kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Саводхонлик байрами

Нажмите, чтобы узнать подробности

Мероприятие под названием "Алифбе" было проведено с целью  доказать развитие и умение выразительное рассказывать стихи.В этом мероприятие были поставлени разние сценки,особенно  сказкой "Колобок".

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Саводхонлик байрами»

ALIFBE BAYRAMI SENARIYASI

O’qituvchi:Salom she’ri bilan boshlab ,ota-onalarni tabriklab,o’quvchilarni davraga chorlaymiz.

1-bosh:Assalom mehmonlar mo’tabar suyuk

Assalom ustozlar, nomlari buyuk.

2-bosh:Assalom otalar, baxtim posboni

Assalom onalar, fidoyi joni.

1-bosh:Assalom, bolajon iqboli porloq

Bugun ilk bayramga yetishgan quvnoq.

2-bosh:Sizlarga aytayin 1 shirin tilak

Savodxonlik bayrami bo’lsin muborak.

1-bosh:Assalomu aleykum aziz, mo’tabar, muhtaram ota-onalar,ustozlar,o’quvchilar!

2-bosh:Barchangizni bugungi dilbandlaringizning shodligiyu quvonchi bo’lgan savodxonlik bayrami bilan chin qalbdan tabriklaymiz.

1-bosh:Sizlarga uzoq-umr,bolajonlarga baxtli davron ,porloq tole, nurli kelajak tilaymiz.

1.O’quvchi:Zdrastvuyte dorogiye uchitelya, mami ,papi,dedushka I babushka!Ya pozdravlyayem vas s prazdnikom bukvarya !

2-bosh:Endi esa ana shu tantanani ochish, yoshlarni qutlash uchun so’zni maktabimiz direktoriga beramiz………………………..

1-bosh:Keling azizlar endi bolajonlarimiz sizga o’z bilim va san’atlarini namoyish qilsalar miriqib tomosha qilsangiz.

NAZIRBEK: Ona yerda muhabbat

Yosh avlodning dilida.

Madhiyamiz yangraydi,

Bolalarning tilida.

MADHIYA

1o’quvchi:Ayting qani azizlar

Baxtiyor o’g’il-qizlar.

Nechun keldik bu yerga,

Nechun bor yosh ko’ngilda?

DILOROM: Bugun bizga zo’r quvonch

Yurakka shodlik to’lgan.

Savodxonlik bayrami

Bizni bunga keltirgan.

2-bosh:Qanday qilib savodxon

Bo’lib oldingiz chunon?

1-bosh:Alifbe bo’ldi sirdosh

Ilm yo’lida yo’ldosh

Sochdi ziyo nurini

Bo’lib misoli quyosh.

2-bosh:Alifbeni chaqirsak , baravar qarsak chalsak

Kelar bizga mehmonga , shu ajoyib makonga.

HAMMA:Alifbejon kelaqol,bizga mehmon bo’laqol.(alifbe kiradi)

ALIFBE:Assalom bolajonlar,aqli soz bilag’onlar,

Bugun shodlik muborak,savodxonlik muborak.

HAMMA:Rahmat senga alifbe,o’zing berding barini.

ALIFBE:Ayting nelar bildingiz, ne sirlar o’rgandingiz

Menga sovg’a bo’lsin deb,nelar tayyorladingiz?

BEHRUZ:Chiziqchalar chizishni,o’qishni va yozishni

Husnixat-u qiroat,sendan o’rgandik faqat.

ALIFBE:Qani ayting nechta harf,nechta tovush bor menda.

HAMMA:29 harf bildik,30 tovush bor senda.

ALIFBE:Qani harflar so’zlasin,tartib bilan tizilib,

Bolajonlar so’zini,eshitay mazza qilib.(Harflar chiqadi)

Dars qilaman qo’shig’I Alisher ijrosida

PARIZODA: Mana bizni bildingiz,so’zga quloq soldingiz.

Bolalar bizni bilar,bilganning baxti kular.

Bizni derlar alifbo,o’ttizta harf erur jo,

Bolalarga do’st bo’ldik,yayrab o’ynadik kuldik.

Qo’shiq “Alifboni o’rgandik”o’quvchilar ijrosida.

ALIFBO:Barakalla, yana nelar, o’rgandingiz bilgim kelar?

FARZONA:Ona,Vatan,Mustaqillik,Kitob,Maktab,Ustoz barin

Maqol,topishmoq,tez aytish,o’rgandik biz shular sirin.

AMIRBEK:Bizni bag’riga bosgan,bolalar yayrab o’sgan,

Yuksalaver yildan-yil,O’zbekiston-jon vatan.

UMIDJON:Farzandiga jon fido,tinib-tinchimas aslo.

Bardam salomat bo’ling,Ota-onam doimo.

ZEBI:Bilimlar mamlakatin,makon aylagan bizda

Ta’zimu rahmat deymiz,sizday aziz Ustozga.

AHMAD:Yosh avlodni o’ylagan,baxtimizni so’ylagan,

Sog’-omon bo’lsin boshi,rahmat senga Yurtboshi.

ZARINA:Bilim olish yoqadi,demaylik charchadik sal.

Barcha undan olamiz,ishoning doim 100 ball.

ZUHRIDDIN:Qo’limizda bor kitob ,yuzimiz go’yo oftob.

Bizni doim bezaydi,go’zal xulq,yaxshi Odob.

ROBIYA:Bo’lsin doim osuda,ona-zamin albatta.

Osmon bo’lsin Musaffo,biz sevgan ona yurtda.

OYBEK:Bizlar maktab qo’ynida,o’qib,olamiz bilim

Kelajakka bo’laylik,yurtga kerakli olim.

O’yin:Qizlar ijrosida Xorazmcha



ALIFBO:Bolajonlar men sizga 1-kitobdurman,

Dilingizni yoritgan, go’yoki oftobdurman.

Ko’rdim bugun donosiz,hammadan ham a’losiz

O’qish,yozishni bilgan,aqlingiz ham rasosiz.

Endi boray dam olay,sizga baxt-omad tilay,

Ongingiz charxlash uchun,o’qish kitobin chorlay.

HAMMA: Xayr alifbejonim,rahmat yo’llab qolamiz.

Omon bo’lgin, biz senga,oq yo’l tilab qolamiz.

QO”SHIQ: Ozodbek Nazarbekovning “Mendirman”qo’shig’i yigitlar ijrosida

1-bosh:Mana Azizaxon,bizning bilimdon bolalarimiz qisqa muddat ichida shuncha narsani o’rgandilar.

2-bosh:To’g’ri aytasiz Ilhomjon endi biz bayramimizni “Bo’g’irsoq “ ertagi bilan davom ettirsak. Marhamat tomosha qiling.

FIRDAVS:Bor ekanda yo’q ekan,och ekanda to’q ekan.Qadim zamonda katta o’rmonda chol bilan kampir yashagan ekan. Bir kuni chol kampirini chaqirib shunday debdi:

-Kampir,Bo’g’irsoqvoy ham 7 yoshga kirib qoldi.Uni o’rmon maktabiga bersak bo’lardi.—Maylikuya, lekinBo’g’irsoqvoy o’qishni xohlarmikan?-debdi kampir.

-Ota-onasining o’zaro suhbatini eshitib turgan Bo’g’irsoqvoy esa: --Albatta o’qishni xohlayman.Maktabga borsam,a’lo baholarga o’qiyman,-debdi.Shunday qilib, Bo’g’irsoq maktabda o’qiy boshlabdi.Dam olish kunlarining birida u uyida o’tiraverib zerikib ketibdi.—Bir o’rmonni aylanib kelay-chi,-deya uylaridan uzoq bo’lmagan o’rmonda yo’l olibdi.Bo’g’irsoqvoy qo’shiq aytib , qushlarni tomosha qilib ketayotgan ekan , oldidan Quyon chiqib qolibdi.

QUYON:--Bo’g’irsoq, bo’g’irsoq , men seni yeyman.

+Meni yema,endigina 1-sinfga bordimku.

--Yo’g’e sen maktabga bordingmi? +Ha

--Unda senga savol beraman ,javob bersang qo’yib yuboraman.

+ Maylikuya do’stim O’qish va ona tili kitobini chaqiraman birgalikda javob beramiz.(O’qish va ona tili kitobi kirib keladi va o’zining she’rlarini,gaplarini aytadi)
-- Xo’sh ayt-chi Alifbeni tugatibsan,unda harf nechta bor ekan?

+ 29 ta harf va tutuq belgisi.Harflarning 6tasi unli, qolganlari undosh.Barcha harflardan so’zlar tuzib, o’qiy olaman.

--Barakalla,meni qoyil qoldirding,senga ruxsat,ketaver.

Bo’g’irsoq xursand ketayotgan ekan

Men bo’g’irsoq,bo’g’irsoq

Supradagi un urvoq

Qochib ketdim quyondan

Qochib ketdim buvimdan deya she’rini aytgach oldidan Qizil qalpoqcha chiqib qolibdi.

--Salom qizilqalpoqcha. +Salom bo’g’irsoqjon

--Qizil qalpoqcha agar bilsang men maktabga boryapman ,o’qish-yozishni,ingliz tilini o’rganyapman!

+ Hali shunaqami, unda savollarimga javob beringchi. -Vot iz yo neym?

+ Mayneym iz Bo’g’irsoq --Hav old a yu?

+Ay em seven.

--Barakalla Bo’g’irsoq ingliz tilidan yana nimalarni o’rganding?

+Hozir ko’rsataman (HAMMA IHGLIZ TILIDAGI Qo’shiqqa o’yin ijro etadi )

--Barakalla bo’g’irsoq ,sen maktabga juda foydali narsalarni o’rganayotgan ekansan bundan keyin ham a’lo baholarda o’qigin,xayr.(u kattakon ayiqqa duch keladi)

AYIQ:Bo’g’irsoq, bo’g’irsoq .Men seni yeyman.Qornim juda och.

+Meni yema.Maktabga endigina alifbeni tugatib , savod chiqargan bo’lsam.

--Xo’sh qani aytchi , matematikadan nimalarni bilding?

+Qo’shish,ayirish,raqamli do’stlarimni,taqqoslashni o’rgandim.

--Sening do’stlaring bormi? + HA mana ular.(Matematika kitobi va 0 dan 9 gacha bo’lgan sonlar chiqadi)

+Men mana shu do’stlarim yordamida misol-masalalar tuzib , yozishni, hisoblashni o’rganib oldim.

--Barakalla bo’g’irsoq ,men seni yemayman ,sen aqlli bo’lib qolibsan.Maktabda faqat 5 bahoga o’qigin.Xayr

Qo’shiq: Kulcha 6 ta o’g’il va qizlar ijrosida

TULKI chiqadi…Voy Bo’g’irsoqjon, qayerga ketyapsan?

+O’rmonda sayr qilib yuribman.

--Vaqtida kelding , qornim juda ochdi-da,o’ziyam.Men seni yeyman.

+Meni yemagin senga o’rtoqlarim bilan maktabda o’rgangan maqollar va tez aytishlardan aytib beraman.

--I-ye , sen hali maktabga bordingmi? Mayli ayta qol

(Navbat Kitob o’qi bolajon she’riga, maqollar va tez aytishlarga)

TULKI: Yaxshi, yaxshi.Faqat qulog’im yaxshi eshitmayapti,maqolingni burnimga chiqib ayta qol.

+Voy ayyor tulki-yey,nima meni ertak o’qimagan, eshitmagan deb o’ylayapsanmi?Maktabimizda sening nayranglaring haqida juda ko’p ertak o’qiganmiz . Meni laqillatmay qo’ya qol.

TULKI: Eh,hozirgilar buncha aqlli bo’lmasa. Bu ketishda ochlikdan o’lishim hech gapmas.O’rmonni bir aylanaychi,menbop laqmalar topilib qolar.

ERTAKCHI BOLA:Tulki shunday deya o’rmonga ravona bo’libdi.Bo’g’irsoqvoy limning kuchga ega ekanini ko’rib , yanada a’lo o’qishga bel bog’labdi. Aziz bolajonlar! Siz ham kuchingizni ilm olishga sarflang.Shunda yurtimiz farovonligiga hissa qo’shib , kelajakda o’z ishingizning ustasi bo’lasiz va albatta baxtiyor ,farovon yashaysiz!

O’yin:Anjancha yigitlar ijrosida

1-o’quvchi:Amir Temur izlari bor,Navoiyning so’zlari bor,

Nodiraday qizlari bor,buyuklarning Vatani bu.

Suyuklarning Vatani bu,

O’zbekiston nurli bo’ston,elga doston,elga doston.

SABINA: Bobur kabi shoh-shiori,Sino kabi malham dori,

Manguberdi bahodiri,ulug’larning Vatani bu.

Qutlug’larning Vatani bu,

O’zbekiston nurli bo’ston,elga doston,elga doston.

NAZIR: Og’abeku yangratsa soz,Abdullasi ayta she’r, so’z.

Gavhar qilsa gar noz,buyuklarning Vatani bu,

Suyuklarning Vatani bu

O’zbekiston nurli bo’ston,elga doston, elga doston.

PARI: Gulla yashna aziz diyor,bag’ring bo’lsin doim bahor.



Baxtingga ko’z tegmas zinhor,buyuklarning Vatani bu

Suyuklarning vatani bu,

O’zbekiston nurli bo’ston,elga doston,elga doston.

Yigitlar qasamyodi

1.Bobolarday oqil bo’lishga

2.Yurtboshimday yurtni sevishga

3.Vatanimni ko’zday asrashga

4.Xalq ishonchin doim oqlashga

5.Ustozlar o’gitin dilda saqlashga

6.Yaxshi-yomon ishni farqlashga

7.Ona yurtga kerak bo’lishga

8.Doim ulug’ ishlar qilishga

9.Onam sutin dildan oqlashga

10.Kerak bo’lsa jonim berishga

HAMMA:Qasamyod qilamiz

Qasamyod qilamiz.

O’yin:Qizlar ijrosida Ziyodaning “Xattuba”qo’shig’iga

1-bosh:Aziz bolajonlar!Sizga bilim berib , o’qish-yozishni o’rgatgan,chin yurakdan halol mehnat qilayotgan aziz ustozimiz Qudratovani chin dildan tabriklaymiz

2-bosh:Albatta bugungi bayram tantana shu aziz ustozimizning tinmay qilgan halol mehnatlari natijasidir.

O’quvchi:

Rahmat sizga ustozim

Bizni jondan sevdingiz

Ongimizni uyg’otib

Bilim-saboq berdingiz.

Bizni sevib onadek

Sira tinim bilmaysiz

Mehnatingiz sarf qilib

Doim bizni o’ylaysiz.

Aziz ustoz biz uchun

Ta’zim sizga,hurmat sizga

Ustoz sizga ko’p rahmat.

O’yin: Qizlar ijrosida Surxoncha

O’qituvchi:Shirin-shakar bolajonlar,

Bog’imdagi gul rayhonlar,

Doim bo’ling siz shodonlar,

Savodxonlik muborak!

Ko’zingizga nur o’ynasin,

Sizni ko’rib dil yayrasin,

Tillar bulbuldek sayrasin,

Savodxonlik muborak!

Qo’lingizda bo’lsin kitob,

Chehrangiz go’yo oftob,

Savodxonlik muborak!

Bo’ling doim sog’-salomat

Dangasalik qilmang faqat,

Mashaqqatga qiling toqat,

SAvodxonlik muborak!

Hurmatli ota-onalar,aziz ustozlar,shirin bolajonlar!Shu bilan bugungi Savodxonlik bayramimiz o’z nihoyasiga yetdi. Sog’ salomat bo’ling!XAYR!



-
-Xo’sh aytchi Alifbeni tugatibsan , unda nechta harf bor ekan?




















Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Начальные классы

Категория: Мероприятия

Целевая аудитория: 1 класс.
Урок соответствует ФГОС

Скачать
Саводхонлик байрами

Автор: Кудратова Маруфат Махмудовна

Дата: 17.02.2020

Номер свидетельства: 540019


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Ваш личный кабинет
Проверка свидетельства