Zubayda:  Tabiatda qish fasli o`z hukmini o`tkazar,
  Ayoz bobo shimoldan sovuq shamol yetkazar
  Kirib keldi qish fasli bo`ron,sovuq,qor bilan
  Tabriklaymiz sizlarni do`stlar yangi yil bilan!
  Assalomu alaykum , aziz, mehmonlar, qadrdon ustozlar, jajji tengdoshlar!  
  
 
  Umidbek: Assalomu alaykum bugungi tadbirimizning aziz mehmonlari!
  Mana o`z tarovati,o`ziga xos ziynati bilan yurtimizda qish fasli  
  hukmronlik qilmoqda. Qish fasli o`z qori, shamoli, musaffo havosi bilan  
  insonlarni o`ziga maftun qiladi. Shu bilan birga qish faslida bir-biridan  
  go`zal, bir-biridan chiroyli bayramlarimiz bisyor. Shulardan katta yu-
  kichikka birdek zavq bag`ishlaydigan bayram bu- Yangi yil bayramidir.  
 
 
  Zubayda : Mana bugun 2,,a”-sinf o`quvchilari ishtirokida ,,YANGI YILIM- YAXSHI  
  YILIM” bayram tadbiri namoyish etilmoqda. Keling, siz ham biz bilan  
  bayramimizni tomosha qiling, zavqlaning.  
 
 
  Sharofat : Yangi yilda yangi xilda yuraklarning ovozi,
  Qaynab chiqar, yayrab chiqar, tilaklarning eng sozi.
  Har yurakda orzu katta, u pokiza beg`ubor,
  Eng mustфhkam, eng mustahkam poydevordir, poydevor!
 
 
  T.Nodira: Ko`zlar ko`zga so`zlar so`zga orzu bilan bog`lanar
  Yuraklardan yuraklarga o`tish uchun chog`lanar.
  Istaklar sochib yog`du yashnaydi har ko`ngilda
  Uzoqdan ham, yaqindan ham porlaydi bir zaylda.
 
 
  Baravar: - Yangi yilda yaxshilarni
   Tabriklaymiz, qutlaymiz!
  
 
  Zubayda: Ma’lumki, Prezidentimiz tomonidan har bir yil o`ziga xos nomlanib  
  kelinmoqda. O`tayotgan 2018-yil - Faol tadbirkorlik,innovatsion g`oyalar  
  va texnologiyalarni qo`llab-quvvatlash yili deb e’lon  
  qilingan edi. Xo`sh endi yil oxirida o`tgan yilimizni sarhisob qilsak, biz  
  nimalarga erishdik? Vatanimiz qanday yutuqlarni qo`lga kiritdi?  
  ________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
  
 
  
 
  
 
  
 
  
 
  Gulshan :  Abad qutlug` bo`lsin qo`ygan qadaming,
  Yo`ling yoritguchi chiroqman, Vatan
  Sarhadingda sergak posboning bo`lay,
  Bo`stoning yashnatgan bog`boning bo`lay,
  Tepangda tip-tiniq osmoning bo`lay,
  Hamma: Menga suyan, senga tirgakman, Vatan.  
  
 
  
 
  Xursand:  Gard qo`ndirmay yaprog`iga,
  Nam yuqtirmay qabog`iga,
  Iz tushirmay tuprog`iga,
  Biz Vatanni qo`riqlaymiz,
  Dinora : Yovning daydi o`qlaridan,
  Adovatning cho`g`laridan,
  Malomatning tig`laridan,
  Gumonlardan qo`riqlaymiz
  Aminboyev A:Elning shonu shuhratini,
  Sharafini, shavkatini,
  Dehqon bobo mehnatini,
  Quzg`unlardan qo`riqlaymiz
  Go`zal : Bizlar hur yurt farzandi  
  Ulug` ajdod dilbandi
  O`qib bilim olamiz
  Sog`lom bola bo`lamiz.
 
 
 Qo`shiq.  
 
 
  
  Zubayda: Bilasizlarmi, yangi yil bayrami har yurtda har xil nishonlanar ekan.  
  Hozir tengdoshlarimiz sizlarga shunday ma’lumotlarni  
  taqdim etishadi.  
 
 
  RNodira:  «Yanvar» so'zi Rim hudosi Yanus nomiga qo'yilgan. Rimliklarning fikricha, u  
  ikki boshga ega bo'lib, biri yangi yilga, ikkinchisi bilan eski yilga qarab turgan.  
  Rim yangi yil festivali Kalends deb nomlangan. Odamlar shu kunlari bir-  
  birlariga  sovg'alar ulashishadi, bayramni nishonlashadi.  
  Asilbek :  Yangi yil Avstraliyada 1 yanvarda nishonlanadi. Bu erda shunchalik issiq  
  bo'ladiki, qorbobo va qorqiz bayramda cho'milish kiyimida sovg'a ulashishadi.  
  Intizor :Indoneziyada yangi yilni oktyabrda nishonlashadi. Ular shu kuni o'tgan  
  yildagi ayblari uchun bir-birlaridan uzr so'rashadi.  
  Abd.A: Eskimoslar. Kimdir yangi yilni 1 aprelda, kimdir oktyabrda, yana kimdir   
  yanvarda nishonlashadi. Eskimoslar uchun esa birinchi qor yoqqan kun yangi yil  
  hisoblanadi.  
  Maftuna :  Xitoyda yangi yilni raketalar va xlopushkalar sadosi ostida kutib olishadi.   
  Avvallar bunday vositalar bambukdan qilinar edi. Xitoyda yangi yil bayramining  
  birinchi kunida janjallashish ta'qiqlangan.
  
 
  Shomurod :Yangi yilda Italiyada bo'lsangiz uylarga yaqin yurmang. Chunki ular shu   
  kecha  
  eski buyumlarini derazadan uloqtirishadi. Italiyaliklarning fikricha, qancha ko'p  
  narsa otsang, yangi yilda shuncha ko'p boylik keladi. Shuning uchun boshingizga  
  hatto shkaf ham tushishi hech gap emas. Italiyalik kichkintoylar bayramda   
  albatta  
  yangi ko`ylak kiyib,eskilarini tashlab yuborishadi.Aytishlaricha qizil rangli  
  kiyimlar yil davomida ularga quvonch olib kelar ekan.
  
 
 Kar.Nafisa:Yaponiyada yangi yil kechasida 108 marta qo`ng`iroqlar chalinadi . Chunki  
  Yaponiyada 100 va 8 raqamlari baxtli hisoblangan . Yangi yil quyosh chiqishi  
  bilan kutib olinadi.
 Behruz : Shotlandiyada Yangi yilda istagan kishi istagan xonadoniga kirib mehmon  
  bo`lishi mumkin. Mehmon kelishi shu xonadonga baxt keltiradi degan ma`noni  
  bildiradi.
 Kom.Nafisa: Koreyada Yangi yilda ommaviy sayl boshlanadi va qizlar o`rtasida  
  balandlikka sakrash musobaqalari o`tkaziladi.
 Bobur : Hindistonda odamlar ham eng shirinso`z, nazokatli, mayin bo`lib, bir- birlari  
  bilan xushmuomalada bo`lishadi. Bu- yil bo`yi baxt hamroh bo`ladi ,  
  deganidir.
  Nasiba : Yangi yil Hindistonning janubida mart, shimolida aprel va g`arbida oktabr  
  oylarida  nishonlanadi.
 Zubayda:O`zbekistonda ham yangi yil xursandchilik bilan kutib olinadi. Yangi yil kirib  
  kelishiga yaqin dasturxon turli noz- he`matlarga to`ldiriladi va hamma dasturxon  
  atrofida yig`ilib, bir- birlariga yaxshi tilaklar bildiradilar.
  Hamma joyda Qorbobo bolalarga shirinliklar , o`yinchoqlar va turli sovg`alar  
  ulashadi.
 Umidbek:Yangi yil 31 dekabrdan 1 yanvarga o`tar kechasi boshlanadi. Soat  
  millari 24-00 ko`rsatganda yangi yil bongi jaranglaydi va televideniya orqali  
  Yurtboshimiz Shavkat ota Mirziyoyev o`z tabrigini butun O`zbekiston  
  xalqiga o`zbek va rus tilida taqdim etadi. Hamma yurtdoshlarimiz bir-birini  
  tabriklay boshlaydilar.
  
 
 
 Zubayda: Bolalar qaranglar , bayramimizga 2018-yil ham mehmon bo`lyapti.  
  Ammo nega uning kayfiyati yo`q?
 2018-yil: (Sharifa ) -Men qayoqqa kelib qoldim? Voy, bu yerda tadbir  
  bo`lyaptimi? Ha bu yerda bolalar yil sarhisobini o`tkazayotgan bo`lsalar  
  kerak. Salom, aziz bolajonlar!  
  Mana men o`z joyimni 2019-yilga bo`shatib berishimga ham sanoqli  
  daqiqalar qoldi. Xo`sh, siz bu yil qanday yutuqlarga erishdingiz?  
  
 
 
 R.Nodira: -Men maktabda o`tkazilgan ,,Konstitutsiya bilimi bolalarga” tanlovida qatnashib faxriy yorliq va sovg`aga ega bo`ldim.  
  
 
 
 Jeyron : - Men ____________________________________________________
  
 
 
 Zubayda : hurmatli eski yiljon. Sizga hozir sinfimiz o`quvchilari ,, ______________” raqsini namoyish etishadi,marhamat tomosha qiling .
 2018-yil: -Barakalla, bolajonlar. Sizlarga yangi yilda bundanda yangi zafarlar
  tilayman.
  Iye, bu yangi yil tadbirida Qorbobo, Qorqiz, yangi yil ukam ko`rinmaydi-
  ku?
  
 
 
 Umidbek : -Ha, biz ham shunga hayronmiz. Ular bayramimizga albatta tashrif  
  buyurishga va’da bergan edilar. Yoki o`rmonda adashib qolganmikanlar?  
  Keling, birgalikda bitta qo`shiq aytamiz va qorboboni davraga chorlaymiz.  
  Zubayda: Qo`shiqlar yangrayversin
  Kuylar jaranglayversin.
  Davramizga marhabo
  Kelaversin Qorbobo.
  ,,Qorbobomiz ko`p yaxshi” qo`shig`I ijro etiladi.
  
 
 
 Davraga Qorbobo va Qorqiz kirib kelishadi.
  Qorbobo: Salom, aziz bolajonlar!
  Bolalar: Salom , sizga Qorbobo, sovg`alari bor bobo!
  Qorbobo: - Bayramlaring muborak,
  Keldim ko'p yurtlar kezib.
  Tog'u toshlardan oshdim,
  O'rmon oralab yurdim,
  Archani xo'p tanladim.
  Eng chiroyli, eng ko'rkam
  Qarang, ulkandir biram!
   Uni sizga yo.`Iladim,
   Bezabsiz xo'p, chiroyli,
   O`yinchoqlar marjonli.
   Quvnadi ko`rib ko`zim,
  Ofarin, o`g`il-qizim
 Bolalar: - Rahmat, sizga Qorbobo, Sovg`alari mo'l bobo
  Qorgiz: - Bobojon, bolalarni sinaylik,
  Har xil savol, sovg'alarni beraylik.  
   Kim chaqqonu kim epchilu kim dono, 
   Topqirlikda yagonaga, sovrinlarni beraylik. 
 
 
 
  Qorbobo: To`g`ri aytasan, nabiraginam. O`quvchilar sizlarga topishmoq bersam topa  
  olasizmi?
  O`quvchilar: -Ha, albatta!  
  Qorbobo:  
  1. Sening eng yaqin do’sting, Bilintirmas kam-ko’sting,
  Sen u uchun yagona, budir mo’tabar…(ona)
  2 Bobosiga qarindosh, bobosidan ancha yosh,
  Chopar charchamas sira, shumtaka bu...(nabira)
  
 
  Qorbobo: Menga she’rlarni ifodali va ravon aytib bera olasizmi?
  
 
  Sevinchoy : qish kechasi, guvillar shamol,
  Dalada qor, qush inida qor.
  Ingrar og`riq kabi qari tol
  Oynalarni bezar qish- gulkor!
  Jeyron : Qishning momiq choponi,
  Boshida-chi oq qalpoq
  Bizni zavqqa to`ldirar
  Ko`chalar rosa oppoq
  
 
  Otabek : Bo`ylari shiftga yetgan
  Igna bargli ko`k archa.
  Zar-u marjonlar taqib
  Yasanishing o`zgacha
  Bunyod : Yangi yil bayramida
  Qorboboni kutamiz
  Qop orqalab kelsa gar
  Zavqqa to`lib ketamiz
  Matluba : Oppoq tiniq- oppoq qor
  O`ynab tushar osmondan
  Qor qo`ynida o`ynoqlab
  Yurar yoshlar shod-xandon
  Umidbek: Bobojon,mehmonlar bilan birgalikda endi ,,__________________” raqsini tomosha qiling,marhamat.
  
 
  Qorbobo:Barakalla, bolajonlarim, juda zukko bilimdonlarim. Sizlar har yili shunday  
  bilim egallab borsangiz, kelajakda albatta yaxshi inson bo`lib yetishasiz.  
  Bolajonlar, davraga negadir kichkintoy  
  YANGI YILJON kechga qolyapti.  
  
 
  Qorqiz: Bobojon men bolalar bilan birga yangi yilni davraga chorlab  
  ko`raman!Qani  
  bolalar, kim yangi yilni davraga chorlay oladi?
  Bekposhsha : -Do`stlar qutlab bir-birin,  
  Izhor etib dil mehrin.  
  Niyat tilar eng shirin,  
   Peshvoz chiqaylik darhol,  
   Yangi yiljon, kelaqol!  
  
 
  Yalmog`iz: Xo-xo-xo-xo . Bolalar bu yerda yangi yilni kutishyapti. Men  
   bo`lsa yangi yilni muzlatib qo`ydim. Men yangi yilni yomon ko`raman. Ayoz  
   boboga aytsam hozir hammayoqni sovuq shamolga o`raydi.
  
  Ayoz, shamol, kelaqol,
   Yovuzlik urug`in soch.
   Rahna solgin dillarga,
   Bolalarni tarqat, qoch.
  (Uvvv... Uvvv... )
  Shamol uvullab, oppoq niqobda Ayoz paydo bo`ladi. Davrada bolalarni oralab, aylana boshlaydi. (Uvvvvvv.)
  
 
  Yalmog`iz : - Xafa bo’lib yig’lashsin,
  Chinqirsinlar, qochishsin.
   Do`stlik-shodlik kuyini
   U m u m a n unutishsin.
  
 
  Ular bolalarni qo'rqitib, Qorqizni olib qochib ketishadi.
  
 
  Kamola (yig`lab): Bobojon, endi bayram bo'lmaydimi?
  
 
  Qorbobo: Xafa bo`lmanglar bolajonlar. Mening mana bu Hassam sehrli hassa. Uni yerga  
   3marta ursam xohlagan narsangizni bajaradi. Ayting nimani xohlaysiz?
  
 
  Kamola: Yangi yil kirib kelishini xohlaymiz!
  
 
  Qorbobo hassasini 3 marta qattiq uradi. Bolalar 1,2,3 deb sanab turishadi. Shu payt davraga Yalmog`iz, Yovuzoy, Ayoz bobo kirib kelishadi.  
  
 
  Qorqiz: Bolajonlar, men o`zim bilan birga, Yangi yilni ham olib keldim.
  
 
  Bolalar: Xush kelibsan , yangi yil!
  
 
   Yangi yil: -Salom, aziz mehmonlar!  
   O'g`il -qizlar, chaqqonlar.  
  Rosa g'ayrat gilibsiz,  
  Archani zo`r bezabsiz.  
  Uch yuz oltmish olti kun  
  Va shunga teppa- teng tun  
  Sizga mehmon bo`laman,  
   O'saman, semiraman.  
  Vaqti- soati yetganda
   Muddatim tugaganda,  
  Tarixga qo'shilaman.
  
 
  Yalmog`iz: -Bolajonlar , meni kechiringlar! Sizlarni bir sinab ko`rmoqchi edim.  
   Sizlarning shodu xurram, inoqligingiz, birdamligingizni ko'rib, havasim  
   keldi, Qorbobo, Qorqizoy, aziz bolajonlar, meni kechiring.  
  Endi tartibsizlik qilmay, odobli mehmon bo`lib bayramni yaxshi kayfiyatda  
   o`tkazaman.Meni kechirasizlarmi?
  
 
  Bolalar ,,Ha” deb javob berishadi.
  
 
  Yangi yil: Magar topsin desang ishlarim rivoj
  Yaxshi-yomon kunda duoga qo`l och.
  Ezgu tilaklarni shamchiroq etib,
  Nurli manzillarga o`zingga yo`l och.
  Mashhura :  Yangi yil keltisin sizlarga zafar
  Yangi yilda yana gullasin diyor.
  Har bir xonadonga rizqu ro`z to`lsin,
  Barcha insonlarning iqboli kulsin
  Mohira: Istiqlol kulsin qolsin abadiy
  Degaymiz yangi yil bo`lsin omadli.  
  Bugungi shodliklar tark etmay bizni,
  Ollohim mo`l qilsin nasibamizni
  ____________:Dillarga orzular urug`in sochib
   
 Yangi yilimiz ham kirit  
    Istiqbol qasrining esh  
    
 
    Yurakka ajib bir tuyg`i
    Yaxshi niyatimiz - yai
    Ko`nglimiz buloqning sui Ijobat bo'Ig'usi ezgu
    Xush kelding, mustaq
    Yangi asrning yana bii Bag'ringdan iliq nur
  N
  Tarixda bo`lib qol
  J
 Zalda tomoshabinlar jc
 sahna ishtirokchilarig~
 «Prezident archasi» gosh
  Maxfirat Q
 
 
    RIM Ma'naviy-m
 bo`limi bo
  HWHI
    Yangi yilimiz ham kirit  
    Istiqbol qasrining esh  
    
 
    Yurakka ajib bir tuyg`i
    Yaxshi niyatimiz - yai
    Ko`nglimiz buloqning sui Ijobat bo'Ig'usi ezgu
    Xush kelding, mustaq
    Yangi asrning yana bii Bag'ringdan iliq nur
  N
  Tarixda bo`lib qol
  J
 Zalda tomoshabinlar jc
 sahna ishtirokchilarig~
 «Prezident archasi» gosh
  Maxfirat Q
 
 
    
 
  RIM Ma'naviy-m
 bo`limi bo
  HWHI
  Yangi yilimiz ham kirib kelmoqda.  
 
 
  ___________: Istiqlol qasrning eshigin ochib,
  Yurakka ajib tuyg’u solmoqda.
  
 
  ___________: Yangi yilimizdan umidimiz ko’p,
  Yaxshi niyatimiz –yarim baxtimiz.
  
 
  __________Ko’nglimiz buloqning suvidek shaffof,
  Ijobat bo’lg’usi esgu ahdimiz.
  
 
  Hamma:Xush kelding, mustaqil yurtimiz uzra,
  Tarixda bo’lib qol yillarning guli.
  
 
  
 
  Qorbobo: - Mana, davramiz yana kengaydi, jamuljam bo’ldik, yovuzlik yengildi.  
   Birdamlik, inoqlik, do’stlik, donolik va topqirlik g'alaba qildi.Ana shu yaxshi  
   fazilatlar yil davomida sizlarni tark etmasin.  
   Aziz bolajonlar, keling endi biz ham boshqa manzillarga yo`limizda davom  
  etsak. Hali sizlarga o`xshagan qancha a`lochi , bilimdon bolalar bizni kutishyapti.  
   Sizlar bilan xayrlashamiz. Sizlarga mana shu yangi yil sovg`alarini tarqataman.
  
 
  Ayoz bobo: -Ha , biz ni ham kechiring , bizga ham sovg`a bering
 
 
  Qorbobo: -Qani, bolalar bo`lmasa bir chiroyli qo`shiq ayting-chi men bu paytda  
  sizlarga sovg`a tarqataman.
 
 
  O`quvchilar ijrosida ,,Yangi yilim-yaxshi yilim” qo`shig`I ijro etiladi.
 
 
   
  Umidbek Aziz do`stlar, shu bilan birga bugungi tadbirimiz ham o`z nihoyasiga yetdi.  
   Sizlarga yangi yilda yangi zafarlar tilaymiz. Har bir o`ylagan ishingizni  
  oxiriga yetkazing. Bu yo`lda sizlarga omad yor bo`lsin.
  
 
  Zubayda:  
  Porlayversin ko`kda quyoshing
  Omon bo`lsin shu aziz boshing
  Tinchlik, mehnat bo`lsin shioring
  Yuz minglardan oshganda yoshing!
  
 
  E`tiboringiz uchun rahmat
   
 
   Davraga Qorbobo va Qorqiz kirib kelishadi.
  Qorbobo: Salom, aziz bolajonlar!
  Bolalar: Salom , sizga Qorbobo, sovg`alari bor bobo!
  Qorbobo: - Bayramlaring muborak,
  Keldim ko'p yurtlar kezib.
  Tog'u toshlardan oshdim,
  O'rmon oralab yurdim,
  Archani xo'p tanladim.
  Eng chiroyli, eng ko'rkam
  Qarang, ulkandir biram!
   Uni sizga yo.`Iladim,
   Bezabsiz xo'p, chiroyli,
   O`yinchoqlar marjonli.
   Quvnadi ko`rib ko`zim,
  Ofarin, o`g`il-qizim
 Bolalar: - Rahmat, sizga Qorbobo, Sovg`alari mo'l bobo
  Qorgiz: - Bobojon, bolalarni sinaylik,
  Har xil savol, sovg'alarni beraylik.  
   Kim chaqqonu kim epchilu kim dono, 
   Topqirlikda yagonaga, sovrinlarni beraylik. 
 
 
 
  Qorbobo: To`g`ri aytasan, nabiraginam. O`quvchilar sizlarga topishmoq bersam topa  
  olasizmi?
  O`quvchilar: -Ha, albatta!  
  Qorbobo:  
  1. Sening eng yaqin do’sting, Bilintirmas kam-ko’sting,
  Sen u uchun yagona, budir mo’tabar…(ona)
  2 Bobosiga qarindosh, bobosidan ancha yosh,
  Chopar charchamas sira, shumtaka bu...(nabira)
  
 
  Qorbobo: Menga she’rlarni ifodali va ravon aytib bera olasizmi?
  
 
  Qorbobo:Barakalla, bolajonlarim, juda zukko bilimdonlarim. Sizlar har yili shunday  
  bilim egallab borsangiz, kelajakda albatta yaxshi inson bo`lib yetishasiz.  
  Bolajonlar, davraga negadir kichkintoy  
  YANGI YILJON kechga qolyapti.  
  
 
  Qorqiz: Bobojon men bolalar bilan birga yangi yilni davraga chorlab  
  ko`raman!Qani  
  bolalar, kim yangi yilni davraga chorlay oladi?
  Kamola (yig`lab): Bobojon, endi bayram bo'lmaydimi?
  
 
  Qorbobo: Xafa bo`lmanglar bolajonlar. Mening mana bu Hassam sehrli hassa. Uni yerga  
  3marta ursam xohlagan narsangizni bajaradi. Ayting nimani xohlaysiz?
  
 
  Kamola: Yangi yil kirib kelishini xohlaymiz!
  
 
  Qorbobo hassasini 3 marta qattiq uradi. Bolalar 1,2,3 deb sanab turishadi. Shu payt davraga Yalmog`iz, Yovuzoy, Ayoz bobo kirib kelishadi.  
  
 
  Qorqiz: Bolajonlar, men o`zim bilan birga, Yangi yilni ham olib keldim.
  
 
  Bolalar: Xush kelibsan , yangi yil!
  
 
  
  Yalmog`iz: -Bolajonlar , meni kechiringlar! Sizlarni bir sinab ko`rmoqchi edim.  
   Sizlarning shodu xurram, inoqligingiz, birdamligingizni ko'rib, havasim  
   keldi, Qorbobo, Qorqizoy, aziz bolajonlar, meni kechiring.  
  Endi tartibsizlik qilmay, odobli mehmon bo`lib bayramni yaxshi kayfiyatda  
  o`tkazaman.Meni kechirasizlarmi?
  
 
  Bolalar ,,Ha” deb javob berishadi.
  
 
  Yangi yil: Magar topsin desang ishlarim rivoj
  Yaxshi-yomon kunda duoga qo`l och.
  Ezgu tilaklarni shamchiroq etib,
  Nurli manzillarga o`zingga yo`l och.
  
 
  Hamma:Xush kelding, mustaqil yurtimiz uzra,
  Tarixda bo’lib qol yillarning guli.
  
 
  
 
  Qorbobo: - Mana, davramiz yana kengaydi, jamuljam bo’ldik, yovuzlik yengildi.  
   Birdamlik, inoqlik, do’stlik, donolik va topqirlik g'alaba qildi.Ana shu yaxshi  
   fazilatlar yil davomida sizlarni tark etmasin.  
   Aziz bolajonlar, keling endi biz ham boshqa manzillarga yo`limizda davom  
  etsak. Hali sizlarga o`xshagan qancha a`lochi , bilimdon bolalar bizni kutishyapti.  
   Sizlar bilan xayrlashamiz. Sizlarga mana shu yangi yil sovg`alarini tarqataman.
  
 
  Ayoz bobo: -Ha , biz ni ham kechiring , bizga ham sovg`a bering
 
 
  Qorbobo: -Qani, bolalar bo`lmasa bir chiroyli qo`shiq ayting-chi men bu paytda  
  sizlarga sovg`a tarqataman