kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Quvonchli kunlarni nishonlang

Нажмите, чтобы узнать подробности

Mavzu: Quvonchli kunlarni nishonlang.

Navro’z nashidasi.Erkin Vohidov/

 

Maqsad:

1.Ta’limiy maqsad.

          O’quvchilarga,milliy bayramlar haqida tushuncha berish. Vatanga, ota-onaga bo’lgan  mehr   muhabbatini  milliy  g’ururni  shakillantirish.T.K Milliy va umummadaniy kompetensiya:

 Umumbashariy ahamiyatga ega bo’jgan qadriyatlarini(urf-odatlar,marosimlar,milliy madaniy an’analarni )hurmat qiladi.

2.Tarbiyaviy maqsad:

          O’quvchilarga milliy bayramlar va urf-odatlarga nisbatan ijobiy munosabatlarini tarkib toptirish. Milliy iftixor  tuyg’usini  shakillantirish, ilmga  bo’lgan   qiziqishini e’tiborlarini  kuchaytirish T.K Milliy va umummadaniy kompetensiya:

O’zgalarga nisbatan mehr-muruvvat,saxiylik,milliy hususiyatlari,an’ana va marosimlarini hurmat qiladi.

3. Rivojlantiruvchi  maqsad: O’quvchilarga milliy bayramlar va urf-odatlarni qadrlash ko’nikmalarini rivojlantirish. Odobnoma   darsi orqali  bolalarni  og’zaki  nutqini  boyitish, dunyoqarashini  kengaytirish.F.K Ma’naviy-axloqiy madaniyatlilik komprtensiyasi:Yurtimizda nishonlanadigan umumxalq bayramlarini biladi.

 

4.Dars turi :Yangi tushunchalar berish.

 

5.Darsning uslubi:Suhbat,  bahs-munozara,  savol-javob,ko’rsatish,  tushuntirish.

 

 6.Darsning  jihozi:  Darslik,ko’rgazmali  qurollar,  tarqatmali materiallar,Vatanimizni bayramlarini aks  ettruvcni  rangli  rasmlar.AKT dan foydalanish.

 

Darsning borishi:

 

I. Tashkiliy  qisim. 

          Salomlashish.        Assalomu  alaykum 

          Parvozga shay  lochinlarim                                                       

          Mustaqil  yurt  kelajagi                                                             

          Alpomishu  Barchinlarim.

 

Darsimizning oltin qoidasini eslaylikchi?

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Quvonchli kunlarni nishonlang»










O’ZBEKISTОN RESPUBLIKASI

XALQ TA`LIMI VAZIRLIGI


NAMANGAN VILОYAT

XALQ TA`LIMI BОSHQARMASI


Namangan shahar xalq ta`limi bo’limiga qarashli 51-sоnli umumiy o’rta ta`lim maktabi boshlang’ich sinf o’qituvhisi JUMATOVA SALIMANING

2-sinfda odobnoma fanidan Quvonchli kunlarni nishonlang” mavzusida yozgan bir soatlik








Namangan shahar















Men Jumatоva Salima Tursunbayevna 1964-yil 6-aprelda Namangan shahrida ishchi оilasida dunyoga keldim. 1971-yil Namangan shahridagi 38-maktabni 1-sinfiga o’qishga qabul qilindim. 1981-yilda maktabni tamоmlab, Namangan pedagоgika bilim yurtiga o’qishga kirdim. 1984-yilda o‘qishni tamоmladim. O’zim o’qigan 38-maktabda ish faоliyatimni bоshladim. 1986-yil


Namangan Davlat pedagоgika institutiga sirtdan o’qishga kirdim. 1991-yilda o’qishni tamоmladim. 1993-yil avgust оyidan bоshlab ish faоliyatimni Namangan shahar 51-umumiy o’rta ta`lim maktabida bоshlang’ich sinf o’qituvchisi bo’lib ishga kirdim va davom ettirdim. 2001-yildan bоshlab bоshlang’ich sinflarda ilmiy bo’lim mudiri va o’qituvchi lavоzimida hоzirga qadar ishlab kelmоqdaman. Оilaliman, 4 nafar farzandim bоr. 6 nafar nabiram bоr.






Mavzu: Quvonchli kunlarni nishonlang.

Navro’z nashidasi.Erkin Vohidov/


Maqsad:

1.Ta’limiy maqsad.

O’quvchilarga,milliy bayramlar haqida tushuncha berish. Vatanga, ota-onaga bo’lgan mehr muhabbatini milliy g’ururni shakillantirish.T.K Milliy va umummadaniy kompetensiya:

Umumbashariy ahamiyatga ega bo’jgan qadriyatlarini(urf-odatlar,marosimlar,milliy madaniy an’analarni )hurmat qiladi.

2.Tarbiyaviy maqsad:

O’quvchilarga milliy bayramlar va urf-odatlarga nisbatan ijobiy munosabatlarini tarkib toptirish. Milliy iftixor tuyg’usini shakillantirish, ilmga bo’lgan qiziqishini e’tiborlarini kuchaytirish T.K Milliy va umummadaniy kompetensiya:

O’zgalarga nisbatan mehr-muruvvat ,saxiylik,milliy hususiyatlari,an’ana va marosimlarini hurmat qiladi.

3. Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarga milliy bayramlar va urf-odatlarni qadrlash ko’nikmalarini rivojlantirish. Odobnoma darsi orqali bolalarni og’zaki nutqini boyitish, dunyoqarashini kengaytirish.F.K Ma’naviy-axloqiy madaniyatlilik komprtensiyasi:Yurtimizda nishonlanadigan umumxalq bayramlarini biladi.


4.Dars turi :Yangi tushunchalar berish.

5.Darsning uslubi:Suhbat, bahs-munozara, savol-javob,ko’rsatish, tushuntirish.


6.Darsning jihozi: Darslik,ko’rgazmali qurollar, tarqatmali materiallar,Vatanimizni bayramlarini aks ettruvcni rangli rasmlar.AKT dan foydalanish.


Darsning borishi:


I. Tashkiliy qisim.

Salomlashish. Assalomu alaykum

Parvozga shay lochinlarim

Mustaqil yurt kelajagi

Alpomishu Barchinlarim.


Darsimizning oltin qoidasini eslaylikchi?


















O’quvchilar eslaydilar.

O’quvchilar: Assalom muallim,

Qilamiz sizga ta’zim

Oqituvchi: 1. Bolalar biz qayerda yashaymiz?

O’quvchi: Biz yashaymiz O’zbekistonda,

Baxti kulgan g’o’zal diyorda.

Oqituvchi: 2. Vatanimiz poytaxti qayer?

O’quvchi: Toshkent shahri.

Oqituvchi: 3. Prezidentimiz kim?

O’quvchi: Mirziyoev Shavkat Miromonovich.












O’qituvchi: Sinfda kim navbatchi?

O’quvchi: Men navbatchi sinfda,

Sinfimiz doim yuzda.

Chang g`uborlar artilgan,

Suvlar ham qaynatilgan.

Biz yengil formadamiz,

Odobda oldindamiz.

O’qituvchi: O`zbekiston qanday davlat?

O’quvchi: O`zbekiston mustaqil davlat.

O’qituvchi: Mustaqil bo`lganimizdan keyin nimalarga ega bo`ldik?


1 -o’quvchi:








Davlat bayrog`i

“O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`i to`g`risida"gi g`onun 1991 yil 18 noyabrda O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari o`tkazilgan VII sessiyasida qabul qilingan.

Davlat bayrog`i va uning ramzi bugungi O’zbekiston sarhadida qadimda mavjud bo`lgan davlatlar bilan tarixan bog`liqligini anglatadi, hamda respublikaning milliy-madaniy an'analarini o`zida mujassamlashtiradi.

1. Bayroqdagi moviy rang tiriklik mazmuni aks etgan mangu osmon va obihayot ramzi. Timsollar tilida bu - yaxshilikni, donishmandlikni, halollikni, shon-shuhrat va sadoqatni bildiradi. Binobarin, Amir Temur davlati bayrog`ining rangi ham moviy rangda edi.

2. Bayroqdagi oq rang - muqaddas tinchlik ramzi bo`lib, u kun charog`onligi va koinot yoritgichlari bilan uyg`unlashib ketadi. Oq rang - poklik, beg`uborlik, soflikni, orzu va hayollar tozaligi, ichki go`zallikka intilishning timsoli.

3. Yashil rang - tabiatning yangilanish ramzi. U ko`pgina xalqlarda navqironlik, umid va shodumonlik timsoli hisoblanadi.



2 -o’quvchi:











Davlat gerbi

"Ozbekiston Respublikasi Davlat gerbi to`g`risida"gi qonun 1992 yil 2 iyulda O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida qabul qilingan.

O`zbekiston Respublikasining Davlat gerbi gullagan vodiy uzra charaqlab turgan quyosh tasviridan hamda so`l tomonida bug`doy boshog`lari, o`ng tomonida ochilgan paxta chanoqlari surati tushirilgan chambardan iborat.

3-o’quvchi:


Davlat madhiyasi Abdulla Oripov so`zi

Mutal Burxonov musiqasi

S erquyosh hur o`lkam, elga baxt, najot,

Sen o`zing do`stlarga yo`ldosh, mehribon!

Yashnagay to abad ilmu fan, ijod,

Shuhrating porlasin toki bor jahon!


Oltin bu vodiylar - jon O`zbekiston,

Ajdodlar mardona ruhi senga yor!

Ulug` xalq qudrati jo`sh urgan zamon,

Olamni mahliyo aylagan diyor!


Bag`ri keng o`zbekning o`chmas iymoni,

Erkin, yosh avlodlar senga zo`r qanot!

Istiqlol mash'ali, tinchlik posboni,

Xalqsevar, ona yurt, mangu bo`l obod!


Oltin bu vodiylar - jon O’zbekiston,

Ajdodlar mardona ruhi senga yor!

Ulug` xalg` qudrati jo`sh urgan zamon,

Olamni mahliyo aylagan diyor!


3-o’quvchi: 1989 yil 21-oktabrda o`zbek tiliga davlat tili maqomi berilib, shu kuni “Til bayrami” deb e`lon qilindi. Shuning uchun har bir o`zbek eng avvalo o`zbek tilini mukammal bilmog`i zarur. Lekin ona tilini bilib, boshqa tillarni bilmaslik ham yaxshi emas. Dunyo tillariga qiziqish, o`rganish inson bilimini oshiradi. Rus tili, ingliz tillarini bilgan o`quvchilarga bilimlar eshigi keng ochilib, chet davlatlarga ham borib, o`qishlarini davom ettirishlariga imkon yaratilmoqda.

Van, tu, sri,

Van, tu, sri.

Ze keyts in ze xarbeord

End shi keynt si.


O’qituvchi: Bu yil qanday yil deb e`lon qilindi?

O’quvchi: 2020-yil prezidentimiz Mirziyoyev SH.M tomonidan “Ilm-marifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili ” deb e`lon qilindi.

O’qituvchi: Ahvol nechuk qarog’larim.

O’quvchi: Bizlar shaymiz saboqqa

Hamda bilim olmoqqa

Jonu dildan tinglaymiz

Siz bizga bering ta’lim.

O’qituvchi: Hozir darsimiz nima?

O’quvchi: Odobnoma bu odoblar ilmi

Berar bizga hayotdan saboq

U borki hayot sururli

U borki kelajak porloq.

O’qituvchi: Ushbu dars yoqar kimga?

O’quvchi: Sizga bizga hammaga

Yoqar ushbu darsimiz

Chunki odob-axloqqa

Havas qildik barchamiz.

O’qituvchi: Rahmat azizlarim. Mana endi darsimizni boshlaymiz. Bugungi darsimizni musobaqa tarzida olib boramiz . Uchala guruh o’quvchilariga ham bir xil vazifa topshiriladi.

Sizlarni uch guruhga bo'lib olaman.

1-guruh – «Lola» guruhi.

2-guruh – «Boychechak» guruhi.

3-guruh – «Binafsha» guruhi.


Test savollari.

  1. Ona Vatan deganda qayerni anglaymiz?

A). Tug’ilib o’sgan joyni

B). G’olib kelgan yurtni

D). Sayohatga borgan mamlakatni

  1. Siz qaysi mamlakatning fuqorosisiz?

A). O’zbekiston

B). Turkiya

D). Qozog’iston

  1. “Navro’z” so’zining lug’aviy ma’nosini toping.

A). Yangi kun

B). Yangi yil

D). Bahor

II. O’tilgan mavzuni so’rash:

O’tilgan dars mavzusi qisqa savol-javob o’tkazish bilan takrorlanadi.

III. Yangi mavzu bayoni:

Eng quvonchli kunlaringiz xalqimiz tomonidan keng nishonlanadigan Navro‘z, Mehrjon, Hosil bayramlari bo‘lsa kerak tog‘rimi? Ular nima sababdan sizga bunchalik yoqadi?












Avvalo, barcha shod-xurram bo‘lgani, ozoda, orasta kiyinib, chiroyli istirohat bog‘Sarida maza qilib ota-onangiz, o'rtoqlaringiz bilan dam olganingiz, o'ynaganingiz sababli. Bu bayramlar bir necha yuz yillardan beri xalqimiz to­monidan nishonlanib kelinmoqda.


Shuning uchun ularni an’anaviy, milliy bayramlarimiz deb ataymiz.

Bu bayramlarda xalqimszga xos bag'rikenglik, saxiylik, kamtarinlik, samimiylik, mehmondo‘stlik, bolajonlik odatlari yaqqol namoyon bo'ladi.

Oltin zanglamas, an’ana eskirmas.

Eng qadimiy bayramlaridan biri – Navro'zdir.

Qadimgi dehqonchilik ishlarining boshlanishini bahorning yigirma birinchi martidan hisoblaganlar. Bu bayram Navro'z, ya'ni Yangi kun deb atalgan.

Yurtimizda Navro'z bayramini har yili katta tayyorgarlik bilan kutib olishadi. Bu bayram elimizning eng yaxshi udumlaridan bo'lib qolgan.

Dehqonlar Navro'zda dalada yer hayday boshlaydi. Navro'zgacha ko'chalar tozalanib, ariqlar qaziladi. Hamma ёq supirib-sidiriladi. Navro'z kirar kuni moy, qaymoq, jizza solib kulcha, lochiralar pishiriladi. Yalpiz, ismaloq kabi ko'katlardan somsalar yopiladi.




Navro'z kuni yoshlar yalpiz, binafshalar olib keksalarni ko'rgani borishadi.







Qariyalar: «Esonlig-u-omonlik, hech ko'rmaylik yomonlik, yangi oy-u yillarga o'ynab-kulib yetaylik», - deb tilak bildirishadi.

Hamma dala, bog'-rog'larga chiqib, o'yin-kulgu qilib dam oladi. Navro'z bayrami oliy o'quv yurtlari, maktab, litsey va kasb-hunar kollejlari, korxona va tashkilotlarda keng nishonlanadi. Mahallalarda doshqozonlarda sumalak tayyorlanadi.

1.Navro'z qachon nishonlanadi?

2. Navro'z kunlari dehqonlar nima qilganlar, yoshlarchi?

3. Siz Navro'z bayramini qanday o'tkazasiz?

O`qituvchi:Erkin Vohidovning “Navro’z nashidasi’she’rini o’qib beraman.


IV. Yangi mavzuni mustahkamlash:

O`qituvchi: 1.Milliy bayramlarimiz haqida nimalarni bilib oldingiz?

2.Qani o’quvchilar Navro’z bayramida qanday taomlar tayyorlanar ekan?

3.Urf-odatlarimiz haqida nimalarni bilasiz?


V. O’quvchilarni baholash: darsda faol qatnashgan o’quvchilarni baholayman.


VI. Uyga vazifa:


Matnni o’qib mazmunini o’rganish ,she’rni yod ojish.


Foydalanilgan adabiyotlar:


1. 2-sinf uchun Odobnoma darsligi.

2. Boshlang'ich ta'lim jurnali.

3. Internet ma'lumotlari.





12



Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Начальные классы

Категория: Мероприятия

Целевая аудитория: 2 класс

Скачать
Quvonchli kunlarni nishonlang

Автор: Jumatоva Salima Tursunbayevna

Дата: 19.03.2020

Номер свидетельства: 543419


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Ваш личный кабинет
Проверка свидетельства