kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

''Китобим калб офтобим'' сенарий

Нажмите, чтобы узнать подробности

Книга источник жизни. С помощью этой сценарии мы  стараемся мотивировать учеников любить книги.

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«''Китобим калб офтобим'' сенарий»

O‘zbekiston Respublikasi

Xalq ta`limi vazirligi


Namangan viloyat

xalq ta`limi boshqarmasi

Uchqo’rg’on tumani Namangan iqtisoslashtirilgan san’at

maktab internati o‘qituvchisi

ALIMOVA BARCHINOYNING

«Kitоbim - qalb оftоbim» mavzusida tayyorlagan





















Namangan shahri

.



Kitobim-qalb oftobim

(Musobaqa tarzida)

1-boshlovchi: Assalomu aleykum Mavluda, yaxshimisan?

2-boshlovchi: Va aleykum assalom Mubina, yaxshi keldingmi?

1- boshlovchi: Dugonajon kech qolmadikmi?

2-boshlovchi: Yo’q, albatta.

1- boshlovchi: Voy hamma jam-ul jam-ku?!

2-boshlovchi: Demak boshlasak ham bo’laverar ekan-da?

1- boshlovchi: Mavluda sen bo’sh vaqtingni qanday o’tkazasan?

2-boshlovchi: Men bo’sh vaqtimda oyimga yordamlashaman, ko’proq vaqtimni kitob o’qish bilan o’tkazaman.

1- boshlovchi:Men ham, kel unda bugungi tadbirimizni musobaqa tarzida o’tkazsak.

2-boshlovchi: Juda yaxshi bo’lardi-da.

1- boshlovchi:Dugonajon, mehmon bilan salomlashamiz-ku.

2-boshlovchi: Ha-ya.

1- boshlovchi: Assalomu aleykum aziz ustozlar va qadrli tengdoshlar.

2- boshlovchi: Assalomu aleykum maktabimizga tashrif buyurgan aziz mehmonlar va hurmatli ota-onalar.

1- boshlovchi:bugun bizning sinf o’quvchilarimiz sizlarga “Kitobim-qalb oftobim” nomli musiqiy tadbirlarini tayyorlab kelishgan.

2- boshlovchi: Bu tadbirlarimiz musobaqa tarzida bo’lib, do’stlarimiz kitobni qanchalik sevishlarini namoyish etib beradilar.

-Marhamat, tinglab, tomosha qiling.


1-shart

“Kitob mening tasavvurimda” deb nomlanadi.

O’quvchi: Assalomu aleykum hurmatli ustozlar va kitobsevar o’quvchilar.

O’quvchi:Assalomu aleykum kitobni o’ziga oshno tutganlar. Bugun biz sizlar bilan “Kitobim-qalb oftobim” deb nomlangan musiqiy dasturimizda ko’rishib turganimizdan xursandmiz.

O’quvchi: Shubhasiz, kitob-mo’jizani o’zginasi. Kitob bizni yaxshilikka, do’stlikka, ezgulikka chorlaydi. Kitobni oftobga o’xshatamiz. Quyosh barchaga nurini sochganidek, kitob ham qalbimizni o’z nuri bilan boyitadi, yoritadi.

O’quvchi: Kitobsiz hayotni tasavvur qilish qiyin. Ko’p kitob mutolaa qilgan inson qanday vaziyatda, qanday yo’l tutishni va muloqot me’yorini biladi. Jamiyatni ma’naviyatsiz tasavvur qilib bo’lmaganidek, bolalarni ham kitobsiz tasavvur etib bo’lmaydi.

O’quvchi:-Kitobimsan kitobim

Nur beruvchi oftobim

Seni sevib o’qiyman

So’ngra she’rlar to’qiyman


O’quvchi:-Sen o’zing mitti moxtob.

Yoki nur sochgan oftob,

Sen tafakkur chirog’I,

Sen eng sodiq do’st kitob.


O’quvchi:-Hikmat, metal ham senda,

Ertak, masal ham senda

Hayot yo’lida zarur

Dono maqol ham senda.


O’quvchi: -Kitoblar- bilim koni,

Ezgulik, baxt timsoli,

Yaxshilikka yetaklar,

She’r hikoya ertaklar.


O’quvchi:-Kitob fayzli bilim bog’i

Yashar unda dil yaprog’I,

Oftobdayin nur taratar u

Qalbda chaman yaratar u.

Baxt omading undan qidir

U ko’p jumboq kalitidir.


O’quvchi: Amir Temur hayoti mobaynida besh tamoyilga qat’iy e’tibor bilan amal qilgan. Shulardan biri kitobdir.

O’quvchi: Mashhur rivoyatga qaraganda tabib Abu Ali ibn Sino shohni davolaydi, shoh mehnating evaziga nima bilan mukofotlay deb so’raydi. Shunda Ibn Sino mumkin bo’lsa saroy kutubxonasidan foydalanishni iltimos qiladi.

O’quvchi: Oxirgi nafaslarini olayotgan Beruniyga shogirdlari yuzlandi “Ko’nglingiz nima tusaydi?

-Kitobni yuzini ko’rsating”- deydi Beruniy entikib.


  1. Boshlovchi: Siz bu narsalarni qayerdan o’rgangansiz?

Hamma:-Kitobdan.


2-guruh 1-shart

1-boshlovchi: Assalomu aleykum, shundayin ilohiy bir so’zdirki, dushmanni do’stga, johilni tadbirkorga, g’azabni mehrga aylantiradi. Qadimda yaratilgan ertaklarda yomonlik timsoli bo’lmish yalmog’iz kampir ham “saloming bo’lmasa ikki yamlab yutardim” degan, shuning uchun so’zimizni Assalomdan boshlasak.

O’quvchi: Assalomu aleykum nurli kunlar yuzlari !

O’quvchi: Assalomu aleykum kelajak kunduzlari !

O’quvchi:-Assalomu aleykum Vatanimning ertalari !

O’quvchi: Assalomu aleykum jajji boshlang’ich sinf o’quvchilari !

O’quvchi: Assalomu aleykum hurmatli kattalar, mehribon buvijon-u bobjonlar !

O’quvchi: Assalom hurmatli aziz ustozlar, ham dono ham zukko qalbi quyoshlar!

O’quvchi: Assalom mehribon ota-onala, assalom qadrdon aziz mehmonlar !

O’quvchi:Assalomu aleykum bolajonlar, qadrli tengdoshlar kichkintoy ukajonlar !

O’quvchi: Assalomu aleykum hammangizga shodlik tilaymiz biz barchangizga !

-“Kitobim- qalb oftobim” tadbiriga xush kelibsiz !


O’quvchi: Kitob qalbimizni yorituvchi oftob, u bizni ilm olishga, orzu qilishga, hayotni sevishga, olam bilan tanishishga chorlovchi buyuk donishmanddir.

O’quvchi: Kitob sehrgardir. U dunyoni qayta ko’ra oladi. Kitobsiz olam-yovvoyilar olamidir.

O’quvchi: Ey, o’g’il xurshidi raxmondir kitob

Eng aziz do’stu, qadrdondir kitob.

Ilmu hikmat, ham fasohat gavharin,

Bag’riga jo aylagan kondir kitob.


O’quvchi: Ma’rifat bog’in baland darvozasi,

Xasta ko’ngillarga darmondur kitob

To hayotsan, Nosiro sayr aylakim

Bo’y taratgan turfa bo’stondur kitob.


O’quvchi: Aylasa nafsu- havo hayli hujum

Asraguvchi qo’lda qalqondur kitob

Qay manzilni gar ko’zlar ersang

Rahnamodur, qo’lda sarbondur kitob.


O’quvchi: Kitobdan yaxshiroq do’st yo’q jahonda

G’amxo’ring bo’lgay u g’amli zamonda

U bilan qol tanho,hech bermas ozor

Joninga yuz rohat bergusi takror


O’quvchi: Kitob yaqin do’st bo’lar

Sahifasin silasang

Varaqlarin yirtmasdan

Yaxshiliklar tilasang.


O’quvchi: Aqlinga aql qo’shar

O’qib zuvalang pishar

Poylaringa poyandoz

Yo’llaringa nur tushar


O’quvchi: U shundayin bebaho

Qadrini bilgan daho

Do’st asrasang kitobni

Hadya qilar oftobni.


O’quvchi: Bilib qo’ying do’stlarim,

Kitobdir misli chiroq

Qalbingizni yoritar

Bo’lgan sari yaqinroq


O’quvchi: Men kitobman oftobman

Aql hamda idrokman

Kimki mani asrasa

Manguga men hamrohman


O’quvchi: Kitob sizga nisbatan adolatsizlik va haqsizlik qilmaydi

O’quvchi: Tilingiz gapga chechan

So’zingiz ravon bo’ladi

O’quvchi: Bekorchi maqsadsiz kishilardan yiroq bo’lasiz

O’quvchi: Ilmiy malakangiz ortadi, hayot haqidagi tasavvuringiz kengayadi

O’quvchi: Aql teranglashadi, xotira mustahkamlanadi

Hamma:Kitob bilim bulog’i

O’quvchining o’rtog’i

“Do’ppi raqs”

2-shart ” Kitoblarning yaratilish tarixi”

1-boshlovchi: Mavluda kitoblarimiz qanday yaratilgan sen bilasanmi?

2-boshlovchi: Yo’q dugonajon lekin bilishni juda-juda istayman

1-boshlovchi: Kel unda 2-shartni kitoblarimizning yaratilish tarixiga bag’ishlasak

2-boshlovchi: Juda yaxshi bo’lardi-da


Tafakkur gulshani guruhi :

O’quvchi: Avvalo kitobning yaratilish tarixiga bir nazar solsak,kitob bir necha yillar avval paydo bo’lgan va bu davrda u turli xil ko’rinishda bo’lgan. Bobilliklar va boshqa xalqlar uni loydan yasashgan. Buning uchun ular yumshoq loydan tayyorlangan taxtachalar uchli yog’och bilan maxsus belgilar tushirilgan,so’ngra oftobda uoki olovda pishirilgan.

O’quvchi: Xitoyda dastlab kitobni yupqa bambuk plastinkalarga ,keyinchalik mo’y qalam va tush ipakka ,milodiy 2-asrdan boshlab qog;ozga yozishgan.

O’quvchi:Qadimda Misrda kitob matnlari tosh taxtachalarga o’yib yozishgan. Paperos ixtiro qilingandan so’ng matn va xatlarni uchi o’tkir tayoqcha bilan ustiga mum surtilgan taxtachalarga yozishgan.

O’quvchi: Inson 1-chi bo’lib loy tablichkaga yozishni ixtiro qilgan

O’quvchi:Qadimda kitob varaqlari tosh, devor ,bolta dastalari bo’lgan.

O’quvchi:-Kelib kelib ular yengil va qulay kitoblarni echki va buzoq terilariga yoza boshlagan

O’quvchi: На книжной ярмарке в 1985-году во Франкфурте на Майне был выставлен первый российский атлас, созданный почти триста лет назад. Это собрание карт называется “Чертежная книга Сибири” и считается научным о трудом XVII столетия.

O’quvchi: Самая маленькая книга в мире выпушена в Японии. Это поэтический календарь с описанием драгоценного камня, который приносит счастья. В книге малышке 12 страниц размером 2-3 мм.

O’quvchi: Читай книгу внимательно, не торопясь.

O’quvchi: Kitob bizni erta u bolalikdan kutib olib, bir umrga bizni hayot so’qmoqlarida yetaklab yuradi. Kitob bizni komil inson bo’lishga tinimsiz mehnat qilishga undaydi.


O’quvchi: Javonimda tizilib

Turar qator kitoblar

Alifbey-u ertaklar

Arifmetik hisoblar.


O’quvchi: Ularni qo’lga olsam

Zerikmasman sira ham

Bilim olib kitobdan

Hech kimdan bo’lmayman kam


“BU KITOBDIR”

O’quvchi: Hayotimiz oynasi

Bilimlarning oynasi

Buyumlar durdonasi

Bu kitobdir, bu kitob.


O’quvchi: Aks etgan yeru osmon

O’tmish kelajak zamon

Unda she’r etak doston

Har savolga bor javob

Bu kitobdir, bu kitob


O’quvchi: Hech tuganmas xazina

Har bir varag’I zina

Onaday issiq oyna

Saxiylikda hamma bop

Bu kitobdir, bu kitob

O’quvchi: Mazmunlari xilma-xil

Aqlinga qo’shgan aql

Do’stimdir juda ahil

Fan yo’lida nur oftob

Bu kitobdir , bu kitob.

2-SHART 2-guruh

O’quvchi: Ozbekistonda ham kitobning paydo bo’lishi yozuvning yaratilishi bilan uzviy bog’liq. Qadimda Misr, Rum, Yunonistonda bo’lgani kabi O’rta Osiyoda ham kishilar o’z fikrlarini tosh, sopol, suyak va boshqa materiallarda ifoda etganlar.

O’quvchi: O’rta Osiyoda tarqalgan Zardushtiylik dininig muqaddas kitobi “Avesto”ning qadimgi nusxasi ham pergamentga yozilgan. Uning keying ko’chirilgan nusxalaridan biri Toshkentdagi “O’zbekiston xalqlari muzeyi”da saqlanadi.

O’quvchi: Qog’ozning kashf etilishi kitob tarixida yangi davr ochdi.Ayrim ma’lumotlarga qaraganda 650-yillarda Samarqandda qog’oz kitoblar bo’lgan. 15-asrda kitob bosish ixtiro etildi.Kitoblarimizning xozirgi shakli shunday paydo bo’lgan.

O’quvchi: Kitoblar turli hajmlarda bo’lib, gugurt qutisi shaklida hamda balandligi 1.5 metrga yetadiganlari ham bor. Kitoblar o’quv, ilmiy ommabob, badiiy, o’quv-qollanma va boshqa turlarga bo’linadi. Bizning kutubxonamizda ham xozirgi kunda

______________ dona kitob mavjud. Shundan badiiy kitob ___________ta, darslik _______________ta.

O’quvchi: XIII asrda Yevropada biz hozir ishlatayotgan kitobga o’xshagan kitoblar ishlab chiqarila boshlagan. Yevropada birinchi bo’lib Germaniya davlatida birinchi bosma stanokishga tushirildi.

O’quvchi: Stanokdagi bosma harflar metalldan ishlab chiqarilgan. Bu bosma harflardan avval gaplar keyin so’zlar so’ng sahifalar yaratilib ishlar ancha osonlashgan. XVI asrning oltimishinchi yillarida birinchi bosma kitobni ukrainalik Zvan Fedarov bosib chiqargan.

O’quvchi: Shunday birinchi kitobni Kichik Osiyoning Pergame shahrida eramizdan avvalgi asrlarda yaratganlar. Shu sababli teridan qilingan qog’ozlarni “pergament” deb ataganlar.

O’quvchi: Ammo bu kitoblar juda qimmatga tushardi. Shuning uchun odamlar botqoqlikda o’sadigan popirusdan foydalanib kitob chiqara boshladilar.

O’quvchi: Книги-гиганты изготовливались не только в старину. В 1832-году в Лондоне тиражом в 100 екземпляров была напечатана книга “Пантеон английских героев”.

O’quvchi: Длина этого гиганта-570 см, ширина-365 см. Имена и годы жизни национальных героев Великой Британии напечатаны декоративными буквами высотой 15 см.

O’quvchi: Bilimlar konisan

Ham aql sultonisan

Mening nurli oftobim

Mazmunga kon kitobim.

O’quvchiMening yaqin o’rtog’im

Hech tugamas bulog’im

Kelajakning oftobi

O’zingdirsan kitobim.

“Doirangni chal”, “Qizlarjon” raqslari.

3-shart:” Men sevgan ertak” mavzusida saxna ko’rinishi namoyishi.

1-boshlovchi: Mavluda sen qanday kitoblarni o’qishni yoqtirasan?

2-boshlovchi:Men ko’proq ertak va se’riy kitoblarni o’qishni yaxshi ko’raman, ayniqsa ertak kitoblarni o’qiganimda o’zimni xuddi ertaklar olamiga tushib qolgandek his qilaman.

1boshlovchi: To’g’ri aytasan dugonajon,men ham o’zimni ertak qahramonlari orasida yurgandek sezaman.

2-boshlovchi: Bilasanmi dugonajon bizning 3-shartimiz nima?

1-boshlovchi: Albatta bilaman, Bu “Men sevgan ertak “ mavzusidagi saxna ko’rinishidir.

2-boshlovchi: Unda boshladik.

1-boshlovchi: Ketdik

O’quvchilar “Zumrad va Qimmat” ertagi asosida saxna ko’rinishi namoyish etishadi.

“Bahor” raqsi ijro etiladi

4-shart “Sardorlar baxsi”

.Tezkor savol-javoblar orqali bilimlari sinaladi.

“ Tafakkur gulshani” sardoriga savollar:

1-guruh sardoriga savollar:

1.Nimaning qapqog’I bo’lmaydi?

2.Yovvoyi hayvonlardan 5ta sanang.

3.Kamayuvchini topish uchun nima qailish kerak?

4.Nodira maktabga bormadi. Gapda qanday fe’l ishtirok etgan?

5.Tartib bilan berilgan harflar nima deb ataladi?

6.Harakatlar strategiyasida necha xil rang mavjud?

7.Raqibingiz ismida nechta harf bor?

8.Eng sehrli kuy?

9.Dasturxon ko’rki nima?

10. Maqolni davom ettiring: Bilagi zo’r birni yiqar, …….

Ma’naviyat quyoshi” sardoriga savollar:

1.Eng shirin taom nima?

2.Bo’linuvchini topish uchun nima qilish kerak?

3.Nafas oladigan va chiqaradigan organlar qaysilar?

4.Alifboda nechta harf va nechta tovush bor?

5. Kamalakda nechta harf bor?

6.Yovvoyi hayvonlar makoni qayer?

7.Afsonaviy yovuz kampir?

8. Eng yaqin do’st nima?

9.Sanoqni bildirgan so’zlar nima deb ataladi ?

10.Topishmoqni davom ettiring: Qat-qat qatlama,…….

“Gulbahorim” raqsi.

Hay’at a’zolari har bir shartni baholab boradilar va tadbir yakunida g’olib guruhni aniqlaydilar.


1-boshlovchi: Hurmatli ota-onalar,muhtaram ustozlar, farzandingizga xoh tug’ilgan kuni, xoh boshqa bayram bo’lsin ularga kitob sovg’a qilishni unutmang.

2-boshlovchi: Shuning bilan “Kitobim- qalb oftobim” deb nomlangan tadbirimiz o’z nihoyasiga yetdi. Ammo ma’naviyat xazinasi bo’lmish kitoblar anjumani davom etadi.

XAYR SOG’ BO’LING.






























































Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Начальные классы

Категория: Мероприятия

Целевая аудитория: 3 класс.
Урок соответствует ФГОС

Скачать
''Китобим калб офтобим'' сенарий

Автор: Алимова Барчиной Рахмонжоновна

Дата: 04.05.2020

Номер свидетельства: 548695


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства