kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Kitob taqdimoti:"Ertaklar karvoni"

Нажмите, чтобы узнать подробности

O'quvchilarga ertaklar haqida tushuncha berish

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Kitob taqdimoti:"Ertaklar karvoni"»

1

-o`quvchi:

Assalom tengdoshlar, assalom do`stlar

Bag`rikeng ham yetuk yoshlar

Assalom ustozlar aziz insonlar

Assalom tengdoshlar, assalom do`stlar

2-o`quvchi:

Assalom deymanu ta`zim qilaman

Yurtimning aziz insonlariga

Men tiz cho`kib sajda qilaman

Jannatmakon O`zbekistonga

3-o`quvchi:

Assalom alaykum mehri daryo qalbi qaynoq ustozlari bilimga chaqqon o`quvchi yoshlar.

4-o`quvchi:

Qadrli ota-onalar maktabdosh do`stlar mehribon opa-singillar ! Barcha –barchangizni bugungi davramiz mehmoni sifatida ko`rib turganimizdan behad mamnunmiz.

5-o`quvchi:

Bugun 2-“V” sinf o`quvchilari tomonidan tayyorlangan “ERTAKLAR KARVONI” deb nomlangan kitob taqdimotimizga xush kelibsiz.

6-o`quvchi:

Kitob mutolaasi yoshlikni sug`oradi, qarilikni quvontiradi, baxtni bezaydi, baxtsizlikda tasalli beradi, panoh bo`ladi, uyda zerikishdan asraydi, uydan tashqarida xalal bermaydi.

7-o`quvchi:

Inson qo`lidagi turli-tuman qurol-yaroq, asbob-uskunalar orasida eng g`aroyibi shubhasiz, kitob sanaladi. Kitoblar- xotiralar va tasavvurlarning davomidir.

8-o`quvchi:

Ertak kitoblarni sevib o`qimaydigan, tinglamaydigan bola dunyoda bo`lmasa kerak. Qo`lingizdagi ushbu kitob ham turli xalqlarning g`aroyib va ajoyib, kutilmagan voqealarga boy ertaklaridan jamlandi. “Ertaklar karvoniga “ tashrifingiz muborak bo`lsin, aziz bolajonlar.

10-o`quvchi:

Oila sharoitiga bola qalbiga kitobga nisbatan qiziqish va muhabbat tuyg`usini uyg`otish adabiyotga qiziqishdan boshlanadi.

11-o`quvchi:

Buning uchun oiladagi kattalar bobo yoki buvi ota yoki ona aka yoki opa muntazam ravishda har kuni kichkintoyga she`r ertak yoki hikoya o`qib berishi lozim.

O`yin qizlar

12-o`quvchi:KITOB

Javonda chuvur-cuvur

Kitoblar ovoz qilar

Kim ong-bilim ko`kida

Lochindek parvoz qilar

Kelsin deb qanot qoqib

13-o`quvchi:

Juda sevamiz uni

Xilma-xildir mazmuni

Bo`lmasa ham muallim

Bera oladi ta`lim

14-o`quvchi:

Yoshingdayin uchiray

Ko`ksin ochsin o`zimda

Borin uyaga kuchiray

Kitob der qadrimizni

Anglagan o`qib qolsin

Oltin yoshlik o`tmayin

15-o`quvchi:

U barchaning ulfati

Bo`lar ba`zan sur`ati

Q

ani o`rtoq buni top

Eslagan der bu .....

16-o`quvchi:

Varaqlasam bir boshdan

Quvnab bag`rim ochilur

Oltin harf so`zlardan

Totli ma`no sochilur

Shuning uchun deymanki

Kitob mening do`stimsan

17-o`quvchi:

Har sahifang men uchun

Bir hikoyat so`zlaydi

O`qib olim bo`lgin deb

Yaxshi niyat ko`zlaydi

Shuning uchun deymanki

Kitob mening do`stimsan

18-o`quvchi:

Hayot nima ko`rsatar kitob

Vijdonni ham uyg`otar kitob

Oq qorani o`rgatar kitob

Bolangizga kitob o`qiting

19-o`quvchi:

Ziyoliyu xoqon bo`lsa ham,

Hunarmandu dehqon bo`lsa ham

Yetti pushti cho`pon bo`lsa ham

Bolangizga kitob o`qiting.

20-o`quvchi:

Kunda bir bor parvona bo`lib

O`rtoq bo`lib dugona bo`lib

Keling bugun bir ona bo`lib,

B

olangizga kitob o`qiting.

21-o`quvchi:

O`qib olim bo`larmiding-a,

Demang berib bolaga zarba,

O`zgarishga hozir zo`r palla

Bolangizga kitob o`qiting.

22-o`quvchi:

U navnihol o`sgan mahali

Mevasini ko`rasiz hali

Tarbiyaning eng mukammali

Bolangizga kitob o`qiting

23-o`quvchi:

Dunyo g`amin bir zum unuting

Ilm bering qo`lidan tutib

Oxiratda boshqa toj kuting

Bolangizga kitob o`qiting

O`yin yigitlar.

24-o`quvchi:

Kitob-aqliga haqi so`ramaydigan “eng yaxshi xazina” degan edi turkiy xalqlarning mashhur mutafakkiri shoir Alisher Navoiy

25-o`quvchi:

Z

amon rivojlanib , qanchadan-qancha yetuk texnika , texnologiyalar yaratilmoqda. Ammo, ular kitobning o`rnini bosa olmaydi. Kitob o`qigan odamning yo`li hamisha yorug` bo`ladi.

26-o`quvchi:

Kitob nima desalar,

Kitob-oftob dedilar

Kitob nima desalar

Kitob bu kon dedilar

27-o`quvchi:

Quyida biz kitob o`qishning 7 foydali tomoni haqida aytib o`tishni ma`qul topdik.

28-o`quvchi:

KITOB O`QISH –ATROF MUHITNI, DUNYONI VA O`ZINGIZNI ANGLASHGA YORDAMLASHADI.

29-o`quvchi:

KITOB O`QISH-YODDA SAQLASH VA O`YLASH QOBILIYATINI RIVOJLANTIRADI.YA`NI ,KO`P KITOB O`QIGAN ODAMNING YODDA TUTISH DARAJASI YAXSHI, TEZ O`YLAB, TEZ XULOSA CHIQARADIGAN BO`LADI

30-o`quvchi:

KITOB O`QISH-SO`Z BOYLIGINI VA SAVODXONLIK DARAJASINI OSHIRADI.

31-o`quvchi:

KITOB O`QISH-TALQIN QILISH,ANALIZ YASASHGA VA SHAXSIY FIKRNING SHAKLLANISHIGA YO`NALTIRADI.

32-o`quvchi:

KITOB O`QISH-KO`PGINA YUTUQ VA MUVAFFAQIYATLARGA ASOS BO`LADI.

33-o`quvchi:

KITOB O`QISH- ODAMLAR BILAN TO`G`RI MUOMALA QILISHGA O`RGATIB, TO`G`RI GAPIRISHNI SHAKLLANTIRADI.

34-o`quvchi:

KITOB O`QISH-ODAMDAGI YASHIRINIB YOTGAN IJODIY QOBILIYATNI YUZAGA CHIQARADI.

O`yin qizlar

35-o`quvchi:

Demadilar kitob o`qib xato topdim

Har bir satrin o`qiganda ma`no topdim

Kitob o`qib xatolarni bugun yopdim

Shunday ekan, do`stlar doim kitob o`qing

36-o`quvchi:

N

avoiy,Boburlarga havas qiling

Bilim olmoq uchun doim yurib yeling

Har yozilgan kitoblarni qadrin biling

Kitob o`qib tarixingiz mag`zin biling!

1-o`quvchi:

Umr yana aslo qaytmas anglang shuni,

Ming bir kecha yozilganda

Ming bir tuni –o`qiganlar anglagaydur har gardunni

Shunday ekan do`stlar doim kitob o`qing.

2-o`quvchi:

Osmondagi quyosh bordur kitoblarda,

Har bir betni hikmati bor xitoblarda

Dunyo keng gavharidan ma`no to`qing

Abdulla-yu –Erkinlarni baytin o`qing.

3-o`quvchi:

Mamlakatda e`tibordir kitob bugun,

Ming yillarga tatigaydur har biita kun.

Kitoblarni asragan el buyuk chunun,

Shunday ekan do`stlar kun-tun kitob o`qing.

4-o`quvchi:

Kitob o`qib ko`rmagaysiz also g`amni,

Befoyda hech nurin ketmas yorug` shamni

To`ldirasiz bilmingiz ko`sti-kam,

Kitoblardan anglagay siz hayot ta`mi

5-o`quvchi:

Aka-uka, opajonlar kitob o`qing,

Shoir yozgan she`rlaridan ma`no uqing.

Yozsangiz gar hikmatlardan jamlab to`qing,

Shunday ekan, do`stlar kun –tun kitob o`qing

Umringizni so`ngigacha kitob o`qing.

6-o`quvchi:

Orzularim bir jahon

Poydevor unga kitob

Hayotim yo`llarini

Yoritar nurli oftob

7-o`quvchi:

Kitob insonlarga baxt-saodat,quvonch va shodlik ulashuvchi bilim bulog`idir.

8-o`quvchi:

Kitobning kuchi shu qadar kuchliki u insonni nafaqat ma`naviy qoloqlikdan qutqaradi, balki uni jamiyatdagi eng yuqori darajalarga olib chiqadi.

Sahna ko`rinishi: “Gul o`stirolmagan bola”.

Hamma o`quvchilar:

Mo`jiza emasdir falakda oftob

Mo`jiza aslida beminnat kitob

Boshlovchi: Mana shuning bilan “Ertaklar karvoni” nomli kitob taqdimotimiz o`z nihoyasiga yetdi. E`tiboringiz uchun rahmat.



















KATTAQO`RG`ON SHAHAR

11-IXTISOSLASHGAN MAKTABI

BOSHLANG`ICH SINF O`QITUVCHISI

RADJABOVA SHAHLONING

2-“V” SINF BILAN O`TKAZGAN



ERTAKLAR KARVONI”

















2019-2020 o`quv yili
















Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Начальные классы

Категория: Мероприятия

Целевая аудитория: 2 класс.
Урок соответствует ФГОС

Скачать
Kitob taqdimoti:"Ertaklar karvoni"

Автор: Radjabova Shahlo Shavkatovna

Дата: 05.04.2020

Номер свидетельства: 545433


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Ваш личный кабинет
Проверка свидетельства