Просмотр содержимого документа
«Boshlang’ich sinflarda matematika darslarining o`rni.»
OILADA TARBIYANING ROLI
Annotatsiya. Biz ma’naviy hayotimizni yuksaltirishda, jamiyatimizda ezgu insoniy fazilatlarni qaror toptirishda, tobora kuchayib borayotgan, bizning milliy tabiatimiz, urf- odatlarimizga mutlaqo zid bo’lgan har qanday har qanday zararli ta’sirlar, buzg’unnchi g’oyalarga qarshi turishda, azaliy qadriyatlarimizni asrab- avayrashda oilani mustahkam tayanch deb bilamiz.
Davlatimiz tomonidan olib borilayotgan ijtimoiy- iqtisodiy islohatlar hamda oila turmush madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan bunday shart- sharoitlar, chora- tadbirlar kelajagi buyuk O’zbekistonning azaliy orzusi bo’lib kelgan. Darhaqiqat, oila va uni ijtimoiy muhofaza qilish, oilaning iqtisodiy –ma’naviy barqarorligini mustahkamlash, barkamol shaxs tarbiyasida ota- onalar rolini oshirish hukumatimizning ustuvor vazifalaridan birida aylanib bormoqda.
Bu yorug’ dunyoda hayot bor ekan, oila bor. Oila bor ekan, farzand deb atalmish bebaho ne’mat bor. Farzand bor ekan, odamzod hamisha ezgu orzu va intilishlar bilan yashaydi. Zero, oila –jamiyat tayanchi. Shunday ekan, komil insonni shakllantirish oiladan boshlanadi. Oila insoniy lik tuyg’ularini o’zida aks ettiruvchi mustahkam, muqaddas dargoh. Inson ana shu ulug’ dargohda o’sadi, ulg’ayadi, voyaga yetadi.
Oila –turmush va vijdon qonunlari asosida quriladi, o’zining ko’p asrli mustahkam va ma’naviy tayanchlariga ega bo’ladi, oilada demakratik negizlariga asos solinadi, odamlarning talab, ehtiyojlari va qadiryatlari shakllanadi.
Har qaysi millatning o’ziga xos ma’naviyatini shakllantirish va yuksaltirish, hech shubhasiz oilaning o’rni va ta’siri beqiyosdir. Chunki insonning eng sof va pokiza tuyg’ulari, ilk hayotiy tushuncha va tasavvurlari birinchi galda oila bagrida shakllanadi.
Oilaning muhim ahamiyatiga ega bo’lgan yana bir vazifasi tarbiyalashdir.Bolalarning aqliy, jismoniy,aqliy, estetik tarbiyalashga oilada asos solinadi. Oila inson deb ataluvchi binoni faqat poydevoriniqo’yish bilan cheklanmasdan, balki uning so’nggi g’ishtni qo’yilguncha javobgardir.Ota- ONA – san’atkor, bola – San’at asari, tarbiya jarayoni esa san’atning o’zidir. Mustaqillikka erishganimizdan so’ng milliy qadiryatlarimizning tiklanishi va xalqimiz azaldan saqlab kelayotgan milliy urf – odatlarimiz, an’analarimiz (bola tariyasida ota- onadan tashqari, buvi-buva, qarindosh – urug’, mahallaning ham ta’siri )bu borada katta ahamiyatga ega.
Shaxs ma’naviyati, uning dunyoqarashi, insoning tasavvur va etiqodiga aloqador ko’nikmalar majmui asosan oilada shakillanadi, oila haqiqiy ma’naviyat o’chog’i, tarbiya omilli va muhitidir. Oilaning tarbiyaviy vazifasi yo’nalishlari Aqliy tarbiya jismoniy taribiya Ahloqiy tarbiya Ma’naviy tarbiya Estetik tarbiya Milliy qadiratlariga asoslangan tarbiya Axloqiy tarbiya Madaniy tarbiya Diniy tarbiya Milliy urf –odatlarimizga asoslangan tarbiya Komil tarbiya si Jamiyatning siyosiy g’oyaviy dunyo- qarashi shakllangan komil fuqarosini tarbiyalash. Oilaning kommunikativ vazifasi oila a’zolarining o’zaro muloqot va o’zaro tushunishga bo’lgan ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi. Psixologik tadqiqotlarda ta’kidlanishicha, turli ijtimoiy yo’nalganlik, ustanovkalar, hissiy madaniyat, odamning axloqiy, ma’ naviy va psixologik salomatligi – oiladagi o’zaro, ichki muloqot xarakateri , oiladagi katta a’zolarining muloqotda psixologik ustanovkalarini namoyon qilishlari, oiladagi axloq- psixologik to’g’ri bog’liqdir..
Oilaning rekereativ vazifasi nikoh –oila munosabatlari yuzaga kelgan dastlabki, ibtidoiy zamonlardan buyon unga xarakterli bo’lib lelgan xususiyatlardan biri undagi shaxslararo munosabatlar talablaridan biri uni o’z a’zolarining axloqiy –psixologik himoyalanishini taminlash, shuningdek bolalarga va mehnatga yaroqsiz yoki keksa qarindoshlariga moddiy va jismoniy yordam ko’rsatish kabilardan iborat bo’lib kelgan.
Oilaning rekreativ vazifasi o’zaro jismoniy , moddiy, ma’naviy va psixologik yordam ko’rsatish , bir – birining salomatligini mustahkamlash , oila a’zolari dam olishini tashkil etish .o’zaro manaviyat va psixologik yordam ko’rsatish milliy qadiryatlar asoslangan tarbiya oila a’zolarining dam olishini tashkil etish o’zaro jismoniy va moddiy yordam ko’rsatish oilaviy tadbirlar doirasini kengaytirish oiladagi o’zaro tibbiy yordam ko’rsatish darajasiga ma’naviy dunyosiga baho berish mumkin. Psixoliklar tomonidan xususiyatlarni namayon bo’lishining yosh xususiyatlarini o’rganishadi.Shu nazarda tutish kerakki , yosh psixologiyada turli yosh davrlari bir- biridan sezilarli farqlanadi Bular chaqaloqlik , ilk bolalik, maktabgacha ta’lim yoshi, kichik maktab yoshi, o’smirlik, ilk yoshlik, yetuklik va keksalik davrlaridir.
Bir donishmand :
---Gapirmoqdan eshitmoq ma’qul,- debdi
---Nima uchun--- deb so’rashibdi undan.
Shunda donishmand:
Bo’lmasa xudo bitta til –u ikkita quloq bermas edi-da, -debdi.
Islom olamining muqaddas kitobi Qur’onda insoniy munosabatlarini tushunish uchun insonlar tomonidan faqat yaxshilik, ezgulik, do’stlikni amalga oshirish kerakligi , insonlar orasida faqat va faqat yaxshilik alomati ekanligi 63, 98, 139- oyatlarida bayon etilgan. Hadislarda esa yaxshi insoniy munosabatlarni qay yo’sinda olib borish lozimligi tushintiriladi. “Oralaringda salom berishni...
Farzandlarimizga qanchalik yaxshi va to’g’ri tushuntirsak odobi ham shunga yarasha bo’ladi.Ularga shirin so’z bilan ta’sir ko’rsatish kerak Shundagina biz yaxshi natijaga erisha olamiz.
Foydalangan adabiyotlar.
Xolmatova M Oilaviy munosabatlar madaniyati va sog’lom avlod tarbiyasi.-T: O’zbekiston 2000