kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Kitob taqdimoti Gulliverning sayohati

Нажмите, чтобы узнать подробности

Jonatan Svetning Gulliverning sayohati nomli kitob taqdimoti orqali kitob oʻqidhga mehr uygʻotisj

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Kitob taqdimoti Gulliverning sayohati»

Jonatan Sviftning “Gulliverning sayohatlari “ kitob taqdimoti

. Devorga Prezident Shavkat Mirziyoyevning «Kitobsiz kelajak yo‘q!», «Yoshlarni kitobga, kitobxonlikka qaytarish kerak!» degan  fikrlar osilib, kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etiladi.

1- boshlovchi:

Xazinalar sandig‘i,

Bilim uning tortig‘i.

Javonlardagi oftob,

Uning nomidir….

Hamma: — Kitob.

2- boshlovchi:

Juda sevamiz uni,                                            

Xilma-xildir mazmuni.                         

O‘qituvchi emas-ku,                            

Bilim bera olar u.                                             

U barchaning ulfati,

Bo‘lar ba`zan surati,

Qani, o‘rtoq, buni top!

Eslagan der: bu…

Hamma: — Kitob.

1- o‘quvchi: — Assalomu alaykum, hurmatli ustozlar, aziz tengdoshlar, bolajonlar. Tadbirimizga tashrif buyurgan ota-onalar va aziz mehmonlar.

2- o‘quvchi: — Barchangiz bugungi Jonatan Sviftning “Gulliverning sayohatlari “ kitob taqdimoti tadbirimizga xush kelibsizlar!

1- o‘quvchi: — Kitob — bilim manbai, ilm shamchirog‘i, ma’naviyat sarchashmasi. Kitobni quyoshga qiyoslash o‘rinlidir.

2- o‘quvchi: — Quyosh insonning jisman ulg‘ayishi uchun qanchalik muhim bo‘lsa, kitob ma’nan barkamollik uchun ham shunday ahamiyatga egadir.

O‘quvchi:

Sen o‘zing mitti mohtob,

Yoki nur sochgan oftob.

Sen tafakkur chirog‘i,

Sen  eng sodiq do‘st, kitob.

O‘quvchi:

Seni ochsam qalbda nur,

Bahra oladi shuur.

Sen eng yaqin hamrohim,

O‘zing oqil, o‘zing zo‘r.

O‘quvchi:

Hikmat, matal ham senda,

Ertak, masal ham senda.

Hayot yo‘lida zarur

Dono maqol ham senda.

O‘quvchi:

Tarix ham adabiyot

Bari-barin o‘rgandim.

Yurtni sevib kitobdan

Vatan qadrin o‘rgandim.

1- boshlovchi: — Kitob-moziy darakchisi, bugunning tarbiyachisi va muallimi, kelajakning yo‘lboshchisi.

2- boshlovchi: — Kitobni ma’naviy xazina, haqiqiy boylik,

Bugun biz Ingliz yozuvchisi Jonatan Sviftning “Gulliverning sayohatlari “ asari haqida ma`lumot beramiz

Ingliz yozuvchisi Jonatan Sviftning “Gulliverning sayohatlari “ asari jahon bolalar adabiyotining durdonalaridan hisoblanadi . Bu nodir asar juda ko`p tillar qatori o`zbek tilida ham tarjima qilinib chop etilgan .

1- boshlovchi---.1726-yilda yaratilgan «Gulliverning sayohatlari» romani yozuvchi nomini butun dunyoga mashhur qildi. Adib yetuk, teran badiiy

asarida o‘zi yashagan davrda keng tarqalgan ijtimoiy-siyosiy illatlar ustidan qattiq kuladi, yuqori tabaqaga mansub kishilar – rasmiy

amaldor hayoti va turmushidagi mavjud nuqsonlar, boshqaruvidora tartiblarida keng tarqalgan xushomadgo‘ylik, laganbardorlik,

bilimsizlik, o‘zga xalqlarni mensimaslik, bosqinchilik urushlarini avj olishi kabi noxush kamchiliklarni shafqatsiz fosh etadi. Sviftning

achchiq hajviyasi kimlarga qaratilganini aqli raso zamondoshlari o‘z vaqtida juda tez ilg‘ab olgan edilar.

Mazkur asar dunyodagi barcha madaniy xalqlar tillariga tarjima qilingan. Ko‘pgina ijodkorlar uni bolalar uchun qayta hikoya qilib

berganlar.

2- boshlovchi--- Muallif Gulliverning Liliputlar va darozlar mamlakatida boshidan kechirgan g`aroyib sarguzashtlarini tasvirlab , o`quvchilarga olam –olam quvonch va zavq bag`ishlaydi

O‘quvchi: — Kitob — insonning yaqin sirdoshi, maslahatgo‘yi, ko‘makdoshi. Shuning uchun ham uni nondek e’zozlaymiz.

Jonatan (Jo va Natan ismlaridan olingan) Svift 1667-yilda, Angliyaning yaqin qo‘shnisi va oroldagi

mustamlakasi bo‘lgan Irlandiyaning poytaxti Dublinda ingliz muhojiri oilasida tug‘ilgan.

Romanda hukumat rahbarlarining shaxsiga sig‘inish, ularni dabdabali unvonlar bilan ulug‘lash

bunday masxara qilinadi: «Liliputiyaning qudratli imperatori, jahonning quvonchi va dahshati, podsholarning

podshosi, insoniyatning eng ulug‘ farzandi, boshi quyoshga yetgan, bahorday so‘lim, yozday

himmatli, kuz singari to‘kin, qish singari qahrli Golbasto Momaren Evlem Gerdaylo Shefin Molli Olli

Gu Oliy hazratlari...» Romanda Liliputiyadagi ahmoqona tartiblardan yana biri — yuqori mansablarga qanday odamlar tanlanishi mana bunday o‘tkir hajviy bo‘yoqlarda tasvirlanadi: «Birorta amaldor vafot etsa yoki imperatorning g‘azabiga uchrasa, bo‘shagan lavozimga da’vogar bo‘lganlardan besh-olti kishi oliy hazratlari

va butun saroy ahlini xushnud etib, dor o‘ynab berish uchun imperatordan izn so‘rashadi. Kimki arqondan

qulamay, hammadan balandga sakrasa, bosh o‘rin o‘shaniki bo‘ladi». Mukofot olish tartiblari ham shunga

o‘xshash. Imperator tayoq o‘ynatganida uning ustidan va ostidan chaqqonlik bilan likillab o‘ta oluvchilarga

oliy mukofotlar beriladi. Svift o‘z hayoti davomida Angliya hukumati rahbarlariga juda ko‘p yaxshiliklar qilgan bo‘lsa-da,ular adibga bergan va’dalarini tez unutishdi... Bundan insoniy g‘ururi ozor topgan adib «Gulliverning

sayohatlari»da bunday hazil qiladi: «Hamma odamlar Asar qahramoni Gulliver turli afsonaviy joylarga

borib, ajoyib-g‘aroyib fantastik voqealarni boshdan kechirsa-da, uning fe’l-atvori, ichki dunyosi nihoyatda

haqqoniy bo‘yoqlarda chiziladi. U liliputlar o‘lkasidagi ahmoqona tartib-qoidalarga norozilik bildirmaydi,

ularga barcha fuqaro qatori bo‘ysunadi. Faqat hayoti xavf ostida qolganidagina quvlik bilan ish tutib,

qochib ketishga muvaffaq bo‘ladi.

«Gulliverning sayohatlari» romanida Liliputiya mamlakati harbiy dengiz kuchlari qo‘shni

davlatning liliputlari bilan jang qiladilar. Gulliver chuqurligi tizzasidan keladigan dengizda

bo‘lgan bu qattiq jangda «o‘z» liliputlariga yordam berib, qo‘shni davlat kemalaridan bir to‘dasini o‘ljaga olib keladi. Liliputiyada uni arzimas bir narsa bilan taqdirlaydilar. Liliputlar qiroli va ministrlari Gulliverdan yana

urushda foydalanmoqchi bo‘ladilar. Lekin, Gulliver rozi bo‘lmaydi. U ikki qo‘shni davlatni yarashtirishga

urinadi. Lekin, Liliputiyaning yovuz ministrlari Gulliverni davlat xoini deb, o‘limga hukm qiladilar.

Qirol «mehr-shafqat» ko‘rsatib, «Tog‘ odamni o‘ldirmay, faqat ikki ko‘zini o‘yish bilan cheklanishi

haqidagi taklifni qabul qiladi. Gulliver bir amallab qochib qutiladi.

Romanda Gulliver yana dengiz sayohatiga chiqib, Ulkanlar mamlakatiga borib qolganida o‘zi liliput

ahvoliga tushib qoladi. Ulkan fermer-dehqon «kichik odamcha»ni tomoshaxonada xalqqa ko‘rsatib, rosa pul

ishlaydi. Ulkanlar qirolining qizi bu xabarni eshitib, otasini ko‘ndirib, dehqondan «qo‘ng‘iroq odamcha»

— Gulliverni sotib oladi. Ulkanlar qiroli unga g‘amxo‘ rlik qilib, suhbatlar quradi. Bu suhbatlarda

Gulliver o‘zining buyuk vatani Angliyaning qirol va lordlar palatasini, ijtimoiy tartib-qonunlarni maqtaydi.

Bu qonunlarga ko‘ra Angliya hukumati ilmma’rifatli, vatan va millatga sodiq ziyolilarni quvg‘in

qilib, poraxo‘r, o‘g‘ri, muttaham, urush-qirg‘inlarni keltirib chiqaruvchi ig‘vogarlarni yuqori mansablarga

ko‘taradi. Suhbatlarda Gulliver sevimli vatani — Angliya tarixini aytib maqtanadi. Ulkanlar qiroli

bunday deydi: «Siz maqtagan tartib-qonunlaringiz ham, urush-qirg‘inlardan iborat tarixingiz ham juda

axmoqona va adolatsiz, razolatlardan iborat ekan

Atoqli tarjimon Vahob Ro‘zimatov «Gulliverning sayoratlari» qahramonlarining ichki kechinmalarini

va ularning nutqidagi kinoya, hajv ruhini o‘zbekchada ifodalash uchun munosib so‘z va iboralarni, zarur

ohangni topa olgan.

O‘quvchi: — Kitobni sevgan insonning ma’naviyati yuksak, dunyoqarashi teran bo‘ladi.

(Shu o‘rinda bolajonlar Zikrilla Ne’matning «Kitobni seving» sher’rini o‘qishadi).

O‘quvchi:

Butun borliq tabiat

Sevgan kabi oftobni.

Bolajonlar, sizlar ham

Seving aziz kitobni!

O‘quvchi:

Kitob — sodiq do‘stimiz

Xoh kunduz, xoh tundadir.

Bor tilsim-u sirlarning

Kaliti ham shundadir.

O‘quvchi:

Kitob bois qalbingiz

Oy-yulduzdek porlagay.

U sizni ezguliklar

Olamiga chorlagay.

O‘quvchi:

Yaxhi ertak, hikoya,

Go‘zal she’r-u dostonlar.

Ko‘nglingizni yayratib

Etar bog‘-u bo‘stonlar.

O‘quvchi:

Kimki kitob o‘qish-la

O‘tkazsa gar vaqtini.

Hayotda u albatta

Topgaydir o‘z baxtini.

O‘quvchi:

Kitob do‘st erur mudom

Butun insoniyatga.

Uni sevib sizlar ham

Yeting orzu, niyatga!

1- boshlovchi:  — Ha, azizlar, kitob eng qimmatbaho boylik. Uni hech qachon iflos qilmang, yirtmang.    Maktab kutubxona fondini boyitish maqsadida bir yoqadan bosh chiqarib harakat qilaylik! Har birimiz ushbu xazinani boyitish uchun o‘z  hissamizni  qo‘shsak, kelajak avlod ushbu xazinadan  bahramad  bo‘lg‘usidir.

2 -boshlovchi: — Hurmatli  ota-onalar,  muhtaram  ustozlar,  farzandingizga xoh tug‘ilgan  kuni, xoh boshqa bayram  bo‘lsin  kitob sovg‘a qilishni kanda qilmang. Shu bilan bugungi tadbirimiz nihoyasiga yetdi. E’tiboringiz uchun rahmat!




Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Начальные классы

Категория: Мероприятия

Целевая аудитория: 4 класс

Скачать
Kitob taqdimoti Gulliverning sayohati

Автор: Nazarova Shahnoza Bahadirovna

Дата: 04.04.2020

Номер свидетельства: 545390


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства