Просмотр содержимого документа
«Bспомогательные слова»
7-sinf Ona tili fanidan “Yordamchi so’zlar” mavzusida
1 soatlik
Urganch shahar 31-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi o’qituvchisi Saidahmatova Munosibning
F an:Ona tili
Sinf:7- “B”
Mavzu:“Yordamchi so’zlar”
O’qituvchi: Saidahmatova Munosib
I. Maqsad va vazifalar:
Darsning maqsadi: o’quvchilarga yordamchi so’zlar haqida ma’lumot berish
Darsning ta’limiy maqsadi: o’quvchilarga yordamchi so’zlar haqida tushuncha berib rivojlantirib borish.
Darsning tarbiyaviy maqsadi: O‘quvchilarni yangi bilimlar egallashga va tartib-intizomga doimo rioya etishga yo’naltirish hamda ularda ona-Vatanga nisbatan muhabbat tuyg’ularini shakllantirish;
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: Ularda umumlashma xulosalar chiqarish ko’nikmasini shakllantirish.
II.Yangi dars mazmunining tayanch tushunchalari
Yordamchi so’zlar, bog’lovchilar, ko’makchilar, yuklamalar
III.O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch va fanga oid kompetensiyalar elementlari:
Kommunikativ kompetensiya:o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila oladi, mavzudan kelib chiqib savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘ya olish va javob beradi;
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:mavjud ona tili faniga oid axborot manbalaridan (internet, televizor, radio (audiovideo yozuv), telefon, kompyuter, elektron pochta va boshqa.) foydalana oladi;
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
shaxs sifatida doimiy ravishda o‘z-o‘zini rivojlantirib boradi, jismoniy, ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intiladi;
Nutqiy kompetensiya: - savol va topshiriqlarda berilgan matnni orfoepiya qoidalariga rioya qilib o’qish;
Lingvistik kompetensiya: - mavzuga oid so’zlarni og’zaki va yozma nutqda qo’llay oladi.
IV.O’quv jarayonining amalga oshirish texnologiyasi:
Uslub: Aralash.
Shakl: Savol-javob. Jamoa va kichik guruhlarda ishlash.
Vosita: 7-sinflar uchun darslik,plakatlar; tarqatma materiallar, kompyuter.
O’quvchilar yangi bilim va ko’nikmaga ega bo’ladi. Yordamchi so’zlar haqida tushuncha hosil qilish
DARS JARAYONI VA UNING BOSQICHLARI:
1.Tashkiliy qism (2 daqiqa)
2. Uy vazifasini tekshirish (10 daqiqa)
3.Yangi dars mavzusi bayoni (18 daqiqa).
4.O’tilgan mavzuni mustahkamlash (10 daqiqa)
5.Dars yakunlarini chiqarish (3 daqiqa).
6.Uyga vazifa (2 daqiqa).
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism (2 daqiqa).
O’quvchilar bilan salomlashish, davomatni aniqlash, yangi darsni boshlash uchun hozirlik.
O’quvchilar 3ta guruhga bo’linadi:
“ISHONCH” guruhi
“TAYANCH” guruhi
“QUVONCH” guruhi
II. Uy vazifasini tekshirish (10daqiqa).
O’tilgan mavzu bo’yicha matn beriladi va har bir guruh uni o’qib tahlil qiladi. Shuningdek, so’zlardagi kelishik qo’shimchalarini belgilab chiqishadi.
O’sha davrlar… yodga olaman-u, dadam kitob… juda qadrlaganliklari… endi bilyapman. Uyimiz… katta kitob javoni bo’lardi. Dadam har oyda bitta kitob olib, o’qib, o’sha Javon… qo’yib borardi. Jurnal… obuna bo’lishni ham kanda qilmasdi. Dadam… olgan kitoblari, jurnallarini o’qib katta bo’lganim uchun men jahonni keza oldim. Ular… rahmat aytaman.
O’quvchilar matnni o’qib mulohaza qilib, unga mos mavzu tanlashadi. Guruh ishtirokchilaridan keyin o’qituvchi umumiy mos mavzuni o’quvchilarga taqdim qiladi.
III. Yangi mavzu bayoni (18daqiqa)
Bilib oling!
Atash ma’nosiga ega bo’lmagan, ma’lum so’roqqa javob bo’lmaydigan, gap bo’lagi vazifasida kelmaydigan yordamchi so’zlar sanaladi.
Yordamchi so’zlar mustaqil so’zlarni yoki gaplarni bir-biriga bog’lash, ularning ma’nolariga qo’shimcha ma’no yuklash vazifasini bajaradi.
Yordamchi so’zlarga bog’lovchi, ko’makchi, yuklama kiradi. O’quvchilar diqqati darslikdagi 1-topshiriqqa qaratiladi. Topshiriqlar shartlariga ko’ra og’zaki tarzda bajariladi.
O’quvchilar darslikda berilgan mashqlarni navbati bilan bajarishadi.
151-mashq. O’qing , matn tarkibidagi mustaqil va yordamchi so’zlarni ajrating. Mazkur mashq og’zaki tarzda bajariladi.
Ey farzand, aqlli, farosatli va ilm-hunarli kishilar bilan do’st bo’l. Hunarsiz kishida xosiyat bo’lmaydi. Mehnatdan ilm-u hunar o’rganishdan uzoqlashma. E’tibor berganmisiz yoki yo’qmi, bilmadim-ku,sizning sadoqatda tengsiz do’stingiz bor. Qachon xohlasangiz siz bilan hamsuhbat bo’ladi. Shod paytingizda quvonchingizga quvonch qo’shadi. G’amgin pallada dardingizni oladi. Bilmaganingizni o’rgatadi. Adashsangiz to’g’ri yo’l ko’rsatadi. Yaqin kishilaringiz burilib ketganda ham u sizni tark etmaydi. Xizmati uchun hech nima ta’ma qilmaydi. Yillab unutib tashlab qo’ysangiz indamaydi. Hatto uloqtirib yuborsangiz ham arazlamaydi. Tag’in chorlasangiz yetib kelib xizmatingizni qilaveradi...bu do’stning nomi- Kitob!
152-mashq. Uchun, bilan ,va , chunki yordamchi so’zlaridan foydalanib, gaplar tuzing. Ularning gapdagi vazifalarini izohlang.
Mazkur mashq “Ajoyib yonimdasiz” mashqi orqali bajariladi. Bunda o’quvchilar bir-birlarini ajoyib ta’riflar bilan yordamchi so’zlardan foydalangan holda bir-birlariga “Tilaklar yozilgan konvert” taqdim qilishadi.
IV. O’tilgan mavzuni mustahkamlash (10 daqiqa).
Shundan so’ng quyidagi savollar orqali “Sovg’ani bezash” mashqi o’tkaziladi:
Yordamchi so’zlar deb nimaga aytiladi?
Yordamchi so’zlar necha turga bo’linadi?
Yordamchi so’zlar ishtirokida gap tuzing.
So’ngra “Myunsterberg” mashqi bajariladi.
DJNDFSWEBILANOVEGVAWFRQASUCHUNOG
SHAGARTKFGOUCHUNHAMMOUHNBTCHUFG
V. Dars yakunlarini chiqarish (3-daqiqa).
1. O’quvchilarni qiziqtirgan savollarga javob berish.
2. Baholarni e’lon qilish.
VI. Uyga vazifa (2 daqaqa).
155-mashq. “Ozodalik – salomatlik garovi” mavzusida matn tuzish. Unda qo’llanilgan fe’llarni topib, tahlil qilish