Просмотр содержимого документа
«Научная статья на тему " Использование образовательных технологий на уроках музыки" на узбекском языке»
MUSIQA DARSLARIDA ILG`OR PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNI TADBIQ ETISH TEXNOLOGIYASI.
Safarov Nusrat G’ayratovich
Buxoro Madaniyat kolleji
Musiqa darsi o`z tabiatiga ko`ra ham san`at, ham tarbiya darsidir. Uni rang –barang, sermazmun va qiziqarli tashkil qilish har bir o`qituvchidan katta pedagogik va professional mahorat talab qiladai . “Bolalarni san`atga o`rgatish nihoyatda murakkab” – deb ta`kidlaydi taniqli kompozitor – pedagog D.B.Kabalevskiy, - hamma murakkabligi shundaki, ularni emotsional tarzda qiziqtirmay turib chinakam san`atga o`rgatish mutlaqo mumkin emas.
Bu o`rinda musiqiy mashg`ulotlar jarayonida o`quvchilarning ijodiy faolligini ta`minlash alohida ahamiyatga molik. Musiqani tushunish, uning hissiy - emotsional ta`siridan bahramand bo`lish bilim, malaka va ko`nikmalar qatori emotsional his – tuyg`ularning ishtirokiga ham bog`liq. Asarni ijro va idrok etishda his – tuyg`ular qanchalik faol va chuqur bo`lsa, ularni tushunish va o`zlashtirish, ta`sirlanish shuncha ongli va samarali bo`ladi. Bu holatlar esa o`z o`rnida ijodiy faollik natijasida sodir bo`ladigan jarayondir. Zero, zerikarli va bir xillik sinfda jonli hissiyot holatini vujudga keltira olmaydi. O`quvchilarni darsga qiziqtirish birinchi navbatda tinglash va ijro etish uchun tanlanadigan repertuar va uslublarga (an`anaviy yoki interfaol metodlar) bog`liq.Boshlang`ich sinflar uchun tanlanadigan asarlar repertuarining asosiy mezoni ularning yoshi, qiziqishi, bilim va malakalari, ko`nikmalari darajasiga bog`liq.
Shunga muvofiq qo`llaniladigan metodlar ham ko`proq o`yin xarakterida bo`lishi maqsadga muvofiq bo`ladi. Bu o`rinda zamonaviy qo`shiqlar qatori xalq qo`shiqlaridan, qardosh xalqlar va kompozitorlari asarlaridan foydalanish darslarni yanada sermazmun va faol bo`lishini ta`minlaydi, yoshlarda xalq musiqa merosiga bo`lgan mehr va muhabbat tuyg`ularini shakllanishiga kuchli ta`sir etadi. Har bir darsda ijodiy faollik yuzaga keladi.
Zamonaviy musiqa madaniyati darslarini badiiy – pedagogik asar deb hisoblash mumkin. Chunki uni o`qituvchi o`z individual ijodidan va tajribasidan kelib chiqqan holda yaratadi. Darsning kompozitsiyasi va dramaturgiyasi, uning badiiy – pedagogik g`oyasi, maqsad va vazifalari, shakllari, metodik usullari va texnologiyalari ham o`quvchilarda musiqaga, o`quv materiallariga qiziqishni o`stirish, ularga musiqa san`ati va madaniyatining ma`naviy mazmunini singdirish, zamonaviy musiqali ijodiy faoliyatni anglashi – bularning hammasi o`qituvchining ijodiy yondashuvchanligining mahsuli hisoblanadi.
Ma`lumki, har qanday pedagogik texnologiya ta`limning yangi loyihasini rivojlantiruvchi ta`lim tamoillariga asoslangan bo`lib, o`quvchi shaxsiga yo`naltirilgan bo`lishi kerak. O`qituvchi va o`quvchi, o`quvchilar va o`qituvchining hamkorligi o`zaro muloqot, bir – biriga ko`rsatadigan ta`siri zamonaviy talablar asosida tashkil topishi lozim. Bunday jarayonda o`quvchilar bilan hamkorlikda ishlash malakalari shakllanadi. O`quvchilarning faol, samarali faoliyat ko`rsatishiga yo`naltirilgan ta`lim jarayonining metodik ishlanmasidan farqli ravishda, ta`limning pedagogik texnologiyasi ta`lim oluvchilarga qaratiladi, shuningdek,ularning shaxsiy va o`qituvchi bilan birgalikdagi faoliyatini hisobga olgan holda o`quv materialini o`zlashtirishiga sharoit yaratadi.
Pedagogik texnologiya turini tanlash dars va mashg`ulotlarda qaysi darajadagi bilim va ko`nikmalarni o`zlashtirish nazarda tutilganligiga bog`liqdir.
O`qitish jarayonida qo`llaniladigan texnologiyalar juda ko`p. Bu texnologiyalar o`quvchilarning yosh xususiyatiga, ko`pchilikni o`qitishga yoki individual mashg`ulotlarga mo`ljallangan bo`ladi.
Hozirgai kunda yangi pedagogik texnologiyalarni o`quv jarayoniga tadbiq etishga bo`lgan qiziqish kundan – kunga kuchayib bormoqda. Chunki, pedagogik texnologiya va interfaol metodlar o`quvchi yoshlarni puxta bilim va malakalarni egallashlarini yengillashtiradi, qulaylik tug`diradi. Shu o`rinda biz o`zimizning amaliy tajribamizda qo`llagan ayrim texnologiyalarga qisqacha to`xtalib o`tamiz.
“Bilag`onlar ko`chasi” uslubi.
Bu texnologiyada o`quvchilar guruhlarga bo`linadi (4-5 ta ), har bir guruhga bastakorlarning portretlari ko`rsatiladi. O`quvchilar bastakorlarning hayoti, faoliyati, asralari nomlarini aytishadi, asarlaridan ayrim parchalarni kuylab berishadi.
“Jumboq ko`chasi” uslubi.
Bu uslubda guruhlarga bo`lingan o`quvchilar e`tiboriga rebus yechish vazifasi yuklatiladi.
Tarozi uslubi.
Mazkur usul o`tgan mavzularni ko`proq dalillar keltirgan holda qisqa va lo`nda ifodalab, boshqa guruh ishtirokchilarini javoblari bilan solishtiriladi. Aniq, to`g`ri javob bergan guruh g`olib hisoblanadi.
O`quvchilarni fikrlashga, mushohada qilishga, o`z bilimi, topqirligini va zukkoligini namoyish qilishga yo`naltirilgan pedagogik texnologiyalarni qo`llsh dars jarayonini demokratlashtirish bilan birga o`qituvchi va o`quvchi hamkorligini, o`quvchilarni ijodkorligini rivojlantiradi. Oqituvchi va o`quvchilarning doimiy ishchan muloqotda va munosabatda bo`lishlari dars samaradorligini oshirish, o`quvchilarning bilim doirasini kengaytirishda muhim ahamiyatga ega.
Klaster usuli:
Bu usulni qo`llaganda “O`zbek xalq cholg`ulari” “kalit” so`z hisoblanadi va doskaga yoziladi. Klaster usulida o`zbek xalq cholg`u asboblari to`g`risidagi ma`lumotlar keltiriladi va guruhlar bo`yicha tartibga solib boriladi. Dars oxirida o`tilgan mavzu yuzasidan uyga vazifa topshiriladi. Bu usul o`quvchilarni o`z nuqtai nazarini asoslash, boshqalarning g`oyalariga kirib bora olish, guruh bo`lib ishlash malakasini oshiradi.