatani qayer? Hindiston.

  27. Hech qanday arifmetik amal bajarmay 66 sonini 1,5 marta orttiring.

  28. O‘zi fildek keladi, ammo yengil. Bu nima? Filning soyasi.

  29. Qaysi davlatning bayrog‘ida yulduzlar juda ko‘p? AQSH.

  30. Stol ustida bitta cho’p bor, uni sindirmasdan turib uchburchak hosil qila olasizmi?

  31. Qachon bo’linma bo’luvchiga teng bo’ladi?

  32. Eng katta muz bo‘lagi? Aysberg.

  33. Antarktida sovuqmi, yoki Arktika? Antarktida.

  34. Kompasning vatani qayer? Xitoy.

  35. Aka-uka ertakchilar? Grimlar.

  36. U oldimizda turadi, ammo uni ko‘ra olmaymiz? Kelajak.

  37. 6 voltli akumlyator odamni o‘ldiradimi? Ha, agar u kishi boshiga tushib ketsa.

  38. Qaysi sonni teskari qilsak, to‘qqiz hosil bo‘ladi? 6 ni.

  39. Sabrning tagi nima? Sariq oltin.

  40. U hamma tilda sozlasha oladi? Xo‘sh u…? Aks sado.

  41. Nimani nonushtada yeb bo‘lmaydi? Tushlikni.

  42. Ko‘zni yumganda nimani ko‘rish mumkin? Tushni.

  43. Kim “Sen uxlayapsanmi?” so‘rag‘iga javob bera olmaydi? Uxlab qolgan kishi.

  44. Shilliqurt qanchagacha vaqtgacha uxlashi mumkin? Uch yilgacha.

  45. Uni yemay to‘yamiz. U nima? Diydor.




6-shart: Arifmetik jumboq. Guruh a’zolariga mantiqiy arifmetik topshiriq beriladi. Bu shart 5 ball bilan baholanadi. Bu shartda berilgan jumboq javobini o’qituvchi metodik jihatdan to’liq ochib berishi kerak.


1-jumboq: “Aralashgan” uch vazifa

Boyo’g’li uch opa-singil sichqonchaga jumboq berdi.

Ularga yordam bering!

1. Raqamlari yig'indisi 3 dan oshmaydigan va uch xil raqamdan iborat son yozing.

2. Topgan sonlaringizdagi raqamlar o’rnini shunday almashtiring-ki, ularning kattasidan kichigini (yangi hosil bo’lgani va avvalgisi) ni ayirgandagi tafovut ga teng kelsin.

3. Shu hosil qilingan ikki sonni qo’shganda esa yig’indidagi uch raqamdan ikkitasi albatta 3 bo’lsin.

Endi mavjud shu uchta uch xonali sonning har biri eng kichik to’rt xonali sondan nechta kam ekanligini toping-chi?

Yecha olasizmi?

3x33+333:3-33.

x:3-222=111

2-jumboq: “9 ga oid 9 topshiriq”

  1. 9 gacha bo’lgan raqamlar yig’indisi qanday songa bo’linsa 9 chiqadi? (1+2+3+4+5+6+7+8+9):5=9

  2. 9 gacha bo’lgan raqamlarni shunday ikkitadan qilib yozingki, ularning yig’indisidan nuqul 9 hosil bo’laversin. (2+7, 8+1, 5+4, 3+6, 0+9);

  3. 9 gacha bo’lgan raqamlardan shunday sonlar hosil qilingki, ularni 9 ga bo’lganda 1,2,3,4,5,6,7,9 chiqsin. (9:9=1, 18:9=2, 27:9=3 va h.)

  4. 9 ga shunday sonni ko’paytiringki, ko’paytma 9 bo’lsin. 9*1=9;

  5. Shunday sonni topingki, uning o’z-o’ziga ko’paytmasi 9 bo’lsin. 3*3=9;

  6. Qaysi songa 10 ni qo’shgach, 10 ga bo’lsa, 9 chiqadi? (80+10):10=9

  7. Maktablarda 9-oydan boshlanadigan o’quv yili necha oy davom etadi? 9 oy.

  8. Qaysi songa 9 ni qo’shsak, yig’indi 9 ga teng bo’ladi? 9+0=9

  9. Qaysi sondan 19 ni ayirib, 9 bo’lsa, 9 chiqadi? (100-19):9=9


Shartlar bo’yicha yig’ilgan ballar e’lon qilinadi va g’olib guruh taqdirlanadi.




11



Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Начальные классы

Категория: Мероприятия

Целевая аудитория: 4 класс.
Урок соответствует ФГОС

Скачать
Сценарий конкурса мастерства "ЗАСЛУЖИВАНИЕ, СПОСОБНОСТЬ, ТАЛАНТ"

Автор: Тураева Санобар Сулаймоновна

Дата: 11.06.2020

Номер свидетельства: 553122


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства