Просмотр содержимого документа
«Наступающий-Новый год»
Maktabning katta zali yangi yil bayramiga monand bezatiladi. Zal o‘rtasida archa chiroyli qilib bezatilgan, mehmonlar uchun o‘rindiqlar tayyorlangan. Barcha qatnashuvchilar turli kostyumlarda kelishgan. Hammada bayram kayfiyati.
Bugungi “Yangi yil bazmi” bayram karnavalimizga xush
kelibsizlar.
2-boshlovchi:
Avvalambor sizlarni yaqinlashib kelayotgan yangi yil bilan chin dildan muborakbod etamiz.
1-boshlovchi:
Sizlarga sog‘lik, baxt, uzoq umr, ishlaringizda omad tilaymiz. Yangi yildagi ishlaringizda rivoj tilaymiz.
2-boshlovchi:
Keling bayram kechamizni ajoyib bir qo‘shiq bilan boshlaymiz.
(Qo‘shiq)
1-boshlovchi:
Yangi yil bayrami yil boshlanishi qadimda turli fasllarda nishonlangan. Jahonning ko‘pgina mamlakat- lari Grigoryan taqvimi bo‘yicha yangi yilni nishonlay boshlaganidan so‘ng XX asrda O‘zbekistonga ham bu an’ana kirib kelgan.
Mustaqillikdan so‘ng 1992 yilning 3 iyulida qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida bayramlar kunlari” to‘g‘risidagi Qonun asosida 1 yanvarь – Yangi yil bayrami deb belgilandi.
2-boshlovchi:
Darhaqiqat yangi yil bayrami juda ko‘p mamlakatlar qatori bizning ona diyorimizda ham ajoyib tantanalar bilan nishonlanadi. Kelinglar dasturimizning avvalida davramizga Qorbobo va Qorqizni taklif qilamiz. Marhamat Qorbobo va
Qorqiz, davramizga xush kelibsiz.
Qo‘shiq. qorbobo va qorqiz raqsga tushadi).
1-boshlovchi:
Orziqib kutilgan aziz mehmondek
Tashrif buyurmoqda Yangi yilimiz.
Qalbimiz yorishib nurli osmondek,
Go‘zal his-tuyg‘uga to‘lar dilimiz.
Yangi yil kutmoqlik ezgulik tilab,
Ulug‘ ahd sanalur har xonadonda.
Shodon chehralarda gul ochar xanda.
Orzular mazmuni – tinchlik, omonlik,
Gulzordek yashnasin ona-yurt bog‘i.
2-boshlovchi:
Aslo tark etmasin erk, farovonlik,
Abad porlayversin Vatan bayrog‘i.
Yillar o‘taverar bo‘g‘inma-bo‘g‘in,
Hayot zanjirida oltin xalqadek.
Yurakka joy aylab yurt ishqi cho‘g‘in,
Olg‘a boshlayverar bizni darg‘adek.
Peshona terimiz bilan o‘lkamiz
Dovrug‘in olamga taratmoqdamiz.
1-boshlovchi:
Bugungi bayram karnavalimizga biz bir guruh san’at ahillarni taklif etganmiz. Hozir navbatni ...qiziqchilar guruhiga beramiz.
(Yangi yil hazillari).
2-boshlovchi: Endi navbat tumanimizning xush ovoz xonandasi ........ beramiz.
(Qo‘shiq yangraydi).
1-boshlovchi:
Barchamiz yaxshi bilamizki Yangi yil bayramlari hech qachon Qorbobo va Qorqizsiz o‘tmagan. Hozir tabrik uchun so‘zni qorbobodan eshitamiz.
(Qorboboning tabrigi)
Rahmat qorbobo.
2-boshlovchi:
Biz bugungi bayram dasturimizda eng chiroyli kostyumlar tanlovini e’lon qilgan edik. Hozir shu tanlov g‘oliblarini taqdirlash uchun so‘z navbatini maktabimiz direktori ...........dan so‘raymiz.
Rahmat. Marhamat, barchangizni raqsga taklif etamiz.
(Qo‘shiq yangraydi).
1-boshlovchi:
Yana elimizda muqaddas ayyom,
Kutyapmiz Yangi yil tongini xursand.
Muborak bo‘lg‘usi shu qutlug‘ bayram –
Qutlug‘ tilagimiz dillarga payvand.
Kirib kelayotgan Yangi yilimiz muchal taqvimi bo‘yicha .....yili ekan. Bu yil aytishlaricha to‘kin-sochin, serhosil va osudalik yili bo‘lar ekan. Sizlarni Yangi yil bilan yana bir bor tabriklaymiz.
2-boshlovchi:
Bayramona kayfiyat sizlarni yil davomida tark etmasin, chehrangizdan tabassum, dasturxoningizdan qut- baraka arimasin. Bayram dasturimiz nihoyasida sizlarni zalda tashkil qilingan Yangi yil mavzusidagi rasmlar ko‘rgazmasiga taklif
etamiz, marhamat.
1-boshlovchi:
Xayr, salomat bo‘linglar. Kel, yana shod ko‘nglimizni ayla shodon, Yangi yil, Senda ijrosin kutar ko‘p orzu-armon, Yangi yil.