kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Kitob taqdimoti:''Bolajon bolajonim''

Нажмите, чтобы узнать подробности

3-sinf

Kitob taqdimoti:bolajon bolajonim

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Kitob taqdimoti:''Bolajon bolajonim''»

Kattaqo`rg`on shahar

11-ixtisoslashgan maktabi

Boshlang`ich sinf o`qituvchisi

Xudayqulova Zohidaning

3-“V” sinf bilan o`tkazgan















1

-boshlovchi:O`zbekning salomi qaynoq qalbiday

Unda shukrona bor, pur ma`no kalom.

Qo`lim ko`ksim uzra tutib baralla,

Men ham sizga deyman

Assalomu alaykum!

2-boshlovchi:Salomdan boshlanar har bir qalbga yo`l

O`zbek deganiga bu aziz kalom,

Men ham o`zbek,axir zo`r shukur bilan.

Qo`lim ko`ksim uzra degayman

Assalomu alaykum!

1-boshlovchi:Assalom alaykum hurmatli mehmonlar,sharafli kasb egalari bo`lmishli aziz ustozlar va ulkan sinovlar muvaffaqiyatlar qarshisida turgan iste`dodli ilmga chanqoq o`quvchilar.

2-boshlovchi: Kitob oftob.Zaminni ona tabiatni oftob yoritsa, inson qalbini kitob yoritadi. Nurlantiradi. Kitob ma`naviyat quyoshi.Donolar kitob mo`jizaga chorlaydi deb bejizga aytishmagan. Bugun biz 3-“V” sinf o`quvchilari sizlarga ana shu mo`jizalardan birini taqdim etmoqchimiz.

2-boshlovchi: Bolalarning sevimli ijodkori O`zbekiston xalq shoiri Po`lat Mo`minning “Bolajon,bolajonim” she`rlari to`plami asosida tayyorlangan kitob taqdimotimizga xush kelibsiz!

O`quvchi:Po`lat Mo`min yoshligidanoq adabiyotga havas qo`ydi.

O`quvchi:O`zining quvnoq she`rlari zavqli va qiziqarli dostonlari ertak va dramatik hikoylari bilan tanildi.

O`quvchi: U Toshkent pedagogika bilim yurtida o`qib yurgan vaqtida adabiyot to`gragiga faol qatnashdi.

O`quvchi:Adabiyotni qunt bilan o`qidi va o`rgandi.

O`quvchi:Hozirgi Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat

Pedagogika Universitetini o`zbek tili va adabiyot

fakultetiga o`qishga kirib

O`quvchi:Uni muvaffaqiyatli tamomladi.

O`quvchi:Maktablarda o`qituvchilik qildi.

O`quvchi:So`ngra O`zbekiston nashriyotida ishladi.

O`quvchi:Po`lat Mo`min qayerda ishlamasin, doimo adabiyotga muhabbat bilan qaradi.

O`quvchi:Birinchi she`riy to`plami 1949-yilda Sayrang qushlar bilan nashr etildi.

O`quvchi:Bolalar uchun ijod qilish bu sohada muvaffaqiyat qozonish uchun qobiliyatni va istakni o`zigina yetmaydi.

O`quvchi:Buning uchun bolalar yozuvchisi bo`lib tug`ilishi kerak.

O`quvchi:Po`lat Mo`min ana shunday tug`ma iste`dod egasi edi.

O`quvchi:O`zbekiston xalq shoiri Po`lat Mo`minning ijodiy mehnati tufayli

O

`quvchi:”Hunardan unar”,“To`g`ri o`sgan gul bo`lar”,

Oltin nav”, “O`rinbosarlar”, “Bir yarim Karim”,

Endi adashmaydi”,” Barcha bola do`st bo`lsa”,

Rahmatga rahmat”,”Chang yutar botir”,”Oftob va

odob”,”Yaxshilarga o`xshasam”,”Bu juda soz”,

Eson va Omon”,”Oltmish olti oltin qo`l”,”Ustozlar

izidan”,” Bolalarning baxtli kulgani”, “Bir yuz bir

oltin qo`l” kabi she`riy to`plamlari

Sanoqvoy bilan qadoqvoy”, “Bahodirning botirligi”,”Soqotoy va konfetvoy”, “Ona bolam deydi” kabi ertaklar sahna asarlari yuzaga keldi.

O`quvchi:”Bu kitoblarga kirgan eng yaxshi she`r va qo`shiqlari doston va ertaklari bolalar adabiyotiga munosib hissa bo`lib qo`shildi.Uni boyitdi.

O`quvchi:Bu asarlardan bir qanchasi jahon xalqaro tillariga tarjima qilingan.

O`quvchi:Po`lat Mo`min shoir,dramaturg va nosir sifatida adabiyot ixlosmandlariga xususan biz yosh avlodga tanish va yaqindir.

O`quvchi:O`zining quvnoq she`rlari zavqli va qiziqarli dostonlari,ertak va dramatik asarlari bilan bolalarning sevimli adiblaridan biri bo`lib qolgan.

O`quvchi:Po`lat Mo`min 1922-yil 24-dekabrda Toshkent shahrida tug`ilgan.

Doira kuyi

O`quvchi:Biz bolajonlarning sevimli ijodkori O`zbekiston xalq shoiri Po`lat Mo`minning kitoblari kirib bormagan xonadon she`r va qo`shiqlarini o`qib eshitmagan o`quvchi bo`lmasa kerak.

O`quvchi: Shoir she`rlari mavzu jihatdan juda ham rang-barang.Bu she`rlarni barchasi bir bolalarni vatanparvarlikka,topqirlikka,zukkolikka undaydi. Marhamat.Po`lat Mo`min she`rlarini siz ham tinglab ma`naviy ozuqa oling.

Ey so`zlarim biyronim,

Chopqillagin jiyronim.

Erkatoyim,polvonim,

Bolajon,bolajonim.

Sizlar lola yonoqsiz,

Chin ko`ngildan inoqsiz.

Bulbulu qarqinoqsiz,

Bolajon,bolajonim.

Keltirasiz havasim

Bolalar sizlarga

Aytayin rostim

Har qachon har yerga

Kelar havasim

Yoqadi qiy-chuvlar

Shovqinlaringiz

Sezilar yurakda

To`lqinlaringiz

Havasim keltirar.

Tong havosi

Tongdagi havo

Havo harir pokiz

Bormi unda yo

Sehru mo`jiza

Tong havosining

Yo`qdir g`ubori

Oftob yaxshimi,odob yaxshimi?

Oftob yaxshimi,

Odob yaxshimi?

Oftob berar nur,

Odob-chi huzur.

Lolalar uchun,

Oftob yaxshidir.

Yomg`ir qo`shig`i

Yomg`ir ezib yog`ar edi

Ko`kda suzib yog`ar edi

Tomchilari toychoqlarday

Chopib o`zib yog`ar edi

O

ta-ona qalbi

Ota-ona qadri

Quyosh berar issiqlik nur

Deymiz hayot asosi

Ota-ona juda aziz

Quyoshga teng bahosi

Kitob ko`tarib

Bordir bitta bolakay

Ismin yozmay har qalay

tag`in xafa bo`lmasin

yaqinlari,kulmasin,kulmasin.

Ona tilim

Ohangdorsan yana a`lo

Ona tilim

Mening uchun

Yagonasan

Kitoblar haqida qiziqarli ma`lumotlar

Olimlarning aniqlashicha, Sankt-Peterburgning Saltikov-Shchedrin nomidagi kutubxonasida saqlanadigan Alisher Navoiyning ilk she’rlari to’plami bundan besh asr ilgari buyuk adibning shaxsiy kutubxonasida saqlab kelingan. Kitob oltin suvi bilan ipak qog’ozda bitilgan, va har bir sahifasi naqshlar bilan bezab chiqilgan. Ushbu to’plam Sharning mashhur hattori Sultonali Mashhadiy tomonidan ko’chirilgan.

***

Har qanday matnni odatdagidan besh marotaba yozib olish imkonini beruvchi stenografiya eramizdan avvalgi 63 yilda Tiro ismli cho’ri tomonidan ixtiro qilingan. U Rimning taniqli davlat arbobi Sitseron huzurida xizmat qilgan.

***

Dunyodagi eng katta kitob Amsterdamning muzeylaridan birida saqlanadi. Bu kitob “Dengiz qoidalari to’plami deb nomlanadi”. Kitobning eni bir metr, qalinligi chamasi yarim metr, uzunasiga esa o’rta bo’yli kishidan ham balanddir.

***

Eng qimmat kitob fransuz Jozef Fore tomonidan nashr qilingan noyob “Apokalipsis” kitobi hisoblanadi. 100 million eski frank miqdorida baholangan ushbu kitob Parijning zamonaviy san’at muzeyida saqlanadi. Vazni – 120 kilogramm.

Amerika muzeylaridan biri Iogann Gutenberg uskunasida nashr qilingan Injil uchun eng yuqori baho, 200 ming AQSh dollari to’lagan.

***

Rohib Gabriel Chelani 80×60 sm o’lchamdagi varaqda Dantening “Ilohiy Komediya”sini sig’dira olgan. Shunday bo’lsa ham, asarning har bir misrasini yordamchi vositalarsiz bemalol o’qish mumkin.

Ushbu varaqqa ma’lum masofadan qaralsa, Italiyaning rang-barang xaritasini ko’rish mumkin. Bunga harflarni ranglar bilan muvaffaqiyatli uyg’unlashtirilishi orqali erishilgan. Gabriel Chelani bu san’at asariga to’rt yil umrini sarflagan ekan.

***

Dunyoning 12 ta eng kichik kitobi bir osh qoshig’ida joylashadi. Ular orasida:

1) Qur’oni Karimning mitti nashri;

2) 12 000 so’zli ingiz tili lug’ati;

3) Galiley Galileo asarlari to’langan kitobcha (uning kattaligi pochta markasining yarmicha keladi va 208 sahifadan iborat);

4) Yangi Ahd (bu kitobcha 1896 yilgacha dunyodagi eng kichik nashr hisoblangan);

5) Shoir Robert Berns sh’erlari to’plangan jild (pergamentda);

6) Fransuz spravochnigi;

7) Nemis spravochnigi;

8) Muso qonunlari kitobi (qadimgi yahudiy kitobidagi eng kichik kitob);

9) Hindlarning “Gita” kitobi (sanskritda);

10) Irland va shotland qo’shiqlari to’plami (notalari bilan);

11) Fransiya Konstitutsiyasi (kitobcha oltin suvi yuritilgan teridan qilingan muqova bilan qoplangan);

12) Prezident Linkolnning Gettisbergdagi nutqi (kitobcha katta barmoqning tirnog’i kattaligida).

***

Dunyodagi eng og’ir kitob Londonning Britaniya muzeyida saqlanadigan geografik atlas hisoblanadi. Kitobning bo’yi bir metrdan ortiq va og’irligi 320 kilogrammdir.

***

Birinchi bo’lib taxallaus ostida ijod qila boshlagan muallif yunon komediografi Aristofan hisoblanadi. Aristofan eramizdan avvalgi V-IV asrlarda yashab o’tgan.

1-boshlovchi:

Shuning bilan 3-“V” sinf o`quvchilari tomonidan O`zbekiston xalq shoiri Po`lat Mo`minning “Bolajon,bolajonim” she`riy to`plami asosida tayyorlangan kitob taqdimotimizni yakunlaymiz.

2-boshlovchi:E`tiboringiz uchun rahmat.




















Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Начальные классы

Категория: Мероприятия

Целевая аудитория: 3 класс.
Урок соответствует ФГОС

Скачать
Kitob taqdimoti:''Bolajon bolajonim''

Автор: Xudayqulova Zohida

Дата: 07.04.2020

Номер свидетельства: 545707


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства