kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

"Qomusim-faxrim"

Нажмите, чтобы узнать подробности

Это меропрятие для начальных классов по конститутции Узбекистана

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«"Qomusim-faxrim"»

8-dekabr Konstitutsiya kuniga bag’ishlangan

Qomusim-faxrim” nomli tadbir

senariysi

Tadbir o’tkaziladigan joy bayramona bezatilgan. Chor atrofga Konstitutsiyamizga bag’ishlangan shiorlar, devoriy gazetalar ilib qo’yilgan. Shuningdek, siyosiy adabiyotlar, o’quvchilarning qomusimiz haqida yozgan ma’ruzalari, ijodiy ishlari ko’rgazmasi tashkil etilgan.

(Magnitofon tasmasidan Vatan haqidagi kuy taraladi va sahnaga adabiy kecha qatnashchilari chiqadi).

1-boshlovchi - Qo’lingda erk boshda yalov, tilingda shurud,

Vataning bor, maktab-bog’chang, or-nomusing bor.


2-boshlovchi:-O’zbekiston deb atalgan muqaddas hudud,

O’z Davlating, Qomusing, o’z madhiyang bor

Madhiya yangraydi


1-boshlovchi:  Shukrona aytamiz qutlug’ kunlarga,

                        Ma’noga, mazmunga to’liq kunlarga.

                        Farovon, nurafshon ulug; kunlarga,   

                        Ey, ozod diyorim – O’zbekistonim!

                        Ey, ozod diyorim – O’zbekistonim!

 

2-boshlovchi:  Yangi davrv keldi, o’zgardi zamon,

                        Zamon zayli bilan o’zgardi inson.

                        O’zgardi jamiyat, o’zgardi hayot,

                        O’zgardi qo’shig’-u o’zgardi hayot!


Assalom “ qo`shig`i


1 – boshlovchi:-Assalomu alaykum, azizlar, qalbi otash, mehri quyoshlar. Mana bugun qomusimizning 28yillik bayrami munosabati bilan Baxtnomamizni kuylash sharafiga ega bo’lib turibmiz. Bayramga bag’ishlangan tadbirni, marhamat, tomosha qiling.

2 –boshlovchi

Baxtiyorman hur elimning

Adolatli shioridan,

Xalqim dildan ulug’lagan,

Tafakkuri, qaroridan.

Qoyil qolsin ro’yi zamin,

Odillikdan, adolatdan.

O`quvchi-

Mana, ko’ring, havas qiling,

Unib o’sgan hidoyatdan.

Saodatli elga baxt yor,

Iymonu e’tiqodim bor.

Munisgina onam kabi,

Istiqlolim baxtimga yor.

Hamma: Zavol ko’rmas iqbolim bor!

Zilola - Havas qilsa arzigulik, baxtim bor,

Nurli yo’lga boshlaguvchi ahdim bor.

Fidodirman toki tanda qonim bor,

Men elimning Qomusini kuylayman!

1 – boshlovchi: -O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi o’z xalqining huquqlarini himoya qilib, hozirgi va kelajak avlodlar oldidagiyuksak mas’uliyatni anglagan holda, Respublika fuqarolarining munosib hayot kechirishlarini ta’minlashga erishish, tinchlik va milliy totuvlikni ta’minlash maqsadida qabul qilingan. Biz uni g’urur bilan “Baxtimiz Qomusi”, deya ataymiz.

2 – boshlovchi: Konstitutsiyamiz 1992 yil 8 dekabrda O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 11 sessiyasida qabul qilingan.

-Qani bolalar, Konstitutsiyamiz haqida siz nimalarni bilasiz?


 1-o’quvchi: — 1990-yil iyun O’zbekistonda Mustaqillik Deklaratsiyasi e’lon qilindi. Bu mustaqillik uchun ilk qadamlardan bo’ldi.

O’zbekiston- ozod ,hur Vatan!

  Quchoqlari to’la nur Vatan!

              Istiqloling abadiy bo’lsin,

             Dunyolar turguncha tur, Vatan!

2-o’quvchi:  1991-yil 31-avgust O’zbekiston o’z mustaqilligini e’lon qildi.

Mustaqillik kuni muborak bo’lsin.

Toabad istiqlol oftobi kulsin.

Mustaqillik berdi bizga saodat,

Berdi e’tiqod-u, keng imkoniyat.


Mustaqil Vatan “ qo`shig`i


3-o’quvchi:  1992-yil 2-mart  O’zbekiston Respublikasi BMT a’zoligiga qabul qilindi.

Sen ham endi tenglar ichida tengsan,

Bag’ri butun yurtsan va bag’ri kengsan.

Sendek xalqimning ham bag’ri butundir,

Dunyo binosida bitta ustundir.

Millatlar uyida barcha qatori

Uning xos o’rni bor- qatorda nori

 


4-o’quvchi:  

Yaxshilar tufayli ozod diyorim,

Ozodlik tufayli obod diyorim,

Eng Oliy Qomusga chekkanda imzo.

Yaxshilarni ko’rdi o’zidan rizo.

Ne qissa. Hurriyat qomusidir u.

Ulusning oriyu nomusidir u .

Istiqlol bir yoshdan oshgan chog’ida.

U tug’ildi yaxshilikning bog’ida.

Mustaqillik bergan oliy baxtdir bu,

O’zbekka yarashgan toj-u taxtdur bu.

Konstitutsiyamiz nodir chinakam

U biz uchun eng oliy hakam!


1-boshlovchi: Mustaqil O’zbekistonning Konstitutsiyasi, Prezidentimiz qayd etganidek, o’zining tub mohiyati, falsafasi, g’oyasiga ko’ra yangi hujjatdir. Undagi g’oya va printsiplar fuqarolik jamiyatini va huquqiy davlatni shakllantirishga asos qilib olingan.

2-boshlovchi: Asosiy Qomusimizda xalq hokimiyatining real omillari ko’rsatib berilgan. CHunki hammamizga ma’lumki, davlatimizda amalga oshirilayotgan barcha ishlar, siyosiy-iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy islohotlarning hammasi xalq, inson manfaatlari, uning turmush tarzini yaxshilashga xizmat qiladi. Har bir kunimizning baxtli, dasturxonimiz to’kin, xonadonimiz yopyg’ bo’lishining negizini tashkil etadi.


  5-o’quvchi:  1-modda: O’zbekiston suveren demokratik Respublika. Davlatning O’zbekiston Respublikasi va O’zbekiston degan nomlari bir xil ma’noni bildiradi

Karnay-surnay ovoz berdi jahonga,

Jahonni qaratdi O’zbekistonga.

Temurning ruhiga qilib qasamyod,

Yolboshchimiz etdi xalq dilini shod,

Yo’lboshchi so’zini ettirdi davom,

Dilida xalqiga chuqur ehtirom

Hech hazon bo’lmasin biz kezgan chaman,

Bizdan qolsin ozod va obod Vatan.

 

6-o’quvchi:    

 Marifat bo’stoni ezgu dostoni,

Dostligu tinchlikning metin qo’rg’oni,

Ey, ozod diyorim, O’zbekistonim.

Ey obod diyorim O’zbekistoni!

 

Do`ppi tikdim” raqs

 

7-o’quvchi:  3-modda: O’zbekiston Respublikasi o’zining milliy-davlat va ma’muriy-hududiy tuzilishini,davlat hokimyati va boshqaruv organlarining tizimini

belgilaydi, ichki va tyashqi siyosatini amalgam oshiradi. O’zbekistonning

davlat chegarasi va hududi dahlsiz va bo’linmasdir.

 

Dunyo xaritasin bezab shersimon,

Qulochini yoydi hur O’zbekiston.

Xaritaga soling diqat nazarin,

Ko’ring, havas qiling yurtim manzarin.

U qaddin rostlagan sherga o‘xshaydi.

Pahlavon, bahodir erga o’xshaydi.

Istibdod zanjirin uzib batamom,

O’zligin olamga etdi namoyon.

Ozod nafas oldi bu jaho aro,

Va dunyo bog’iga baxsh etdi oro.

 

8-o’quvchi:  4-modda:  O’zbekiston Respublikasining davlat tili o’zbek tilidir. O’zbekiston Respublikasi o`z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an`analari hurmat qilinishini ta`minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi.

 Shu tilda Temur bobo

Lashkarga buyruq bergan .

Navoiy tuzgan navo,

Bobur gavharlar tergan

“Til- xalqning shavkat- shoni”,

Bu bobolar kalomi

Ona tilim unvoni Davlat tili maqomi


9-o’quvchi:  5-modda:  O’zbekiston Respublikasi qonuni bilan tasdiqlangan o’z davlat ramzlari- bayrog’i, gerbi va madhiyasiga ega.

 

Olam ahli bilan qilib barobar,

Ayladi qadrdon, do’st-u birodar.

Chiqardi millatlar uyin to’riga,

Umr qo’shdi O’zbekiston umriga.

Mulki jahon bayroqlari qatori,

Shula sochdi bayrog’imiz sharori.

Olam aro madhiyamiz yangradi,

Eshitganki, kishi joni yayradi.

Mustaqillik bergan oliy baxtdir bu,

O’zbekka yarashgan toj-u taxtdur bu!


 “Yurt bayrog`i” qoshig`i


10-o’quvchi:  6-modda:  O’zbekiston Respublikasining poytaxti – Toshkent shahri.

Ey ko’hna diyorim, ona Toshkentim,

Tarixda nomi Choch, gohi Shoshkentim!

Binkentu, Banokat, ko’zi yosh kentim,

Egilgan, sinmagan, boshi Toshkentim!

 



11-o’quvchi:  7-modda:  Xalq davlat hokimyatining birdan-bir manbayidir.

Adolatning qo’yib tamal toshini,

Yo’lboshchi ko’tardi xalqning boshini.

U tinim bilmasdan ishladi shoyon.

Konstitutsiyaga fido qildi jon.

Birnchi o’ringa qo’yib insonni,

Inson sharafiga baxsh etdi jonni.

Qonunlar insonga qilmasa xizmat,

Qonunlar insonni etmasa izzat.

Qonun emas, dedi undayin qonun,

Qonunda Insondir zori Humoyun.

Davlatning sharafi, shoni insondir,

Tanasi, yuragi, joni insondir.


 12-o’quvchi: 29-modda.Har kim fikrlash, so’z va e’tiqod erkinligi huquqiga ega.

Har kim o`zi istagan axborotni izlash , olish va uni tarqatish huquqiga ega, amaldagi

konstitsiyaviy tizimga qarshi qaratilgan axborot va qonun bilan belgilangan boshqa

cheklashlar bundan mustasnodir. Fikr yuritish va uni ifodalash erkinligi faqat davlat siri va boshqa sirlarga taalluqli bo`lgan taqdirdagina qonun bilan cheklanishi mumkin

               Fikrlash, so’z, e’tiqod

               Erkinligi bor bizda.

              Tafakkur , erkin ijod

              Jo’sh urar qonimizda.

 

             “Avval o’yla”, deganlar

              Fikrlaymiz o’ylaymiz.  

              So’zga navbat kelganda

             Odob bilan so’zlaymiz.


13-o’quvchi:  31-modda:  Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan diniga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmasligi huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo’l qo’yilmaydi.

Tiklandi iftixor va milliy g’urur,

Endi o’zbekman deb ayturmiz mag’rur.

Tiklandi an’ana, urf-odatimiz,

Tiklandi qadriyat tarix va moziy,

E’tiqod, din-iymon, ilmiy ilohiy.


Andijon polkasi” raqs


 14-o’quvchi: 40-modda. Har bir inson malakali Tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega.

               Betob bo’lib , botib g’amga,

              Yotib qolsk nogahon.                   

              Shifokorlar tez yordamga

              Yetib kelar shu zamon.

 

              Malakali tibbiy xizmat

              Ko’rsatadi shifokor

              Elga xizmat – oily  himmat

Sahna ko`rinishi

13-o’quvchi:   41-modda:  Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat nazoratidadir.

Ilmli kishini qadrlar zamon.

Ne zamon qadrlar jumlayi jahon,

Ilm bilan bezar umrini bashar.

Ilm-katta boylik, ilm-siymu zar,

Ilm bilan bezar umrini bashar

Umri oqibatda topgaydir qadr,

Ilmdan yaratdi eng oliy qasr.

14-o’quvchi:   2004-yil 22-may “2004-2009-yillarda maktab ta’limini rivojlantirish davlat umummilliy dasturi to’g’risida”gi farmoni e’lon qilindi. 2017 yil 15 martda “Umumiy o`rta ta`lim to`g`risidagi nizom” qabul qilindi.

 15-o’quvchi:  49-modda Fuqarolar O`zbekiston xalqining tarixiy, ma`naviy va madaniy merosini avaylab-asrashga majburdirlar. Madaniyat yodgorliklari davlat muhofazasidadir

Obidalar, qo`lyozmalar

Ham osori atiqa,

Bobolardan xabar berar,

Har nafas,har daqiqa.

Yodgorlikni asrar bo`lsang

Asraganday ko`zingni,

Shunda saqlab qolajaksan

Kelajakni, o`zingni


 16-o’quvchi:  50-modda Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo`lishga majburdirlar

Bugun ekkan qalamchang

Ka-a-tta terak bo`ladi.

Faqat uni avaylab

Asrash kerak bo`ladi

Tog` go`zal, o`tloq go`zal,

Sevamiz gulatrini.

Esda tutaylik, do`stlar,

Tabiatning qadrini

 Kamalak” qo`shig`i yangraydi

17-o’quvchi:  55- modda Yer,yer osti boyliklari , suv, o`simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zahiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir.

Yer,yer osti boyliklar,

Suv, o`simlik dunyosi-

Umummilliy xazina,

Topilmaydi qiyosi.

Qanoat, insof darkor,

Tagi mo`l bo`lgan bilan,

Kelajakning haqqi bor,

Oqilona foydalan!


18-o’quvchi: 64-modda: Ota- onalar o`z farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburdilar. Davlat va jamiyat yetim bolalarni va ota-onalarining vasiyligidan mahrum bo`lgan bolalarni boqish, tarbiyalash va o`qishni ta`minlaydi, bolalarga bag`ishlangan xayriya faoliyatlarni rag`batlantiradi.

Ko`zlarida mehr bor, so`zlarida sehr bor,

Beshik ustida bedor- mehribon onaizor.

Oq yuvib, oq taragan, yo`limizga qaragan,

Ko`nglimizga qaragan- mehribon onaizor.


Ota-oila suyanchi,tog`dek ulug` tayanchi,

Biz tufayli quvonchi, baxtimizdan baxtiyor,

Sog`-salomat yursinlar, kamolimiz ko`rsinlar,

Ertaga ham bo`lsinlar baxtimizdan baxtiyor


19- o`quvchi: 66-modda. Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar o`z ota-onalari haqida g`amxo`rlik qilishga majburdirlar

Jonajon onajon!

Mehribon otajon!

Siz hayot ferdingiz,

Bol, novvot berdingiz.

Quyoshim, oyimsiz,

Bor bo`ling doim Siz!

Ulg`ayib albatta,

Bir umr xizmatda

Bo`lamiz begumon,

Otajon, onajon


Tinchlik bo`lsin” qo`shig`i


20- o`quvchi: 68- modda O`zbekiston Respublikasi viloyatlar, tumanlar, shaharlar, qishloqlar, qvullar, shuningdek Qoraqalpog`iston Respublikasidan iborat

Viloyatlar, tumanlar,

Shaharlar, shaharchalar,

Qishloqlar-unovullar va

Qoraqalpog`iston-

Bari-bari jam bo`lib,

O`zbekiston atalar ,

Shunday gul-chechaklardan

Yaralgan go`zal bo`ston!


1-boshlovchi: Konstitutsiya jahon andozasida yozilgan, ilg’or va takomillashgan Qomusdir. U huquqiy-demokratik davlatning eng asosiy qonuni hisoblana­di. Konstitutsiyamizning qanchalar mukammal ishlab chiqilishi, mamlakatda amal qilinishi

2-boshlovchi: Ayniqsa, xalq man­faatlariga xizmat qilayotganligi yurt-doshlarimizning ertangi kuni porloqligidan dalolat beradi. U mustaqillik, ozodlik va xalqparvarlik g’oyalari bi­lan sug’orilib, kelajakda O’zbekistonning buyuk davlatga aylanishini ta’minlashga kodirdir.


Aql Adolatni etur ustuvor.

Adolatli jamiyatga berganda baxo

Qomusimiz nodir, tengsiz va a’lo!

Vatan posbonimiz bo’laylik hushyor,


Nifoq urug’ini sochmasin ag’yor,

Fidoyi bo’laylik Mustaqillikka,

Bizni chorlamoqda haq ahillikka.

 

1-boshlovchi: Mana O`zbekiston Respublikasining 28yilligi munosabatiga bag`ishlangan tadbirimiz nihoyasiga yetdi

2 boshlovchi: Shu yurtni sevish, asrab avaylash bizning burchimizdir.Biz shu yurt kelajagimiz.

Hech kimga bermaymiz seni O`zbekiston” qo`shig`I bilan tadbir yakunlanadi.


Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Начальные классы

Категория: Мероприятия

Целевая аудитория: 3 класс.
Урок соответствует ФГОС

Скачать
"Qomusim-faxrim"

Автор: Kadirova Robiya Ganixonovna

Дата: 20.01.2021

Номер свидетельства: 570727


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства