kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Мардлар куриклайди Ватанни

Нажмите, чтобы узнать подробности

Ватан инсон учун азиз ва мутабар ердир. Ватан мукаддас

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Мардлар куриклайди Ватанни»

Vatan xizmatiga hamisha shaymiz

( Adabiy-badiiy kecha ssenariysi )

Bayramona bezatilgan sahna. To‘rda Vatan himoyachilari, botir askarlarimiz, davlatimiz Qurolli kuchlari aks etgan suratlar. Mard, jasur o‘g‘lonlar Ona yurti tayanchi ekanligi e’tirof etilgan vatanparvarlik ruhidagi shiorlar, hikmatli so‘zlar, hadislardan namunalar yozilgan plakatlar osilgan. Musiqa sadolari ostida sahnaga harbiycha kiyingan o‘g‘il, qizlar shaxdam qadamlar bilan chiqishadi va safda tizilib turishadi. Tadbir o‘qituvchining kirish so‘zi bilan boshlanadi.

1-boshlovchi: Alpomishdek alp qomatli

Jaloliddindek shiddatli

Ulug’bekday ma’rifatli

Ulug’ sultonlar yurti


1-boshlovchi: - Assalomu aleykum, osuda hayotimizning posponlari, hurmatli otaxonlar, mehri ummon onaxonlar, ustoz – murabbiylar! Sizni bugungi davramizning aziz mehmoni sifatida ko’rib turganimizdan juda xursandmiz.

2-boshlovchi: Mag’rur qadam tashlang do’stlar,

Mard-u maydonlar yurti bu!

O’z vatanin jondan sevgan,

Sodiq o’g’lonlar yurti bu!

2-boshlovchi: - Biz bugun 14-yanvar – Vatan himoyachilari kunini nishonlash maqsadida ushbu koshonaga yig’ildik. E’tiboringizga “Vatan xizmatiga hamisha shaymiz” mavzusidagi tadbirni havola qilamiz.



ARMIYAMIZ MUSTAHKAM


Armiyamiz mustahkam,

Xalqparvardir chinakam.

Yurtimizda har askar

Jasur, mard va xaloskor.


O‘zbekiston o‘g‘loni,

Bo‘lib tinchlik posboni,

Barcha ezgu insonni,

Sharaflaydi jahonni.



KICHIK CHEGARACHI


Men kichik chegarachi,

Zim-ziyo tevaragim.

Har sharpani sezaman.

Postda hushyor kezaman,

Hamma odam uxlasin

Mayli, olam uxlasin.

Yurt tichligin saqlayman,

Degan so‘zim oqlayman.

Xalq baxti - deb, sergakman.



O‘qituvchi: Assalomu alaykum, aziz ustozlar, qadrli o‘quvchilar! Bugungi 14-yanvar - Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan tadbirimizga

O‘qituvchi: Xush kelibsiz!

Barchangizni ushbu bayram bilan muborakbod etamiz.


(O‘quvchilar Ona Vatanni, istiqlolni sharaflab she’r aytadilar.)


1-o‘quvchi:

Shukrona aytamiz,

Ulug‘ kunlarga.

Ma’noga, mazmunga,

To‘liq kunlarga,

Farovon, nurafshon,

Qutlug‘ kunlarga.


Hamma:

Ey, ozod diyorim – O‘zbekistonim,

Ey, obod diyorim – O‘zbekistonim!


2-o‘quvchi:

Ko‘k tagida quyosh bayrog‘im o‘par,

Madhiyamni bugun tinglaydi jahon.

Ona O‘zbekiston ko‘ksimda urar,

U — qondir, u — jondur,

u — hayot, vijdon.


Hamma:

Keng jahonda jaranglasin madhiyam

So‘zi dono, kuyi ma’no madhiyam.


(Ravshan Sobirovning Askar qo’shig’i yangraydi o’g’il bolalar bir safda chiqishadi)


1-o‘quvchi: Muhtaram ustozlar, hurmatli ota-onalar, opa-singillar, qadrli do‘stlar! Sizni bugungi davramizning aziz mehmoni sifatida ko‘rib turganimizdan behad mamnunmiz!


2-o‘quvchi:1992-yil 14-yanvar kuni „O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarini tashkil etish haqida“gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning farmoni e’lon qilindi.

Shunga ko‘ra biz har yili 14-yanvarni Vatan himoyachilari kuni sifatida nishonlaymiz.


3-o‘quvchi: Har bir o‘g‘il bola yoshligidan „Katta bo‘lsam, albatta, Vatan himoyachisi bo‘laman“, - deya akalari kabi botir askar bo‘lishni orzu qiladi. Bizning sinfimizda ham 19 nafar o‘g‘il bola bo‘lib, endigina 11 yoshni qarshilaganlar. Ular ham ulg‘ayib, albatta, o‘z niyatlariga yetadilar. O‘zbekiston Respublikasi armiyasi safida xizmat qilib, ona yurt tinchligini muhofaza qiladilar.


(Tadbir ishtirokchilari O‘zbekistonni sharaflab she’r aytadilar).


4-o‘quvchi:

O‘zbekiston, tengsiz jahonim,

Jahonlarga bermasman seni.

Istiqlol chin, sharafing o‘zga,

Zamonlarga bermasman, seni.


5-o‘quvchi:

Kindik qonim to‘kilgan tuproq,

Har narsadan muqaddas o‘zing.

Shukronasiz, ko‘rnamak, olchoq,

Shaytonlarga bermasman, seni.


6-o‘quvchi:

Muhabbating bilan tug‘ildim,

Bag‘ringda erk topdim, onajon.

Saqlagayman iymon tig‘ini,

Olchoqlarga bermasman, seni.


7-o‘quvchi:

O‘zbekiston - Turon yulduzi,

Sen do‘stlarning ko‘rar ko‘zisan.

Chiroy ochar sendan yer yuzi,

Yomonlarga bermasman, seni.


8-o‘quvchi:

Oqdi qancha-qancha ko‘z yoshlar,

Kesildi ne begunoh boshlar.

Farzandlarning qonlarin so‘rgan,

Ilonlarga bermasman, seni.


9-o‘quvchi:

Aziz Vatan! Bashar quvonchi!

Paxtangday oq, oydin yo‘llaring.

Suyanch tog‘im, komil ishonchim,

Yolg‘onlarga bermasman, seni.

(Vatan haqida qo‘shiq yangraydi.)


10-o‘quvchi: Hozir do‘stlarimiz O‘zbekiston Respublikasining qurolli kuchlari, armiya, mudofaa xizmati haqida qisqacha ma’lumot berib o‘tadilar.


11-o‘quvchi: Qomusimizning fuqarolarning burchlari to‘g‘isidagi 11-bobida O‘zbekiston Respublikasini himoya qilish – O‘zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining burchi ekanligi ko‘rsatib qo‘yilgan.

Shuningdek, Konstitutsiyaning 125-, 126-moddalarida ham davlatimizning mudofaa va xavfsizligini ta‘minlash maqsadida yetarli darajada Qurolli kuchlariga, armiyasiga egaligi ta’kidlab o‘tilgan.


12-o’quvchi: Armiya-lotincha so‘z bo‘lib, har bir davlatning quruqlikdagi qo‘shinlaridir. Armiyamizga Davlatning Qurolli kuchlari, turli qo‘shin turlarining qo‘shilmalari va ayrim qismlardan tashkil topgan tezkor-operativ birlashmalar, umumqo‘shin, tank, havo armiyasi va boshqa qo‘shinlar kiradi.


13-o‘quvchi: Mudofaa O‘zbekiston davlatini, uning hududi, chegaralari, xalqi va boyliklarini dushmandan himoya qilishdir. Agar mamlakatimizga qo‘qqisdan dushman hamla qilgudek bo‘lsa, unga qarshi hujumga o‘tishdir.


14-o‘quvchi: O‘zbekiston Respublikasining qurolli kuchlari, Quruqlikdagi barcha qo‘shinlar; Harbiy havo kuchlari; Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari; Maxsus va muhandislik - qurilish qo‘shinlari; Chegara qo‘shinlari;Milliy gvardiya, ya’ni saralangan qo‘shinlardan iboratdir.


15-o‘quvchi: Butun dunyo istiqiol tufayli O‘zbekiston mamlakatini, o‘zbek millatini tanidi, tan oldi. Bu borada Yurtboshimiz I. A. Karimovning xizmatlari beqiyosdir.


16-o‘quvchi: Bugun jahonda o‘zbek xalqining yaratgan samolyotlarini, avtomashinalarini, traktorlarini, elektron uskunalarini, to‘qimachilik sanoati mahsulotlarini ko‘rib, ishlatib, ularning yaratuvchilariga tan berayotganlarning son-sanog‘i yo‘q.


17-o‘quvchisi: Bugun o‘zbek sportining dong‘i ham butun dunyoni tutdi. Ravshan Ermatov, Muhammadqodir Abdullayev, Rustam Qosimjonov, Elshod Rasulov shuningdek, Xitoyda o‘tkazilgan XVI Osiyo o‘yinlari g‘oliblarini, futbol bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo musobaqalarida kumush medalni qo‘lga kiritgan Mirjalol Qosimovning izdoshlarini endilikda kim tanimaydi deysiz.


18-o‘quvchisi: Ana shu g‘olib sportchi tengdoshlarimiz o‘zlari yoqtirgan sport turidan “Vatan” mashqini ko‘rsatib beradilar.


19-o‘quvchi: Dunyoda ona-yurtini himoya qilishdan ortiq muqaddas burch yo‘qdir. Vatanni himoya qilish–o‘z ota-onasini, oilasini, uyini, xalqini himoya qilish demakdir.


20-o‘quvchi: Buning uchun har bir yigit-qiz yoshlikdan qo‘rqmas, jasur, jismonan baquvvat, sog‘lom, eng asosiysi, vatanparvar bo‘lib ulg‘ayishi kerak. Ona Vatanimizning ertasi, uning gullab yashnashi, chegaralarimizning mustahkam qo‘riqlanishi biz, yoshlarning qo‘limizda. Kelajakda bizlar ham akalarimiz kabi ona Vatanimizning qo‘rqmas, jasur, mard posbonlari bo‘lib yetishmog‘imiz kerak.


(O‘qituvchi tomonidan tayyorlangan kichik sahna ko‘rinishi namoyish etiladi.

Unda harbiy askar va uning ukasi dialogi, Ona vatanini himoya qilib qaytgan sevimli nabirasi bilan faxrlangan buvi obrazlari tasvirlanadi.

Sahna ko‘rinishidan so‘ng Vatan posbonlari haqidagi qo‘shiq ijro etiladi.)


(Vatan qo‘shig‘i” yangraydi.)


Ona diyorim mening,

Ulug‘ Vatan - jon Vatan.

Sen haqingda kuylayman,

Bo‘lib sho‘x bulbul Vatan.


(O‘quvchilar „Amir Temur nabiralari“ she’rini aytishadi.)


Chor atrofga nigoh tashlab,

Kulib tursa ko‘zlar yashnab,

Qulundayin tursa kishnab -

Bular kimlar?

Bu o‘g‘lonlar mardu maydon,

Sohibi davron Amir Temur nabiralari.

Ochiq yuzli, shirin so‘zli,

Yaxshilikdan yorug‘ yuzli,

Bilim istar, o‘tkir ko‘zli,

Bular kimlar?

Bizlar-bizlar, o‘g‘il-qizlar,

Mardu maydon,

Sohibi davron - Amir Temur nabiralari.


(Ozodbek Nazarbekovnin Mendirman musiqa yangraydi)


1-boshlovchi:bayram tadbirimiz ham nihoyasiga yetdi.Barchangizni mamlakatimiz hayotidagi qutlug’ sana-Vatan himoyachilari kuni bilan chin qalbimdan yana bir bor muborakbod etamiz. Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo’lsin.


Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Начальные классы

Категория: Мероприятия

Целевая аудитория: 3 класс

Скачать
Мардлар куриклайди Ватанни

Автор: Ильмурадова Саида Баходировна

Дата: 07.04.2020

Номер свидетельства: 545705


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства